Sinf: 2-“A”
Sana:
Mavzu: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar
- Darsning maqsadi:
A) Ta’limiy maqsad. O‘quvchilarning so`z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so`zlarning to`g`ri aytilishi va imlosi haqida ko`nikma hosil qilish va shu haqidagi bilimlarini boyitish.
B) Tarbiyaviy maqsad: Odob – axloq qoidalariga xos sifatlarni kundalik ehtiyojga aylantirish.
D) Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish, erkin fikrlashga o`rgatish.
FK 1 – o`qituvchinutqini video va audio multimedia ilovalari, matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi.
TK 2 – ozodalikka rioya qilish, tejamkorlikka rioya qilish.
FK 2 – o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. - Darsturi:Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars.
- Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, ta’limiy o‘yin.
4. Darsjihozi: darslik, rag‘batlantirish kartoklari, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
5. Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
A)Salomlashish
B) Navbatchi axborotini tinglash
S) O‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish
5. O‘tilgan darsni so‘rab baholash.
65-mashq so‘raladi. Tushunchalar tahlili metodi o‘tkaziladi.
Husnixat daqiqasi.
Kichik “p” harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, birinchi unsur uzun tayoqcha, ikkinchi unsuri esa to‘liq oval shaklida yoziladi. Davftarga bir qator kichik “p” harfini va shu harf bilan boshlangan so‘zlarni yozamiz.
Rasmli diktant.
Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
O‘zbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan so‘zlar mavjud. Oxirida yonma-yon keladigan ikki undoshli rost, do‘st, xursand, payvand kabi so‘zlardagi d va t undoshlari ba’zan aytilmaydi, ammo yoziladi.
66-mashq
To’g’risini top” didaktik o’yin
| № | So’zlar | d | t |
| 1 | Xursan | ||
| 2 | Balan | ||
| 3 | Darax | ||
| 4 | Farzan | ||
| 5 | Payvan | ||
| 6 | Pas | ||
| 7 | Ros | ||
| 8 | Do’s | ||
| 9 | Go’sh | ||
67-mashq
Mustaqil ish
She’rni o’qib ajratilgan so’zlar talaffuz qilinib o’quvchilarga keying olti qatorini yozish topshiriladi.
Ona shahrim azim Toshkent,
Go’zalikda tengsiz poytaxt.
Kelajagi buyuk shahar,
Quchog’ida yuz ochar baxt.
Ko’chalari ravon nurli,
Binolari ko’rkam baland.
Bo’lsam deyman bir koriga,
Yayraydigan…….
Yangi mavzuni mustahkamlash.
68-mashq
O‘quvchilar navbatma-navbat doskaga chiqib so’zlarni o’z o’rniga qo’yadilar.
Olti juft oq choynakka to’rt juft ko’k qopqoq,
To’rt juft ko’k choynakka nechta qopqoq.
Savol javob orqali o‘tilgan mavzu mustahkamlanadi.
1. Nutq deb nimaga aytiladi?
2. Nutq necha xil bo’ladi?
3.Undosh tovushlar nechta?
4. Unli tovushlar nechta?
5. Harf birikmasini ayting?
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi.
Dars yakunlanadi
Uyga vazifa 69-mashq
