a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarning tabiat haqidagi tasavvurlarini boyitish. Inson va tabiatning o’zaro bog’liqligini misollar orqali tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad: bolalarni tabiatga ongli munosabatda bo’lishga, yashil olam go’zalliklaridan zavqlanishga, o’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: mehnatsevarlik tuyg’ularini, daraxt va gullarni, uy hayvonlari va parrandalarini parvarish qilish hamda ko’paytirishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: Inson, tabiat, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar, tekisliklar, o’simliklar, hayvonlar, neft, gaz, ko’mir, temir, “O’zbekiston qizil kitobi’ va boshqalar.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- tabiat haqida tushuncha hosil qilish;
- inson o’z ehtiyojlari uchun nimalardan foydalanishini bilish;
- insonning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini bilish;
- “O’zbekiston qizil kitobi” haqida bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- qo’riqxonalar faoliyati haqida gapirish;
- qizil kitobdan unga kiritilgan o’simlik va hayvonlarni ajratish;
- ekologik muammolarni barataraf etish yo’l-yo’riqlari haqida gapirish.
V. Darsning metodi: “ Keys-stadi”.
VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza.
VII. Dars usuli: savol-javob, tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: quyosh, oy, gullar, daraxtlar, mevalar, hayvon va qushlarning rangli rasmlari.
IX. Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism: salomlashish.
O’qituvchi:
- Qani ayting bolalar,
Dasrga hamma tayyormi?
Daftar ruchkalar bormi?
O’quvchilar:
- Sabog’ingiz puxta bilib olganmiz
“5” ball uchun tayyor bo’lib kelganmiz.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: O’lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1. Uy hayvonlarining ahamiyati nimada?
2. Yovvoyi hayvonlar qanday hayot kechiradilar?
3. Yovvoyi hayvonlarning qanday foydasi bor?
4. Siz uyingizda qaysi uy va yovvoyi hayvonlarni boqasiz?
X. Mustahkamlash uchun metodlar:
“Keys-stadi” uslubi. Keys-stadi inglizcha so’z bo’lib, (case-aniq vaziyat, hodisa, stadi-o’qitish). Bu uslub aniq vaziyat, hodisaga asoslangan o’qitish uslubi hisoblanadi.
Malikaning tabiatga munosabati.
Malika bugun ham darsdan erta qaytdi. Kiyimlarini almashtirib bo’lgandan so’ng, supurgi va hokandozni olib ko’chaga chiqdi. Kuz fasli bo’lgani uchun ariq bo’yidagi majnuntol bargini to’kib, ko’chani iflos holatga keltirgan edi. Malika ko’cha sahniga suv sepmasdan changitib ko’chani supurishni boshladi. Barcha xazonlarni bir joyga yig’ib, supurib bo’lgandan so’ng, ahlatni belgilangan joyga tokib kelishga erinib gugurt va qog’oz olib yoqib tashladi. Qop-qora tutun birpasda atrofga tarqaldi. Guzardagi chollar va Malikaning uyiga yaqin joydagi o’yingohda futbol o’ynayotgan bolalar ham tutun ta’siridan yo’tala boshladilar.
- Bolalar, aytinglar-chi, Malika to’g’ri ish qildimi? U o’zining bu xatti-harakati orqali tabiatga qanday munosabatda bo’ldi? Ijobiymi yoki salbiy?
O’quvchilarning fikrini eshitgandan so’ng, bevosita yangi mavzuga o’tiladi.
- O’qituvchi: Bolalar, quyidagi tezkor savollarga javob bering, javobingizning bosh harflarini eslab qoling. Harflardan bugungi mavzumizning nomi kelib chiqadi.
1. Insonga vafodor hayvon? ( It)
2. Daraxtning bolasi? (Nihol)
3. Vaqtni o’lchovchi asbob? ( soat)
4. Quyoshning sherigi? (Oy)
5. Bahor bayrami? ( Navro’z)
6. Nomiga ayyor so’zini qo’shib aytamiz. ( Tulki)
7. Ayiqning sevimli ozuqasi? ( Asal)
8. Ertakdagi bakovul? (bo’ri)
9. Tikuv asbobi? (Igna)
10. Kichkina dexcha, ichi to’la mixcha? ( Anor)
11. Suvsizlikka o’ta chidamli hayvon? ( Tuya)
Demak mavzumizning nomi – “Inson va tabiat” ekan.
XI. Darslik bilan ishlash.
Inson va tabiat.1
Atrofimizdagi barcha narsa-osmondagi Quyosh, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar, tekisliklar, o’simliklar, hayvonlar-bularning hammasi tabiat. Odam ham shu tabiatda yashaydi. O’ziga kerakli barcha narsani tabiatdan oladi.
Tabiat juda boy. Biz o’z ehtiyojimiz uchun neft, ko’mir, gaz, temir va boshqalarni yerdan qazib olamiz. Keng dalalarga har xil ekinlar ekib, hosilini iste’mol qilamiz. Mevali bog’lar bunyod etamiz. Dala, qir, tog’larda sigir, qo’y, echkilarni boqamiz, Shunday ekan, biz tabiatni asrashimiz, unga g’amxo’rlik qilishimiz kerak.
Shaharlarda har xil korxonalar qurib, ularda o’lkamizga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak. Turli mashinalar, ishlab chiqaramiz. Bularning hammasi tabiatga ta’sir etadi. Havo, suv ifloslanishi, o’simlik va hayvonlar kamayishi mumkin.
Shuning uchun ham biz tabiatni, uning boyliklarini asrashimiz kerak.
Tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni asrab qolish, o’rganish va ko’paytirish uchun milliy bog’lar, qo’riqxonalar tashkil etiladi.
Mamlakatimizda asrab ko’paytirilayotgan noyob yovvoyi hayvonlar va o’simliklar “ Ozbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan.
XI. Mustahkamlash: O’quvchilarga ochiq testlar tarqatiladi. Ular quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. Yerdan qazib olinadigan tabiiy boyliklar qaysilar?
a) bug’doy, paxta
b) neft, ko’mir, gaz
c) mevalar va sabzavotlar
2. Milliy bog’lar va qo’riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
a) insonning shaxsiy manfaatlari uchun
b) namlikni saqlash maqsadida
c) tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni saqlab qolish, o’rganish va ko’paytirish uchun.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida fuqarolarning atrof-muhitga munosasbati to’g’risida so’z yuritilgan?
a) 40-modda b) 51-modda c) 39-modda
1 G’ulomov Potihkamol. Atrofimizdagi olam, 2: Umumiy o’rta ta’lim makablarining 2-sinfi uchun darslik / P.G’ulomov, Sh.Mrzahmatova; Mas’ul muharrir H.Vahobov. – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2010. 82-83 betlar.