Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilarda so'zlarni bo'g'inlarga bo'lish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.
Fanga oid kompetensiyalar:
Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
KIRISH SHE`RI:
TASHKILIY QISM:
O`qituvchi:Navbatchi davomati.
O’qituvchi:Bizning shior!
O’quvchilar:A`lo o`qish.
Kirish suhbatida yil, oy va fasl haqia so`rash,muhimsanalar haqida so`rash, yangi mavzuni noan`anaviy dars usulidan foydalanib, o`quvchilarni
III guruhga bo`lib o`tish.
Oltin qoida
1-O’zaro hurmat
2-O’ng qo’l qoidasi
3-Navbatma-navbat so’zga chiqish
4-Dars jarayonida mustaqil,ijodiy fikirlash
5-Faollik
6-O’zgalar fikrini tanqid qilmaslik
7-Yangi-yangi metodlarni o’zlashtirish
8-Barcha sinf o’quvchilarini dars jarayonida faol ishtiroklariga erishish.
Sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lish
1-guruh.”Donolar”
2-guruh.”Zukkolar”
3-guruh.”Ziyraklar”
O`tilgangan mavzuni mustahkamlash .
Bahor,do`st, shahar, maktab, boychechak, kuz, baxtiyor, qaldirg`och, qish .
Bir bo`g`inli, ikki bo`g`inli, uch bo`g`inli so`zlarni uch ustun shaklida yozing.
So`zlarni bo`ginlarga bo`lish .
Bo`g`in bir unli tovushdan tuziladi: o–na, a–ka,
sa–o–dat.
Bo`g`in bir unli va bir undosh tovushdan tuziladi:
bo–la, lo–la,ol–ma.
Bo`gin bir unli va bir undosh tovushdan tuziladi: mak–tab, sinf, darslik.
QOIDA
6
101 –mashq. Mehnat haqidagi maqolni o`qing.
Halol mehnat – yaxshi odat, berar senga saodat.
So`zlarni bo`g`inlarga bo`lib chiziqca bilan yozing. Ikki bo`g`inli so`zlarning tagiga chizing.
102 – mashq. Bir bo`ginli, ikki bo`g`inli, uch bo`g`inli so`zlarni uch ustun shaklida yozing.
Do`st, do`stlik, sinf, sinfdosh, kitob, kitobxon, paxtakor, paxtazor, bosh .
Do`st
sinf
Do`stlik
Kitobxon
sinfdosh
bosh
paxtakor
kitob
paxtazor
taniqli
zotdor
103 – mashq .O`qing. Gapdagi so`zlarni bo`g`nlarga bo`lib, chiziqcha bilan yozing.
Otam – taniqli fermer. U zotdor sigirlarni boqadi.
Ma`nodosh so`zlar toping?
Ortiqcha gapni top?
104 – mashq . O`qing. Matndan nimalarni bilib oldingiz?
Ikkinchi gapdagi so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib, chiziqcha bilan ajratib yozing. Shu gapdagi bir bo`ginli so`zlarning tagiga chizing.
Gullar shahri.
Namanganni ,, Gullar shahri “ deyishadi.Qor yog`di. Bu yerda har yili ,,Gul bayrami “ o`tkaziladi. Bayram Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida o`tadi.
Rebusni toping ? Topgan so`zlaringizni bo`g`inlarga bo`ling.