kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar

Нажмите, чтобы узнать подробности

This helps students to understand the topic better

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar»



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


UCHQO`RG`ON TUMANI

33 - UMUMIY O`RTA TA'LIM MAKTABI BOSHLANGICH SINF

O`QITUVCHISI

SULTONOVA ODINANING


ONATILI FANIDAN

1 SOATLIK










2-sinf uchun ona-tili fanidan yozilgan bir soatlik dars ishlanmasi


Mavzu: Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so`zlar.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha mazmuni: o`tilgan mavzuni mustahkamlagan holda yangi mavzu shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar haqida bilim berish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Darsning metod: Savol-javob, yangi tehnologik usullar

Darsning shakli: Jamoa, guruh va har bir o`quvchi bilan ishlash, qiziqarli o`yinlar.

Darsning jihozi: Darslik, mavzu asosida ko`rgazmali materiallar.

Nazorat shakli: Og`zaki nazorat, savol-javob , o`z-o`zini nazorat qilish, kuzatish.

Baholash usuli: O`quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsadi :

a) o`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini qiziqarli savol-javob, test savollari orqali mustahkamlash;

b) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar haqida bilim berish.

Tarbiyaviy maqsadi:

a) ona tili fanini borliqdagi voqea, hodisa, narsalar bilan bog`lay olishga va shu narsalardan javob topishga o`rgatish;

b) o`tilgan, yangi mavzularni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsadi : Topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.

Kasbga yo`naltirish: O`quvchilarni yoshlikdan kasb tanlashga undash. Bu hayot qpnuni ekanini ongiga singdirish.

Kuzatilayotgan natija:

O`quvchilar dars yakunida mustaqil ravishda ongli ravishda shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarni topa bilish va aytishni, savollarga javob berish orqali bilimga ega bo`ladilar.

Darsning shiori:


Maqsadimiz bittadir

Diqqat bilan quloq solish

Ustoz so`zin anglab olib

Kamolotga yetib borish

Darsning oltin qoidasi:

Ona tilim jon tilim

Bobolardan meros tilim

Shunday tildan tonar bo`lsam

Qiyma-qiyma bo`sin tilim


Dars jarayoni va texnologiyasi:


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

Darslikni tashkil etish. O`quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligini tekshiriladi.


Suhbat


2-minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

O`quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid savol-javob olib boriladi.


Savol-javob, mustaqil ish


2-minut

3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.


Test


6-minut

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzu bayoni. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar haqida tushuncha berib tanishtirish.



Suhbat, savol-javob


8-minut

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni

188-mashqni bajarish.

189-mashqni bajarish.

190-mashqni bajarish.

Muammoli izlanish, ko`chirib yozish. Muammoli izlanish.


18-minut

5-bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash

Bo`sh kataklarni (doiralarni) to`ldir. So`z o`yini


Muammoli izlanish.


6-minut


1.O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.

2. Dars yakunlanadi.


Muammoli izlanish.


1-minut

1-minut

7-bosqich. Uyga vazifa.

191-mashq.

Og`zaki tushuntirish.


1-minut


Darsning borishi:

1.Tashkiliy qisim:

  • Darsni tashkil etish

  • O`quvchilar bilan salomlashish.

  • Davomadni aniqlash.

  • Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish.

2-bosqich. Ehtiyojlarni aniqlash.

  1. Ko`rgazmali qurollarni magnit doskaga yozish.

  2. O`quvchilarni guruhlarga bo`lish.

  3. Har bir guruhga test savollarini tarqatish.

  4. Darsni tabiat tashqi olam atrof bilan bog`lash.

Mana aziz o`quvchilar dars uchun kerakli bo`lgan ehtiyojlardan kelib chiqib sharoitlarni yaratdik.

3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida ikki guruhga “Donalar” va “Bilimdonlar” guruhiga test savollarni tarqataman va ularni baholashda o`z- o`zni baholash usulidan foydalanaman

1.Kishilarni nima deb ataymiz ?

A)Shaxs B)Narsa D) Hech narsa

2.Shaxs (kishilar)ga qanday so`roq beramiz ?

A)Nima ? B)Kim ? D)Qayerda ?

3.Narsalarga qanday so`roq beriladi ?

A)Kim ? B) Nima ? D)Kim ? Nima ?

4.Kishilarning ismi familiyasi va hayvonlarga qo`yilgan nom qanday harf bilan yoziladi ?

A)Bosh harf bilan B) Kichik harf bilan D)Ikkalasi ham to`g`ri

5.Shaharlarga qo`yilgan nom qanday harf bilan yoziladi ?

A) Bosh harf bilan B) Kichik harf bilan D) Ikkalasi ham to`g`ri

4-bosqich Yangi mavzu bayoni.

Mana o`quvchilar o`tilgan mavzuni mustahkamlash orqali shahs va narsa haqidagi tushunchaga yana bir bor ongli ravishda ega bo`ldik. Shundan kelib chiqqan holda yangi mavzuni bemalol o`tsak ham bo`ladi.

Biz bilamizki so`z shaxs va narsaning nomini, belgisini, harakatini, sanog`ini bildiradi deb o`tganmiz. Masalan daraxt so`zida buni birgalikda tadbiq qilamiz. Nomi-nima? – Daraxt

  • Belgisi-qanday?

  • Katta

  • Harakati nima qiladi?

  • O`sadi.

  • Soni nechta?

  • Bitta.

To`g`ri javob berdingiz bolajonlar.

Bugun biz shular ichidan harakatni o`rganamiz. Har bir shaxs yoki narsa bajarayotgan ishiga, holatiga qarab biror harakatni o`zida ifoda etadi.

- O`quvchilar nima qiladi?

- yozadi, chizadi, o`qiydi.

- eshik nima qildi?

- ochildi.

Quyidagi rasmga qarab avval narsalarni bildiruvchi so`zlarni topamiz.























Bolalar aytadi. Daraxt, quyosh, suv, o`tlar.

To`g`ri aytdingiz. Ana endi biz shu so`zlarni harakatni bildiruvchi so`zlar bilan birgalikda aytamiz.

- Daraxt nima qiladi?

- Daraxt o`sadi.

- Quyosh nima qiladi?

- Quyosh chiqadi.

- Suv nima qiladi?

- Suv oqadi.

- O`tlar nima qiladi?

- O`tlar o`sadi.

To`g`ri aytdingiz bolajonlar.
















Endi 2-rasmda narsalarning nomlarini aytgan holda harakatlantiramiz. Rasmlarni ko`rsatgan holda. Ulardan javob olamiz.

Bolalar aytadi.

Baliq suzadi. Kapalak uchadi. Qaldirg`och uchadi. Ko`z ko`radi.

To`g`ri javob berdingiz bolalar. Bundan kelib chiqqan holda yangi mavzuni bemalol o`tsak bo`ladi.

Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar Nima qildi ?Nima qiladi ? Nima qilayapdi ? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Nima qildi ?-uchdi, oqdi.Nima qiladi ?-uchadi, oqadi, Nima qilayapdi ?-uchyapdi, oqyapdi.

Mavzuni yana bir bor mustahkamlab mashqni bajarishga o`tamiz.

188-mashq.









Mashqni bajarishdan oldin, mashqdagi rasmga qarab oldin olgan bilimlaringizga tayanib bolalarga ism qo`ygan holda kim? va nima? So`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni topishni birinchi “Donolar” guruhiga topshiraman. Buni bajarishda klasser usulidan foydalanamiz. Qani boshladik bolajonlar.

Ular yozadilar.





















Bolarga esa ism qo`ygan holda shaxs yoki narsalar harakatini bildiruvchi so`zlarni to`g`ri topishni ikkinchi guruh “Bilimdonlar” guruhiga topshiraman . Ular kelishgan holda “baliq skeleti” usulida narsa va shaxsning harakatini bildirgan so`zlarni gaplar orqali yozadilar.







Guruhlar topshiriqni bajarib bo`lgach. 188-mashqdagi qishda matnini darslikdan birgalikda o`qiymiz.

Qishda.

Qor ko`p yog`di. Kun sovidi. Yer muzladi. Bolalar sevindilar va tepalikka

yugurdilar.Ana,Vazira, Qorbobo yasayapdi. Latofat chana uchyapdi. Vahob konki uchyapdi.Qish ham maza !

- Bolalar qishda kun qanday bo`lishini, qish faslining nima uchun bolalarga yoqishini bildik-a?

- Ha.

Mana endi har bir o`quvchi o`tirgan holda ko`chirib yozish, chiroyli yozish, hat boshiga e’tibor bergan holda mashqni ko`chiramiz.

Bolalar mashqni ko`chiradilar.

189-mashq

Mashqni bajarishda o`quvchilarni uch guruhga bo`lib.

188-mashqdagi matndan harakatni bildiruvchi so`zlarni berilgan savollardan kelib chiqib o`z o`rniga topib yozishlarini aytaman. Qani boshladik.


1-guruh 2-guruh


















3-guruh














Guruhlar o`z ishini bajargach bir-birlarining ishlarini to`g`ri yoki to`g`ri emasligini aytadilar. Bu orqali har bir guruh ishini o`zlashtiradi.

190-mashq.

Topishmoqni birgalikda o`qib javobini topamiz.

Loy bo`lib suyuladi.

Qolipda quyuladi.

Xumdon pechda pishadi.

Mashinaga tushadi.

Qurilishga ketadi.

Topishmoqni javobi nima ekan bolalar?

  • G`isht

To`g`ri topdingiz.

Mashqni bajarishda topishmoqni o`qib, anglab nima qiladi? So`roqlariga javob bo`lib, harakatni bildiruvchi so`zlarni topib so`roqlari bilan birgalikda yozadilar. Buni har bir o`quvchi alohida mustaqil ravishda bajaradilar.

Nima qiladi ? Suyuladi, quyuladi, pishadi, tushadi, ketadi.

5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Bo`sh doirachalarni to`ldir. So`z o`yini.

Birinchi guruh “Donolar” guruhi bo`sh doirachalarni uy hayvonlarining harakatini ifodalovchi gaplar orqali to`ldiradi.
















Ikkinchi guruh esa kishilarning kasbi orqali harakatni bildiruvchi so`zlarni gaplarni orqali ifodalaydi.

















6-bosqich. Baholash.

Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni baholab, rag`batlantiraman.

7-bosqich. Uyga vazifa. 191-mashq.

Mashqni bajarishda nuqtalar o`rniga gapni va so`roqlarni o`qigan holda mos harakatni bildiruvchi so`zlarni qo`yishlarini aytaman.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar

Автор: Sultonova Odina Mirzarahmatovna

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545363


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства