Просмотр содержимого документа
«Shaxs va narsa belgisini bildirgan sonlar.»
Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahar xalq ta’limiga qarashli 12 –umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisiKARIMOVA XURSANDNING
Ona tili fanidan
Samarqand 2020yil
Mavzu:Shaxs va narsa belgisini bildirgan sonlar .
245-246 mashqlar
Darsning maqsadi :
O`quvchilarda matn ustida ishlash. Narsalar belgisini bildirgan so’zlarni so’roq berib aniqlash ko’nikmasini o’stirish. O`quvchilarga sohibqiron Amir Temur fazilatlari haqida tushuncha berish.
O`quvchilarni og’zaki va
yozma nutqini o’stirish. O`quvchilarni bilim,
ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
O`quvchilarni ona vatanimizni sevishga, ona tilimizni hurmat qilishga, buyuk ajdodlarimizni doimo yodda saqlashga o’rgatish hamda g`urur, iftixor tuyg`ularini tarbiyalash.
Darsning metodi : «klaster», «baliq skeleti», testlar, savol – javob, «so’z ichidan so’z topish».
Darsning jihozi :
darslik, rangli rasmlar, tarqatma materiallar, slayd, kadaskop.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism :
O`tilgan mavzuniso’rash:
1.O`quvchilar bilan salomlashishi.
2.Navbatchi axborotini tinglash.
3.Oltin qoidalar. Ona tili haqida she’r.
4.Kichik guruhlarga bo’lish
1.Uyga vazifani so’rash.
2. O’tilgan mavzu yuzasidansavol-javob o’tkazish.
3.Lug’at diktant
4. Dam olish daqiqasi
5. Davlat tili haqida
Darsning borishi :
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu bayoni1.Mavzuni rasmlar orqali ushuntirish.
Yangi mavzuni mustahkamlash
2.Amir Temur haqida tushuncha berish.
3.245-mashq
4.Quvnoq daqiqa
5.Didaktik o’yin
6.Rasmga qarab matn yaratish
1.Didaktik o`yin
2.Saylanma diktant
1.O’quvchilar so’z boyligini oshirish.
2.Didaktik o’yinlar.
Darsni yakunlash.
Uyga vazifa
Guruhlar to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblash.
G’olib guruhni aniqlash. Uyga vazifa berish.
Lola
Degan nomiga ega bo’ladilar. Har qaysi guruh o’zi belgilangan joyda noan`anaviy holda o’tiradilar.
1-topshiriq:
244-mashq.
Mayda yoqutday qizil,
Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin taxir po’sti bor,
Hamma yerda do’sti bor.
Sen ayt-chi, qizim Gulnor,
Bumi, dadajon, anor.
2-topshiriq:
Guruhlarga o’tilgan mavzular bo’yicha savollar beramiz
Boychechak guruhiga:
Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?
Binafsha guruhiga:
Shaxs va narsalarning nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?
Lola guruhiga:
Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
O’quvchilar: Kitob o’qiyapti, kir yuvayapti, qoshiq artayapti, musiqa tinlayapti.
Guruhlar javoblari tinglanib kartochkalar bilan rag’batlantiriladi.
5
4
5
4-topshiriq.«Klaster» metodi
1.Boychechak.
3.Lola.
2.Binafsha.
Kim?
Qanday?
Nima?
Yangi mavzu bayoni.
Mavzu:Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar.
O’quvchilarga rangli rasmlar orqali mavzu tushuntiriladi. Savollar berib belgi bildirgan so’zlar aniqlatiladi.
Masalan: Bog’da chiroyli gullar ochildi. Qanday gullar? Chiroyli gullar
Amir Temur haqida tushuncha berish.
Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topganlar. Temurbek 7 yoshida bilim olishni boshlagan. 12 yoshida otda chopishni, qilichbozlikni puxta egallagan.
Amir Temur buyuk sarkarda, davlatni boshqargan tarixiy shaxsdir. Amir Temur Turkistonni dehqonchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg’or mamlakatga aylantirdi.
5-topshiriq. 245- mashq. Matn o’qitiladi. Matn yuzasidan savollar beriladi.
1. Amir Temur qachon tug’ilgan?
2. Amir Temur qanday kishi bo’lgan?
3. U kishining tabiati qanday yerlarni yoqtirgan?
4. U qanday podshoh bo’lgan?
6-topshiriq. «So’z ichidan so’z topish» o’yini
1. Boychechak
«Yaxshilik», «ish», «il», «kishi», «yil».
2. Binafsha
«Kitobxon», «kit», «it», «xon», «tik».
3. Lola
«O’qituvchi», «o’qi», «ich», «o’q», «quv».
O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish maqsadida rasmga qarab matn yaratish topshirig’i beriladi. Har bir guruhga rangli rasmlar beriladi.
O’quvchilarni javoblari rag’batlantiriladi.
O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish maqsadida rasmga qarab matn yaratish topshirig’i beriladi. Har bir guruhga rangli rasmlar beriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
«Baliq skeleti» metodi
1. Boychechak
Kim ? so`rog`ga so`z yozing ?
Qanday so`rog`ga javob bo`ladigan so`z yozing ?
Unli harflar nechta ?
Undosh tovushlar necha xil ?
Nima qildi ? so`rog`ga so`z yozing ?
Qanaqa ? so`rog`ga javob bo`lgan so`z yozing ?
Undosh tovushlar nechta ?
Alifboda nechta harf bor ?
2.Binafsha
Nechta undosh tovush bor ?
Qanday ? so`rog`ga javob bo`ladigan so`z yozing ?
Gaplar nimalardan tuziladi ?
So`z nimalardan tuziladi ?
3. Lola
Gaplardan belgi bildirgan so’zlarni tanlab yozadilar.
Moviy osmonda oppoq bulutlar sayr qilmoqda.
Oq, sariq, qizil kapalaklar quyoshda toblanmoqda.
Quyoshli o’lkamizning go’zal tabiati kishini o’ziga tortadi.
Darsni yakunlash. Uyga vazifa .
Guruhlar to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblab g’olib guruhni aniqlash.
Uyga vazifa: 246-mashq.
Mashq shartini tushuntirib berish, yozib kelishni aytish.