Просмотр содержимого документа
«Рассом хаёти ва ижоди»
NAMANGAN ITISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTAB INTERNATI MUTAXASIIXSLIK FANI OQITUVCHISI TURG’UNOVA MUQADDAS TOMONIDAN TAYYORLANDI
5 SINF O’QUVCHILARINI O’ZBEKISTONDA IJOD QILGAN RASSOMLAR XAYOTI VA IJODI BILAN TANISHTIRISH
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATINI RIVOJLANISHIGA ULKAN XIISA QOSHGAN, RANG TASVIRCHI RASSO’M ALEKSANDIR NIKOLAYEV, TAHALLUSI USTA MO’MIN XAYOT VA IJOD YO’LLARIGA BAG’ISHLANDI
ALEKSANDR VASILEYEVICH NIKOLAYEVICH
XX Asr O’zbekiston rang tasviriga salmoqli xissa qoshgan ko’plab rassomlarni bilamiz. Bular qatorida tasviriy san’atda oz o’rni va yonalishiga ega bo’lgan, Aleksandr Vasileyivich Nikolayiyich keltirishimiz mumkin. Aleksandir Nikolayevich 1897 yil 30 Avgustda harbiy muhandis oilasida tug’ilgan.
Otasi kamandirofkalardan qaytishida og’li uchun ko’plab suratlar va akvarelar olib kelgan. Nikolayib tug’ilgan shaxri Varojni edi. Nikolayev 11 yoshga to’lganda 1908 yili O’tasi uni ,, Sumsko’y katyat,, korpusiga bergan. 8 yil maktabda tahsil oldi. Undan so’ng o’qishini, Tverdagi Ulyaniskiy korpusida davom ettirdi. Lekin uning rassomchilikka qiziqishi ustun kelgani tufayli, otasining majburlashlariga qaramay Maskivaga ketib qolgan. Keyinchalik esa Nikolayev Maleyevich tasvriy sa’nat oqishiga kirgan. Va u yerda ham kop vaqtini san’atga tasviriy san’atni chuqquroq o’zlashtirishga harakat qilardi. O’sha davrlarda 1917 yili birinchi jahon urushiga jo’nab ketadi , Aleksandir R.K.P. Yachekasiga qo’shiladi. 1919-yili o’zining hohishi bilan, Denikinskiy fro’niga jo’nab ketgan. Bir yil davomida Fro’ntda bo’lib, Demobilizatsiyadan so’ng u Maskivada 1920 yili Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining yo’llanmasi bilan Maskivadan O’zbekistonga bir gurupa yosh rasso’mlar memorlar bilan Aleksandir Vasiliyevich Nikolayevich xam qo’shilib keladi.
O’zbekiston kelgach Aleksandir dastlabki yillarini Samarqanda o’tkizdi. Samarqand rasso’mning ijodiy o’sishiga ulkan yordam berdi. Ko’xna sharq ijodiyoti yorqin ranglardagi nafislik, bejirim naqshlar, jozibador miniyaturalar uni tasviriy san’atga chuquroq kirib borishiga turtki boldi. Nikolayev Samarqandagi 2 yil davomida qund bilan o’z uslubini yaratishga harakat qildi. Lekin uning dastlabki asarlari- spektaklar uchun chizilgan rang- barang bezaklar xamda afsonalar , mavzusi bo’yicha ishlangan Suvoriy yigitlar, Cholvorli ayollar, - ‘’ 1001kecha,, da tasvirlangan manzaralarga yaqin edi. Go’yoki O’zbekiston rasso’m ko’z o’ngida ravshanlasha bordi va ayni mahalda uning suratlarida ushalmagan yoki, aksincha, amalga oshgan orzu bo’lib qoldi. Bu asarlarni XX asr rassomi chizganligi ga ba’zan ishonish xam qiyin.
Uning birinchi asari mavzusi ,, Otda o’tirgan bola’’ rasmini ishlaydi. 1924 yili u o’zini Usta mo’min taxallusi bilan Eski Samarqand deb nomlangan katta korgazmada boshqa rassomlar bilan o’z rasmlarini namoyish etadi. Ko’rgazmada ko’plab do’stlari va boshqa Respublikadan tashrif buyurgan san’atshunoslar kelishgan.
Nikolayev 1924 yii Ada ismli qiz bilan turmush quradi. 1920 -1928 yillarda A Nikolayev Koxna sharqni O’zbekistonning o’tmishini qiziqib o’rgandi, va tasvirladi. U boshqa ba’zi rassomlarday Sharqona –afsonaviy, samoviy qilib tasvirlamadi . U O’zbekiston tabiatni, xalq xayotini teran xis etib, uning anvoyi go’zalliklarini yorqin bo’yoqlarda tasvirladi. Nikolayev Samarqanda ko’plab rassomlar bilan suxbatlashdi, ularning ijodlarini kuzatib bordi. O’zbekiston tabiati tog’risidagi bilimini kengaytirib, inson bilan muxitning azaliy birligini ko’z o’ngida talqin etib bordi. Vaholangki u o’rta Osiyo xalqlarini hayotini kuzatib, marosimlari bayramlari, va maishiy turmush tarzini o’rgana borib, tabiatining o’z sir-asrorlarini bildi. Mussavir shu muhitda, o’zi singishib ketgan barcha narsalar, naqshinkor devorlar va minoralar, o’pirilgan bo’g’ot va laylaklar, tanasi rang-barang teraklar, ochiq osmon ostidagi qir yaylov bedapoyalar, Sharqning mana shunday maftunkor ,,go’zalliklari’’ bilan tabiy va uzviy birlikda yashay boshladi. Nikolayev xalq sa’natiga juda katta qiziqish bilan qarardi. Xalq san’ati, xalq xayoti to’grisida, shu sa’natni yaratgan mussavir, naqqqosh ustalar xaqida, ular yashagan ishtimoiy muhit, yorqin tassavur beradi. Mussavir xalq naqqoshlik sa’natining estetik jihati bilan qiziqar ekan, ayni mahalda xalqning ajabtovur ijodni talqin etdi. Su’rat va patgilam kabi also o’xshash bo’lmagan hodisalarni qiyoslash imkonini beradigon sa’natning ichki qonunlarini izlaydi. Nikolayev xalq sa’natinin ruhiga kirib , endi qolipga tushurilgan, zoxiriy taqlid asosidagi asarlarni yaratmay qo’ydi. Xalq naqshi va jimjimali Arab yozuvining nafisligi, ularning ichki qonuniyatlarini tushunib yetgan Nikolayev salobat va musiqiylik singdirilgan asarlar yarata boshladi. Usta Nasridin Shohaydarov ishlagan, anor novdasini aks etirgan ganch panno bilan Usta Momin yaratgan Shoxaydarov portireti hamohang chiziqlarning ichki uyg’unligi jihatidan deyarli o’xshashdir. Nikolayev Samarqand, Toshkent, Buxoro ustalari bilan doimiy aloqada bo’lib keldi.
. Usta Mo’min teatirda ishlashni yoqtirgan ko’p yillik umri o’pera va teatirlada o’tdi. Uning oilasi ayrim sabablarga ko’ra Ukrayina davlatida yashagan. Nikolayev bolalari va ayoliga olista bo’lsa ham ularga maktub yozib po’chta orqali jo’natib turar edi. Uning to’ng’ich o’gli alyosha idrokli otasi singari serg’ayrat yigit bo’lib maktabda tahsil olar edi. Nikolayib esa shu yillar oralig’ida Shahrisabzda o’ymakor usta Mirsayid Sobirovning san’atiga qiziqib qoladi. Bundan tasirlangan rassom bu ustaning portiretini yaratadi. Bu portireti isdedodli mo’ysafid san’atkorlarga nisbatan hurmat va etibor ramzi bo’ldi. Nikolayev asarlari jigarrang bo’yog’iga ishora qilib, Rus ikonasining jigarrang ,, tus olishi’’ to’grisida xam, O’rta Osiyo sopolli rangi to’g’risida ham gapirish mumkin. Naqshlarning nozik-nafisligiga nazar tashlar ekansiz, beixtiyor Botticheli rasmlarini, Eron va O’rta Osiyo miniyaturalarini yodga olasiz. Bunday tassavvurlarning bari xaqqoniy bo’ladi. Zotan, uning butun extiroslari klassik san’atda singishib uning shahsiy tassavuri bilan chatishib ketdi uning o’ziga hos usta mo’minona talqinini topdi. Nikolayev faraxbaxshlik, aniqlik va musiqiylikni butun san’atga hos hususiyat deb hisoblaydi, dunyoni anglashi ravshanlashadi. Usta Mo’min asarlariga hos zamonda davomiylik – zamonda cheksiz ifodasini topgan nozik sukunatning alohida holatidir
. Bu – XIII asr Italyadan tortib qadimgi Rus va O’rta Osiyo birga XVII asrdagi Eron san’ati hodisalarini qamrab oladigon ulkan doirani ihota etadi. Mashriq bilan Mag’rib, dengiz suvida musaffo bo’lgandek Italyaning yorqin bo’yoqlari va O’rta Osiyo jaziramasining holdan toydiruvchi aniqligi mana shu uyg’un asarlarda qorishib ketgan. Nikolayevning Sharq va G’arbga murojat qilishi naqadar murakkab bo’lsa, uning ijodidagi shartlilik va reallik ham shu qadar ilg’ab bo’lmas darajada murakkabdir. Uning asarlari butkul real mavqeyda turadiki, natijada o’z o’brazligiga ko’ra mutlaqo ishonarli asarlar yaratadi. Masalan ,, Choyhonachi’’ [1928] temperasida rasso’m mo’ysafid cholning tasvirini hona ko’rinishida tasvirlagan Yerga bo’yra to’shalgan, bir yonida samovar, boshqa yonida esa qumg’on va tokchada lagan tasvirlangan. Ochiq eshikdan quyosh nuri tushub turgan ko’cha ko’rinib turibdi, cholning xaqqoniy tasvirlangan, qulog’iga atirgul qistirilgan katta boshi, bularning bari go’zal manzarani vujudga keltiradi. Atrofdagi shartli yoki real tasvirlangan umumiy holatdagi, nisbati o’brazni vujudga keltirishda shartli vositalar bilan, realizim o’rtasidagi muozanatni hosil qilishga yordam beradi. Kompazitsiya vositalarining O’zbekiston mavzulari bilan nisbati Nikolayev ijodida teran o’ziga hoslik va takrorlanmas yechimini topdi. Qariyib samarqandga o’tgan 15 yillik hayoti davrida Nikolayev o’z uslubini yarata oldi. Nikolayevning ochiq ko’ngliligi va haqiqatparvarligi, bazi hollarda uning uchun salbiy oqibatlarga olib kelgan. 40 yillardagi 2 jahon urushiig boshlanish davrlarida rassomning qoliga kishan solishib, xibisga olishdi. Avval Maskivada keyin esa Toshkendagi tosh turmada bo’ldi. Nikolayev keyinchalik o’z hattosini chundi.
ALEKSANDIR VASILEYIVICH NIKOLAYEVICH ’’ USTA MO’MIN’’ TASVIRIY SAN’ATDAGI IJOD YO’LLARI XAQIDA TAYORLANDI
[ USTA MO’MIN ]
.
Nikolayev hayotni to’la va keng tasavvur qila olardi. Hulq – atvorining o’ta jonliligi Afandi latifalariga chizilgan rasmlar tasvirlaridan, ,, Navro’z’’ va ,, To’y ‘’ pannolari grafik eskizlarining ayrim gurupalaridan ko’rinib turadi. Nikolayev go’yoki o’sha his hayajonni o’zi kechirayotganday, xar bir harakterda gavdalanayotganday tuyuladi. Usta Mo’min asarlarining asosiy jihati kompozitsiyon jihatidan ifodaliligidir. ,,Hamma erkaklar pahta terimiga’’ plakati, ,, Chavondozlar’’ rasmi ,, Bahor’’ temperasi tashqi jihatdan bir – biridan juda uzoq bo’lsada, tasviriy aniq fikrni aniqlaydilar. Kompazitsiyalari uchun uning asosi bo’lgan kayfiyatni mujjasam diqqat – etiborni rasso’m gavdalantiradi. Nikolayevning rang tanlashda ham unung ziyrakligini kuzatish mumkin. Masalan ,, Bahor ‘’ rasmida dokada ham, bolalar kiyimiga ham bo’yoqlar tiniq berilgan, teraklar nozik rang olgan. Ayni mahalda devor, teraklar tanasi, pechakgul va maysa gilam bolalarning qoracha tanalari tasviriga bo’ysundirilgan. Eng asosiysi ranglar nisbati, rasm jilodorligidadir. ,, Bedana ushlagan bola’’ rang masalasini hal qilishning ischiligi ajralib turadi. Feruza osmon va qoramag’iz yuz rangining jarangdorligi diqqatini tortadi. ,,Telpak kiygan bola’’ rasmidagi yoshlikning maftunkor go’zalligi, Nikolayev yigirmanchi yillar o’rtalaridagi asarlariga hos nafiz did bilan tasvirlagan.
Nikolayev moybo’yoqda oz muddat ishlagan bo’lsada lekin sermazmun ko’plab asarlar yaratgan. Bulardan ,, Eski maktab ‘’, ,, Muzeyda’’, ,,To’qay’’ , ,, Ho’ja Nasriddin bozorda,, kabilar bo’lib bu rasmlar rasso’m moybo’yoq, bilan rasm ishlash tehnikasini egalaganligini dalilidir. Rasso’mning ijodi ko’p qirralidir. Devoriy rassomchilikda ham, akvarelda ham, kitobiy va kitob grafikasida ham, teatir bezaklari va eskizlarida ham barida Usta Mo’minning dashati sezilib turadi. Sharq o’lkasiga muhabbati, rasso’mning qalbi, shu zamin farzandlari singari halq g’ami, halq tashvishi, vatanga bo’lgan sevgisi bilan singishib ketgan edi. Nikolayev 30 yillik O’zbekistonda yashagan davri davomida, O’zbek tasviriy san’atining shakillanishiga va rivojlanishiga misli ko’rilmagan ulkan hissa qo’shgan, Atoqli o’zining uslubiga ega [Usta Mo’min] A. Nikolayev umrining songi kunlariga qadar O’zbekistonda yashagan. Ijoddan toxtab qo’lmadi. Qamoqdan ortirgan hastaligi zo’rayishi, va vaqtning tantiligi, ham Nikolayevning o’tayotgan kunlarini murakkablashtirar edi. Og’ir kunlar og’ir damlar edi. Hastalik Nikolayevning hayotini chigallashtirib borardi, 1957 yili yozning jazirama kunlari Nikolayevning umrining so’ngi onlari edi. Shu vaqtda ham rassom buyuk Sharqni tabiati insonlariga bo’lgan mehri abadiy ekanligini takrorlar edi. Shu yilning 27- iyunida hayotdan ko’z yumadi. O’zbek tasviriy san’atida o’chmas iz qoldirgan abadiy, o’chmas nomi bilan tariximizda buyuk shahslar qatorida qoladi.