kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Pedagogning portfoliosi

Нажмите, чтобы узнать подробности

PEDAGOGNING PORTFOLIOSI

                             Dolimova Gulsanam Avasxanovna. Uychi tumani 3-o’rta umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo’llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o’zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o’quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o’zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg’or ta’lim texnologiyalarini o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog’liqugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma’lumotlar bazasi va talabalar bilan o’quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi

“Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.  Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko’rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi.

Portfolioni ta’lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-yillarning o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSh va Kanadadan so’ng, portfolio g’oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilmoqda.

Portfolio (inglliz tilida. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. franstsuzcha. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. italyancha. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to’plamidan iborat.

Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega: 

          – pedagogning ma’lum bir vaqt oralig’ida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli;

– faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua;

– pedagogning dars berayotgan fani bo’yicha o’quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi vosita;

   – pedagog va talabalar o’rtasidagi o’quv muloqotini ta’minlashga xizmat qiluvchi tizim;

–talabalar bilan teskari aloqani o’rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi.

Pedagogning portfoliosi ta’lim muassasalari rahbariyati uchun o’qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o’qituvchilarni o’z-o’zini kuzatish va o’z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra pedagog portfoliosi – bu o’qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o’qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g’olib bo’lganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo’yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi. 

Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o’zo’ziga baho berishning ko’p funktsiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:

– ta’lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;

– talabalarning mustaqil ta’limi va o’z ustida ishlashga intilishni oshirish;

– uzluksiz rivojlanishni rag’batlantiruvchi omilni joriy etish;

– bilimlarning samarali o’zlashtirilishiga intilish;

– pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish. 

Portfolio quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

– portfolio sayti (sayt ko’rinishidagi portfolio);

– veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);

  – elktron taqdimot;

  – natijalar papkasi.

Elektron portfolio ko’rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o’ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega:

–  zamonaviyligi;

–  tezkorligi (kerakli o’zgarishni tezda kiritish imkoniyati);

– funktsionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislarga, qiziquvchilarga o’z tajribasini namoyish etish ikmoniyati) hamda o’z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o’zida doimiy ravishda to’ldirib borish mumkin bo’lgan raqamli ta’lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi;

– effektivligi (o’qituvchini o’z-o’zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish);

Portfolioning taqdimot shakli ma’lumotlarni ko’rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko’proq ma’lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o’quv jarayoniga keng joriy etish bo’yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo’lga qo’yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq.

 Portfolioning muhim jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o’qituvchiga o’z ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o’z imkoniyatlarini ob’ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko’rinishlarida (o’quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o’qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi.

Bir qancha mualliflar o’z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan:

       – yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi

        yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi;

 – taqdimot portfoliosi – o’qituvchining eng yaxshi ishlari to’plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o’tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo’ladi;

– hisobot ko’rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beradi;

– majmuaviy portfolio – yuqorida ko’rsatilgan portfolio ko’rinishlarini qamrab oladi va o’qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Pedagogning portfoliosi»

PEDAGOGNING PORTFOLIOSI

Nishonova Gulbahor Hamidjanovna. Uychi tumani 3-o’rta umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo’llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o’zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o’quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o’zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg’or ta’lim texnologiyalarini o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog’liqugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma’lumotlar bazasi va talabalar bilan o’quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi

“Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko’rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi.

Portfolioni ta’lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-yillarning o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSh va Kanadadan so’ng, portfolio g’oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilmoqda.

Portfolio (inglliz tilida. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. franstsuzcha. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. italyancha. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to’plamidan iborat.

Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:

– pedagogning ma’lum bir vaqt oralig’ida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli;

– faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua;

– pedagogning dars berayotgan fani bo’yicha o’quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi vosita;

– pedagog va talabalar o’rtasidagi o’quv muloqotini ta’minlashga xizmat qiluvchi tizim;

–talabalar bilan teskari aloqani o’rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi.

Pedagogning portfoliosi ta’lim muassasalari rahbariyati uchun o’qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o’qituvchilarni o’z-o’zini kuzatish va o’z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra pedagog portfoliosi – bu o’qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o’qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g’olib bo’lganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo’yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.

Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o’zo’ziga baho berishning ko’p funktsiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:

– ta’lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;

– talabalarning mustaqil ta’limi va o’z ustida ishlashga intilishni oshirish;

– uzluksiz rivojlanishni rag’batlantiruvchi omilni joriy etish;

– bilimlarning samarali o’zlashtirilishiga intilish;

– pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish.

Portfolio quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

– portfolio sayti (sayt ko’rinishidagi portfolio);

– veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);

– elktron taqdimot;

– natijalar papkasi.

Elektron portfolio ko’rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o’ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega:

– zamonaviyligi;

– tezkorligi (kerakli o’zgarishni tezda kiritish imkoniyati);

– funktsionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislarga, qiziquvchilarga o’z tajribasini namoyish etish ikmoniyati) hamda o’z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o’zida doimiy ravishda to’ldirib borish mumkin bo’lgan raqamli ta’lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi;

– effektivligi (o’qituvchini o’z-o’zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish);

Portfolioning taqdimot shakli ma’lumotlarni ko’rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko’proq ma’lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o’quv jarayoniga keng joriy etish bo’yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo’lga qo’yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq.

Portfolioning muhim jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o’qituvchiga o’z ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o’z imkoniyatlarini ob’ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko’rinishlarida (o’quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o’qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi.

Bir qancha mualliflar o’z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan:

– yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi

yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi;

– taqdimot portfoliosi – o’qituvchining eng yaxshi ishlari to’plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o’tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo’ladi;

– hisobot ko’rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beradi;

– majmuaviy portfolio – yuqorida ko’rsatilgan portfolio ko’rinishlarini qamrab oladi va o’qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 11 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Pedagogning portfoliosi

Автор: Nishonova Gulbahor Hamidjanovna

Дата: 28.04.2020

Номер свидетельства: 548303


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства