kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ot -so'z turkumi. Otlarda egalik qo'shimchalari

Нажмите, чтобы узнать подробности

O‘quvchilarni otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi haqidagi bilimlarini boyitish, shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo’lishi haqida elementar nazariy tushuncha berish orqali egalik qo’shimchalaridan og’zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish. O’quvchilar nutqini otlar bilan boyitish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ot -so'z turkumi. Otlarda egalik qo'shimchalari»






Samarqand viloyat Kattaqo’rg’on shahar

14-umumiy o’rta ta’lim maktabining­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

AXMEDOVA MUBORAKning


BIR SOATLIK



MAVZU : OT-SO’Z TURKUMI.

OTLARDA EGALIK QO’SHIMCHALARI



2019-2020 o’quv yili



MAVZU: OTLARNNG EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN QO’LLANISHI

Egalik qo’shimchalari qo’shilgan otlarda tovush o‘zgarishlari


O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: “Refleksiya” , ko‘rsatmalilik, suhbat, interfaol, tushuntirish, nazorat,

savol-javob.

Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz : texnika vositalari, didaktik materiallar, jadvallar, chizmalar, rasmlar, topshiriqli materiallar.

Nazorat: O‘quvchilarning dars davomidagi faolligi kuzatib boriladi, savol-javob, darsdagi ishtirokiga qarab rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.

Baholash: O‘quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.



Darsning maqsad va vazifalari


1. Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi haqidagi bilimlarini boyitish, shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo’lishi haqida elementar nazariy tushuncha berish orqali egalik qo’shimchalaridan og’zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish. O’quvchilar nutqini otlar bilan boyitish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga ahil, inoq bo‘lib ishlash, Vatanni sevish hissini o‘stirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad:: Chiroyli va to‘g‘ri yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, tez, to‘g`ri, erkin fikrlash qobiliyatini o‘stirish, o‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, faollik, zukkolik, topqirlik malakalarini rivojlantirish.


Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.


Fanga oid kompetensiyalar:

Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r, audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi.


Kutilayotgan natija:

Mavzuning barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish, o‘quvchilarning chiroyli va xatosiz yozishlariga erishish. Darsga o‘quvchilarning faol qatnashishiga erishish, o‘quvchilarni darsga qiziqtirib, ularni faollashtirish yo‘llarini belgilash va qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishish.


Dars taqsimoti.


1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O‘tilganlarni takrorlash

5 daqiqa

3

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

5 daqiqa



Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. Dars shiori. Darsning oltin qoidasi bilan tanishtirish. Guruhlarga bo‘linadi.

Suhbat,

Savol-javob

5 daqiqa

2-bosqich

O‘tilganlarni takrorlash


Tezkor savol-javob o’tkazish

Interfaol metodlardan foydalanib, o’tilganlarni takrorlash


Bahs munozara, izlanish,

Aqliy hujum, Musobaqa

5 daqiqa

3-bosqich

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash


179-mashqni bajarilganini aniqlash va tekshirish.


Tushuntirish, Didaktik o‘yinlar

5 daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni bayoni

Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi.

180-183 -mashqlar asosida

ishlash

Kitob bian ishlash

Savol –javob.

texnologiyasi.

20 daqiqa

5-bosqich.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Dam olish daqiqasi “Qo’shimcha o’rnini top”va ”Jumlani to’g’ri tuz” o‘yini orqali mavzuni mustahkamlash

Didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi.


5 daqiqa

6-bosqich.

Darsning yakuni, baholash va uyga vazifa berish

Daftarlariga 184-mashqni bajarib kelish topshirig`i beriladi. Guruhlar ballari aniqlanib, gʻolib guruh ragʻbatlantiriladi.

Tushuntirish, ragʻbatlantirish

5 daqiqa

Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism:

Ma’naviyat daqiqasi

2.O’tilganlarni takrorlash:

179-mashqni tekshirish. Savol-javob o’tkazish,

3.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:

Musobaqa tarzida guruhlar bellashuvi.

I-shart: Tezkor savol-javoblar

Lug’at diktant. Konstitutsiya so’zi asosida.

II-sh:“Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi.“

4.Yangi mavzu bayoni:

QOIDA.Darslik bilan ishlash.

III-sh:„Mozaika“usuli. Tarqoq so’zlarni o’rinli joylashtirish. 180-mashq asosida.

5.Yangi mavzuni mustahkamlash:

IV-sh:“Qo’shimcha o’rnini top”

V-sh:“Jumlani to’g’ri tuz”182-mashq asosida

6.Dars yakuni:

Oquvchilarni baholash va rag’batlantirish.


DARSNING BORISHI:

I. Bosqich. Tashkiliy qism . Salomlashish

O‘qituvchi: -Aziz bolajonlarim, sog’lommisiz, omonmisiz, Darsimizga tayyormisiz?

O‘quvchilar: -Rahmat ustoz omonmiz, Darsingizga tayyormiz

O‘qituvchi: -Darsimiz ona tili. Shiorimiz:

O‘quvchilar: - Darsimiz ona tilimiz,

Bizning jonu dilimiz.

O’qiymiz, o’rganamiz,

Va chiroyli yozamiz.

Ona tili – onam tili,

Mehribonim mehru dili.
Sevib aytgan tilagimdir,

Ona tili yuragimdir.

O’qituvchi: - Ona tilim-onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim xonumonim tili bu

Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa.

Sen onam tilisan, otam tilisan,

Sen bobom tilisan asrlar oshgan.

Aziz o‘quvchilarim,

Mitti gul-g‘unchalarim.

Sizni jondan sevaman,

Sizga bilim beraman.

Ona Vatan so‘zini,

Qalbingizga quyaman.

O‘quvchilar bir ovozda javob berishadi

Biz o‘quvchi bolalar,

Maktab tomon boramiz.

Har bir o‘tgan darslardan,

Puxta bilim olamiz.

O’qituvchi: -Kunimizning ta’rifin,

Bizlarga kim aytadi

O’quvchi: -Hafta bugun (chorshahba)

Sanamizdir (o‘ninchi.)

Hozir (dekabr) oyi

U qish faslin chiroyi.

O’qituvchi:-Demak, bugun 10-dekabr

Shu payt sinf xonaning eshigi taqqillaydi.

O’qituvchi: -Bolajonlar kimdir kelganga o’xshaydi. Ha, aytgancha, aziz o’quvchilar, bugungi darsimizga telestudiyaning “Bolajon” kanalidan darsimizda ishtirok etish uchun muxbirlar tashrif buyurishgan.Kelinglar,marhamat.

Muxbirlar: -Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz tengdoshlar .

Biz bugun sizlarga dekabr oyimizning muhim sanalari haqida ma’lumot bermoqchimiz.

1-muxbir: -8-dekabr O’zbekiston Respublkasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami sifatida nishonladik.

2-muxbir: -1992 yil 10-dekabr ya’ni bugun O‘zbekiston Respubkasining madhiyasi qabul qilingan bo’lib, musiqasi Mutavakkil Burxonov, so’zi esa Abdulla Oripov tomonidan yozilgan.

1-muxbir:-Dekabr oyining eng quvonchli hamda bizga shodlik ulashuvchi bayrami, bu albatta, Yangi yil bayramidir. Biz 2019- yilni kuzatib, yangi 2020- yilga qadam qo’yish ostonasida turibmiz. Yangi 2020-yil Prezidentimiz tomonidan “ _____________________________ “ deb e’lon qilindi. Bu yildan umidlarimiz katta.

O’qituvchi: -Rahmat sizga, jajji muxbirlar. Marhamat, safimizga qo’shiling. Bolajonlar, har galgidek bugungi darsimizning ham oltin qoidalarini tuzib olamiz.

II bosqich. O’tilganlarni takrorlash: O’quvchilar aylanma daftarlarini almashtirish, uyda 179-masqni bajarilganini aniqlash.


O’quv qurollarining (kitob, parta, qalam, chizg’ich, daftar) rasmi doskaga ilib qo’yiladi.

-So’zlar birgalikda nimani bildiradi? (O’quv qurollarini bildiradi.)

-O’quv qurollaridan kimlar foydalanadilar? (O’quvchiar foydalanadilar.)

Daftar sizga tegishli ekanligini qanday bildirasiz (Mening daftarim deyman.)

-Daftarim so’zidagi –im qo’shimchasini olib tashlasak, ma’no o’zgaradimi? (Daftar kimniki ekanligi tushunilmaydi.)

- Demak -im q’shimchasi qanday ma’no anglatadi? (Daftarning kimga tegishli ekanini anglatadi.)

-Daftaring deyilsa-chi? (Senga tegishli ekanini anglaymiz.)

Demak, bu qo’shimchalar daftarning kimga tegishliligini anglatadi.

-Ushbu so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi? (Nima so’rog’iga javob bo’ladi)

- Qaysi so’z turkumiga oid so’zlar Nima? so’rog’iga javob bo’ladi (Ot so’z turkumiga)

-Qanday so’zlar ot deyiladi? (Shaxs va narsaning nomini bildirib, Kim? Nima? Kimlar? Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi.)

-Otlar qaysi qo’shimchalar bilan qo’llanadi? (Egalik qo’shimchalari bilan)

-Egalik qo’shimchalari qanday ma’no bildiradi? (Shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini)

-Egalik qo’shimchalari qanday vazifani bajaradi? (Gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi)

III bosqich. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

O’qituvchi: -Darsimiz davom etadi. Darsimizni musobaqa tarzida davom ettiramiz. Buning uchun “Kichik guruhlarda ishlash” metodidan foydalanib, qolaversa, har bir insonda biror jamoaga mansublik ehtiyoji mavjud, farzand sifatida oz oilasiga, ma’lum bir manzilda yashovchi sifatida o’z mahallasiga, o’quvchi sifatida maktabiga yoki ishchi sifatida o’z korxonasi jamoasiga mansubligiga ahamiyat bergan holda, har qanday jamoa bizning hamjihat bo’lishimizga yordam berishini hisobga olib, yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak, respublikamizda yoshlar va bolalarni bir maqsad yo’lida birlashtirish, ularning iste’dod va salohiyatlarini yuzaga chiqarishda suyanch va tayanch bo’lish uchun tashkil etilgan tashkilotlar singari guruhlarga bo’linib olamiz.

1-guruh ”KELAJAK” 2-guruh “KAMALAK” 3-guruh ”BUNYODKOR

Guruhlarning shiorlari:

  1. guruh: – Kamol bergin menga ONA YURT,

Toki farzand bo’lay chinakam.

Shu xalq uchun, shu Vatan uchun,

Yashay yonib, qo’shilsin hissam.

2-guruh: - O’zbekiston yagona,

Vatan uchun yashaylk.

Vatan ichra bu go’zal,

Chaman uchun yashayik.

3-guruh: Kamol bergin menga ona yurt,

Illatlarga qarshi kurashay,

Nurli yo’ling dunyoga yoyib,

Kelajakka bunyodkor bo’lay.

Bayrog’imiz- faxrimiz” metodi. Doskaga ilingan bayroqlar orqali golib guruh aniqlanadi. Qaysi guruh shartni tez va to’g’ri bajarsa, shu guruhning bayrog’i birinchi marraga yetib boradi

I-Shart: “Reflekiya” (Takrorlash) metodi. Tezkor savollar.

1-guruh

1. O‘zbek alifbosida harflar nechta?

2. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning til haqida aytgan so’zlari ?

2-guruh

1. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning til haqifagi fkrlari

2.Nechanchi yili O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risidagi Qonuni qabul qilingan?

3-guruh

1. She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz til haqida nima deganlar?

2. Quyosh so’zini fonetik tahlil qiling.



O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.

Ona tili – bu millatning ruhidir.


LUG’AT DIKTANT. “Konstitutsiya” so’zi asosida.

K – eng yaqin do’stimiz. - Kitob

O – tunda ko’kda nur sochar. - Oy

N – milliy bayramimiz. - Navro’z

S – bahor taomi. - Sumalak

T – respublikamiz poytaxti. -Toshkent.

I - sovuqning aksi. – Issiq.

T – gapiradigan qush. –To’ti

U - boshpanamiz. – Uy.

T – shohning bosh kiyimi. –Toj.

S – avgustdan keyingi oy. – Sentabr.

I – bilmasvoyning bahosi. – Ikki.

Y – Yangi yil qaysi oydan boshlanadi. –Yanvar.

A – onalar qo’shig’i. – Alla

  • Xo’sh, konstitutsiya o‘zi nima?

O’quvchilar: -Konstitutsiya lotincha “constitution” so’zidan olingan bo’lib, “tuzilish” , qoida va nizomlar ma’nolarini anglatadi.

-Konstitutsiya O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanadi.

- Konstitutsiyamiz 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
1-modda: O’zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning “O’zbekiston respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
Moddalar mazmunini ifoda etuvchi she’rlar aytiladi.
- Bir kam dunyo butundir bugun, yuraklardan yechilar tugun.
Ko’ngillar shod, chehralar gulgun.
Mustaqillik olloh ne’mati, yasha, yuksak o’zbek davlati.
5-modda: O’zbekiston respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
- Ozod mamlakatning muhtasham qo’rg’onida

Isyonkor bobolarim pok ruhida, jonida.

To’ron qadim Turkiston, ulug’ turk osmonida,

Kamalakdek tovlanar istiqlolim mayog’i

O’zbekiston bayrogi, O’zbekiston bayro’gi.

41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega.
- Yuragimda cho’g’ misoli olov yonar, Bu maskanda bilim olgan mangu onlar. Kelajakka undar bizni mayoq misol. Vatan ichra jajjigina vatan o’zing,

Bizga ta’lim bergan ulug’ maskan o’zing.
Buyuk allomalarning Konstitutsiya to’g’risidagi fikrlari:

Konstitutsiya idoralar izchilligini, ayniqsa, davlat idoralari izchilligini tartibga soladi.

(Arastu)

Odam hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi.

(I.Karimov)

O’quvchilar qo’llariga ”Mustaqillik”, “Istiqlol”, “Ozodlik”, “Erk”, “Adolat”, “Huquq, burch”, “Qonun”, “Fuqaro”, “Baxt-saodat”, “Vijdon” kabi so’zlar yozilgan tarqatma materiallar beriladi. Ushbu so’zlarni qatnashtirib gaplar tuziladi.

1.Mustaqillik bu birovga qaram bo'lmaslik, o'z xohish va istagi bilan kelajakka intilishdir.
2. Istiqlol deganda, biz mamlakatimizda 25 yildan buyon hukm surayotgan erkinlik va ozodlikni tushunamiz.
3. Ozodlik bu — bunyodkorlikka ochilgan oydin yo‘l.
4. Erk deganda biz insonning o'z taqdirini o‘zi hal qilish huquqini tushunamiz.

5. Adolat qomusimizning bosh g’oyasi.

6. Konstitutsiyada inson huquq va burchlari belgilab qo’yilgan.

7. Konstitutsiya qonunlar bilan himoya qilinadi.

8. Siz ham O’zbekiston fuqarosisiz.
9. Konstitutsiyada inson baxt- saodati haqidagi orzu-umidlar aks etadi.
10.Adolatparvarlik vijdon amri.

O’qituvchi: - Ma’lumotlaringiz uchun rahmat. Demak, jamiyatda qonun ustivorligini o’rnatish va shu orqali farovon hayot barpo etish mumkinligini, xalq kelajagi konstitutsiyaga bog’liqligini anglashimiz, bilim egallashga intilishimiz, vatanimizga munosib farzandlar bo’lishimiz lozimdir. Darsimiz davom etadi.

II-Shart: “Charxpalak” metodi

T

/r

Asosiy ro’yxat

OT

SIFAT

SON

FE’L

1

MASHINA





2

GULLADI





3

QIZIL





4

IZLAYDI





5

KITOB





6

SERQUYOSH





7

YUZTA





8

OSMON





9

KELMADI





10

MOVIY





11

YOG’DI





12

UCHINCHI





13

KOMPYUTER





14

YIGIRMA





15

ODOBLI





IV bosqich. Yangi mavzu bayoni:

Qoida.

-m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -lari – egalik qo’shimchalaridir. Egalik qo’shimchalari shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini bildiradi.

Shaxs Birlik Ko’plik

I kitobim kitobimiz

II kitobing kitobingiz

III kitobi kitoblari

Tilda 3 ta shaxs bor:

I shaxs – so’zlovchi.

II shaxs – tinglovchi.

III shaxs - oz’ga.

Egalik qo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi.

Egalik qo’shimchalari so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardir.

Ba’zi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zakda quyidagicha tovush o’zgarishi yuz beradi. *unli tovush tushib qoladi;

*undosh tovush almashadi.


shahar shahrim

b urun im burnim

og’iz og’zim

singil singlim



180-183-mashqlar

III- Shart: “Mozaika” usuli. 180-mashq asosida. Tarqoq so‘zlarni o‘rinli joylashtirib, gap hosil qiling.

180-mashq. Nuqtalar o’rniga II shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi qo’yib o‘qing va yozing.

Turar boylikka kon tog’ing,

Quyosh erur chin o‘rtog’ing .

O’ynab oqar sho’x bulog’ing,

Mening yurtim, O’zbekiston.

Soz o’zagida qanday tovush o’zgarishi yuz berganini ayting.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

  • O’tiramiz o‘gil-qiz, Barchamiz ahil ,inoq.

O’rnimizdan turamiz, Asta joyda yuramiz.

Qo’llarni ko’taramiz, So’ngra chapak chalamiz.

Qo’llarni tushiramiz, O’ng qo’lda ko’rishamiz.

Boshni chapga va o’ngga, Aylantirib olamiz.

Dam oldirib tanani , Yana kuchga to’lamiz

.

IV-Shart: “Qo’shimcha o’rnini top” o’yini o‘tkaziladi.


Shaxs

Birlik

Ko’plik

I

maqsad-im

maqsad-imiz

II

maqsad-ing

maqsad-ingiz

III

maqsad-i

maqsad-lari


Shaxs

Birlik

Ko’plik

I

vazifa-m

vazifa-miz

II

vazifa-ng

vazifa-ngiz

III

vazifa-si

vazifa-lari


Shaxs

Birlik

Ko’plik

I

xohish-im

xohish-imiz

II

xohish-ing

xohish-ingiz

III

xohish-i

xohish-lari

181-mashq. Nuqtalar o’rniga egalik qo’shimchalaridan mosini qo’yib, topishmoqlarni o’qing, javobini toping.

  1. Chaqolmaysan tezda, qattiq po’chog’i ,

Chaqsang mag’zi mazali, yog’dir o’chog’i. (Yong’oq)

  1. Barmog’i bor-u, tirnog’i yo’q. (Qo’lqop)

  2. Oyog’i yo’q qochadi,

Qanoti yo’q uchadi. (Bulut)

Ko’chiring. Tovush o’zgarishlarining sababini tushuntiring.

V-shart:“Jumlani to’gri tuz” o’yini. 182-mashq asosida. Konvertga qog’ozchalarga harflar yozib joylashtiriladi. Harflar birlashtirilib maqollar hosil qilinadi.

182-mashq.Nuqtalar o’rniga III shaxs birlikdagi egalik q’shimchalarini qo’yib, maqollarni o‘qing va yozing. So’z o’zagida qanday tovush yuz berganini ayting.

1.Bilagi zo’r birni yiqar,

Bilimi zo’r mingni yiqar.

2. Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam,

Odam mehnati bian ko’rkam.

3.Ilm aql bulog’i,

Aql yashash chirog’i.


V bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

183-mashq. She’rni ifodali o’qing.

Yosh ko’nglimda orzularim mo’l,

Quyosh erir yurak taftimga.

Men osmonga uzatganda qo’l,

Sayyoralar qo’nar kaftimga. (Erkin Vohidov)

Ko’chiring. Egalik qo’shimchalarini olgan otlarni aniqlang, shaxs-sonini ayting.

Qaysi so’z o‘zagida o’zgarish bo’ldi.


So’zlarni tarjima qiling

T/r

O’zbek tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

1

Yangi yil



2

Baxtli



3

Qirq besh



4

Oila



5

Shanba



VI bosqich. Dars yakuni.

Guruhlarning to‘plagan ballari umumlashtiriladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Har bir guruhdan faol qatnashgan o‘quvchilar ham baholanadi.

O‘qituvchi: Bolajonlar bugun darsda nimalarni mustahkamladingiz?

O‘qituvchi: Darsda nimalar sizga yoqdi?

O‘qituvchi: Nima uchun?

Qaysi guruhlar yaxshi ishladi deb o‘ylaysiz? Nima uchun?

O‘qituvchi: Shu bilan bugungi darsimiz tugadi. Uyda o’rganganlaringizni takrorlab keling.

184-mashqni sharti asosida bajaring.
















.

14



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Ot -so'z turkumi. Otlarda egalik qo'shimchalari

Автор: Aхмедова Муборак Икромовна

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 544981


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства