Просмотр содержимого документа
«Mustahkamlash darsi»
Qashqadaryo viloyatiMuborak tumani4 – sonli umumiy o’rtata’lim maktabiFizika fani o’qituvchisiSobirov ShohjahonningFizika fanidan“Radioaktiv yemirilish qonuni”mavzusida tayyorlaganTAQDIMOTI
MAVZU: RADIOAKTIV YEMIRILISH QONUNI
REJA:
Radioaktiv nurlar.
Tabiiy radioaktivlik.
Radioaktiv yemirilish qonuni.
Yarim yemirilish davri.
Aktivlik.
Radioaktiv elementlar oilasi.
Radioaktiv nurlar.
Fransuz fizigi A.Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius – nur so‘zidan olingan), radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.
Radioaktiv nurlar
Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikulyar yo`nalgan magnit maydondan o`tkazilgan nur uchta: alfa, betta, gamma -nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi elektronlar oqimi, uchunchisi esa gamma – kvantlar (fotonlar) oqimidir.
Tabiiy radioaktivlik
Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va PyerKyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element– poloniy (Po) va radiy (Ra)larni ajratib olish sharafga muyassar bo‘ldilar. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40k, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.
Tabiiy radioaktivlik
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.
Tabiiy radioaktivlik deb, nostabil izotoplar
atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi.
Radioaktiv yemirilish qonuni
Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo‘lgan yadro esa bola yadro deyiladi. Xo‘sh, bu yemirilish biror qonunga bo‘ysunadimi? Ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan kamaya boradi. Ba’zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro‘y bersa, ba’zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodify hodisadir. Shuning uchun, u yoki bu yadroning berilgan vaqt oralig‘ida yemirilishi statistika qonunlariga bo‘ysunadi.
Radioaktiv yemirilish qonuni
Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida yemirilish ehtimoli bilan aniqlanadigan kattalikdir. U λ harfi bilan belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi.Agar boshlang`ich moment t=0 da N0 ta radioaktiv atom mavjud bo`lsa, t momentda qolgan radioaktiv atomlarning soni quyidagi qonunga muvofiq aniqlanadi.
Bu yerda e~2,72-natural logarifmning asosi. Yuqoridagi ifoda esa radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.
Yarim yemirilish davri
Aktivlik
Radioaktiv elementlar oilasi
Uyga vazifa
Radioaktiv nurlarni kim aniqlagan?
Tabiiy radioaktivlik nima?
Radioaktiv yemirilish qonunini aytib bering.
Yarim yemirilish davri deb nimaga aytiladi?
Aktivlik va uning birligi nima?
Radioaktiv elementlar oilasi qanday elementlar kiradi?