Просмотр содержимого документа
«Методическая рекомендация на тему: “Шахс ва нарсаларнинг белгисини билдирган сузлар” мавзусини утишда “Зид маьноли сузлардан фойдаланиш”»
Buxoro viloyat G’ijduvon tuman 8- umumiy o’rta ta’lim maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Miraliyeva Nodiraning “Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlar”mavzusini o’tishda “Zid ma’noli so’zlardan foydalanish”nomli metodik tavsiyasi.
“ Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so’rasangiz,farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”
Sh.M.Mirziyoyev
Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlarni o’rgatishda zid ma’noli so’zlardan foydalanish.
Ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va erishilgan qator yutuqlarga qaramasdan,axborotlar oqimining jadal sur’atda kirib kelishi natijasida ta’lim sifat samaradorligini yanada rivojlantirish ,yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Sifatlar darslikdagi 1-2-sinflarda shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlar deb berilgan bo’lsa,3-4 –sinflarda sifat so’z turkumi deb atalgan.
Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday?,qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.
Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlarni zid ma’nolisi bilan birgalikda o’rgatish, o’quvchilarning shaxs va narsa belgisini bildirgan so’zlarni yaxshi tushunishi bilan birgalikda ularning mantiqiy fikrlashini hamda so’z boyligini oshiradi.
Antonimlar(zid ma’noli so’zlar)-grekcha anti-”zid”,”qarama-qarshi” tushunchalarni ifodalaydigan so’zlardir.Antonimlikda 3 ta belgi bor:
1)Shakliy jihatdan har xillik(katta-kichik)
2)Ma’no jihatdan har xilllik(Yaxshi-yomon)
3)Ma’nodagi o’zaro zidlik(og’zaki-yozma)
Ana shu uchta belgiga ega bo’lgan ikkita so’zgina o’zaro antonim bo’lishi mumkin
Antonimlardan foydalanish o’z-o’zidan o’quvchilarning lug’at boyligini oshiradi.Bolaning 1-2-sinflik paytida ixtiyoriy xotira o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqadi.So’z eshitilgach ,ba’zan darhol faol lug’atga kiradi.Shunday ekan, biz bu muddatdan unumli foydalanib bolaning lug’at boyligini kengaytirishimiz zarur.O’zbek tilida zid ma’noli so’zlar juda ham ko’p.
Ayyor -sodda
Badbo’y- xushbo’y
Baland-past
Beso’naqay-xushbichim
Botir-qo’rqoq
Ulkan-mayda
Dag’al-mayin
Yozma-og’zaki
Sayoz-chuqur
Sun’iy-tabiiy
Zolim-mazlum
Ilg’or-qoloq
Ingichka-yo’g’on
Isrofgar-tejamkor
Ixtiyoriy-majburiy
Yirik-mayda
Kamob-serob
Kenja-to’ng’ich
Mo’rt-chayir
Obod-xarob
Umumiy-xususiy
G’irrom-halol
Xo’ra-chimxo’r
Xunuk-chiroyli
Xafa-xursand
Uzoq-yaqin
To’gri-egri
To’g’ri-xato
Tuzsiz-sho’r
Toshbag’ir-rahmdil
Suyuq-quyuq
Sog’-kasal
Siyrak-qalin
Sassiq-xushbo’y
Savodli-savodsiz
Hayotiy-xayoliy
Pokiza-iflos
Oshkora-yashirin
Ozod-erksiz
Novcha-pakana
Muloyim-qo’pol
Lapashang-uddaburon
Ko’p-kam
Keng-tor
Yorug’-qorong’u
Kamhosil-serhosil
Katta-kichik
Kamtar-manman
Oq-qora
Issiq-sovuq
Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so’zlarni o’rgatishda sifatlarning orttirma(bo’rttirma) darajalari bilan tanishtirish ham samarali natija beradi.
Qip-qizil olma
Yam-yashil yaylov
Kap-katta bola
Sap-sariq barg
Ko’m-ko’k osmon
Bus-butun kosa
Sifat mavzusini zid ma’noli so’zlar orqali o’rgatsak o’quvchilar nutqining ta’sirchanlik darajasi oshadi, estetik tarbiya rivojlanadi,sezgirlik qobiliyatlari oshadi,narsalarning belgisini o’zaro taqqoslash ko’nikmalari shakllanadi.Boshlang’ich sinf o’quvchisida bunday qobiliyatlarni shakllantira olsak,ularning kelajakda dunyoqarashi kengayadi,tabiat va borliqdagi hodisalarni to’g’ri idrok eta oladi,go’zallikka va nafosatga oshno bo’ladi,erkin fikrlash salohiyati takomillashadi.