Boshlang'ich ta'lim darslarida o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatishning ahamiyati.
Boshlang'ich ta'lim darslarida o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatishning ahamiyati.
Ayni davrda o‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda ularga erkin fikrlashni tarbiyalash zarurligi mutlaqo ravshan bo‘lib qoldi.Bola faoliyati erkin bo‘lsa, hurligiga dahl qilinmasa, unga shaxsga hurmat tuyg'usi paydo bo'ladi.Fikrlashni tarbiyalash muayyan moddiy, pedagogik sharoitlarni talab qiliadi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Boshlang'ich ta'lim darslarida o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatishning ahamiyati.»
BOSHLANG’ICH TA’LIM DARSLARIDA O’QUVCHILARNI ERKIN FIKRLASHGA O’RGATISHNING AHAMIYATI.
Valiyeva Nilufar Bahromovna
Asaka tuman 12 –umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Annotatsiya: Ayni davrda o‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda ularda erkin fikrlashni tarbiyalash zarurligi mutlaqo ravshan bo‘lib qoldi. Bola faoliyati erkin bo‘lsa, hurligiga dahl qilinmasa, unda shaxsga hurmat tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Fikrlashni tarbiyalash muayyan moddiy, pedagogik sharoitlarni talab qiladi. Mustaqil fikrlovchi birinchidan, borliqni kuzatish, his qilish, idrok etish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i zarur, ya’ni jismoniy- ruhiy sog‘lom bo‘lmog‘i kerak.
Kalit so’zlar: erkin fikrlash, shaxs, ruhiy erkinlik,mustaqil fikrlash.
Hozirgi davrda ta’lim sohasida eng muhim vazifalar eskirgan tamoyillar va bir qolipdagi o‘qitish metodlaridan voz kechib, zamon talablariga javob beradiganyangi yo‘nalishlarni izlashni taqozo etmoqda.
O‘qitishning eng samarali yo‘li - mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning haqiqatni
bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir. Darslarda bu ruh
bo‘lmasa, bunday mashg‘ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bo‘ladi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogic mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchi shaxsiga mos metodlarni qo‘llay olmasa,o‘quvchi shaxsini o‘zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida chekinish yuz beradi.
Ayni paytda o‘qituvchi oldida mas’uliyatli va mashaqqatli vazifa –
o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish hamda ijodiy fikrlashni shakllantirish
turibdi.
Ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘sib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonini sifat jihatidan takomillashtirishni talab qilmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallik bilan
rivojlanayotgan hozirgi davrda mehnat bozorida raqobatbardosh, mustaqil
fikrlaydigan kadrlar tayyorlash uchun o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini o‘stirish
muhim ahamiyatga ega va rivojlangan mamlakatlar tajribasida isbotlangan.
O‘zbekistonning to‘la mustaqil bo‘lishida fuqarolarning ruhiy va fikriy
mustaqilligi muhim kasb etadi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarini, ayniqsa
yoshlarni mastaqil fikrlay olishga o‘rgatish bugungi kunda o‘ta dolzarb masala
bo‘lib turibti. Yoshlarni tashabbuskor kishilar sifatida tarbiyalash, ularni nostandart
fikrlashga odatlantirishda ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi.
Hozirgi paytda milliy pedagogikaning asosiy diqqati tarbiyalanuvchi shaxs
ma’naviyatini kamol toptirishga, uning o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan, mustaqil
xulosalarga kela oladigan, ijodkor, tashabbuskor, mas’uliyatni zimmasiga olishdan
cho‘chimaydigan faol inson qilib shakllantirishga qaratilgan.
Insonning tuyg‘ular olami, hissiyotlar dunyosi erkin bo‘lmas ekan,
o‘qituvchi yoki o‘zga kishining tazyiqlaridan, zo‘ravonliklaridan hayiqib turar
ekan, u hech qachon mustaqil fikr aytolmaydi.
Hissiyotlariga daxl qilinmagan odamdan erkin fikrlay oladi, o‘z fikrini
asoslay biladi, uni himoya qila oladi.
Erkin fikrlashga o‘rgatish zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash
ehtiyojini ko‘zlab, xalq ruhiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik kabi illatlarni
tugatish, shuningdek serandishalik, kattalarga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, sabrtoqatlilik kabi fazilatlarni ongidan chiqarish lozim edi.
Ushbu masalalarni hozirgi kunda bevosita aloqador muassasalar, shaxslar hisobga olib, tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira boshladilar va ta’lim jarayonining pirovard maqsadi – erkin fikrlash va ma’naviyat ekanini tushunib yetdilar. Eng muhimi, mustaqil fikrlaydigan o‘quvchi shunday sifatga ega bo‘lmagan sinfdoshidan farqli o‘laroq barcha narsani bilishga qiziqdi, ta’lim jarayonidan zavqlandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchi erkin va mustaqil fikrlashning usul va
yo‘llarini egallaganda o‘quv materialini tez idrok etadi, puxta o‘zlashtiradi. Dars
mashg‘uloti bilan qanoatlanmay qoladi. Sinfdoshining fikrlashiga xalal beruvchi nojo‘ya xatti-harakatlaridan ranjiydi.
Ayni paytda fikrlashga o‘rganmagan o‘quvchi fikrlaydigan sinfdoshi oldida
ojizligidan iymanadi, iztirob chekadi, turli salohiyatdagi o‘quvchilardan tashkil topgan guruhda ishlashdan esa o‘qituvchi tez toliqadi.
Bunday holatlar esa sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasi, qobiliyatiga
qarab guruhlashga taqozo qiladi.
O‘quvchilar ishining yuqori samaradorligini asosiy sharti, tashabbuskorlik va
faolligini vujudga keltirish ular faoliyatlarini vujudga keltirish ular faoliyatlarini
baholashdan iboratdir.
Ba’zida o‘qituvchilar, o‘quvchilar qobilyatini yaxshi bilaman deb o‘ylaydilar va shuning uchun biri biriga baho qo‘yishi mumkin, bu yerda shaxsiy bilim va mashqlarni bajara bilishliklarini tekshirmaydilar, ayniqsa, axborot va o‘rganuvchi asosiy vazifa tomonlarini yoddan chiqaradilar.Bu vazifalar, aytilgan talablarni bajarish uchun darsda besh olti bolaga baho qo‘yishni talab etadi.
Bundan tashqari, har bir darsda ”sizlarga –barakalla! «Xammasi yaxshi bo‘lyapti”Sizlar tezda o‘rganib olasizlar! Yana biroz kuchaytirsalaring sizlar kuchli yengil, chiroyli bo‘lasizlar degan so‘zlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday so‘zlarni har dam ishlatmasdan nigoh tashlash, imo ishora ko‘rsatish, luqma tashlashorqali izxor qilish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati:
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 2003.
Yo‘ldoshev J./. “Ta’lim yangilanish yo‘lida”. – T.: O‘qituvchi. 2000.