kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Boshlang'ich sinf darslarida Abdulla Avloniy asrlaridan foydalanish".

Нажмите, чтобы узнать подробности

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH  DARSLARIDA ABDULLA

AVLONIY ASARLARIDAN FOYDALANISH

Dolimova Gulsanam Avasxanovna. Uychi tumani 3-o’rta

umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’tgan vaqt ichida o’zbek xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi: ulug’ ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy, madaniy merosni o’rganish sharafiga muyassar bo’ldi, milliy g’ururi qayta tiklandi.  

Azaldan ota-bobolarimiz yosh avlodni хayoli, axloqli, yurtiga va do’stiga sadoqatli, imon-e’tiqodli komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar, bu e’tibordan kelib chiqqan holda, milliy ma’naviyatimizni shakllantirishni boshlang’ich sinflardan boshlash kerak. Bunda Abdulla Avloniy asarlarining o’rni beqiyosdir. Ilk maktab yoshidagi bolalarga ma’naviy meroslar: ta’lim-tarbiyaga oid asarlar odobnoma o’qish darslarida o’rgatib, singdirib borilsa, bo’lajak barkamol avlod – komil inson bo’lib shakllanishiga ishonchimiz komil. Kelgusida esa bunday yoshlar O’zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlashda o’z hissalarini qo’shadilar.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuksak insoniy fazilatlarga ega qilib tarbiyalashda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ish bilan shug’ullanadigan ustozlar esa kerakli ma’lumotlarni qaysi kitoblardan olish lozimligini yaxshi bilib olishlari zarur. Buning uchun esa eng asosiy manbalar “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi kitoblar hisoblanadi.

Tarbiyani, eng avvalo, insonning o’ziga qaratilganligi O’zbekiston Pespublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan “o’zbek modeli” da juda to’g’ri belgilandi.

 Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Bu jarayonda o’qituvchi o’quvchini tarbiyalashda turli usullardan foydalanadi.

  O’quvchilar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar jarayonida biz Abdulla Avloniyning asarlaridan foydalansak ham yaxshi samaralarga erishamiz. Chunki Avloniyning barcha asarlari tarbiyaga, ta’limga yo’naltirilgan.

Bu o`rinda «Birinchi muallim» alifbo darsligi alohida o`rin tutadi. 

Pedagogning “Ikkinchi muallim” darsligi bilan bog`liq bir muhim masalaga e`tiborni qaratish kerak. Bu – аql. Aqlga hamma islom mutafakkirlari alohida e`tiborni qaratadilar.

Mutafakkir “Birinchi muallim”dagi kabi “Ikkinchi muallim”da ham birinchi adabiy matn sifatida “Maktab” she`rini kiritgan. Bu bejiz emas. Millat istiqboli, Vatan istiqloli maktabdan boshlanadi, jaholatdan, nodonlikdan qutulishning birdan-bir yo`li maktabdir.

 Maktab, Vatan mavzusi haqida hozirda “Odobnoma” va “O’qish” darsliklarida alohida bo’limlar ajratilgan. Avloniy o’z asarlarini osondan murakkabga tomon yozgan bo’lsa, bu g’oya hozirgi darsliklarda ham o’z ifodasini topgan.  

Abdulla Avloniy “Ikkinchi muallim” darsligida ifodali hamda yoddan o`qish uchun maxsus she`rlar yaratdi. Shoir bunday she`rlarning tuzilishiga, musiqiyligiga, qofiyalarning, turoqlarning muntazamligiga alohida e`tibor berdi.

Ma`lumki, o`quvchilarni ifodali o`qishga o`rgatish adabiy o`qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko`rgazmali vosita vazifasini bajaruvchi ifodali o`qish natijasida asar voqealari, g’oyasi o`quvchi ko`zi oldida namoyon bo`ladi. A.Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e`tibor bergan bo`lsa, asarni tushunib o`qishga, ifodali o`qishga, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko`p diqqat qiladi. O`quvchilarning xo’r bo`lib o`qishlarini o`qituvchi Abdulla Avloniy nazarda tutganidek drijor kabi boshqarib borgan.

 Ifodali o`qish xilma-xil shakllarga ega. Bunday shakllardan biri deklamatsiya qilib o`qishdir. Ifodali o`qishning bunday shakli o`quvchilarning jonli nutqi bilan uzviy ravishda bog`lanadi.

 Nihoyat, ifodali o’qishning muhim turlaridan yana biri rollarga bo`lib o`qishdir. Bunday o`qish o`quvchilarning asar qahramonlari his-tuyg’ularini, ichki dunyosini tushunishida muhim ahamiyatga ega, ularda asarga qiziqish, zavq-shavq uyg`otadi. 

   Shuur fikrlar bilan ma`rifat maydoniga chiqqan Abdulla Avloniy o`z darsliklarida ifodali o`qishning elementar shakllari bilangina cheklanib qolmadi, ayni zamonda, o`sha davrda ilm-ma`rifat tarqatish, xalqni ilm-fanni egallashga chaqirish yo`lida jiddiy ish olib bordi. Bu yo`lda u ifodali o`qishning yangi shakllarini ham ishlab chiqdi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Boshlang'ich sinf darslarida Abdulla Avloniy asrlaridan foydalanish".»

Ona tili.

1.O’zbek tilida nechta tovush bor?.

a) 28 ta.

b) 27 ta.

d) 30 ta.


2. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalaadi?.

a) So’zlar bilan.

b) Tovushlar bilan.

d) Harflar bilan.


3. Talaffuz qilganimizda og’iz bo’shlig’ida xech qanday to’siqqa uchramaydigan tovushlar qanday tovushlar deyiladi?.

a) Unli tovushlar.

b) Undosh tovushlar.

d) To’siqqa uchramaydigan tovushlar.


4. “Q.voq” ushbu so’zda nuqtani o’rniga qaysi harfni qo’yish mumkin?.

a) “o” harfi.

b) “a” harfi.

d) “I” harfi.


5. “Kuchuk”, “Mushuk” so’zlarida ikkinchi bo’g’indagi “u”unlisini talaffuzda qaysi unli bilan almashtirish mumkin?.

a) “i” unlisi bilan.

b) “o” unlisi bilan.

d) “o’” unlisi bilan.


6. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?.

a) 24 ta.

b) 22 ta.

d) 23 ta.


7 Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor undoshlar berilgan?.

a) b,d,g,z,j,dj,g’, g.

b) d, t, k, n, g, z, ch.

d) b, r, p, t, k, l, f, d.


8. Harf birikmalari berilgan qatorni toping?.

a) Sh, Ch, Ng.

b) Sh, Ng, K.

d) Ch, L, Ng.


9. Kito.,ofto. sozlarida qaysi harf tushib qolgan?.

a) “b” harfi.

b) “p” harfi.

d) “l” harfi.


10. Tutuq belgili so’zlar to’g’ri berilgan qatorni toping.

a) Ra’no, da’vo, va’da.

b) A’lo, ki’tob.

d) Se’r, te’r, Ak’mal.


11. Alifboda harflar qanday joylashadi?.

a) Alifboda harflar tartib bilan joylashadi.

b) Alifboda harflar katta harfda joylashadi.

d) To’g’ri javob yo’q.


12. Nimalar bo’g’inlarga bo’linadi?.

a) Harflar.

b) So’zlar.

d) Bo’g’inlar.


13. So’zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko’chiriladi?.

a) Bo’g’inlab ko’chiriladi.

b) Harflab ko’chiriladi.

d) Ko’chirib bo’lmaydi.


14. So’zlar qanday ma’nolarni bildiradi?.

a) Shaxs, narsa, harakat, belgi, miqdor.

b) His- hayajon, belgi, miqdor.

d) Hech qanday ma’no anglatmaydi.


15. Shaxs nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?.

a) Kim? so’rog’iga.

b) Nima? sorog’iga.

d) Nima qildi? so’rog’iga.




Ona tili. 1-sinf.

1.Harakat nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob boladi?

______________________________________________________________

2. Qanday so’zlar “Nima?” so’rog’iga javob bo’ladi?


3. Hayvonlarga qo’yiladigan nomlarni yozing.

______________________________________________________________

4. Kishilarni ismi qanday harf bilan yoziladi?.

______________________________________________________________

5. Saxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?.

______________________________________________________________

6. Bola kuladi, yuguradi, o’ynaydi. Ushbu gapdagi harakat nomini bildirgan so’zlarni toping.

______________________________________________________________

7. Maza bildiruvchi so’zlar toping.

______________________________________________________________

8. Shaxs va narsa miqdorini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?.

______________________________________________________________

9. Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?.

______________________________________________________________

10. So’roq mazmunidagi gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?.

______________________________________________________________







Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Boshlang'ich sinf darslarida Abdulla Avloniy asrlaridan foydalanish".

Автор: Dolimova Gulsanam Avasxanovna

Дата: 28.04.2020

Номер свидетельства: 548302


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства