kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Baqa bilan Taqa

Нажмите, чтобы узнать подробности

This helps to understand the topic better, and betters horizons

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Baqa bilan Taqa»


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


QASHQADARYO VILOYATI, MUBORAK TUMANI

4 - UMUMIY O`RTA TA'LIM MAKTABI BOSHLA NGICH SINF

O`QITUVCHISI

ABDURAZZAKOVA MADINANING


O`QISH FANIDAN

1 SOATLIK










Fan : O`qish

Darsning nomi: Ertaklar yaxshilikka yetaklar

Dars mavzusi: Baqa bilan taqa (II qism)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg`otish, ularning mustaqil o`qish ko`nikmalarini, ijodkorlik xususiyatini shakllantirish. O`quvchilarning ertak janri haqidagi bilimlarini boyitish, ertak matnini ifodali o`qish, qismlarga bo`lib reja tuzish, savollar tuzish ko`nikmalarini takomillashtirish. Ertakda qo`llangan badiiy san’at turlari haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda mehribonlik, kamtarlik, ahillik, o`ziga munosib ish tutish kabi fazilatlarni tarbiyalash. Ularda xalqimiz adabiy merosiga hurmat xissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni guruhda ishlash, yangi mavzuni guruhda munozara qilish orqali anglab yetish ko`nikmasini shakllantirish, ularning ijodiy fikrlash qobilyatlarini, bog`lanishli nutqini o`stirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Kommunikativ, ijtimoiy faol fuqarolik, shaxs sifatida o`z- o`zini rivojlantirish

Dars turi:Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, , rolli o`yinlar, ”Aqliy hujum”, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: I. Karimovning “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asari, multimedia topshiriqlari, mavzu asosida slaydlar, topshiriqli kartochkalar, A.Abdurazzoq portreti, qo`g`irchoqlar.

Fanlararo bog`lanish: ona tili, ingliz tili, tabiatshunoslik, odobnoma.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Ma’naviyat daqiqasi.



  • 2. O`tgan mavzuni takrorlash.



  • Bolajonlar, o`qish darsida biz qaysi bo`limni o`rganyapmiz?

  • “Xalq og`zaki ijodi” deganda nimani tushunasiz?

  • -Bolajonlar, xalq og`zaki ijodining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda ham beqiyos o`rni bor. Yurtboshimiz I. A. Karimov o`zlarining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch “nomli asarlarida xalq og`zaki ijodi haqida shunday deganlar:

“Bu dunyoda har qaysi millatning o`z afsonaviy qahramonlari, o`zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo`ladi. Xalqimiz azaldan o`z vujudi, o`z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo`lmoqqa intilib, o`z o`g`lonlarini halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda, xalq og`zaki ijodining o`rni katta”.

  • Xalq og`zaki ijodiga nimalar kiradi?

(O`quvchilar javobi tinglanadi)

  • Aziz bolajonlar, biz darsimizni boshlashdan oldin guruhlarga bo`lindik va guruhlarimizni xalq og`zaki ijodi janrlari nomlari bilan atadik. Kelinglar, endi guruhlar nomiga ta’rif beramiz.

(Maqol, topishmoq, masal, hikmatli so`z, doston, ertak janrlariga ta’rif beriladi)

  • Bolajonlar, biz qanday ertaklarni o`rgandik?

  • Endi bolajonlar, xalq ertaklarini qanchalik bilib olganingizni tekshirib ko`ramiz? Buning uchun ““Ertak nomlarini toping” topshirig`ini bajaramiz. (Multimedia vositasida topshiriq beriladi)

  • Guruhlarga ertaklardan parchalar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar guruhda bu parchani o`qib, qaysi ertakdan olinganini topadilar. Javoblar qorparchalarga yoziladi va bu qorparchalar orqali daraxt maketi bezatiladi. Javoblarning to`g`riligi multimedia vositasida tekshiriladi.

  • Endi bolajonlar, uy vazifasini tekshiramiz. O`tgan darslarimizda

  • A. Obidjonning “Bo`rining tabib bo`lgani haqida ertagi”ni o`qigan edik.

  • A.Obidjon haqida nimalar bilasiz?

  • Ertak qahramonlari qaysi hayvonlar?

  • Bu hayvonlarning nomlari ingliz tilida qanday aytiladi?

  • -O`rmonda qaysi hayvonni tabib qilib saylashdi?

  • -Bo`ri tabiblikni eplay oldimi?

  • -U qilmishlariga yarasha jazo oldimi?

  • -Kelinglar , endi bu ertakni do`stlarimiz ijrosida qo`g`irchoq teatri orqali tomosha qilamiz.

  • Ertakni qo`g`irchoq teatri ko`rinishida namoyish etish uchun oldindan o`rmon ko`rinishi tasvirlangan kichik sahna tayyorlanadi. O`quvchilar qo`g`irchoqlar yordamida ertakni rollarga bo`lib namoyish etadilar.

  • Ertak namoyish qilingandan keyin o`quvchilarga mavzu bo`yicha savollar beriladi, maqollar aytiladi, ertakdan tarbiyaviy xulosa chiqariladi.



3. Yangi mavzu bayoni.

  • Bolajonlar biz o`tgan darsimizda Aziz Abdurazzoqning “Baqa bilan taqa” ertagining 1-qismini o`qigan edik. Qani ayting-chi, yozuvchi A.Abdurazzoq haqida nimalar bilasiz?

  • A.Abdurazzoqning qaysi asarlarini o`qiganmiz?

  • Biz tabiatshunoslik darsida o`rgangan edik. Baqa qanday jonivor?

  • Taqa haqida nimalar bilasiz?

  • O`quvchilarning javoblari tinglanadi..

  • Endi ertakning birinchi qismi bo`yicha o`qiganlarimizni yodga olamiz.

  • Baqa qayerda yashaydi?

  • U kimning oldiga bordi?

  • Baqa taqachidan nimani iltimos qildi?

  • Taqa unga nimaga kerak edi?

  • Bolajonlar, bugun “Baqa bilan taqa” ertagining ikkinchi qismini o`rganamiz.

O`qituvchi ertak matnini darslikdan ifodali o`qib beradi. Texnik vosita orqali mavzuga mos slaydlar ko`rsatiladi.



4. Yangi mavzuni mustahkamash.

Ertak bo`yicha lug`at ishi o`tkaziladi.

Ertak matni qismlarga bo`lib guruhlarga tarqatiladi.

Guruhlarga 2- topshiriq beriladi: har bir guruh o`zi o`qigan matnga sarlavha qo`yadi. Shu asosida ertak uchun reja tuziladi.Reja doskaga va daftarga yoziladi.

Reja:

  1. Baqa taqali bo`ldi.

  2. Taqa juda og`ir ekan

  3. Baqa mehmonga bordi.

  4. Baqa suvning tubida.

  5. Baqa taqadan qutuldi.

  6. Baqa ot bo`la olmaydi.

3-topshiriq. Har bir guruh o`zi o`qigan matn bo`yicha savol tayyorlaydi va boshqa guruhlarga beradi. Bu bilan o`quvchilar mavzuni qanday o`zlashtirganlari aniqlanadi.

4-topshiriq. Guruhlarga ertak qahramonlarining belgilari yozilgan varaqlar tarqatiladi. O`quvchilar bu so`zlar orasidan shu hayvonga mos belgini va uning ingliz tilidagi tarjimasini topishlari kerak bo`ladi.

Ertak bo`yicha tarbiyaviy xulosa chiqariladi.

- Bolajonlar, ertak sizga yoqdimi?

- Ertakdan nimani o`rgandik?

- Ertakning eng asosiy mazmuni qayerda ifodalangan?

- Ertak mazmuniga mos maqollar bilasizmi?


5.Baholash. O`quvchilar izohlanib baholanadi.


6. Uy vazifa: Ertakni o`qib, qayta hikoyalashga o`rganib kelish.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Baqa bilan Taqa

Автор: Abdurazzakova Madina

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545367


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства