kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Amir temur tadbiri

Нажмите, чтобы узнать подробности

TAQDIMOT RHR HY TYHRHY TYHTR HYTRHYTR HTR YHTR HYTRY

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Amir temur tadbiri»


- Mavzu: Sohibqiron

Amir Temur


Maqsad:

a) o’quvchilarni bobokalonimiz Amir Temur hayoti bilan tanishtirish.

b) o’quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash

d) to’g’ri va ravon so’zlash nutqini o’rgatish

Darsning borishi.

1. Tashkilyi qism

  1. O’quvchilar bilan salomlashish

  2. Sinf davomatini tekshirish

Yangi mavzu:

Sinf xonasini Amir Temur rasmlari va u aytgan o’gitlarini o’quvchilarga ko’rinarli joyda osib qo’yish. Sinf xonasini bayramona bezash

1. Boshlovchi:

Assalom so’zimning kirish qismidan

Assalom musaffo yoshlik jismidan

Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom

Ta’zim bilan deymiz assalom

2 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlarimiz va mehribon do’stlarimiz

1 – boshlovchi: Ko’ksimizda qo’limiz

Odobdir shiorimiz!

Bizlar deymiz doimo

Assalomu alaykum!

2 – boshlovchi: Bugun biz bobokalonimiz Amir Temurning tavallud kunlariga 673 yil to’lganligi munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.

  • Xush kelibsizlar azizlar!

1 –o’quvchi: Biz kim – mulki Turon

Amiri Turkistonmiz

Biz – kim millatlarning

Eng qadimi va eng ulug’i

Turkning bosh bo’g’inimiz

2 – o’quvchi: “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim.

3 – o’quvchi: G’olib chiqqan ne – ne janglarda

Temur bobom botir umrbod

Tuprog’idan quvib yovlarni,

Ona yurtni qilgan u ozod.

4 –o’quvchi: Dovrug’ solgan yetti iqlimga

Bo’lgandir u el qahramoni.

Chunki Vatan, eli uchun u

Ayamagan hattoki jonni.

5 –o’quvchi: Qahramonning o’charmi nomi?

U yashaydi har bir yurakda

U yashaydi ozod Vatanda

Orzularda ezgu tilakda

6 – o’quvchi: Ulug’lagan o’zbek nomini

Zafar quchib bahodir bobom

O’tar yillar, o’tar asrlar

Amir Temur yashaydi mudom

(Sardor Raximxonning “Nazar – nazar” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)

1 –o’quvchi: Amir Temur 1336 yil 9 aprelida Kesh Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi

2 –o’quvchi: Amir Temur jahonni larzaga solgan Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Atilla, Chingizxon kabi sarkardalar qatorida turadi

3 –o’quvchi: U davlat qurilishlari, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, saltanat ishlarida tort narsaga amal qilgan

1. Kengash 2. Mashvaratu maslahat 3. Ehtiyotkorlik

4. Qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik

4 –o’quvchi: Sohibqiron Amir Temur 1355 yilda Saroy Mulk xonimni o’z nikohiga olgach, “Ko’ragon” unvoniga musharraf bo’ldi. “Ko’ragon” iborasi mo’g’ulcha so’z bo’lib, “kuyov” degan ma’noni ifodalaydi.

5 –o’quvchi: Amir Temurning otasi Tarag’ayning 4 o’g’li va 2 qizi bor edi. Katta farzand Amir Temur Shahrisabz hokimligini egalladi

6 –o’quvchi: Ali Yazdiyning Amir Temurga bag’ishlab yozilgan madhiyasidan:

Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,

Nasabi haqida gap surishtirsang,

Otadan – onaga to odam – ato

Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy

7 – o’quvchi: Ispaniyalik elchi Klavixonning yozishicha, Amir Temur davrida hech bir kishi rasmiy ruxsati bo’lmasa, mamlakatdan chiqib keta olmagan. Bu bilan hunar egalarining tarqalib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Klavixo Amir Temur saroyida ming nafar hunarmandlarning ishlagani haqida yozadi

8 – o’quvchi: Har kuni Amir Temur yuzlab odam bilan muomala qilib topshiriq bergan, ularning bajarilishini nazorat qilishda yanglishmagan. Ibratli fazilatlaridan yana biri kimda – kim yordam so’rab, panoh istab kelsa, gunohi bo’lsa ham kechirgan. Gunohni kechira bilish ham fazilat.

9 – o’quvchi: “Temur yo’lg’onning dushmani bo’lib hazil uning ko’ngliga yoqmasdi. O’zining oldida talon – taroj, qotillik, zo’rlik haqida gapirilishiga yo’l qo’ymasdi. U haqiqat qanchalik achchiq va qattiq bo’lmasin, uni eshitishni yaxshi ko’rardi”, deb yozgandi ibn Arabshoh

10 – o’quvchi: Ha, ulug’ bobomiz o’ta shijoatli, jasoratli, qat’iyatli, botir, dovyurak, mard, tadbirkor, usta siyosatchi singari fazilatlarga ega bo’lgan, hamda ana shunday odamlarni u izzat – hurmat qilgan

11 – o’quvchi: Har qanday davlat ishino kengash bilan hal qilgan. Amir Temur sabr – toqatli, chidamli ziyrak, fahm – farosatli bo’lgan. Kengashlarda boshqalarning fikrini tinglay bilish ham fazilatdir. Amir Temur juda achchiq yuz, shirinso’z, suhbatdoshi qalbiga yo’l topa olgan.

1 – boshlovchi: Amir Temur kitobni juda qadrlagan. Dunyoning hamma joylaridan noyob durdonalarni Samarqandga yig’diri, boy kitobxona tashkil qilgan. Bu esa ilm fanning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1996 yil – Temur bobomizning yili. Sohibqironning tarixdagi asosiy xizmati barcha xalqlarning boshini qovushtirishdan iborat bo’lgan.

2 – boshlovchi: Ulug’ insonlarning fazilatlari ham ulug’ bo’ladi. Amir Temur bobomiz bu borada tengsizdir. Mana, ulardan ayrimlari. Sohibqiron ilm fan ahllari – ulamolari, shoiru fozillari, kosibu hunarmandlarini, hatto ular dushman bo’lsa ham, o’z himoyasiga olib, moddiy va ma’naviy qo’llab – quvvatlagan. Ayniqsa, ustodlarni e’zozlab va qadrlab, qulay sharoit yaratib berganlar

1 – o’quvchi: Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan. Amir temur umr bo’yi o’zining “Kuch adolatda” degan hikmatiga amal qilgan. Juda ko’p mamlakatlarda adolat o’rnatgan. Temur bobomizning ishini Mirzo Ulug’bek, Bobur mirzolar davom ettirgan

(Mansurxon Nurmatov “Davraga tushgan go’zal” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)

Sahna ko’rinishi

1 – boshlovchi: - Bir kuni Amir Tarag’ay ko’p qo’ylarni o’g’liga berib…..

Ota: - O’g’lim bu qo’ylarni bozorga etib sotib keling.

Temurbek: - Xo’p bo’ladi otajon

4 – Boshlovchi: - Temurbek qo’ylarni ming oltinga sotib oltinlarni beliga bog’lab, sayr qilib yurgan edi. O’sha yerda xushovoz bir qalandar odamlarga so’zlab turgan edi.

Qalandar: - Shul yozuvni qadriga yetib, kim ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetadi

6 – boshlovchi: - Temurbekning himmati jo’shib…

Temurbek: - Mana bu ming oltinni olib menga shu hse’r bitilgan qog’ozingizni sotsangiz, mana sizga ming oltin

Boshlovchi:

  • Qalandar Temurbekka tikilib turdida nasl – nasabini so’radi. So’ng tayinladi:

Qalandar:

  • Otang oldiga borgil. Buni otang oldida o’qi, borguncha ochma.

Temurbek:

  • Otajon mana bu she’r bitilgan qog’ozni bir qalandardan ming oltinga sotib oldim

Boshlovchi:

  • Otasi qog’ozni o’g’lining qo’lidan olib uni o’qiy boshladi

Ota: - Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. Jamshid Sulaymon, Iskandarlar o’tib ketdi. Navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir

Ota: - Mazmunidagi ruboiy ekan. Ruboiyning muallifi o’sha Qalandar alloma shoir Kamol Xo’jandiy ekan. Ul zotni man ko’p hurmat qilurman. Barakalla, o’g’lim, ko’p dono ishga oltinlarni sarf etibsan. Endi ming oltinga olgan ushbu hikmatlarga qat’iy rioya qilmoq lozimdir

Temurbek: Xo’p bo’ladi otajon

1 – o’quvchi: Temur –ozodlik va mustaqillik uchun kurashdi

2 – oq’uvchi: Temur – markazlashgan davlat asoschisi

3 – o’quvchi: Temur – ilm fan homiysi

4 – o’quvchi: Temur – insoniy fazilatlar egasi

5 – o’quvchi: Temur – barpo qilgan bog’lar hozir ham gullab – yashnab turibdi

6 – o’quvchi: Temur – adolatli hukmdor

7 – o’quvchi: Temur – barpo etgan yodgorliklar

8 – o’quvchi: Temurning Yevropa oldidagi xizmati

9 – o’quvchi: Temur – sarkarda

1 – boshlovchi: Bobomiz qadami tekkan yodgorliklarni ziyorat qilish, tadbirlar, ertaliklar o’tkazish bilan Amir Temur haqidagi bilimimizni, tasavvurimizni boyitaylik

2 – boshlovchi: Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millatning g’ururi

Tariximizning yorqin yulduzi. Biz Amir Temur bobomiz davrini qanchalik yaxshi o’rgansak, tarix haqidagi tasavvurlarimiz shunchalik rivojlanadi. Sohibqiron bobomiz o’gitlariga qanchalik amal qilsak, shunchalik halol yashaymiz

1 – boshlovchi: Bobokalonimiz Amir Temurga bag’ishlangan tadbirimiz sizlarga manzur bo’ldi deb umid qilamiz

2 – boshlovchi: Endigi so’zni sinf rahbarimiz ___________________ga beramiz. Marhamat!

Maktab ma’muriyati va rahbariyatiga so’z beriladi va kecha yakunlanadi









“Sohibqiron Amir Temur”


mavzusidagi tadbir mazmunnomasi






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Amir temur tadbiri

Автор: NARZULLOYEVA MAXBUBA IBODULLOYEVNA

Дата: 13.01.2022

Номер свидетельства: 597605


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства