kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

5ga ko'paytirish va 5ga bo'lish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Karra jadvali 5ga bolishning muhum omili hisoblanadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«5ga ko'paytirish va 5ga bo'lish»

O mad bilimga asoslanadi.

Bilimga asoslanmagan omad mag’lubiyat demakdir!


1-6 mavzulardan.

1. Quyidagi jumla Prezidentimizning qaysi asaridan olingan: ,,tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’li o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi”.

A) ,,Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”

B) ,,Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”

C) ,,Mustaqillikka erishish ostonasida”

D) ,,O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”

2. XIX asrda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan xonliklarni aniqlang.

1. Qo’qon 2. Xiva 3. Buxoro

4. Toshkent 5. Qoraqalpoq

A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4

3. Buxoro amirligi janubiy chegarasini aniqlang,

A) Amudaryodan Sirdaryogacha

B) Amudaryodan Orol dengizigacha

C) Kaspiy dengizi g’arbiy qirg’og’i

D) Xiva xonligi

4. Zarafshon vodiysida joylashgan shaharlar qaysi?

A) Qarshi va Termiz B) Jizzax va Kitob

C) Samarqand va Buxoro D) Hisor va Ko’lob

5. XIX asrda O’rta Osiyo davlatlari bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari, qaysi davlatlar yerlarini ham o’z ichiga olgan?

A) Eron, Afg’oniston, Turkmaniston, Ozarbayjon

B) Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston, Qirg’iziston

C) Hindiston, Eron, Rossiya, Afg’oniston

D) Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston

6. XIX asrda janubiy chegarasi tog’li o’lkalardan o’tgan davlat qaysi?

A) Xiva xonligi B) Qo’qon xonligi

C) Buxoro amirligi D) Eron

7. Quyidagi qaysi davlatda hukmdor o’z qarindoshlari va yaqinlarini viloyat noibligiga tayinlagan?

A) Xiva xonligi B) Qo’qon xonligi

C) Buxoro amirligi D) Eron

8. Farg’ona vodiysi va Sirdaryo quyi oqimidagi hududlarda qachon Buxoro amirligidan ajralib chiqish harakati boshlandi?

A) XIX asr o’rtalarida B) XVII asr oxirida

C) XVIII asr boshlarida D) XVIII asr oxirida

9. Buxoro amirligini ma’muriy markazi hisoblangan shahar qaysi?

A) Samarqand B) Buxoro C) Qarshi D) Kogon

10. XIX asrda Buxoro amirligida tashqi aloqalar yuritish faoliyati bilan kim shug’ullangan?

A) amirning o’zi B) ko’kaldosh

C) qo’shbegi D) devonbegi

11. Bosh qo’mondonlar nomi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) to’pchiboshi, yasovulboshi

B) yasovulboshi, mingboshi

C) amirlashkar, mirshabboshi

D) lashkarboshi, mirshabboshi

12. Xiva xonligida tartib-intizom ishlariga qaysi lavozim egasi mas’ul bo’lgan?

A) yasovulboshi B) mirshabboshi

C) lashkarboshi D) muhtasib

13. Qo’qon xonligida mavjud bo’lgan mehtar mansabi qanday vazifa bilan shug’ullangan?

A) vaqf mulklarini tasarruf etgan.

B) savdo-sotiqni to’g’ri yuritilishini nazorat qilgan.

C) xazina ishlari va xarajatlarni nazorat qilgan.

D) davlat hujjatlari yuritilishiga mas’ul bo’lgan.

14. Qo’qon xonligida mavjud mingboshi lavozimi keyinchalik qaysi darajaga ko’tariladi?

A) harbiy vazir B) bosh vazir

C) bosh sudya D) bosh qo’mondon

15. Xiva xonligida devonbegi ixtiyorida faoliyat yuritgan kengash tarkibini aniqlang?

1. muhtasib 2. otaliq 3. mushrif

4. mehtar 5. shayxulislom 6. qo’shbegi

A) 1, 2, 4 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

16. XIX asrda O’rta Osiyo davlatlari aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nima bilan belgilangan?

A) yuqori bilim olganligi va xususiy mulkka egaligi

B) dehqonchlik taraqqiyoti va harbiy-siyosiy boshqaruv

C) yerga egalik tartiblari va to’lanadigan soliq, to’lovlar miqdori

D) yerga ijara tartibi va davlat majburiyatlari o’tashi

17. O’rta Osiyo xonliklarida kimlarga davlat tomonidan yerlar in’om etilgan?

A) yirik amaldorlar va harbiy sarkardalarga

B) diniy ulamolar va yirik mulkdorlarga

C) saroy ayonlari va qabila boshliqlariga

D) yersiz dehqonlar va jamoa a’zolariga

18. Xiva xonligida asosiy soliq turi nima deb atalgan?

A) adra B) solg’ut C) zakot D) afanak

19. Shaharlar aholisi – hunarmandlar va savdogarlardan olingan soliq?

A) mulk solig’i, tuz solig’i, savdo puli

B) tomorqa solig’i, do’kon puli, bog’ solig’i

C) tuz solig’i, kumush puli, jun solig’i

D) tarozi puli, savdo puli, do’kon puli

20. Quyidagi qaysi soha O’rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati darajasiga ko’tarilgan?

A) sug’orish va suv ta’minoti

B) harbiy ishlar

C) hunarmandchilik va savdo-sotiq

D) sud-huquq tizimi

21. Suv chiqishi qiyin bo’lgan yerlarga qaysi yo’l bilan suvlar chiqarilgan?

A) sun’iy sug’orish tizimi – kanallar yordamida

B) himoya dambalari vositasida

C) maxsus qurilma – chig’irlar yordamida

D) to’g’onlar orqali

22. O’rta Osiyoda kimlar hunarmandchilikning turli sohalari uchun xomashyo yetkazib berishgan?

A) savdogarlar B) dehqon va chorvadorlar

C) ko’chmanchi qabilalar D) tog’li xalqlar

23. Berilgan shaharlarni ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasiga qarab moslashtiring.

1. Shahrixon 2. Rishton 3. Xiva 4. Marg’ilon

a. pichoqchilik b. kulolchilik c. zargarlik

d. atlas to’qish e. temirchilik f. ganchkorlik

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-f

C) 1-a, 2-f, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-f, 4-d

24. O’rta Osiyo hunarmandchiligi asosan…

A) yarim fabrika ko’rinishida bo’lgan.

B) mayda ustaxonalardan iborat bo’lgan.

C) manufakturalardan tashkil topgan.

D) bir qator hunarmandlar uyushmasidan iborat bo’lgan.

25. XIX asrda nechta doston ma’lum bo’lgan?

A) 40 ga yaqin B) 40 dan ortiq C) 20 ta D) 100 ta

26. Xalq sayillarida kuylangan sadoqatli do’stlik va chin muhabbatni ulug’lovchi dostonlar qaysi?

A) Alpomish va Shirin va Shakar

B) Tohir va Zuhra hamda Kuntug’mish

C) Bo’z yigit va Tohir va Zuhra

D) Go’ro’g’li va Alpomish

27. Dostonlarda ko’pincha qanday g’oya yetakchilik qilgan?

A) qahramonlik namunalarini kuylash

B) ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi

C) inson yaxshiliklari mukofoti

D) Vatanga sadoqat ruhi

28. Odatda xalq sayillari qaysi paytlari o’tkazilar edi?

A) har oyda oxirida B) har yili bahorda

C) har yili kuzda D) har yili yozda

29. Xalq sayllarida sayyor sirk ustalari o’z tomoshalarini qayerlarda o’tkazganlar?

A) bog’-u chorbog’larda B) ippadromlarda

C) bozor maydonlarida D) tog’ yonbag’irlarida

30. Xorazmning 1812-yilgacha bo’lgan tarixi kimning buyrug’i bilan yozilgan?

A) Shermuhammad Munis B) Ogahiy

C) Muhammad Rahim II D) Eltuzar

31. Ogahiy qalamiga mansub bo’lmagan asar?

A) ,,Gulshan ul-muluk“ B) ,, Zubdat ut-tavorix”

C) ,,Gulshani davlat” D) ,,Riyoz ud-davla”

32. She’riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O’rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan ijodkor kim?

A) Ahmad Donish B) Ogahiy

C) Muhammad Yunus D) Turdi Ali

33. Ahmad Donish Rossiyaga safar qilgan yili…

A) Qrim urushi yakunlangan.

B) Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirish to’g’risida buyruq bergan.

C) Ernazarbiy qo’zg’aloni boshlangan.

D) Buyuk Britaniya bilan Afg'oniston o'rtasida harbiy shartnoma tuzildi.

34. Ahmad Donish tomonidan yozilgan ,,Manozir ul-kavokib” asari qaysi fanga oid?

A) tarix B) matematika C) astronomiya D) tibbiyot

35.Qo’qon xonligi saroyida madaniyatning qaysi sohalari rivojlandi?

A) tarixnavislik, adabiyot, xattotlik

B) rassomchilik, she’riyat, musiqa

C) xattotlik, tarjimonlik, adabiyot

D) musiqa, haykaltaroshlik, dostonchilik

36. Muhammad Alixon davri voqealari batafsil yoritilgan ,,Xudoyqul anvar” asari muallifi va yozilgan yil?

A) Muhammad Yusuf, 1855-yil

B) Muhammad Yunus, 1859-yil

C) Muhammad Yoqub, 1857-yil

D) Muhammad Yasrib, 1865-yil

37. Qo’qon xonlaridan qaysi biri ba’zi madaniy tadbirlarda xattot Turdi Alidan maslahatlar olgan?

A) Muhammad Ali B) Mallaxon

C) Murodxon D) Xudoyorxon

38. Xiva xonligida qaysi asrda qurilish ishlari avj oladi?

A) XIX asr boshlari B) XIX asr oxiri

C) XIX asr o’rtalari D) XX asr boshlari

39. Ark darvozasi qarshisida joylashgan Xivadagi madrasa?

A) Muhammad Rahimxon B) Muhammad Aminxon

C) Rahmonqul Inoq D) Olloqulihon

40. Quyidagi madrasalar qurilish ketma-ketligiga qarab xronologik joylashtiring.

1. Hazrati Kalon Sohibzoda 2. Hokim Oyim

3. Sulton Murodbek

A) 3, 2, 1 B) 2, 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 3, 1, 2

41. Baroqxon madrasasi qoshida qanday me’moriy inshoot joylashgan?

A) Hazrati Imom majmuasi

B) Mo’yi Muborak madrasasi

B) Tillashayx jome masjidi

D) Ko’kaldosh madrasasi

42. Teatr yoki sirk artistlari jamoasi?

A) fanat B) kollegiya C) traktat D) truppa

43. 1718-yilda Irtish daryosi bo’yida nechta harbiy istehkom qurilgan?

A) 2 ta B) 3 ta C) 10 ta D) 7 ta

44. XIX asrda Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olishni yanada tezlashtirib yuborgan omillarni aniqlang.

1. Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga qiziqishi

2. to’qimachilik uchun arzon paxta tolasiga zaruriyat

3. rus aholisini ko’chirish uchun katta hududga ega bo’lish 4. sanoatni xomashyo bilan ta’minlash

5. tabiiy boyliklarni o’zlashitirish

6. qo’shimcha iste’mol bozoriga ega bo’lish

A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 4, 5, 6

45. O’rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo’lga qo’yish uchun yuborilgan elchi?

A) J. Abbot B) A. Jekinson

C) M. Murkroft D) A. Byorns

46. Sttoddart va Konolli qatl etilganidan necha yil o’tib mayor I. Volf Buxoroga keladi?

A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 5 yil

47. Sirdaryoning Orolga quyilish joyida qurilgan harbiy qal’a qaysi?

A) Perovskiy B) Raim C) Kopal D) Semipalatinsk

48. Rossiya imperiyasini O’rta Osiyoga uyushtirgan bosqinchilik yurishlari to’rtinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1880-1885-yillar B) 1864-1885-yillar

C) 1873-1879-yillar D) 1868-1873-yillar

49. Oqmasjid qal’asini 20 kun davomida mudofaa qilgan himoyachilar soni?

A) 400 B) 3 ming C) 1000 D) 1500

50. Qaysi shahar egallanganidan keyib Yangi Qo’qon chizig’i asosida qo’lga kiritilgan hududlarni birlashtirish imkoniyati vujudga keldi?

A) Toshkent B) Turkiston

C) Chimkent D) Avliyoota

7-12-mavzulardan.

1. XIX asr ikkinchi yarmida Toshkent nechta darvozadan iborat bo’lgan?

A) 22 ta B) 12 ta C) 4 ta D) 8 ta

2. Quyidadilardan qaysi biri Toshkent dahasi hisoblanmaydi?

A) Ko’kcha B) Sebzor C) Beshariq D) Shayxontohur

3. Qaysi hududni egallanishi ruslarning O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo’lgan holda olib borilishini ta’minlar edi?

A) Xo’jand B) Qo’qon C) Chimkent D) Toshkent

4. 1864-yil 1-oktabrda Chernyayev nima uchun Toshkentni tezlik bilan qo’lga kiritmoqchi bo’ladi?

A) qo’shin orqasini xavfsizlantirish uchun

B) shahar suvsiz qolgani uchun

C) lashkarboshi Aliqul vafot etgani uchun

D) o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun

5. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan?

A) Chirchiq daryosi chap sohilida

B) Chotqol tog’ tizmasi etaklarida

C) Sirdaryo quyi oqimida

D) Ohangaron vodiysi janubida

6. Chernyayev boshchiligidagi rus qo’shinlari Toshkentga bevosita hujum boshlagan sana?

A) 1864-yil oktabr B) 1865-yil aprel

C) 1865-yil may D) 1865-yil oktabr

7. Ruslar bosqini davrida qaysi shaharlar aholisi har bir qarich yer uchun ko’cha va mahallalarda jang qilgan?

A) Samarqand va Toshkent B) Toshkent va Xo’jand

C) Urgut va Kattaqo’rg’on D) Xiva va Xo’jayli

8. Chernyayev bilan muzokaralarda qatnashgan nufuzli aholi vakillarini mansablari bilan juftlang.

1. Solihbek 2. Hakimxo’ja 3. Abulqosim

a. dodxoh b. eshon c. qozikalon

A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a

9. O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda harbiy markaz rolini bajargan viloyat qaysi?

A) Orenburg B) Yettisuv C) Sirdaryo D) Turkiston

10. Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilinishining sabablarini aniqlang.

1. O’rta Osiyoni Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi

2. kelgusida bosib olinadigan yerlarni birlashtirish

3. harbiy qo’shinni bir joyga to’plash

4. yetarli aholi va hududga egaligi

5. muhim savdo yo’llari o’tganligi

6. tabiiy boyliklarni imperiya manfaatlariga bo’ysundirish

7. Buyuk Britaniya bilan doimiy raqobat qilinishi

8. boshqaruvni mahalliy aholi vakillariga berish

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5, 8

11. 1867-yilda sodir bo’lmagan voqeani aniqlang.

A) Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi.

B) K. P. fon Kaufman general-gubernator etib tayinlandi.

C) Zarafshon okrugi tuzildi.

D) Turkiston harbiy okrugi tuzildi.

12. Turkiston harbiy okrugidagi harbiylar soni qancha bo’lgan?

A) 80 ming B) 40 ming C) 100 ming D) 65 ming

13. Turkiston general-gubernatorligi tuzilgan paytda qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?

A) Sirdaryo bo’yi viloyatlari va Toshkentning shimoliy qismi

B) Buxoro sharqiy hududlari va Turkiston viloyati bir qismi

C) Farg’ona vodiysi va Yettisuv viloyati g’arbiy qismi

D) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyati janubiy qismi

14. Turksiton general-gubernatorligi tarkibidagi Sirdaryo viloyatiga Qo’qon xonligining qaysi hududlari ham kirgan?

A) sharqiy B) janubiy C) shimoliy D) g’arbiy

15. Turksiton general-gubernatorligi tarkibidagi viloyatlar markazlarini tuzilgan yiliga qarab yuqoridan quyiga ketma-ket joylashtiring.

1. Ashxobod 2. Yangi Marg’ilon 3. Petro-Aleksandrovsk 4. Samarqand

A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 2, 1, 3 C) 2, 4, 3, 1 D) 4, 3, 2, 1

16. Turkiston o’lkasidagi viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi bo’lgani qaysi?

A) Toshkent B) Jizzax C) Sirdaryo D) Samarqand

17. Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so’ragan rus qo’mondoni?

A) K. P. fon Kaufman B) M. Chernyayev

C) F. Romanovskiy D) N. Krijanovskiy

18. Podsho qo’shinlari tomonidan O’rta Osiyoni egallashda 20 ta to’pdan o’qqa tutilgan shahar qaysi?

A) O’ratepa B) Xo’jand C) Jizzax D) Toshkent

19. Romanovskiyga harbiy harakatlarni Qo’qon xonligiga qarshi davom ettirish to’g’risida kim ko’rsatma bergan?

A) Aleksandr II B) Kaufman

C) N. Krijanovskiy D) Abramov

20. O’ratepaga safarbar qilingan rus qo’shinlari tarkibidagi kazaklar Jizzaxga safarbar qilinganidan qancha ko’p?

A) 200 ta B) 115 ta C) 2 baravar D) 500 ta

21. Quyidagi qaysi hududni egallashda Qo’qonga qarshi tayyorlab qo’yilgan qo’shinlar ham jalb qilindi?

A) Xo’jand B) Jizzax C) Toshkent D) O’ratepa

22. Jizzax shahri necha kunlik jangdan keyin egallandi?

A) uch kunlik B) besh kunlik

C) ikki kunlik D) yetti kunlik

23. Quyidagi qaysi shaharlar himoyasiga Buxoro amirligi qo’shinlari jo’natilsa-da, kechikib borgani uchun u hech qanday natija bermadi?

1. Xo’jand 2. Toshkent 3. Jizzax 4. O’ratepa

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 2,4 D) 1, 3

24. Kazaklar kimlar?

A) armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan ruslar

B) o’rmonda yangi yer ochuvchi qabilalar

C) qochoq krepostnoy dehqonlardan tuzilgan harbiylar

D) qozoqlarning Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan

aholisi

25. Qaysi jangdan keyin Buxoro amirligi qo’shinlarini ilg’or jangovar qismi tor-mor keltiriladi?

A) Erjar B) Zirabuloq C) Samarqand D) Cho’ponota

26. Quyidagi qaysi hududda podsho hukumatining qo’shinlariga qarshi mahalliy aholi vakillari ham kurash olib bordi?

A) Toshkent B) Samarqand C) Jizzax D) Urgut

27. Jo’rabek va Bobobek boshchiligidagi qo’zg’alonchi kuchlar qayerda joylashgan rus qo’shinlari garnizoniga hujum qiladi?

A) Qarshi B) Samarqand C) Xo’jand D) Jizzax

28. 1868-yil 28-iyunda imzolangan Buxoro amirligi-Rossiya bitimiga ko’ra, Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda kimdan ko’rsatmalar olib turgan?

A) Buxorodagi rus vakilidan

B) Rossiya harbiy vaziridan

C) Turkiston general-gubernatoridan

D) Rus imperatoridan

29. 1868-yil 28-iyunda imzolangan Buxoro amirligi-Rossiya bitimiga ko’ra, rus savdogarlariga berilgan imtiyozlarni aniqlang.

1. yer sotib olish 2. bojsiz savdo qilish 3. amirlikdan boshqa davlatlarga erkin o’tish 4. savdo agentliklari ta’sis etish 5. harbiy qo’shin tuzish 6. umumiy qiymati 2.5 % boj to’lash

A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 6

30. Abdumalik to’ra vafot etgan yildan 300 yil oldin…

A) Samarqandda Ubaydullaxon IIga qarshi qo’zg’alon

ko’tariladi.

B) Boris Godunov vafot etadi.

C) Ispaniya Gollandiya mustaqilligini tan oladi.

D) Odambiy boshchiligida Imomqulixon elchilari Moskvaga yuboriladi.

31. 1873-yil Buxoro-Rossiya o’rtasida imzolangan shartnomani 14-moddasi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Har kuni ertalab qo’shbegi rus vakilidan kerakli ko’rsatmalar olib, amirga yetkazadi.

B) Rossiya hukumati ijozati bo’lmagan har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi.

C) Buxoro hukumati boshqa birorta davlat bilan savdo aloqalari o’rnatmaydi.

D) Rus savdogarlarini xavfsizligi va hayoti uchun amir javob beradi.

32. Qaysi yillarda ingliz-rus komissiyasi Buxoro amirligi va Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi?

A) 1869-1870-yillarda B) 1878-1879-yillarda

B) 1885-1887-yillarda D) 1881-1882-yillarda

33. Chor Rossiyasi Amudaryoni egallash orqali birinchi navbatda qanday imkoniyatni qo’lga kiritishni mo’ljallagan edi?

A) suv manbasiga ega bo’lish

B) savdo aloqalarini qo’lga olish

C) serhosil yerlarga ega bo’lish

D) Xivani qo’lga kiritish

34. Xiva xonligini bosib olish uchun g’arbdan yuborilgan harbiy orkrug?

A) Krasnovodsk B) Orenburg

C) Mang’ishloq D) Turkiston

35. Xiva xonligini yetib borguncha podsho qo’shinlari yo’l qiyinchiliklaridan tashqari yana qanday muammoga duch kelishadi ?

A) xalqning qattiq qarshiligiga

B) oziq-ovqat yetishmovchiligiga

C) kichik guruhlar hujumiga

D) askarlarning ruhiy tushkunligiga

36. Xiva shahriga uyushtirilgan birinchi hujumda yarador bo’lgan rus generali?

A) Skobelev B) Kaufman C) Abramov D) Veryovkin

37. Gandimiyon shartnomasidan keyin Xivada Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun kimlarning javobgarligi belgilab qo’yilgan?

A) faqat xon B) xon va mahalliy hokimlar

C) mirshablar D) rus harbiy vakillari

38. Rossiya tomonidan Xiva xonligiga qancha miqdorda tovon to’lash miqdori belgilandi?

A) 500 ming rubl B) 3 mln rubl

C) 200 ming rubl D) 2.2 mln rubl

39. Xiva xonligi aholisi Gandimiyon shartnomasini imzolaganidan keyin tovon puli to’lash bilan birga…

A) harbiy majburiyatni ham bajarib beradigan bo’ldi.

B) rus harbiy qal’alarini qurib berishga majbur qilindi.

C) yangi soliq va majburiyatlarni to’lay boshladi.

D) rus vakillari uchun ham soliq to’lay boshladi.

40. Rossiya bosqini natijasida Xiva xonligi hududi necha barobar qisqardi?

A) yarmiga B) 3 baravarga

C) 5 baravarga D) 1 baravarga

41. Kaufman Qo’qon xonligida o’z ta’sirini kuchaytirish maqsadida qachon Qo’qon xoni bilan shartnoma imzoladi?

A) 1865-yil B) 1870-yil C) 1868-yil D) 1875-yil

42. Qaysi voqeadan keyin Qo’qon xoni Xudoyorxon Kaufmandan yordam so’rashga majbur bo’ladi?

A) Po’latxon qo’zg’aloni ko’tarilganidan keyin

B) Xonning ukasi va ikkinchi o’g’li ham isyonchilar tomoniga o’tgandan keyin

C) Xudoyorxonning o’g’li Nasriddinbek qo’zg’alonchilarga qo’shilganidan keyin

D) Abdurahmon Oftobachi xiyonat qilganidan keyin

43. Turkiston general-gubernatorligining 1875-yilda tuzilgan Namangan bo’limiga qaysi shaharlar kirgan?

A) Farg’ona va Marg’ilon

B) Chust va Yangi Marg’ilon

C) Quva va Andijon

D) Namangan va Chust

44. Mustamlakachi qo’shinlarga qarshilik harakatlari Namanganda qancha muddat davom etdi?

A) ikki oy B) o’n kun C) bir hafta D) bir oy

45. Rossiya mustamlakasi bo’lgan Farg’ona viloyatining birinchi gubernatori kim?

A) Romanovskiy B) Skobelev

C) Abramov D) Kaufman

46. Hozirda Qizilo’rda nomi bilan atalgan qal’a qaysi?

A) Avliyoota B) Raim C) Oqmachit D) Kopal

47. Turkmanlar yashaydigan sarhadlar qaysi hududlar oralig’ida joylashgan ?

A) Kapettog’ va Amudaryo oralig’ida

B) Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida

C) Pomir va Tyanshan vodiylari oralig’ida

D) Kaspiy dengizi va Pomir oralig’ida

48. Turkmnlar qal’asi – Go’ktepani qo’lga olish uchun necha oy harbiy harakatlar olib borildi?

A) yetti oy B) besh oy C) uch oy D) biro y

49. Rossiya bilan bir yilda chegaralari belgilangan davlatlar qaysi?

A) Afg’oniston va Eron B) Eron va Xitoy

C) Turkiya va Afg’oniston D) Hindiston va Xitoy

50. Rossiya imperiyasi tomonidan har bir xonlikning alohida tor-mor etilishini yengillashtirgan omil?

A) harbiy sohadagi ahvoli jahon taraqqiyoti darajasidan pastligi

B) davlat boshqaruvining eskirib qolganligi

C) uchta davlat o’rtasida muntazam aloqalar mavjud bo’lmaganligi

D) urush vaqtida xonlarning biri ikkinchisiga yordam

bermaganligi

13-20-mavzulardan.

1. ,,Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi”, deb aytgan Turkiston general-gubernatori hukmronlik yillari?

A) 1867-1881-yillar B) 1884-1889-yillar

C) 1898-1901-yillar D) 1915-1916-yillar

2. 1865-yilgi ,,Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra viloyat bo’limlari boshliqlari bir vaqtning o’zida qanday vazifani bajargan?

A) harbiy komendant B) uchastka pristavi

C) bosh sudya D) kazak qo’shinlari qo’mondoni

3. Nima uchun Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoni bosib olingan hududlarida dastlab boshqaruv sohasida katta o’zgarishlarni amalga oshirmagan?

A) mustamlakachilikni saqlab qolish va mustahkamlash uchun

B) mahalliy aholi hali bunday boshqaruvga tayyor bo’lmagani uchun

C) harbiy jihatdan yetarli kuchga ega bo’lmaganligi uchun

D) mahalliy aholi vakillarini ham boshqaruvga jalb qilish uchun

4. Dastlabki vaqtlarda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo’l bergan omillarni aniqlang.

1. rus tilini yaxshi bilganliklari.

2. boshqaruv tizimida faoliyat yurituvchi odamlari bo’lmagani.

3. o’lkada yanada mustahkamroq o’rnashish zaruriyati

4. o’lka sharoitini to’liq bilmaslik

5. qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotgani

6. ruslarga sadoqatli vakillarini tanlab olish ehtiyoji

A) 1, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6

5. Turkistodna mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir qaysi?

A) davlat lavozimlariga faqat rus tilini bilgan shaxslar qo’yilish tartibi

B) mahalliy aholini quyi boshqaruvga jalb qilish

C) imperiya markaziy rayonlaridan aholini ko’chirib keltirish

D) rus madaniyatini targ’ib qilish

6. Ma’lumki, 1877-yil Toshkentda ,,Shahar nizomi” joriy etilgan. Unda Duma tashkil etilib, Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan?

A) general-gubernator B) imperator

C) tashqi ishlar vaziri D) harbiy vazir

7. Zarashon okrugi tuzilgan yildan necha yil o’tib Samarqand viloyatiga aylantirildi?

A) 10 yil B) 15 yil C) 17 yil D) 18 yil

8. Tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo’linma?

A) volost B) uchastka C) uyezd D) ovul

9. 1886-yilgi ,,Nizom” bo’yicha Turkistondagi vaqf yerlari bilan bog’liq xato fikrni aniqlang.

A) Vaqf yerlari ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi.

B) Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubemator roziligi bilan bu yerlami davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan.

C) Vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlarini to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ulami taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi.

D) Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tishi bilan masjidlar va maktablaming moddiy ahvoli yaxshilandi.

10. Rossiya markaziy guberniyalaridan Turkistonga ko’chib keluvchilar sonini yanada ko’payishiga olib kelgan tadbir qachon amalga oshirildi?

A) 1886-yil B) 1896-yil C) 1892-yil D) 1875-yil

11. Turkistonga Rossiyadan ko’chib kelganlar, asosan, kimlar bo’lgan?

A) harbiylar B) qishloq aholisi

C) korxona egalari D) ruhoniylar

12. Xonliklar davrida qozilar chiqargan qarordan norozi bo’lgan shaxslar kimga murojaat qilgan?

A) qozikalonga B) bosh vazirga

C) oliy hukmdorga D) shayxulislomga

13. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin qanday tadbirni amalga oshirgan?

A) tomonlarga kelishib olishni taklif etgan.

B) tomonlarga qasam ichirgan.

C) arzni diniy ulamolar hukmiga havola etgan.

D) arz-shikoyatlar uchun to’lov qabul qilgan.

14. 1866-yil joriy qilingan Toshkent Mahkamasi tarkibiga necha nafar a’lam kirgan?

A) 12 nafar B) 5 nafar C) 10 nafar D) 7 nafar

15. Sud tizimidagi uchinchi bosqich sudlari qaysi?

A) qozi sudi

B) xalq sudlari favqulodda qurultoyi

C) xalq sudlari qurultoyi

D) xalq sudlari

16. Qaysi shaharda ikkita qozi faoliyat yuritgan?

A) Toshkent B) Qo’qon C) Buxoro D) Samarqand

17. Turkistonda Chor Rossiyasi mustamlakasi davrida serdaromad mansabga aylangan lavozim?

A) volost boshlig’i B) qishloq oqsoqoli

C) qozilik va biylik D) uchastka pristavi

18. 1886-yilgi Nizom bo’yicha uyezd sudlari o’rniga joriy qilingan sudlarni aniqlang.

A) viloyat sudlari B) uchastka mirovoy sudlari

C) okrug sudlari D) qozilar sudi

19. Qaysi yillar oralig’ida Turkiston ,,kuchaytirilgan qo’riqlov” va ,,favqulodda qo’riqlov” holatida bo’lgan?

A) 1881-1911-yillar B) 1892-1898-yillar

C) 1898-1915-yillar D) 1892-1916-yillar

20. Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining asosini tashkil etgan yo’nalishlarni aniqlang.

1. mahalliy aholini qurolsizlantirish

2. qurolli kurash uchun har qanday umidni yo‘qotib tashlash

3. jangarilik unsurlarini bostirish

4. qadimiy jangovar an’analami tag-tomiri bilan tugatish.

5. yuqori malakali harbiylarni yo’qotish

6. har qanday qo’zg’alonni ayovsiz bostirish

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5

21. Rossiya harbiy qurolli kuchlarining Kavkazdan O’rta Osiyoga harakatlanish yo’nalishlari ketma-ket keltirilgan javobni toping.

A) Kavkaz-Kaspiy dengizi-Amudaryo-Orenburg-Toshkent-Andijon

B) Kaspiy dengizi-Orenburg-Kavkaz-Ashxobod-Toshkent-Andijon

C) Kavkaz-Kaspiy dengizi-Krasnovodsk-Samarqand-Toshkent-Andijon

D) Orenburg-Kaspiy dengizi-Amudaryo-Samarqand-Toshkent-Andijon

22. Krasnovodskdan Andijongacha bo’lgan masofa necha km?

A) 9 ming B) 2 mingdan ortiq

C) 3 mingga yaqin D) 3 mingdan ortiq

23. Qachondan boshlab O’rta Osiyoda temiryo’llarning iqtisodiy ahamiyati ko’tarildi?

A) XIX asr 70-yillaridan B) XIX asr oxiridan

C) XX asr boshidan D) XIX asr ikkinchi yarmidan

24. Turkiston o’lkasida Rossiya sarmoyasi qaysi maqsadga xizmat qilmagan?

A) o’lkada ishlab chiqarishni rivojlantirish

B) mavjud tabiiy boyliklarni o’zlashtirish

C) arzon xomshyoga ega bo’lish

D) temiryo’llar qurish

25. Turkistonda chorva va chorvachilik mahsulotlarini kamayishiga sabab bo’lgan omil?

A) yaylovlarni cho’llarga aylanishi

B) yaylovlarda ham paxta ekila boshlanishi

C) kasalliklar natijasida hayvonlarning qirilib ketishi

D) aholini chorvachilik mahsulotlariga ehtiyoji ko’payishi

26. Qaysi hududlardagi sug’orish ishlarining ko’pchiligi bajarilmay qolib ketdi?

A) Toshkent, Sirdaryo, Farg’ona

B) Samarqand, Farg’ona, Toshkent

C) Xorazm. Toshkent, Farg’ona

D) Buxoro, Qarshi, Termiz

27. Turkistonda xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo’ldi?

1. iqtisodiy qiyinchiliklar

2. ma’naviy jihatdan kamsitilish

3. yashash sharoitining yomonligi

4. o’zaro ichki nizolar

5. soliqlaming ko‘pligi

6. mehnat majburiyatlarining og‘irligi

A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6

28. XIX asr oxirida Turkistonning turli hududlarida ko’tarilib kelayotgan qo’zg’alonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi kimlar edi?

A) ruhoniylar va dehqonlar B) ziyolilar va savdogarlar

C) mulkdorlar va ruhoniylar D) kosiblar va dehqonlar

29. 1879-yil kuzida Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga norozilik bildirib yig’ilgan aholining qat’iy talabi nima edi?

A) qayta saylov o’tkazish

B) soliqlarni kamaytirish

C) soliq yig’uvchilarni jazolash

D) adolatsiz soliqni bekor qilish

30. Uyezd boshlig’i uyi o’rab olingan qo’zg’alon qayerda bo’lgan?

A) Xo’jand B) Namangan C) Marg’ilon D) Andijon

31. General-gubemator mahkamasi maxsus bo‘limining boshlig‘i o‘z ma’ruzasida «isyonga moyil» aholi vakillarini qo‘rquv va tobelikda ushlab turishning yagona vositasi deb bilgan jazo turini aniqlang.

A) harbiylar huquqini yanada kuchaytirish

B) o‘lim jazosini oshkora ijro etish

C) Sibirga surgun qilish

D) jinoyatchilarni xoin deb e’lon qilish

32. Vabo tarqalgach Toshketdagi nechta qabriston yopib qo’yildi?

A) 10 ta B) 12 ta C) 20 ta D) 8 ta

33. Toshkentda 1892-yildagi noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sababni aniqlang.

A) mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayishi

B) xalq ommasining og’ir ahvoli

C) narxlar o’sishi va soliqlar ko’payishi

D) amaldorlarning o’z mansablarini suiste’mol qilishi

34. Toshkentdagi ,,Vabo isyoni” ikkinchi nomi?

A) ,,Darveshxon” B) ,,Lola inqilobi”

C) ,,Toshotar voqeasi” D) ,,Toshkent ruhi”

35. Qaysi qo’zg’alonni bostirishda kazaklar polki va bir rota askar qatnashgan?

A) Darveshxon B) Dukchi Eshon

C) Vabo isyoni D) Jizzax qo’zg’aloni

36. Qayerdagi qo‘zg‘olondan keyin Turkiston mustamlaka ma’muriyati hukumatga politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida murojaat qildi?

A) Namangan B) Andijon C) Jizzax D) Toshkent

37. Qachon Farg’ona viloyatiga ko’plab rus aholisi ko’chirib keltirildi?

A) 1892-yil B) 1891-yil C) 1875-yil D) 1905-yil

38. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni bilan bog’liq hududlarni voqealari bilan muvofiqlashtiring.

1. Tojikqishloq 2. Qutchi 3. Asaka 4. Qo‘yli

5. Andijon

a. qo‘zg‘olonchilarning safiga yana 200 kishi qo‘shildi. b. pristavi o‘ldirildi. c. telegraf simlari qirqib tashlandi.

d. mingboshi G‘oyibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shildi. e. qo‘zg‘olonchilar harbiy kazarmaga hujum qildilar.

A) 1-e, 2-d, 3-b, 4-a, 5-c B) 1-c, 2-a, 3-e, 4-b, 5-d

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a, 5-e

39. Turkiston general-gubernatori Vrevskiy o’rniga vaqtinchalik tayinlangan Sirdaryo viloyati gubernatori kim?

A) Koshnevskiy B) F. Girs

C) Duxovskiy D) Korolkov

40. Dukchi Eshon qo’zg’alonida qatnashgan aholi vakillaridan dastlab necha kishi o’lim jazosiga hukm qilindi?

A) 500 kishi B) 250 kishi C) 380 kishi D) 22 kishi

41. 1898-yilgi Andijon qo’zg’alonining tarixiy ahamiyati?

A) ozodlik uchun kurash sari yo’l ko’rsatdi.

B) mustamlakachilarni yana bir marta boshqaruv haqida o’ylashga majbur qildi.

C) dehqonlar shaxsan ozodlikka erishdilar.

D) ozodlikka erishishda har doim tinchlik yo’li afzalligini isbotlab berdi.

42. 1898-yilgi Andijon qo’zg’alonida taktik xatoga yo’l qo’ygan qo’mondon kim?

A) Vrevskiy B) Ziyovuddin maxsum

C) Chibil bo’lisi D) Korolkov

43. Italyancha uycha, kulba ma’nolarini anglatuvchi so’z?

A) kartel B) komendant C) kazarma D) katorga

44. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlari qachondan boshlangan?

A) XIX asr o’rtalaridan

B) XIX asr oxirlaridan

C) XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan

D) XX asr boshlaridan

45. XIX asr ikkinchi yarmidagi Turkistondagi qo’zg’alonlar xarakteriga ko’ra, qanday ko’rinishda bo’lgan edi?

A) uyushmagan stixiyali ko’rinishda

B) taktik jihatdan mukammal qurollangan ko’rinishda

C) milliy-ozodlik ko’rinishida

D) dehqonlar g’alayonlari ko’rinishida

46. Quyidagilardan qaysi biri Dukchi eshon qo’zg’aloni bilan bog’liq emas?

A) Konshevskiy B) Ziyovuddin maxsum

C) Chibil bo’lis D) Rahmonqulixoji

47. Jizzax uyezdi qaysi viloyat tarkibiga kirgan?

A) Samarqand B) Sirdaryo C) Farg’ona D) Toshkent

48. Yetimxon boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’alon hududi bugungi kunda qaysi tumanga to’g’ri keladi?

A) Quva B) Izboskan C) Marhamat D) Buvayda

49. Sirdaryo magistral kanali qurilishi nihoyasiga yetgan yili…

A) II Bolqon urushi bo’lib o’tdi.

B) Fransiya Marokash ustidan protektorat o’rnatdi.

C) Italiya Liviyaga hujum qildi.

D) Avstriya-Vengriya parlamenti tarqatib yuborildi.

50. Uyezd politsiya boshlig’i nima deb atalgan?

A) pristav B) ispravnik C) gubernator D) tumanboshi

21-27-mavzulardan.

1. Qoraqalpoqlar XIX asr boshlaridan qaysi hududlarga muqim o’rnasha boshladilar?

A) Amudaryo va Sirdaryo havzasi, Orol dengizi shimoli

B) Amudaryo havzasi, Orol dengizi janubi va janubi g’arbi

C) Pomir etaklari, Sirdaryo havzasi va Janubiy Dashti qipchoq

D) Kaspiy dengizi janubi sharqi, Xorazm va Turkman yerlari

2. ,,Qoraqalpoq ulusi”ni tashkil etgan Xiva xoni?

A) Eltuzar B) Sherg’ozixon

C) Muhammad Rahimxon I D) Muhammad Aminxon

3. Qoraqalpoq urug’lari va qabilalarini birlashtirgan yirik guruhlarni boshqarish uchun tashkil etilgan lavozimlar qaysi?

A) biy va oqsoqol B) devonbegi va mingboshi

C) mehtar va shayxulislom D) otaliq va beglarbegi

4. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning necha xil turi bo’lgan?

A) 2 xil B) 3 xil C) 5 xil D) 1 xil

5. Qoraqalpoqlarda XIX asrning ikkinchi yarmidan aholi orasida asosiy o’rinni egallay boshlagan xo’jalik sohasi qaysi?

A) hunarmandchilik B) uy chorvachiligi

C) dehqonchilik D) baliqchilik

6. Qoraqalpoqlar amaliy san’atida yuqori darajada rivojlangan sohalarni aniqlang.

1. o‘ymakor eshiklar yasash 2. uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash 3. gilam to‘qish 4. kashtachilik

5. temirchilik 6. zargarlik

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 6

7. Qoraqalpoqlarda qachondan boshlab tabaqalanish jarayonining kuchayishi kuzatiladi?

A) XVIII asr oxiridan B) XIX asr ikkinchi yarmidan

C) XIX asr boshidan D) XX asr boshidan

8. Quyidagi qaysi xalq urug’larida o’ziga xos dafn marosimlari bo’lib, ularning qabristonlari ham alohida bo’lgan?

A) inklar B) hindlar C) mayyalar D) qoraqalpoqlar

9. Qoraqalpoqlar bir bosh qoramol uchun qancha miqdorda soliq to’laganlar?

A) 22 tiyindan ortiq B) 2 so’m 50 tiyin

C) 9 so’m D) 3 so’m

10. Qoraqalpoq jamoalari har biri qancha askar yetkazib berishi kerak edi?

A) 1500 tadan 2500 tagacha

B) 500 tadan 1000 tagacha

C) 1000 tadan 2000 tagacha

D) 800 tadan 1000 tagcha

11. Ernazarbiy tomonidan xon qilib ko’tarilgan shaxsni aniqlang.

A) qoraqalpoq urug’ boshliqlaridan biri Zevar

B) qoraqalpoq urug’ boshliqlaridan biri Zariq

C) qozoq urug’ boshliqlaridan biri G’oyib sulton

D) qozoq urug’ boshliqlaridan biri Zariq

12. Xiva xoni Said Muhammadxon Xiva taxtiga o’tirgan yili…

A) Amudaryo hududlari Afg’oniston viloyatiga aylantirildi.

B) Taypinlar qo’zg’aloni boshlandi.

C) Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan egallandi.

D) Qrim urushi tugadi.

13. Turkman jangovar kuchlari boshlig’i Otamurodxon tomonidan vayron etilgan shahar qaysi?

A) Qo’ng’irot B) Xiva C) Nukus D) Xo’jayli

14. Quyidagi qaysi qo’zg’alon Xiva xoniga qarshi qaratilmagan edi?

A) Oydo’stbiy B) Ernazarbiy

C) Omongeldi D) Bobo Go’klan

15. Amudaryo bo’limi qaysi viloyat tarkibiga kiritilgan?

A) Kaspiyorti viloyati B) Sirdaryo viloyati

C) Yettisuv viloyati D) Samarqand viloyati

16. Qoraqalpoqlarning necha foizi yersiz dehqonlar hisoblangan?

A) 90 % B) 48 % C) 70 % D) 50 %

17. XIX asr 70-yillarida qoraqalpoq aholisi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga kelgan hudud qaysi?

A) Xo’jayli B) Mang’it C) Chimboy D) Qo’ng’irot

18. Qoraqalpoqlar ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to’g’risida berilgan ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Chimboy Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi.

2. Chimboyda dastlabki kasalxona va maktablar paydo bo‘ldi. 3. Jamoaning boy-badavlat a’zolari majburiyat sifatida o‘z qarindoshlariga «jarmshi» sharti bilan yer berishardi. 4. Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari gilamchilik va zargarlik tarmoqlarida vujudga keldi. 5. Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda chorva mollari soniga qarab ham belgilangan. 6. 1871-1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug‘ning aksariyat od­diy a’zolari ming boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo‘y-qo‘ziga ega edi. 7. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan qoraqalpoq dehqonlari Xiva xonligiga ko’chib ketishdi. 8. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta umumta’lim maktabida 200 nafar o‘quvchi o‘qirdi.

9. Oddiy xalq tomorqalari 1-2 tanobdan oshmas edi.

10. 1914-yilda uchta kasal­xona va feldsherlik punktida ikki shifokor ishlar edi.

A) 1, 2, 5, 8, 9 B) 1, 3, 4, 6, 7

C) 1, 5, 6, 8, 10 D) 1, 3, 6, 9, 10

19. Ural kazaklari qachon Amudaryo bo’limi hududlariga surgun qilingan?

A) 1875-yil B) 1880-yil C) 1892-yil D) 1885-yil

20. O‘mirbek laqqi obrazi orqali qanday ijobiy xislatlar ulug‘langan?

A) mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik

B) donishmandlik, hozirjavoblik, odillik

C) vatanparvarlik, donolik, ulug’vorlik

D) oliyhimmatlilik, adolatlilik, shafqatlilik

21. Dostonlar orasida alohida ajralib turuvchi qoraqalpoqlaming ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan dostoni qaysi?

A) «Qirqqiz» B) «Bo‘zatov»

C) «Qiz Mengesh bilan aytishuv» D) «Oydo‘stbiy»

22. XIX asr o‘rtalarida qurilgan qoraqalpoq madrasasi?

A) Oyimbet eshon B) Qoraqum eshon

C) Tosh D) Qalila oxun

23. Dastlab masjid vazifasini bajargan madrasa qaysi?

A) Oyimbet eshon B) Qoraqum eshon

C) Tosh D) Qalila oxun

24. Qoraqalpoq madrasalarida ta’lim ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda ...

A) dunyoviy bilimlar o‘qitilgan.

B) harbiy bilimlar o‘qitilgan.

C) diniy-huquqiy bilimlar o‘qitilgan.

D) arab she’riyati va adabiyoti o‘qitilgan.

25. Qaysi asrdan qoraqalpoqlaming ilk yozma asarlari paydo bo‘la boshladi?

A) XVIII asr boshlari B) XVIII asr o’rtlari

C) XIX asr boshlari D) XIX asr oxiri

26. Qoraqalpoq shoirlarini yashagan yillari bilan muvofiqlashtiring.

1. Kunxo‘ja 2. Otash Olshinboy 3. Ajiniyoz

a. 1824-1878-yy. b. 1799-1880-yy. c. 1788-1875-yy.

A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c

C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b

27. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund (o‘qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mahoratli kuychisi) darajasiga erishgan ijodkor?

A) Berdaq B) Zevar C) J. Jirov D) Kunxo’ja

28. Quyidagilardan qaysi biri qoraqalpoqlarning qo’ldvoli urug’iga mansub?

A) Berdaq B) Otash Olshinboy

C) Ernazarbiy D) Oydo’stbiy

29. Berdaqning qaysi asari zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik kabi ulkan ta’sir kuchiga ega edi?

A) «Ahmoq podshoh» B) «Xalq uchun»

C) «Avlodlar» D) «O'g'limga»

30. Turkiston ziyolilari xalq orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda nimani asosiy vosita deb hisoblaganlar?

A) matbuot tizimini B) teatrni

C) maorif tizimini D) dinni

31. XIX asming ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik harakati vujudga kelgan Rossiya protektoratlarini aniqlang.

1. Qrim 2. Kavkazorti 3. Turkiston 4. Buxoro amirligi 5. Xiva xonligi

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2 C) 3, 4, 5 D) 4, 5

32. «Usuli savtiya» dasturi orqali 40 kunda nechta o’quvchining savodi chiqarilgan?

A) 20 ta B) 12 ta C) 18 ta D) 25 ta

33. Birinchi jadid usuli maktab ochilganidan necha yil o’tib Buxoro amirligida ham shunday maktab ochildi?

A) 10 yil B) 8 yil C) 9 yil D) 7 yil

34. Taraqqiyparvarlik harakati o’zining ikkinchi bosqichiga qachon o’tdi?

A) 1910-yildan B) 1917-yildan

C) 1920-yildan D) 1915-yildan

35. Qaysi hududdagi taraqqiyparvarlik harakati o’lkaga nisbatan og’ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan?

A) Buxoro B) Qrim C) Turkiston D) Xiva

36. Xiva xonligidagi jadidchilik harakati so‘l oqimi vakillari qanday usul orqali xalq ommasini siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‘ladilar?

A) yangi usul maktablarini tashkil qilish

B) teatrlar tashkil qilish

C) kichik namoyishlar uyushtirish

D) inqilob amalga oshirish

37. Yangi usul maktablari ochilishiga qarab hududlarni xronologik ketma-ket joylashtiring.

1. Andijon 2. Qrim 3. Qo’qon 4. Buxoro

A) 2, 3, 4, 1 B) 2, 1, 3, 4 C) 2, 4, 3, 1 D) 4, 2, 1, 3

38. Yangi usul maktablari bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda...

A) siyosiy ongini yuksaltirishda kuchli ta’sir o’tkazish xususiyatiga ega edi.

B) fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga xizmat qilar edi.

C) mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhini vujudga kelishiga xizmat qilar edi.

D) diniy bilimlarni ham yanada mustahkamlash uchun imkoniyat berardi.

39. 1917-yilga kelib o‘lkada nechta yangi usuldagi maktablar mavjud edi?

A) 100 ga yaqin B) 100 dan ortiq

C) 63 ta D) 24 ta

40. Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qaysi shaharlarda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi?

A) Qozon va Orenburg B) Qozon va Qrim

C) Sibir va Orenburg D) Istanbul va Kobul

41. XX asr boshiga kelib Turkistonda faoliyat olib borgan jadid ziyolilari avlodlarini hududlari bilan birga juftlang.

1. Abduqodir Shakuriy 2. Saidahmad Siddiqiy-Ajziy

3. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev 4. Sadriddin Ayniy 5. Obidjon Mahmudov 6. Is’hoqxon Ibrat

7. Polvonniyoz Hoji Yusupov

a. Buxoroda b. Toshkentda c. Samarqandda

d. Xivada e. Farg‘ona vodiysida

A) 1-c, 2-b, 3-b, 4-a, 5-e, 6-b, 7-d

B) 1-c, 2-c, 3-b, 4-a, 5-e, 6-e, 7-d

C) 1-b, 2-a, 3-b, 4-a, 5-e, 6-c, 7-d

D) 1-e, 2-c, 3-a, 4-a, 5-c, 6-e, 7-d

42. O’rta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi kim?

A) Ismoil G’aspirali

B) Munavvarqori Abdurashidxonov

C) Mahmudxo’ja Behbudiy

D) Abdulla Avloniy

43. Abdulla Avloniy asos solgan gazeta qaysi?

A) ,,Tarjimon” B) ,,Taraqqiy”

C) ,,Sadoi Turkiston” D) ,,Shuhrat”

44. Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan kimlardan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g‘oyalarni davom ettirdilar?

A) Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur

B) Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrab

C) Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish

D) Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo‘ja Ahror

45. Turkiston ilg‘or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlilari qaysilar?

1. mustaqil xalq ta’limi tizimining yaratilishi

2. milliy matbuotga asos solinishi

3. milliy teatrga asos solinishi

4. milliy davlat tuzumi o’rnatilishi

A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 3

46. «Tarbiyayi atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyati qaysi shaharda tashkil qilingan?

A) Toshkentda B) Samarqandda

C) Qo’qonda D) Buxoroda

47. «Tarbiyayi atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyati 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborgan yili…

A) Liviya Italiya mustamlakasiga aylandi.

B) Madero „San-Luis-Potosi rejasi" deb atalgan o'z dasturini e'lon qildi.

C) Vengriya hukumati Xorvatiya Seymini tarqatib yubordi.

D) Ikkinchi Bolqon urushi boshlandi.

48. XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik an’analarini davom ettirgan yangi avlod vakili hisoblanmagani qaysi?

A) Umar B) Qulimbet C) Sariboy D) Jondor

49. Gandimiyon shartnomasidan keyin qoraqalpoqlarning necha foizi Xiva xonligi tarkibiga kirgan?

A) 70 % B) 3.8 % C) 35 % D) 48.6 %

50. Qoraqalpoqlarda ruhoniylar foydasiga undirilgan soliq qaysi?

A) solg’ut B) zakot C) ushr D) qozon

28-35-mavzulardan.

1. 1910-yilda islom tarixiga oid asar yozgan jadidchilikning yirik namoyondalaridan birini aniqlang?

A) M. Behbudiy B) A. Fitrat

C) A. Avloniy D) M. Abdurashidxonov

2. Jadidlar iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash uchun qanday islohotlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaganlar?

1. yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish 2. barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlami tayyorlash 3. tarqoq holda faoliyat yuritayotgan bozorlarga chek qo’yib, yagona ichki bozorni vujudga keltirish. 4. zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarish

5. mustaqil milliy valyutaga ega bo’lish 6. ishlab chiqarishni rivoji uchun pul jamg’arish vositalarni tashkil etish

A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 5, 6

3. Toshkentning ,,Qoryog’di” mahallasidan bo’lgan taraqqiyparpar kim?

A) Munavvarqori Abdurashidxonov

B) Abdulla Avloniy

C) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev

D) Salimxon Tillaxonov

4. Birinchi jahon urushidan keyin jadidlar qanday boshqaruv tuzumi uchun kurashdilar?

A) federativ republika B) mutlaq monarxiya

C) avtonom respublika D) parlamentar monarxiya

5. 1917-yil fevral voqealaridan keyin jadidlar tomonidan ilgari surilmagan siyosiy talablardan birini aniqlang.

A) Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish

B) yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga o’qishga yuborish

C) milliy matbuot erkinligini ta’minlash

D) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish

6. 1917-yil mart oyi boshlarida jadidlar tomonidan tuzilgan «Musulmon mar­kaziy sho‘rosi»ning ta’sis syezdida nechta delegat qatnashgan?

A) 200 delegat B) 500 delegat

C) 160 delegat D) 350 delegat

7. Davlatlaming o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi….

A) Avtonomiya B) Korporatsiya

C) Federatsiya D) Respublika

8. 1-jahon urushi tufayli o’g’ir iqtisodiy ahvoldan ham yanada nochor ahvolga tushib qolgan davlat qaysi?

A) Rossiya B) Germaniya C) Italiya D) Ruminiya

9. Turkiston o’lkasida yevropalik aholi vakillarini 1-jahon urushi safarbarligiga olinishi necha yoshdan boshlangan?

A) 16 yoshdan B) 19 yoshdan

C) 25 yoshdan D) 21yoshdan

10.1914-yilda Turkistonda joriy qilingan «favqulodda muhofaza holati»ni buzganlar uchun qancha miqdorda jarima belgilandi?

A) 150 so’m B) 33 so’m C) 50 so’m D) 75 so’m

11. Rossiya imperatori Nikolay II hukmronligi boshlangan yili…

A) German imperiyasida konstitutsiya qabul qilindi.

B) Italiya sotsialistik partiyasi tuzildi.

C) Hindiston Milliy kongressi tuzildi.

D) Fransiya prezidenti Sadi Karno o’ldirildi.

12. Rossiya imperatori Nikolay II «front ortidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarligi» farmonini qachon qabul qilgan?

A) 1916-yil 25-iyun B) 1916-yil 25-iyul

C) 1916-yil 25-may D) 1916-yil 25-avgust

13. Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholi­ning mardikorlikka olinishi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, Turkiston o‘lkasidan belgilangan aholi sonini hududlari bilan juftlang.

a. Sirdaryo b. Samarqand c. Farg‘ona

1. 50 ming 2. 87 ming 3. 38 ming

A) a-3, b-1, c-2 B) a-2, b-3, c-1

C) a-2, b-1, c-3 D) a-1, b-3, c-2

14. 1916-yilda mardikorlikka olinadiganlar ro‘yxatini tuzishga qarshi norozilik harakatlarida ishtirok etgan aholining ijtimoiy qatlamlari vakillarini aniqlang.

A) ziyolilar, ruhoniylar, ishchilar, mayda yer egalari

B) savdogarlar, kosiblar, kambag’al dehqonlar, mulkdorlar

C) dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar

D) talabalar, ruhoniylar, ziyolilar, hunarmandlar

15. Podsho gubernatori A.Gippius qaysi hududda norozilik kayfiyatidagi odamlarning ko‘pligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g‘alayonlar chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘lka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot beradi?

A) Sirdaryo B) Toshkent C) Jizzax D) Farg’ona

16. 1916-yilgi mardikorlikka olinishga qarshi qo’zg’alon ko’tarilgan hududlarni xronologik ketma-ket joylashtiring.

1. Dahbed 2. Andijon 3. Eski Marg’ilon

4. Xo’jand 5. Namangan

A) 1, 4, 5, 3, 2 B) 4, 1, 2, 3, 5

C) 3, 4, 1, 2, 5 D) 5, 4, 1, 2, 3

17. Toshkentda 1916-yil 11-iyulda ko’tarilgan qo’zg’alon natijasida mahalliy aholidan necha kishi yarador qilindi?

A) 3 kishi B) 10 kishi C) 15 kishi D) 16 kishi

18. Mardikorlikka olishga qarshi qaysi hududda ko’tarilgan qo’zg’alon ishtirokchilari mustamlakachilarning xizmatida bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi?

A) Toshkent B) Andijon

C) Namangan D) Eski Marg’ilon

19. Labbaytog’a dahasi qaysi shaharda joylashgan?

A) Qo’qon B) Andijon C) Namangan D) Samarqand

20. Jizzax uyezdi qaysi viloyat tarkibiga kirgan?

A) Samarqand B) Sirdaryo B) Yettisuv D) Farg’ona

22. 1916-yil Jizzax qo’zg’aloniga kimlar rahbarlik qilganlar?

1. Mirzakarimboy 2. Nazirxo’ja 3. Hakimxo’ja

4. Abdurahmon jevachi

A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 3

23. 1916-yilgi qo’zg’alonni bostirishda Jizzax shahridan keyin qaysi hudud egallanadi?

A) O’ratepa B) Sangzor C) Zomin D) Xo’jand

24. Dukchi Eshon va Jizzax qo’zg’alonida hibsga olingan qo’zg’alonchilar o’rtasidagi farq qancha?

A) 500 kishi B) 100 kishi C) 800 kishi D) 1000 kishi

25. Kim boshchiligidagi harbiy kuchlarning yordamga kelishi Jizzax qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi?

A) Skobelev B) Abramov C) Afanasyev D) Ivanov

26. Turkistondagi qaysi yilgi qo‘zg‘olonlar xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘rinishida yuz berdi?

A) 1875-yilgi B) 1916-yilgi

C) 1880-yilgi D) 1885-yilgi

27. 1916-yilgi qo’zg’alonlar oqibatlaridan biri hisoblanmaydiganini aniqlang.

A) barcha erkak aholi qirib tashlandi.

B) oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi.

C) aholining ko‘pchiligi uy-joysiz qoldi.

D) aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘ldi.

28. 1916-yilgi qo’zg’alonlarning yengilish sabablarini aniqlang.

1. qo’zg’alonchilarning oddiy ish qurollari bilan jang olib borganligi 2. qo’zg’alonchilarning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bo‘lganligi 3. qo’zg’alon-chilarning harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi

4. qo‘zg‘olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi

5. qo‘zg‘olonchilarning ahillikda va birdamlikda harakat qilmasligi

A) faqat 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5

29. Buxoroda nima uchun «Rossiya imperatorining siyosiy agentligi» tashkil etilgan?

A) amirlikning tashqi siyosatini yuritish uchun

B) amirning siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun

C) rus aholi vakillari manfaatlarini himoya qilish uchun

D) zarur paytda amirlikni to’la boshqarish uchun

30. XIX asr oxirida Buxoro amirligi tarkibidagi yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang.

1. Chorjo‘y 2. Samarqand 3. Kitob 4. Jizzax 5. Shahrisabz 6. Xo’jand 7. Denov 8. Termiz

A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 4, 8 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6

31. Buxoro amirligida bosh qoziga bo’ysungan lavozimni aniqlang.

A) muftiy B) muhtasib C) a’lam D) shayxulislom

32. Buxoro amirligi bekliklarga bo’lingan bo’lib, beklar ….

A) shaxsan qo’shbegi tomonidan tayinlangan.

B) otaliq tomonidan tayinlangan.

C) devonbegi tomonidan tayinlangan.

D) amir tomonidan tayinlangan.

33. XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch tarzda yig‘iladigan, yomon harbiy ta’lim ko‘rgan va sodda qurollar bilan ta’minlangan …………lardan iborat bo‘lgan.

A) o’spirin B) dehqon

C) ko’ngilli jangchi D) ko’chmanchi xalq

34. Buxoro amirligida lashkar tartiboti amalda qachondan beri isloh qilinmagan?

A) XVIII asr o’rtalaridan B) XVIII asr oxirlaridan

C) XIX asr boshlaridan D) XIX asr o’rtalaridan

35. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi eski boshqaruv uslubi o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotganini ko’rsatib bergan omilni aniqlang.

A) soliqlar miqdorining ko’payib borishi

B) Rossiya bilan urushdagi mag’lubiyat

C) jadidchilik harakati targ’ibotlari

D) stixiyali, uyushmagan norozilik chiqishlari

36. Buxoro amirligida kimning hukmronligi davrida soliqqa tortishning natura shakli (mahsulot ko‘rinishida) o‘miga naqd pul ko‘rinishidagi yig‘imlar asosiy o‘rinni egallagan edi?

A) Amir Nasrullo B) Amir Abdulahad

C) Amir Muzaffar D) Said Olimxon

37. Pomir chegara qo‘shinlarining yordami bilan bostirilgan qo’zg’alon qayerda bo’lib o’tgan?

A) Kalifda B) Qandahorda

C) Ko’lobda D) Baljuvonda

38. Buxoro ustalari, ayniqsa, qaysi mahsulotlari bilan dong taratgan edi?

A) oltin va kumush buyumlari

B) zardo’zlik buyumlari

C) gilamlari

D) bo’yoq va sovun mahsulotlari

39. Amirlik hududi orqali temiryo’l o’tkazilganidan necha yil o’tib Buxoro hududida dastlabki rus qishloqlari quriladi?

A) 7 yil B) 2 yil C) 4 yil D) 1 yil

40. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida qachondan faoliyat ko‘rsata boshladilar?

A) 1910-yildan B) 1915-yildan

C) 1911-yildan D) 1917-yildan

41. Buxoro taraqqiyparvarlari Buxoroni mustabid amir hukmronligidan qutqarib, qanday boshqaruv tuzumini o‘matishga harakat qildilar?

A) federatsiya B) konstitutsiyaviy monarxiya

C) respublika D) konfederatsiya

42. Quyidagi qaysi voqea Buxoro jadidlarini sergaklantiradi?

A) 1917-yilgi Rossiyadagi fevral voqealari

B) 1917-yilgi Rossiyadagi oktabr voqealari

C) Turkiston muxtoriyatini qonga botirilishi

D) Buxoro va Karkidagi namoyishlarni kuch bilan bostirilishi

43. Fayzulla Xo‘jayev rahbarligidagi «Inqilobchi yosh buxoroliklaming Turkistondagi markaziy byurosi» qayerda tuzilgan?

A) Qozon B) Moskva C) Buxoro D) Toshkent

44. O‘rta Osiyoni butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qo‘l ostida bo‘lgan yangi davlat tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan mustamlakachilarning kurash vositasiga aylantirilgan tashkilot qaysi?

A) Turkiston xalq komissarlari soveti

B) Musulmon markaziy sho’rosi

C) Turkiston Markaziy ijroiya komiteti

D) Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi

45. Amir hokimyatini ag’darish uchun qaysi shaharda Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuzilgan?

A) Buxoro B) Toshkent C) Chorjo’y D) Termiz

46. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi birinchi hukumati qanday atalgan?

A) Mahkamayi Adliya B) Xalq Nozirlar Kengashi

C) Katta Kengash D) Vazirlar Mahkamasi

47. Dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiluvchi kishi?

A) fanat B) dindor C) mutaassib D) radikal

48. Buxoro amiri xazinasida yombi holidagi gamburg tillasi necha dona bo’lgan?

A) 17 B) 13 C) 22 D) 45

49. Buxoro amiri Sayid Olimxon hukmronlik yillari?

A) 1917-1920-yy. B) 1912-1917-yy.

C) 1909-1918-yy. D) 1910-1920-yy.

50. Buxoro amirligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‘langan yili…

A) turkmanlar yashaydigan joylarda afg'on-rus chegaralari qat'iy belgilab olindi.

B) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi.

C) A.Griffit „Shinfeyn" („Biz o'zimiz") partiyasini tuzdi.

D) Avstriya hukumatiishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun" joriy etdi.

35-41-mavzulardan.

1. Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida ta’sis etilgan 7 kishidan iborat Kengash (devon)ning necha nafari podsho hukumati vakillari edi?

A) 5 B) 3 C) 4 D) 2

2. Gandimiyon shartnomasiga ko’ra, Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirgan lavozim qaysi?

A) Turkiston general-gubernatori

B) Kaspiyorti viloyati gubernatori

C) Xivadagi maxsus muxtor vakil

D) Amudaryo bo’limi boshlig’i

3. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xoni mam­lakatni boshqarishda kimlarning madadiga tayangan.

1. qo‘ng‘irot urug‘i zodagonlari 2. harbiy sarkardalar 3. saroy a’yonlari 4. oliy ruhoniylar 5. yirik yer egalari 6. savdogarlar

A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4

4. Xiva xonligida mavjud bosh­qaruv apparatidagi mansabdor shaxslar nima hisobiga kun kechirar edilar?

A) xon tomonidan beriladigan moyana

B) dehqon va hunarmandlardan yig‘iladigan soliq

C) savdo va do’konlardan tushadigan ijara

D) davlat xazinasidan beriladigan maosh

5. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri hisoblangan shahar qaysi?

A) Samarqand B) Qo’qon C) Xiva D) Toshkent

6. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva madrasalarida qo’shimcha ravishda o’qitilgan fanlarni aniqlang.

A) arifmetika va geometriya B) kimyo va biologiya

C) matematika va geografiya D) astronomiya va fizika

7. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo’lgan ekin turi?

A) paxta B) sholi C) g’alla D) suli

8. Qachondan boshlab Xiva xonligida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv jarayoni jadallashdi?

A) XIX asrning 90-yillaridan

B) XIX asrning 50-yillaridan

C) XX asrning 20-yillaridan

D) XIX asrning 70-yillaridan

9. Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlarning qariyb necha turi mavjud bo‘lgan?

A) 18 ta B) 25 ta C) 30 ta D) 38 ta

10. Xiva xonligida cho’p puli solig’i nima uchun undirilgan?

A) farmonlarni e’lon qilgan jarchi uchun

B) o’tovlardan foydalanganlik uchun

C) o‘tloqlardan foydalanganlik uchun

D) soliqlarni ro’yxatga olganlar uchun

11. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligidagi qarzdor dehqonlar o‘z qarzlarini uzish uchun …

A) zamindorlar qo‘lida turli shartlarga ko‘nib ishlashga majbur edi.

B) ma’lum vaqt davomida tekin ishlab berishlari lozim edi.

C) o’z oila a’zolaridan birini qullikka berib yuborar edi.

D) ijaraga yer olib ishlashga majbur edi.

12. Quyidagi javoblardan qaysi birlari Yangi Urganch shahrida joylashmagan.

1. o‘n bitta paxta tozalash zavodi 2. ham rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital 3. bitta tegirmon 4. Osiyo va Sibir savdo bankining bo‘limlari 5. mahalliy tadbirkorlarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari

6. sovun va ko‘n zavodi 7. paxtani tashib ketish bilan shug‘ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi 8. pochta-telegraf idorasi, komission va sug‘urta jamiyatlarining vakolatxonalari

A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 7 C) 2, 4, 8 D) 2, 5, 7

13. XIX asr oxiri – XX asr boshalrida O‘rta Osiyoning deyarli barcha shaharlarida rivojlangan hunarmandchilik tarmoqlari?

A) to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik

B) ko’nchilik, chilangarlik, temirchilik

C) degrezlik, miskarlik, do’ppichilik

D) naqqoshlik, bo’yoqchilik, xattotlik

14. Amudaryo flotiliyasi tashkil etilgan yili…

A) Kaspiyorti temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi.

B) Aleksandr II «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga imzo chekdi.

C) Buxoro amirligi orqali temiryo‘l qurila boshlandi.

D) Darveshxon qo’zg’aloni bo’lib o’tdi.

15. Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan «А-Meta» qanday ishlab chiqarish birlashmasi shaklida tashkil etilgan?

A) trest B) kartel C) sindikat D) konsern

16. Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko‘hna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshlagan davrni aniqlang.

A) XIX asrning 80-yillari B) XIX asrning 50-yillari

C) XIX asrning 40-yillari D) XIX asrning 70-yillari

17. 1906-yili Xiva xonligining qaysi shaharlarida muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlashdi?

A) Ko’hna Urganch, Bog’ot, Xonqa

B) Hazorasp, Yangi Urganch, Xonqa

C) Taxta, Mo’ynoq, Bog’ot

D) Yangi Urganch, Alieli, Toshhovuz

18. Yosh xivaliklar harakati rahbarlaridan biri hisoblanmagani qaysi?

A) Jumaniyoz Sultonmurodov B) Nazir Sholikorov

C) Bekjon Rahmonov D) Usmon Yusupov

19. Ma’lumki, 1910-yilda Xiva xoni «Islohotlar loyihasi»ni qabul qildi. Ushbu loyiha nimani nazarda tutar edi?

A) xonlikni tugatishni

B) maorif tizimini isloh qilinishini

C) boshqaruv tizimini tartibga solishni

D) diniy tartibotlarni qisman cheklashni

20. Xiva xonligida tashkil etilgan yangicha milliy maktablar qanday maqsadlarni ko’zda tutardi?

1. ta’lim va madaniyat saviyasini ko‘tarish

2. xivalik ziyolilarining yangi avlodini shakllantirish

3. xon hokimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalash

4. mustamlakachilik siyosatini amalda yo’qqa chiqarish

5. davlat boshqaruvi uchun mahalliy kadrlarni tayyorlash

6. iste’dodli yoshlarni chetellarga o’qishga yuborish

A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 6 D) 1, 5, 6

21. 1917-yil 26-aprelda Xiva xonligida ish boshlagan Vazirlar kengashi kim tomonidan saylandi?

A) Xiva xoni B) Amudaryo bo’limi boshlig’i

C) bosh qozi D) Deputatlar palatasi vakillari

22. Rossiya bolsheviklar hukumati Xivada «inqilob»ni amalga oshirish uchun qayerda Kommunistik partiya tuzdi?

A) Petro-Aleksandrovskda B) Ashxobodda

C) Toshkentda D) Perovskiy fortida

23. Mustamlaka davrigacha Turkiston boshlang’ich maktablarida kimning she’riy tarzda yozilgan, avliyolar, payg’ambarlar haqidagi ma’lumotlar aks etgan kitoblari o’qitilgan?

A) Hofizi Abru B) So’fi Olloyor

C) Mirzo Bedil D) Rabg’uziy

24. Rossiya imperiyasining turli guberniyalaridan Turkistonga ko‘chirib keltirilganlarning bolalariga ta’lim berish orqali qanday maqsad ko‘zda tutilgan?

A) o’lkani to’liq o’rganuvchi rus harbiylarini tayyorlash

B) ma’muriyat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash

C) vositachilik qiladigan tarjimonlarni tayyorlash

D) ruslashtirishni yangi usullaridan foydalanish

25. Rus-tuzem maktablari tarmog’i loyihasini ishlab chiqqan Turkiston general-gubernatorini aniqlang.

A) G. Rozenbax B) S. Duxovskoy

C) K. Kaufman D) A. Vrevskiy

26. Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablariga dastlab kimlar o‘z farzandlarini o‘qishga berishgan?

A) rus ma’murlari va harbiylar

B) rus savdogarlari va mahalliy boylar

C) ta’tar ziyolilari va ma’rifatparvarlar

D) mahalliy savdogar va ishbilarmonlar

27. Ilk o’zbek tilida chiqqan milliy gazeta qaysi?

A) «Tarjimon» B) «Uchqun»

C) «Taraqqiy» D) «Turkiston viloyati gazeti»

28. XX asr boshlarida jadidlar tomonidan tashkil etilgan nashrlar orasida milliy o’zlikni anglashdagi xizmatlari beqiyos bo’lgan gazetalarni aniqlang.

1. «Sadoi Turkiston» 2. «Sadoi Farg‘ona»

3. «Ulug‘ Turkiston» 4. «Turon»

A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 2, 4

29. Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasi batafsil yoritilgan asar qaysi?

A) «Tarixi Turkiston» B) «Afrosiyob qo’rg’oni»

C) «Tarixi jadidayi Toshkent» D) «Xudoyqul anvar»

30. Quyidagi rus olimlaridan qaysi biri rus va o’zbek tillarini o’rganish bo’yicha qator darsliklar yaratgan?

A) N. Muravyov B) N. Vasilevskiy

C) S. Jukovskiy D) V. Vyatkin

31. Turkistonda Arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil etilgan yili qaysi davlatda sotsialistik partiya tuzildi?

A) Avstriya B) Italiya C) Argentina D) Fransiya

32. Chor mustamlakasi dastlabki davrida Turkistonda nima uchun uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi?

A) mablag’ yetishmaganligi uchun

B) mutaxassislar yetishmasligi uchun

C) o’lka yaxshi o’rganilmagani uchun

D) milliy uyg’onish amalga oshmasligi uchun

33. Berilgan javoblardan rus olimi N.A.Seversev nomi bilan bog’liq bo’lganini aniqlang.

A) rus va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha qator darsliklar muallifi

B) O’rta Osiyodagi muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi.

C) O’rta Osiyoga sayohati davomida botanika, minerallarga oid namunalar to‘pladi.

D) Farg‘ona vodiysi va Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni tekshirib chiqdi.

34. O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati necha yil faoliyat yuritgan?

A) 22 yil B) 23 yil C) 15 yil D) 25 yil

35. Mustamlakachilar manfaatidan kelib chiqib, Turkistonda paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan jamiyat qaysi?

A) O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati

B) Arxeologiya havaskorlari to‘garagi

C) Toshkent meteorologiya stansiyasi

D) Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati

36. Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr qaysi?

A) she’riyat B) tragediya C) komediya D) ertaklar

37. Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she’rlari bilan shuhrat topgan ijodkor kim?

A) Muqimiy B) Furqat C) Anbar otin D) Avaz O’tar

38. Yot odatlaming kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishini ko‘rsatib bergan asar qaysi?

A) «То‘у» B) «Padarkush»

C) «Juvonboz» D) «Baxtsiz kuyov»

39. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida vujudga kelgan san’at yo’nalishlarini aniqlang.

1. qiziqchi 2. masxaraboz 3. qo‘g‘irchoqboz

4. raqqos 5. ashulachi

A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4

40. Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pyesasi…

A) 1915-yili Turkiston shaharlari bo‘ylab gastrollari zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tdi.

B) Samarqand shahrida ochilgan birinchi o‘zbek milliy teatrida sahnalashtirildi.

C) o‘zbek teatri shakllani­shida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi.

D) dramatik teatrning ulkan imkoniyatlarini tushunib yetishga imkon berdi.

41. To‘rtlik she’r tuzilishiga ega bo‘lib, musiqasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qo‘llanilmagan dostonlarni aniqlang.

A) «Alpomish», «Kuntug‘mish»

B) «Tohir va Zuhra», «Bo’z yigit»

C) «Shirin va Shakar», «Hasan va Dalli»

D) «Rustam va Avaz», «Tohir va Zuhra»

42. Musiqa asboblarini turlari bilan muvofiqlashtiring.

1. qo‘buz 2. do‘mbira 3. chang 4. surnay 5. doira

a. torli-kamonchali b. torli-noxunli c. torli-zarbli d. puflama nayli e. zarbli-membranali

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e

C) 1-e, 2-a, 3-b, 4-d, 5-c D) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b

43. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida nomlari nafaqat Buxoro amirligi balki, Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo‘lgan ustalarni aniqlang.

A) Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S. Siddiqov

B) Odina Muhammad Murod, Nurmuhammad, Abdujabbor

C) So‘fimuhammad Niyoz, Abdulla, Polvon Abdusattor o’g’li

D) Obloqul va Ibrohim Hofizovlar, Mo‘minjon Solihov, Shirin Murodov

44. Qaysi hudud me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilishi bo’lgan?

A) Toshkent B) Qo’qon C) Xorazm D) Buxoro

45. Andijon jome masjidi qachon qurilgan?

A) XIX asr o’rtalarida B) XIX asr oxirlarida

C) XX asr boshlarida D) XIX asr boshlarida

46. Nurillaboy saroyi kim tomonidan qurdirilgan?

A) Amir Olimxon B) Muhammad Rahimxon II

C) Asfandiyorxon D) Said Abdulla

47. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligida ranglar va naqshlar ramzi nimalarda ustuvorlik qildi?

A) me’morchilikda, sopol buyumlarda, mis idishlarda

B) rassomchilikda, uy-ro’zg’or buyumlarida, qurol-aslahalarda

C) zargarlikda, liboslarda, zeb-ziynat buyumlarida

D) me’morchilikda, bino peshtoqlarida, ustunlarda

48. 1847-yilda ruslar tomonidan qurilgan Raim qal’asining yana bir nomi nima?

A) Perovskiy B) Pyotr C) Orol D) Kopal

49. 1909-yilda ,,Jamiyati xayriya”ni tuzgan ma’rifatparvarni aniqlang.

A) Mahmudxo’ja Behbudiy

B) Munavvarqori Abdurashidxonov

C) Abdulla Avloniy

D) Abduvohid Burhonov

50. Turkfront qo’shinlari qachon Buxoroni egalladi?

A) 1920-yil 2-fevral B) 1920-yil 27-aprel

C) 1920-yil 6-oktabr D) 1920-yil 2-sentabr





15

Norin-Ziyo/TARIX/ Atamirzayev Elmurod


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
5ga ko'paytirish va 5ga bo'lish

Автор: Payzullayeva Manzura Abdullajonovna

Дата: 30.04.2020

Номер свидетельства: 548431

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(65) "Ochiq dars ishlanma:"10 soni ishtirokida ko'paytirish va bo'lish""
    ["seo_title"] => string(61) "ochiq_dars_ishlanma_10_soni_ishtirokida_kopaytirish_va_bolish"
    ["file_id"] => string(6) "546915"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1587054096"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства