Данный сценарий мероприятия предназначена для начальных классов. В сценарии имеется всякие стихотворение о том что кем был Алишер Навои. Сценическое представление учеников.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Сценарий мероприятия к дню рождения Алишера Наваи»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Xalq ta’limi markazi
Buxoro viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi
G‘ijduvon tumani xalq ta’limi bo‘limiga
qarashli 39-o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o’qituvchisi
Ahrorova Iroda Ne’matovnaning
Alisher Navoiyning 578 yilligiga
bag‘ishlab tayyorlagan
BAYRAM SSENARIYSI
Mavzu: “NAVOIY BOBOMIZ – SO`NMAS QUYOSHIMIZ”
BUXORO
“Navoiy bobomiz – so`nmas quyoshimiz”
Sahna did bilan bayramona qilib bezatilgan. To`rda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy portreti. Shuningdek, shoirning ruboiy hikmatli so`zlari, hadislaridan namunalar yozilgan plakatlar osilgan.
Mayin musiqa sadolari ostida boshlovchilar tadbirning ma`no mazmunini anglatuvchi she`r aytishadi:
1-boshlovchi: Assalom Navoiy mo`tabar ustoz!
Xalqim e`zozlagan buyuk ajdodim,
Assalom bobojon, buyuk alloma,
Yo`lim yoritguvchi, porloq quyoshim.
2-boshlovchi: Navoiy deganda quloqlarimga,
Uzoq asrlardan bir nido kelur,
Navoiy deganda quloqlarimga,
Qahraton qishda ham xush navo kelur.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, o`quvchilar! Hurmatli ota-onalar!
2-boshlovchi: Mana hozirgi kunda yurtimiz bo`ylab, Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 523 yoshga to`lishi munosabati bilan turli tadbirlar bo`lib o`tmoqda.
1-boshlovchi: Shu munosabat bilan 3-“V” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Navoiy bobomiz – so`nmas quyoshimiz” deya nomlangan tadbirga xush kelibsiz!
3- o`quvchi: Ulug` odamlar oramizda bir umr yashaydilar: qiyofalari – dillarga,
nomlari – tillarda. Ularga hamma havas qiladi. Bu nom:
Hamma birgalikda: “Alisher Navoiy” deb aytadi.
4- o`quvchi: Atrofga qarang, Alisher ismlari behisob. Hatto, shaharlar, oily ilm dargohlari, ko`chalar-u xiyobonlar, teatr-u oily mukofotlar nomi Alisher Navoiy nomlari bilan sharaflidir. Bularning barchasi ulug` shoir, olim, mutafakkir, davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy hurmatlari uchundir.
5- o`quvchi: Hammamizga ma`lumki, Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevral kuni Hirot sharida dunyoga kelganlar. Otalari G`iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar. Shoirning bolalalik chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib, 4-5 yoshlaridan boshlab, o`qish va yozishni bilib olganlar, ko`plab g`azallarni yod bilganlar.
6- o`quvchi: U kishi ko’p kitob o’qiganlar, Zehnlari o’tkirligidan minglab misra g’azalllarni yod bilganlar.
Sahna ko`rinishi: (Alisher Navoiyning tavalludi munosabati bilan ism qo`yish marosimi)
Jarchi: Odamlar-u, odamlar,
Bog`da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar jilmanglar.
Saroy beklaridan bo`lmish, G’iyosiddin Bahodir o’g’il ko’rmishlar, murg’ak go’dak sharafiga ziyorat bermushlar. Eh-e-he-he-hey!
(Sahnada nuroniy keksalar anjumani, qo’lida go’dak bilan G’iyosiddin Bahodir kirib keladi.)
O`tirganlar: – Farzand muborak bo`lsin, G’iyosiddinbek.
Raxmat, qulluq, qulluq.
Xondamir go’dakni qo’liga olib, – Giyosiddin Bahodir o’g’il ko’rmushlar, mavlono Lutfiy ul go’dakning ismini o’zlari qo’yib bersinlar.
(O’tirganlar ma’qullashadi).
Lutfiy: Qutlug’ chehrasidan nuri hidoyat balqib turibdi. Agar ustozlarimiz Jomiy, Dehlaviy va Ganjaviylarga manzur bo’lsa, Ollohning inoyati ila ulug’ va komil bo’lsin degan niyatda, bul go’dakkka Alisherbek ismini qo’ygumizdir.
G’iyosiddin: – Tashakkur, mavlono, qulluq, boshimiz osmonga yetdi.
Xondamir qo’lini duoga ochib: – Omin, Alisherbekning umrilari uzun, rizqlari mo’l bo’lsin. Buyuk davlat arbobi, ulug’ zot shoir bo’lsin. El-yurt madadkori bo’lib yetishsin.Ollohu akbar.
6- o`quvchi: Niyatlar ijobat bo’lib, u ulug’ donishmand, buyuk shoir va iste’dodli olim bo’lib yetishadi. Alisher Navoiy butun faoliyatini va ijodini odamlarning baxt-u saodatiga, ilm-fan taraqqiyotiga bag’ishlaydi.
7- o`quvchi: Alisher Navoiydan meros bo’lib qolgan ko’plab hikmatlar, xalq maqollari bizni ezgulikka chorlab turadi.
8- o`quvchi: Navoiy bobomizning talay misralari, hikmatli so’zlari, xalq maqollariga aylanib ketgan.
10-o`quvchi: Vafosida xayo yo’q, xayosizda vafo yo’q.
11-o’quvchi: Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
12-o`quvchi: Izzat tilasang kam de, sihat tilasang kam ye.
13-o`quvchi: Bilmaganni so’rab o’ragangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Raqs: “Munojot” raqsi o`quvchi qizlar tomonidan ijro etiladi
14-o`quvchi: Shoir barrcha asarlarida kishilarni halollikka, mardlikka, yaxshilikka chaqirganlar. Hatto shohning vaziri bo’lganlarida ham xalq tomonida turib, ko’p yaxshi ishlar qilib, el mehriga tushganlar.
Odamiy ersang demagil odamiy, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
15-o’quvchi: Hunarni asrabin netkumdir oxir, Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
16-o’quvchi: Sabr bila ko’p bog’liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko’p toyilur.
17-o’quvchi: Rostdir, ulkim, nazari to’gridur, Kim iligi egridur, ul o’g’ridur.
18-o’quvchi: Xaloyiqqa ko’rma, qilib benavo, O’zingga ravo ko’rmaganni ravo.
19-o’quvchi: Alisher Navoiy saroy muhitida voyaga yetadi. Bolalaik chog`idayoq olim-u fozillar davrasida bo’ladi. 3-4 yoshida Qosim Anvarning she’rlarini yod aytib, hammani hayratga soladi.
20-o`quvchi: U do’sti Husayn Boyqaro bilan birga maktabga boradi. Adabiyot va she`riyatga, nihoyatda musiqaga qiziqadi.
21-o’quvchi: Bo’lajak shoir Sa`diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarlarini zo’r ishtiyoq bilan o’qiydi va o’zi ham she’rlar yoza boshlaydi.
22-o’quvchi: Alisherdagi iste’dodni ko’rgan otasi G’iyosiddin kichkina va tog’alari Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylar uning tarbiyasiga alohida yondoshadilar.
23-o’quvchi: U 12 yoshida otasidan yetim qoladi va Abulqosim Bobur saroyida xizmatga kiradi. 15 yoshida shoir sifatida elga taniladi. Ijodda she’riyatning 16 xil janridan foydalanadi.
24-o’quvchi: U hayoti davomida 52 ta ravot, 20 ta hovuz, 16 ta ko’prik va 9 ta hammom qurdiradi.
25-o’quvchi: Alisher Navoiy ruboiylarida ota-ona va farzand munosabati, shirinsuxanlik va go’zallik kabi axloqiy fazilatlarni ifodalaydi.
28-o’quvchi: Har kimki chuchuk so’z elga izhor ayla,
Har nechaki ag’yor durur yor aylar.
So’z qattig’I el ko’nglini ozor aylar.
Yumshog’I ko’ngillarni giriftor aylar.
29-o’quvchi: Xo’b el bila suhbat tutubon xo’b o’lg’il
Yaxshini talab qilg’il matlub o’lg’il,
Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’lg’il,
Yumshoq hadisingniyu mahbub o’lg’il.
30-o’quvchi: Qarang, bu satrlar – satrlar juda zarur satrlar. Ular bir olam ma`noli, tushunarli. Yana birida, Yaxshilikni bilmasang, Bori yaxshilarga qo`shil, - deydilar.
Sahna ko’rinishi: Lutfiy bilan Alisherning suhbati
Alisher: Ustoz, bir bayt bitibdurmen, ilk ijodimni ko’rib baho bersangiz.
Lutfiy shogirdi yozgan g`azalni o’qiydi:
Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur, yulduz nihon, bo’lg’och quyosh.
Ofarin, Allisherbek, g’oyatda go’zal bayt bitibsiz. Agar muyassar bo’lsam edi, o’zimning 10-12 ming forsiy va turkiy baytlarimni shu ikki misraga almashar edim. Tasanno.
O`yin.
Oquvchi: Shoir bobomiz, ayniqsa, ustozlarini ulug’laganlar:
Haq yo’lingda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Ya`ni harf o’rgatgan o’qituvchingizni hurmat qilib, haqini uzmoqchi bo’lsang, xazinalardagi barcha oltinlar bilan uzolmaysan, deydilar.
O`quvchi: Navoiy bobomiz asarlarini o’qigan sari chuqur tushuna boramiz. Ba’zida esa o’tkir ma’noli asarlari o’qub, o’qishga qiynalamiz.
O’quvchi: Shuning uchun ustozning “Bilmaganni so’rab o’rgangan olim” degan maslahatlariga amal qilib, so’rab-so’rab o’rganaveramiz.
She`r “Istardimki…”
Navoiydan o’qib borsang she’r,
Tunda seni to’xtatmas mirshab,
Misralarda uyg’onar mehr
Har bir bayti yo’llarga o’xshar.
Navoiyning so’zi ortidadan,
Otlanasan, otlanar yo’llar ,
Qulamasang, insof otidan,
Har qadamda Navoiy qo’llar.
Navoiydan she`r o’qib borsang,
To’xtamaydi chegarachilar,
Baytlar tomgan labingni bossang,
Bu tog’larda toshlar ochilur.
Salom aytgil olam eliga,
Navoiydan o’qi she’rlarin.
Navoiyning har bir she’riga,
Bog’lab qo’ysa bo’lar yer sharing.
O’quvchi: A. Navoiy bizga ulug’ ma’naviy xazina – besh dostondan iborat “Xamsa” asarini yozib qoldirgan. Asar 1483-1485-yillarda yaratilgan. U 26.415 baytdan iborat bo’lib, “Hayrat ul-Abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” nomli dostonlardan tashkil topgan.
Prezidentimiz I. A. Karimov hazrat Navoiy haqia shunday deydilar: “Agar bu zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir”.
Sahna ko’rinishi: “Alisher va Husayn” she’riy drammasidan parcha
Sahna yarim yoritilgan, musiqa yangraydi. “Shitob aylab” qo’shig’i yangraydi. Ko’hna Hirot o’rnida, yangi shahar qiyofasi gavdalanadi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning qiyofasi gavdalanadi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning arvоhlari ikki tomondan sekin kirib kelishadi.
Husayn: - Bul Hirotmi, yoki boshqa,
Ne shahar bo’ldi ekan?
Ko’p shamlar yoqilubdur
Oxirat to’dimikan.
Alisher: - To’g’ri do’stim bul Hirotdur,
Xotiringiz bo’ldi jam,
Bizni eslab avlodimiz
Ta`zim aylar bo’yni ham
Necha yellar kutgan edim,
Kelsa erkan ushbu dam,
Xalqima ming ta`zim etgum,
Qo’l yurakda, ko’zda nam.
Husayn: Orzuimga yetdim bugun,
Arvohim tinch yotg’usi,
O’z elimg’a nur yetg’ay,
Ha demay tong otgusi.
Alisher: Odam borki ul yashnaydi,
Bir lahza-yu bir fursat,
Odam borki unitilmas,
Umri boqiy to abad.
Hatoyimni bag’ishlayman.
Tashvishu, mardum uchun,
To qiyomat birgamanki,
Rasmu-rusm, udum uchun,
Har o’tgan soniyag’a,
Afsusim yo’qdir bugun,
Chunki el yodlar meni,
Har lahza, har kunu-tun.
-O’quvchi: A. Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etadi. Endilikda yurtimizning bir qator ilm maskanlari, diqqatga sazovor joylari uning nomi bilan atalmoqda.
Ular: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomli respublika milliy kutubxonasi, shoir nomi bilan ataluvchi Respublika bog’i, Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat univarsiteti, Alsher Navoiy nomli Davlat akademik opera va balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi metro bekati va iqtidorli talabalar uchun beriladigan Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi…
-O`quvchi: Xullas ul zotning ijodini daryoga o’xshatamiz. Bu daryodan dunyo xalqlari, bahramand bo’lmoqda. Shuning uchun ham Navoiy bobomiz dunyoga tanilib, donolarning donosi bo’lib qolganlar.
-O’quvchi: O’zbek adabiyotining yirik namoyandasi va o’zbek tilini yuksak pog’onaga olib chiqqan buyuk siymo Alisher Navoiyni hech qachon unutmaymiz. Doimo uning ruhi biz bilan birga yashaydi.
-O’qituvchi: Biz shunday ulug’ shoirimiz borligidan faxrlanamiz. Bugungi kechamiz, buyuk bobomiz – Alisher Navoiyga bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.
Yurakdagi faxrim, g’ururim sizsiz,
Bobojon, ruhingiz bizni qo’llasin,
Avlodlar qalbida so’nmas sham kabi,
Nurli manzillarga bizni yo’llasin.
O’quvchilar: So`zingiz buyukdir, o’zingiz buyuk,
Buyuk merosingiz – iftixorimiz,
Biz uchun har nedan ortiqroq suyuk,
Yozgan asaringiz, aytgan so’zingiz.
(Mayin musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi.)