Просмотр содержимого документа
«ДВА ВЕЛИКИХ ГЕНИЯ (Сценарий мероприятия посвященного ко дню рождения Алишера Наваи и Бабура )»
Ikki buyuk daho- ikki zafarli she’r
1-boshlovchi:Assalomu-alaykum, hurmatli mehmonlar, qadrli ustozlar va aziz o`quvchi -lar. Bugun biz ikki buyuk daho—ikki zabardast sher-Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.
2-boshlovchi:She’riyat saltanatining sultoni , o’zbek adabiy tilining asoschisi ,g`azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy hamda o`z ash’orlari ila dunyonini lol qoldirgan Bobur hazratlarining porloq nomi qariyib 6 asrki tillarda doston .
1-boshlovchi: Bugungi kun yoshlari ulug’ mutafakkirlar hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni juda yaxshi bilishadi . Uning asarlari asrlar davomida boy ma’naviy ozuqa sifatida xalqimiz tafakkurini boyitib , ezgulik hissi bilan yashashga undab kelmoqda .
Ulug’ iste’dod sohiblarining tug’ilgan kunlari mamlakatimizda har yili qutlug’ sana sifatida tantana qilinadi . Ushbu kunda xalqimiz buyuk shoir dahosiga yana bir karra ta’zim bajo ylaydilar . Ularning porloq xotirasiga ehtirom ko’rsatadilar .
2-boshlovchi: Alisher Navoiydek shoirimiz borligi bilan cheksiz faxrlanamiz . U o’zbek adabiyot ilmi tarixiga yuksak hissa qo’shgan . Adabiyotimizning buyuk namayondasi, ilmiy tadqiqotlar yaratgan olim , ulug’ davlat arbobi , madaniyat homiysidir .
1-boshlovchi: Hirot ichra tug’ildi ulug’ zot
Qozondi dunyoda ilmla zo’r ot
Taxallusi bo’ldi Navoiy ismi Alisher
Futun maydonida erlar aro er .
Toki yangrar hayot qo’shig’i
Ochiladi orzu eshigi
Tebranadi xalqim beshigi
Navoiydan so’z ochsam agar
Navoiy siymosidagi o`quvchi hamda 3-“V”sinf o`quvchilari kirib kelishadi.
1-boshlovchi: Navoiy va Boburdek buyuk zot qoshida doimo bosh egamiz . Bizga insoniylik , mehru vafo , do’stlik , sadoqat , saxovatlilik , odamiylik , kamtarlik , yaxshilik , ilm va ma’rifat ziyolarini taratganliklari uchun buyuk Navoiy bobomizga ta’zim qilamiz .
3-sinf o`quvchisi Baxtiyorova Kumush ijrosida g`azaldan namuna aytiladi.
4-sinf o`quvchilari she’rlardan yod aytishadi.
2-boshlovchi: Jahon umriga teng Navoiy umri
She’riyat ahlining bayroqdori ul
G’azal olamida nidosi amri
Qo’shig’I kuy bo’lib yangragay mangu
“Joziba” raqs dastasidan jozibali raqsni havola etamiz.
1- boshlovchi: “Farhod va Shirin”ni o`qigach ,takror va takror Shirin hasratlarin anglaymiz bir bor. Hozir esa e’tiboringizga Shirin monologini havola etamiz.
Shirin monologi Rajabova Mohichehra tomonidan ijro etiladi.
1-boshlovchi: Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim ,
Ko`nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o‘zga jonni dilofgor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
1-sinf o`quvchilari ijrosida g`azallar aytiladi.
1-boshlovchi: Davron meni o‘tkardi saru samondin
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
“Boburning nidosi” nomli sahna ko`rinishi 5-sinf o`quvchisi tomonidan ijro etiladi.
3- “V”sinf o`quvchilari tomonidan she’rlar aytiladi.
1-boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
3-“A”sinf o`quvchilari tomonidan sahna ko`rinishi ijro etiladi.
2-boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e'tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
2-boshlovchi:Jondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz,
Sondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz.
Har neniki sevmak jondin ortiq bo`lmas,
Ondin seni kop sevarmen,ey umri aziz.
Navoiy va Gulining muhabbati asrlar osha barchani lol qoldirmoqda.Shu bois ham bir umr sadoqat ila buyuk adib o`z mehrini baytlarida tarannum etdi.
“Navoiy va Guli monologi “ 8-“A” sinf o`quvchilari tomonidan ijro etiladi.
Tosheva Sevara raqs ijro etadi.
boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir .E’tiboringizga boqiy satrlardan havola etamiz.
6-“A”sinf o`quvchilari g`azallardan yod aytishadi.
2-Boshlovchi:Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz
1-boshlovchi:Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni yakunlar ekanmiz,so`zni maktabimiz rahbari __________________________________ va menmonimiz_______________ ga beramiz.Marhamat.
2-boshlovchi:Azizlar hamisha qadringiz baland,iymoningiz but bo`lsin.Tashrif uchun tashakkur.