kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Праздник Букваря

Нажмите, чтобы узнать подробности

Сценарий праздника Букваря предназначен для двух первых классов. Стихотворного монтпжа..

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Праздник Букваря»

Savodxonlik bayrami


Maktab zali bayramona bezatilgan. Mehmonlar taklif qilingan.

O’qituvchi. Salom aytamiz sizga qalbning qo’ridan,

Sizlarga joy berib qalbning to’ridan.

Og’zimizda erur ushbu bir kalom,

Xush kelibsizlar salom-assalom.

Assalomu-alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, mehribon ota-onalar.

Barcha-barchangiz “Alifbe bayramimizga” xush kelibsizlar.

Hozir bayramimizga bayram sababchilari bo’lgan jajji 1 - “G” sinf o’quvchilarini taklif etamiz.

Marhamat bolajonlar:

O’quvchilar musiqa sadosi ostida davraga kirib kelishadi va ular tartib bilan saflanib turadilar va O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini kuylaydilar.

O’qituvchi: Aziz mehmonlar, bolajonlar bugungi bayramimizni ochib berish uchun so’zni maktab direktoriga beramiz.

Shundan so’ng navbat o'quvchilarga beriladi.

  1. o’quvchi: So’zimning boshi salom,

Salom eng yaxshi kalom.

2- o’quvchi: Shuning uchun avvalo,

Onajonlar assalom.

1-o’quvchi: Bizga ilm o’rgatgan,

To’g’ri yo’lni ko’rsatgan,

Mehribonu talabchan.

Aziz ustozlar sizga Assalomu - alaykum.

2-o’quvchi: Yaxshi o’rtoq dugona Bir-biriga parvona Mening uchun yagona Sinfdoshlarim sizga Assalomu-alaykum

1-o’quvchi: Muborak ayyomingiz,

Dillar quvonchga to’lsin

Alifbe bayramingiz

Barchaga qutlug’ bo’lsin.

O’qituvchi: Qani menga aytingchi biz qayerda yashaymiz?

O’quvchilar: O’zbekistonda.

O’qituvchi: O’zbekiston qanaqa davlat?

O’quvchilar: Mustaqil Davlat

O’qituvchi: 2013yilda O’zbekistonning necha yilligini nishonladik?

O’quvchilar: 22 yilligini.

O’qituvchi: O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin o’zining nimalariga ega bo’ldi.

O’quvchilar: Bayrog’i, tamg’asi, madhiyasiga. Shundan so’ng o’quvchilar bayroq, tamg’a va madhiyani madh etib she’rlar aytishadilar.

O’zbekiston bayrog’i,

Hilpirar to’rt xil rangda.

O’zbegim madhiyasi

Yangraydi har kun tongda.

Tamg’asida baxt ramzi

Xumo qushi aks etgan.

Paxtasining dovrug’i

Butun johonga yetgan.

Bayroqdadir to’rt xil rang,

Barcha rangda ma’no bor.

Boshidan ta’riflang-chi

Bilurmisiz bolalar?

Tamg’amizda tog’lar bor,

Daryolar bor, bog’lar bor.

O’ng tomoni paxtazor,

Chap tomoni bo’g’doyzor.

Chambarakga o’ralgan,

Vodiy uzra quyosh bor.

Hurligimizning ramzi,

Humo degan qushi bor.

Erksevar O’zbekiston Madhiyangni kuylaylik Jonajon O’zbekiston.

O’qituvchi: Balli bolajonlar barchasiga ekansiz tanish.

Shundan so’ng o’quvchilar, “Vatanim-jon-Vatanim” qo’shig’ini aytishadi.


“Vatanim-jon-Vatanim”

“Vatanim-jon-Vatanim”

Ko’zim quvnab ko’rganim

Istiqloldan kulganim

O’zbekiston gulshanim.

Barcha olib bag’ringda,

Ulg’ayganman mehringdan.

“Vatanim-jon-Vatanim”

O’zbekiston gulshanim.

Sen o’xshaysan onamga,

Maqtay butun olamga

“Vatanim-jon-Vatanim”

O’zbekiston gulshanim.

O’qituvchi: Sinf o’quvchilari “O’zbekiston” haqida she’r aytishadi va qo’llaridagi harflar bilan

O’zbekiston” so’zini hosil qilishadi.

O’ - O’zligim topdi hur o’zbek elim

Z - Zuhraday charaqlar porloqdir yo’ling

B - Baxt qushi boshimda, maqsadim ulug’

E - Erkim o’z qo'limda niyatim qutlug’

K - Kamolot cho’qqisi nuqtamiz oxir

I - Insoniyat o’yi ezgulik, axir

S - Sadoqati iymon ish sabr-bardosh

T - Totuv yashar xalqlar yelkadosh qardosh

O - Olamni asraylik tinch bo’lsin jahon

N -Nomi tilda doston,jon O’zbekiston

O’qituvchi: Balli bolajonlar! Qani ayting-chi, O'zbekistonda Davlat tili qaysi til?

O’quvchilar: O’zbek tili

O’quvchilar “O’zbek tili” haqida she’rlar aytishadilar.

Tilim-Davlat tilidir,

Oshdi qudrati, qadri,

Boshqa tillar ichida Tikladi chinor qaddin.

Kim axir qilmay, risand Unitar o’z tilini!

Unitar urf-odatin Tarixini elini?

Kim bag’ishlab jon-tanin,

Sevsa elin chinakam Sevsa ona Vatanin,

Sevar ona tilin ham.

Ona tilim jonu dilim,

Sening bilan biyron tilim

Ona tilim, bobo tilim

Sevar seni yurtu elim

Ona tilim, konu ilm,

Sen-la olay chuqur bilim.

O’qituvchi: Balli bolalar, Prezidentimiz 2014 yilni qanday yil deb e’lon qildilar?

O’quvchilar: “Sog’lom bola yili”.

O’qituvchi: Rahmat bolajonlar Aziz ota-onalar Shirin-shakar bolalar, Bayram shodlik muborak, Savodxonlik muborak!

O’quvchilar Avval kitob-varaqlab,

Suratlar axtarardim

Rasm yo’q betga ixlab

Zerikishla qarardim.

Yendi olib kitobni,

Shirillatib o’qiyman

Guyo quchib oftobni

O’zim ham she’r to’qiyman.

Bilsangiz bor bir kitob

Kitoblaming bobosi

Kitobmas guyo oftob

Yo’qdir uning bahosi

Bu bayram sababkori

Bilimlar poydevori

Ma’nosi shirin so’zi

Qani “Alifbe” o’zi

Alifbeni chaqirsak

Va unga so’zni bersak

Alifbejon kel tezroq

Do’stlaring senga muhtoj

Davraga “Alifbe kitobi” kirib keladi.

Salom aziz bolalar Chiroyli dil lolalar Bilasizlarmi meni? Birinchi Alifbeni?

Hamma bilimning boshi Bilimdonlarningjoni Meni hurmat qilsangiz

Harfimni-chi bilsangiz Seving hamma kitobni Bo’lasiz so’zsiz olim.

Alifbejon sengadir ta’zim Sen tufayli biyrondir so’zim.

Xush bolalar aytingchi, chindan Nimalarni bildingiz mendan?

Ko’p narsani kitobim

Mana eshit oftobim Chiziqchalar-chizishni O’qishni va yozishni Yasha zehnli bola Nima o’rganding yana?

Bo’g’indan so’z tuzishni,

Hamda matn o’qishni.

Aytchi dono qiz qani,

Sen o’rganding nimani?

Topishmoqlar topishni,

She’r va maqol aytishni.

Shirin-shakar bolalar Bog’aro gul lolalar Alifboda harf nechta?

Bilsangiz ayting shartta.

6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tuluq belgi. O’qituvchi: Navbat endi sizlarga,

Jajji o’g’il-qizlarga

Boshlab sizni keng yo’lga

Tovushlar kirsin tilga.

Harflar tilga kiradi.

A - Assalom avvalo aziz jonajon Alla aytib katta qilgan onajon.

B - Buyuk bobosi bor boshida bugun Butun el tanidi yurtimni bugun

D- Dildan deyman ona vatanim O’zbekiston-mening Vatanim

E - Elim deb, yurtim deb yashayman faqat El yurt baxti-mening baxtimdir abad F - Fido bo’lsin bu jonim Faqat omon bo’lsin Vatanim

G - Gulla go’zal gulgun diyorim Gul maskanim O’zbekistonim

H - Hayotim hur o’lkam baxtimdir Hur o’lkam baxti deb faqat Yashayman har vaqt.

I - Ismingizdir Islom bobojon Istiqiolni bergan jonajon

J - Jaranglaydi jajji sho’x so’zim Jahon tanir bu kun ovozim.

K- Kamolingni kulib kuylayman Yurtim jamolingga boqib to'ymayman.

L - Lolaman lov-lov yonar yoragim Xalqqa mehnat qilish orzu tilagim.

M - Mana men mardona mashhur makonman Siz tug’ilib o’sgan O’zbekistonman.

N - Non aziz, non ila hayotdir inson, Non ushog’in surtgin ko’zingga bolajon

O - Onak yurt onajon O’zbekistonim, Ona kabi aziz jonu jahonim.

P - Poytaxt-Toshkent porlagin yurtim Paxtaga kon makonim O’zbekistonim.

Q - Qo'limda qalamim she’r bitay sizga Onajon doston kam ta’rifingizga

R- Rahatbaxsh yurt, bir jannatmakon Rost so’zlasam bu O’zbekiston

S - Salom sevimligim serquyosh diyor Senga shirin so’zla aytaman alyor

T - To’yingga to’yona tilda dostonim 18 yoshing qutlug’ O’zbekistonim

U - Unitmayman ustozim ulkan mehringiz Umrbod yodimda har bir so’zingiz.

V- Vatanim volidam va tanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim

X - Xalqimning ovozi baland har onda Humo qushi uchar chamanda

Y - Yillar o’tib, yillar o’tibdi, Yurtim istiqlolga erishdi

Z - Zamonam zo’r, zorim yo’q eldan Zamonamni qo’llayman dildan

O’ - O’zbekiston o’z tamg’am o’z bayrog’im bor, O’zbek madhiyasi tillarda doston G’ - G’ururla g’oliblik bayrog’i qo’lda Elimning madhiyasi jaranglar tilda

Sh - Shamolman, shamol kabi shoshaman har on Bilimlar maskani, maktabim tomon Ch - Chamanning chiroyli guli o’zingiz, Ustozim duru gavhar har bir so’zingiz.

NG - Rahmat sizga muallim, Berdingiz bizga ta’lim

Alifbe: Bolajonlar siz mendan

Ko’p narsalar bilibsiz

Duru gavhar teribsiz

Ruxsat etti siz bilan

Hayrlashib ketaman

Do’stim o’qish kitobni

Endi taklif etaman

Hamma: Hayr Alifbejonim

Rahmat yo’llab qolamiz

Omon bo’lgin biz senga

Oq yo’l tilab qolamiz

O’qish”, “Matematika” kitoblari kirib kelishadi.

O’quvchi: o’rin yo’q toliqishga

Kirishaylik tez ishga

Tanishaylik siz bilan

So’z beraylik o’qishga

Chorla o’qish kitobi

O’qish” kitobi. Menman “O’qish” kitobi.

“Alifbenning o’rtog’i”

Tez va ravon o’qishni

Butunlay unitasiz

Kechikishni tashvishni

Goho kulasiz shodon

Goho o’ylab qolasiz

O’zim ustoz bilimdon

O’qib dono bo’lasiz.

Hamma: Kitobim xush kelding sen

Didim xushnid etting sen

O’qish” kitobi. Men bir chuqur quduqman

Limmo-limdir suvlarim

Qonib qonib ichasiz

Bahoingiz 5 do’stlarim

Faqat bo’yab yuzumni

Iflos qilib qo’ymangiz

Yirtib zar varag’imni

Ko’p uyatga qo’ymangiz.

Hamma: Kitobim bo’l xotirjam

Ozor bermaymiz hech ham

O’quvchilar: “O’zbekistonim” sherini aytib beradilar.

  1. Alifbe” dan o’rin olgan

Bir kam o’ttiz harflarni

Alla”, “Anor”, “Bahor”, “Bayroq”

Kabi oddiy gaplarni

O’qituvchi: Balli bolajonlar endi o’quvchilar ijrosida “Ustozlar” qo’shig’ini tinglaymiz.

Ona” haqida she’rlar tinglaymiz.

  1. Dunyoga keldimu men sizni ko’rdim

Mehr bulog’idan kuch, quvvat oldim

Nomingiz ushbu kun she’rimga soldim

Munisim, mushfiqam onajonim.

  1. Oromdan oz kechib bo’lib parvona

Dardimni oldingiz siz yona-yona

Olamda tengi yo’q siz-siz yagona

Munisim, mushfiqam onajonim.

Qo’shiq: “Onajon” sinf o’quvchilari ijrosida.

O’qituvchi: Balli bolajonlar. Endi tayyorlab kelgan kuy-qo’shiqlarimizni namoyish etamiz.

Marhamat aziz mehmonlar tinglab, tomosha qiling.

Kecha so’ngida tabrik uchun so’z mehmonlarga, o’qituvchi va ota-onalarga beriladi.

O’qituvchi: Raxmat aziz mehmonlar. Kechamizga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Праздник Букваря

Автор: Хожаева Зилола Амриллоевна

Дата: 27.12.2019

Номер свидетельства: 533815

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(32) "Праздник Букваря."
    ["seo_title"] => string(19) "prazdnik_bukvaria_8"
    ["file_id"] => string(6) "538041"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1580490967"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(103) "Внеклассное мероприятие  для 1 класса "Праздник Букваря" "
    ["seo_title"] => string(60) "vnieklassnoie-mieropriiatiie-dlia-1-klassa-prazdnik-bukvaria"
    ["file_id"] => string(6) "132770"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1416406764"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(80) "Внеклассное мероприятие " праздник Букваря""
    ["seo_title"] => string(48) "vnieklassnoie-mieropriiatiie-prazdnik-bukvaria-3"
    ["file_id"] => string(6) "311339"
    ["category_seo"] => string(10) "vneurochka"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1459183260"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(142) "Конспект внеклассного мероприятия Праздник  Букваря в 1 классе УМК «Школа 2100»"
    ["seo_title"] => string(75) "konspiektvnieklassnoghomieropriiatiiaprazdnikbukvariav1klassieumkshkola2100"
    ["file_id"] => string(6) "318469"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1460581175"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(98) "Сценарий внеклассного мероприятия "Праздник Букваря""
    ["seo_title"] => string(58) "stsienarii-vnieklassnogho-mieropriiatiia-prazdnik-bukvaria"
    ["file_id"] => string(6) "254000"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1447689177"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства