kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Книга освещает сердце

Нажмите, чтобы узнать подробности

книга освещает сердце, Без книг нет будущего. Молодежь нужно возвращать в книги и читать. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Книга освещает сердце»

Kitob qalbni yoritar”bayram ertalik

Kitobsiz kelajak yo’q”,

Yoshlarni kitobga,kitobxonlikka

qaytarish kerak”

Sh.M.Mirziyoyev

Tadbir maktabning faollar zalida o’tkaziladi.

Tadbir jihozlanishi:Sahna mavzuga xos ko’rinishda jihozlangan”Kitob tafakkurning tolmas qanotlari”

“Kitob boylik”.”Kitob qalbni yoritar bayram ertaligiga xush kelibsiz” shiorlari,kitob haqidagi maqollar yozilgan plakatlar osilgan.Buklamalar,sharlar,har xil gullar qo’yilgan.Ertalikka ota-onalar va bobo-buvijonlar ham taklif qilinadi.

Tadbir maqsadi:O’quvchilarni kitobga,kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini oshirish,bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga undash,oilaviy kitobxonlik muhitini yaratish,ona Vatanga munosib farzand bo’lish hissini uyg’otish.

Sabina

Assalom,assalom!

O’zbekiston,aziz kalom assalom,

Toleingda qutlug’ ayyom, assalom!

Mirzohid

Assalom,assalom!

Noming aziz yangroq elim,assalom,

Yer-u ko’kda uyg’oq elim,assalom!

Sabina

Assalomu alaykum aziz ustozlar va maktabimiz o’quvchilari.

Bugungi bayram ertaligimizga tashrif buyurgan hurmatli ota-onalar,qadrli mehmonlar.

Mirzohid

Azizlar “Kitob qalbni yoritar”deb nomlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz.

Sabina

Mirohid,bilamizki O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida farmoyish e’lon qildilar.

Mirzohid

Albatta aynan shu farmoyish qabul qilingandan so’ng.Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ”Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida qaror qabul qildi.

Kamila

Q arang do’stlarim davramizga “Kitob-oftob” tashrif buyuribdilar.Marhamat ularni kutib olamiz.

Hamma:

Kitob bilimdan o’rtoq

U ma’rifat yorlig’i

Etar bizni baxtiyor

Kitoblarning borlig’i

Kitob: Assalomu aleykum qalbi quyosh mehridaryo ustozlar,aziz mehmonlar va mening qadrdon bolajonlarim.Men sizlani ko’rib juda-juda quvondim.

Hamma:Rahmat

Kitob

Bolajonlar sizning ertaligingizga tezroq yetib kelish maqsadida avtobusga o’tirdim o’rindiqlardan biriga bir bola planshetda o’yinlar o’ynab ketayotganiga ko’zim tushdi.Men shu bolani o’zim bilan olib keldim.Ruxsat bersalaring shu bolani ham sahnaga chaqiray.

Hamma:Mayli ”Kitob-oftob”

Kitob

Qani bolajonim sahnaga marhamat!

Bola qo’lida plansheti o’yinini o’ynab turib yurib kelaveradi.

Bahrom

K itob-oftob maylimi men siz haqingizda she’r aytsam, o’rtoqlarim esa davom ettiradilar

Kitob:Mayli

Bahrom

Avval ko’ngillarda yaralgan kitob,

Tillarda dostonga aylanib ketgan.

Shoirlar armonin etganda xitob,

Birinchi xattotlat sopolga bitgan.

Sevinch

Ho’kiz terisiga yozilgan tarix,

Toshga o’yilgan ham yurak so’zidir.

Chinorga yozganlar qo’llarida tig,’

Barchasi kitobning ayni o’zidir.

Amirbek

Men oppoq qog’ozga yozaman shoshib,

Yoqmasa g’ijimlab tashlayman shartta.

Q aytadan boshlayman qolsam adashib,

Bobolar bir marta yozgan albatta.

Shaxina

Yuz bor o’chiraman uchar qalamim,

Chiroyli tashbehla ovutib o’zni.

Goho yozolmasam kelar alamim,

Bobolar tig’ bilan so’zni.

Sardor

Mangu saboq bizga yo orzu havas,

Donishmand bobolar anglab yetgan sir.

Haq so’zdan yaralsa kitob muqaddas,

Tig’ bilan toshlarni o’yishga arzir.

Kitob

Rahmat bolajonlarim

Qo’lidagi planshetni o’chirib she’rning mazmunida ta’sirlangan o’yinqaroq bola ”Kitob-oftobdan”so’rayapti

Bola

Siz meni qayerga olib keldingiz hamma yoqda kitoblar shiorlar nima bu yer kitob do’konimi?

Kitob

Yo’q bolajonim bu yerda ”Kitob” ya’ni men haqimda ertalik o’tkazilmoqda

B ola

Ha endi tushundim

Shahnoza

Tilsimin ochar kitob,

Nurini sochar kitob.

Kim bilmasvoy kim dono,

Zehningni o’lchar kitob.

Mirfayz

Kitob-la ravon yo’lim,

Bog’ bo’lar dasht-u cho’lim.

Ko’rinar hayot so’lim,

Agar kitob o’qisam.

S hahzoda

Nutqim ravonlashadi,

Tafakkurim oshadi.

Ilmim to’lib toshadi,

Agar kitob o’qisam.

Ozodbek

Vaqtim bekor ketmaydi,

Kunim bekor o’tmaydi.

Hech kim menga yetmaydi,

Agar kitob o’qisam.

Sabina

-Qancha ko`p kitob o`qisangiz, shuncha ko`p bilimli bo`lasiz “Yosh kitobxon” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan respublikadagi eng yirik tanlov hisoblanadi. Siz ham hozirdan kitob o`qib bilimlaringizni oshirib, shu tanlovda qatnashishingiz mumkin. Tanlov sovg`asi SPARK avtomashinasini yutub oling.

Mirzohid

Sabina bu tanlov 14-20 yoshgacha bo’lgan yoshlarni va 20-30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni qamrab olgan.Ayniqsa birinchi sohibalari Prezident sovg’asi ”Spark” mashinasi bilan taqdirlangani quvonarli hol bo’ldi.

Shu o’rinda videorolik namoyish etiladi.

Sabina

Ilm ko’hna maqoli aynan shu tanlovda o’z isbotini topdi desam adashmayman.

Kitob

Bolam nega sen o’yinlar o’ynayotgan eding,axir sen o’qiydigan maktabda kutubxona,sinfingda ham sinf kutubxonasi bor-ku!

Bola

Bor,siz bularni qayerdan bilasiz?

Kitob

Kutubxona-nurxona deyishadi.Ayni hozirgi damda maktabingda ”Eng yaxshi tag’ibotchi kitobxon” tanlovi davom etmoqda,sen esa bulardan xabardor emassan.

Bola

Maktabda ustozlarimiz nuqul o’qing ,kitoblar sotib oling o’qing deyishadi,lekin uyimizda buning aksi

Kitob

Nega?

Bola

Oyim ishdan bo’shadi deguncha telefonda gaplashib o’tiradilar otam esa televizordan nari ketmaydilar faqat ovqatlanayotgan paytda biz bilan suhbatda bo’ladilar.Menga esa ularni bezovta qilmasligim uchun mana shuni olib berishgan

Kitob

Buyog’i qandoq bo’ldi?Mayli bolam xafa bo’lma,kel ertalikni tomosha qilamiz.

M ohisitora

Bo’sh o’tirsam ustozim,

Qani kitobing deydi.

Kitob yo’lingni yorug’,

Qilar oftobing deydi.

Shahriyor

Shunda darhol qo’limga,

Oldim o’z kitobimni.

Kitobnimas do’stlarim,

Nur to’la oftobimni.

Nilufar

Kitob o’qing!U sizni fikrlashga o’rgatadi.Fikrlay olish esa odamni boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi asosiy xislatdir degan edi- Jon Pol Sartre

Hayit

Bor gap.Bugungi kun tartibidagi dolzarb masala kitobxonlik.Kitobning foydali tomoni haqida ko’p va xo’p gapiriladi.

Maftuna

Ammo savol tug’iladi.Hozir kimlar qanaqa kitoblar o’qimoqda?

Ulug’bek

Kuzatishlar shuni bildiradiki ta’lim muassasalardagi ayrim o’quvchilarning o’zi kitobsevar emasligi oz bo’lsada uchrab turadi.

Shaxlo

Y omg’ir yog’moqdadir zamin bag’rida,

U yerning ostiga singib ketmoqda.

Ammo asl ma’no uning sahnida,

Yashil o’tloqlarni bunyod etmoqda.

Sarvar

Yomg’irga maslahatdosh kitoblar erur,

Ular vazifasi doim mushtarak.

Yomg’ir ona yerga hayot baxsh qilur,

K itobchi insonni komil etajak.

Manzura

Gullasa gullari hikmatli so’zdir,

Tushganda mevasin der ma’naviyat.

U inson ongini bo’ston etgaydir,

Kamolotga yo’lchi yulduzdir albat.

Bahodir

Ba’zi bolalar ko’p o’qishni istaydiyu lekin bu ishning uddasidan chiqavermaydi

Gulnora

B u hayron qolarli holat emas.Chunki juda ko’p kishilar mutolaa masalasida muammolarga duch keladi.Bunday olamda mutaxassislarning tavsiyalariga quloq tutish foydadan xoli emas.

Akmal:Buning uchun

1.To’g’ri talaffuz qilishni o’rganing

Lobar

2.O’qish uchun biror qiziqarli narsa toping

Dilshod

3.O’qish uchun tinch joy kerak

Baxtiyor

4.Agar matn surat va rasmlar bilan bezatilgan bo’lsa oldin ularga e’tibor bering

Malika

5.Sabringiz yetguncha o’qing

Alisher

6.Matnni qayta o’qing

Komila

7.Har bir sahifasini sinchiklab e’tibor bilan o’qing

Murod

8.Tushunarsiz so’z,ibora va allomalar ma’nosini aniqlashtirib oling

Lola

9.Diqqatingizni jamlang

Sardor

10.Kompyuter planshet yoki telefon ekranidan o’qiyotgandan ehtiyot bo’ling

Bahrom

11.O’qishni davom ettiring

Qo’shiq:”Kitobim qo’limda” Po’lat Mo’min she’ri,N.Norxo’jayev musiqasi

Sabina

Barchamizga ma’lumki 2-aprel -Xalqaro bolalar kitob kuni

N ilufar

Yer yuzining qaysi burjida?

Kimlar nega qandayin yashar?

Tinch xotirjam o’lkaga qarang,

Kitob bayramlari yarashar.

Sarvar

Bir-biridan qiziq kitoblar

Qalin-yupqa tuzuk kitoblar

K echa, bugun- tarixim unda

Varaqlayman barisi shunda

Lobar

Savol keldi menga nogahon,

Yashar edim kitobsiz qanday?

Cho’chib tushdim bu o’yda hatto,

Ko’zimga tor tuyuldi dunyo.

Shahriyor

Bizdan quyosh yo’qolib qoldi,

Osmon oysiz tund bo’lib qoldi.

Z imistonga aylandi hayot,

Yo’llarimni yo’qotdim nahot.

Shahzoda

Ha kitobsiz ma’ni yo’q bunda,

O’qib oldim yayraydi kunda.

Kitoblarning bahosi tengsiz,

O’qing boyib ketasiz cheksiz.

Mirzohid

Sabina yaqinda bir qiziq ma’lumotga ko’zim tushdi.Unda yozilishicha Buyuk Britaniyada kitob terapevt degan kasb bor ekan.Bunday mutaxassislar kitob o’qitish orqali ruhiy muammolar qurshovida qolgan kishilarni da’volarkan.

Sabina

Qanday ajoyib.Demak kitob davolash xususiyatiga ega ekan-da!

Mirzohid

Hozirgi kunda televizor qarshisida uzoq o’tirmay kitob o’qiydigan bolalar ham anchagina

Sabina

Nahotki?

Mirzohid

Bolalar shoiri Abdurahmon Akbarning ”Kitob sevar”she’rini bunga yaqqol misol bo’ladi.

Lola

T elevizor oldida,

Hecham ko’rmadim seni.

Qo’lingdan kitob tushmay,

Lol qoldiryapsan meni.

Murod

Maqtanchoqlikka yo’yma,

Bu gaplarimni sira.

Kitob varaqlamasdan,

Ko’nglim tortadi xira.

Manzura

Televizor ko’rmayman,

Desam bo’ladi yolg’on.

B olalardan dasturlar,

Bizga zarur har qachon.

Baxtiyor

Biroq rostini aytsam,

Kitobga ortiq mehrim.

Diqqatimni tortadi,

Adabiyotning sehri.

L ola

Tiriklik mo’jizasin,

Kitobda deb bilmayman.

Kitob o’qish baxtini,

Men barchaga tilayman.

A mirbek

O’tayotgan har kunim,

Kinoga o’xshar go’yo.

Do’stim bilsang men uchun,

Kitobning o’zi kino.

Sabina

Kelinglar azizlar kitob haqida buyuklar fikrini tinglaymiz

Bahrom

Kitob kirmagan xonadon jonsiz tanaga o’xshaydi.Siseron

Shaxlo

Hech narsa o’qimagan kimsa,hech narsa haqida o’ylamaydi.Didro

Manzura

Kitob boylik.Lekin sotib olingani emas o’qilgani.Asqad Muxtor

Sarvar

Kitob o’zida butun olamning rang-barangligini umuman uning yuzini fe’lini ro’y-rost ko’rsatib beruvchi oynadir.Jon Pol Sartre

Gulnora

Kitob-tafakkurning tolmas qanotlari

Bola

K itob-oftob mening ham kitobga mehrim tushdi.Kitob o’qishning kechi bo’lmaydi to’g’rimi?

Kitob

O’qi bolam,kitobing ezgulikka boshlaydi.

O’qisang qattiq ko’ngling bolam biram yumshaydi

Bog’laring chamanlaring gul ochadi yashaydi

Hayot nomli laylaklar yuragingda qishlaydi

Avlodlaring,Vataning,bolam mangu yashaydi

Kir libosin egnidan dunyo yechib tashaydi

Vatansizlar,xoinlar,albat labin tishlaydi

Tinchlikni ko’rolmaslar oxir boshin qashlaydi

O’qi bolam o’qisang yo’llaring bo’lgay ravon

To’solmaydi yo’lingni uchragan turli davon

Obod, ozod diyorda surasan davr-u davron

Dilingni zabt etolmas hasad shubha-yu gumon

O ’qiganni yaratgan albat qo’llaydi ishon

Turli balo qazodan hur bo’lasan har omon

Dilginang osmonida charaqlar oydek vijdon

Vataningga farzandim,gul bo’lasan har on.

Sabina:Mirzohid kitob haqida qancha gapirsak ham oz,lekin bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetib boryapti.

Mirzohid:Ha Sabina to’g’ri aytasiz,bugungi tadbirimiz orqali sizlarga ozgina bo’lsada kitob haqida ma’lumot ulashgan bo’lsak o’zimizni go’yatda mamnun his etamiz.E’tiborlaringiz uchun rahmat.

Tadbir so’ngida O’zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova tomonidan ijro etilgan “Biz qudratli yurt farzandlarimiz “ qo’shig’i o’quvchilar jo’rligida namoyish etiladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Книга освещает сердце

Автор: Халимова Нафосат Мухиддиновна

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546638

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(103) "Разработка мероприятия на тему «Книга освещает сердце»."
    ["seo_title"] => string(58) "razrabotka_meropriiatiia_na_temu_kniga_osveshchaet_serdtse"
    ["file_id"] => string(6) "544066"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1585043176"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(46) "Строение и работа сердца "
    ["seo_title"] => string(28) "stroieniie-i-rabota-sierdtsa"
    ["file_id"] => string(6) "153799"
    ["category_seo"] => string(9) "biologiya"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1421071111"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(106) "внеклассное мероприятие "Спасибо, книга первая - Букварь!" "
    ["seo_title"] => string(59) "vnieklassnoie-mieropriiatiie-spasibo-knigha-piervaia-bukvar"
    ["file_id"] => string(6) "119673"
    ["category_seo"] => string(10) "vneurochka"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1413477937"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(108) "Конспект урока: "Библия - книга вечной истины, вечной жизни" "
    ["seo_title"] => string(62) "konspiekt-uroka-bibliia-knigha-viechnoi-istiny-viechnoi-zhizni"
    ["file_id"] => string(6) "137127"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1417273285"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(31) "Эссе на тему Вера"
    ["seo_title"] => string(17) "essienatiemuviera"
    ["file_id"] => string(6) "289158"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1454748712"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства