Просмотр содержимого документа
«Matematika fanidan»
Loyiha mavzusi :O’nli kasrga bo’lish .Matematika , 5 - sinfO’qituvchi: Abdillahatova Gulnora Akramjanovna .Namangan viloyati , Namangan tumani , 19 - maktab
Sonni o’nli kasrga bo’lish uchun : -- bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa , bo’linuvchida ham bo’luvchida ham vergul o’shancha xona o’ngga suriladi ; -- so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lish kabi amalga oshiriladi .
1 – misol . Bo’lishni bajaring . 17,4 : 0,6 = ?Yechish : Bu misolda bo’luvchi 0,6 da verguldan keyin bitta raqam bor . Shuning uchun bo’linuvchi17,4 dan ham , bo’luvchidan ham bir xonadan vergulni o’ngga suramiz . Natijada 174 : 6 ko’rinishni hosil qilamiz . Demak ,174 : 6 = 29 natijani hosil qilamiz . Bundan 17,4 : 0,6 = 26 ekanligini topamiz .
2 -- misol . Bo’lishni bajaring . 8,46 :1,2 = ?
Bu misolni ikki hil usulda yechish mumkin .
1 -- usul . 8,46 : 1,2 bo’lishni bo’linuvchi va bo’luvchidan bir xonadan o’ngga vergul suramiz , natijada 84,6 :12 natijani hosil qilamiz . Bu esa o’nli kasrni natural songa bo’lish mavzusiga to’g’ri keladi va 84, 6 :12 = 7,05 natijaga ega bo’lamiz .
2 – usul . 8,46 : 1,2 bo’linmada bo’linuvchi va bo’luvchidan xam vergulni ikki xona o’ngga suramiz . Natijada 846 : 120 ushbu bo’linmani hosil qilamiz . Chunki 8,46 = 8,460 =8,4600 =8,46000…1,2 = 1,20 = 1,200 = 1,2000…O’nli kasrlarda verguldan keyingi raqam oxirida xar qancha nol bo’lsa xam shu kasrga teng kasr hosil bo’laveradi . Shu tufayli 8,46 :1,2 = 8,46 : 1,20 =7,05.
O’nli kasrlarda vergul surishda verguldan keyingi xonalarni tevglashda nol bilan tenglanadi . Xulosa qilib aytganda har ikki ysulda xam natija bir xil qiymatga ega bo’ladi ya’ni :
8,46 :1,2 = 7,05
84,6 : 12 = 7,05
846 : 120 = 7,05 .
O’nli kasr hamda 0,1 ; 0,01 ; 0,001 ; 0,0001 ; … sonlarning bo’linmasini topish uchun o’nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo’lsa , o’shancha xona o’ngga surish kifoya .Agar nollar yetishmasa , oldin o’nli kasr oxiriga keragucha nollarni yozish kerak bo’ladi .
O’nli kasrni 0,1 ; 0,01 ; 0,001 va hokazo sonlariga bo’lish - uni mos ravishda 10 , 100 , 1000 va hokazo sonlarga ko’paytirish demakdir va aksincha , o’nli kasrni 10 , 100 , 1000 va hokazo sonlariga bo’lish - uni mos ravishda 0,1 ; 0,01 ; 0,001 va hokazo sonlariga ko’paytirish demakdir .
Sinfda bajariladigan mashqlar
1-MISOL . BO’LISH TO’G’RI BAJARILGANINI TEKSHIRING .
3 – masala . Abdurahmon qalamining uzunligi 0,45 m . U 54 m yo’l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak ?Berilgan :bitta qadam uzunligi – 0,45 m .Jami yo’l - 54 m .Jami qadam - ?Yechish : 54 : 0,45 = 120 .Javob : 54 m yo’l yurish uchun 120 ta qadam yurish kerak .
4 – misol . Amallarni bajaring .
a) (131,4 – 80,8 ) : 2,3 – 21,84 ;
b) 8,16 : (1,32 + 3,48 ) – 0,345 ;
5 – masala . Qimmatbaho toshlarni tortishda massa birligi - qirot qo’llaniladi . Bir qirot 0,2 grammga teng . Agar olmos 0,9 grammga teng bo’lsa , unung massasini qirotda ifodalang .
Bu masalani yechish uchun 0,9 : 0,2 = 4,5 bo’ladi .