Просмотр содержимого документа
«Kasrlarni qisqartirish»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Norin tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli
24-umumiy o`rta ta`lim maktabining
MATEMATIKA fani o`qituvchisi
Mamadaliyeva Mahliyoning
6-SINF uchun “Kasrlarni qisqartirish”
mavzusida bir soatlik
Ushbu dars ishlanmada barcha matematika fani o`qituvchilari amaliyotda foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: Mamadaliyeva Mahliyo
Norin tumani 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining II toifali matematika fani o`qituvchisi.
Taqrizchi: Norin tumani 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi Toshmirzayev Jamshidbek
Mazkur dars ishlanma Norin tumani XTB ga qarashli 24-maktab uslubiy kengashining 2019-yil ___oktabrdagi ___-sonli qarori bilan ko`rib chiqilgan va tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.
Namangan viloyati Norin tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining II toifali matematika fani o`qituvchisi Mamadaliyeva Mahliyo Komiljonovna 1988-yil 29-mayda Norin tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. Namangan davlat Universitetining 2010-yilda tamomlagan va Norin qurilish kasb-hunar kollejida matematika fani o`qituvchisi vazifasida ishlagan. 2014- yildan buyon Norin tumani 24-maktabda matematika fani o`qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
Fan: «Matematika.»
Sinf: 6 sinf
Sana: ________2019y
Darsning mavzusi: Kasrlarni qisqartirish.
Darsning maqsadi
Ta’limiy maqsad:O‘quvchilarga “Kasrlarni qisqartirish” mavzusini tushuntirish. Matematik bilimlarni amaliyotda qо‘llash kompitensiyasini shakllantirib “Kasrlarni qisqartirish” mavzusidagi tushunchalarni amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Umummadaniy kompitensiyasini shakllantirib o‘quvchilarni ona Vatanga sadoqat, mehr-muruvvat ruhida tarbiyalab borish. O`quvchilarga geometrik shakllar haqidagi bilimlarni berish, jamiyatdagi o‘rni muhimligini tushuntirish, buyuk olimlar, allomalar haqidagi tarixiy ma’lumotlar, vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtirish, o‘quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivоjlantiruvchi maqsad: Kommunikativ kompitensiyasi shakllantirilib, o‘zaro muloqotga kirishib, jamoasi uchun hamjihatlik bilan o‘quvchilarda ijodiy faollikga, mustaqil ishlash qobiliyatini mustahkamlashga, hozir javoblikga o‘rgatish;
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Yozuv taxtasi, bo’r ,6-sinf ”Matematika” darsligi, ko’rgazmali qurollar, turli rangdagi kartochkalar
Darsni metodi: Amaliy mashg’ulot
Darsning o‘quv vositalari: o’quv dasturi; taqvim-mavzu reja; darslik; uslubiy qo‘llanma; dars ishlanmasi (konspekt).
Darsning borishi:
Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
O`quvchilarni 3-guruhga ajratamiz.
1-guruh Al-Xorazmiy
2-guruh Mirzo ulug`bek
3-guruh Ibn Sino
Ma`naviyat daqiqasini o`tkazish
Davlat ramzlari
Milliy qadryatlar
Konstutsiya
An’analar, urfodatlar
Yangi zavod va fabrikalar
Yangi binolar
Yangi sport inshootlari
3. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
Sonning EKUB ini topish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
2. Sonning 9 ga bo`linish qoidasini ayting?
3. To`gri kasr bilan noto`g`ri kasrlarning farqini ayting?
4. 48 sonining bo`luvchilarini ayting?
5. 72 sonini natural bo`luvchilari sonini ayting?
6. 5 ga bo`linish qoidasini toping?
7. Kasrlarni asosiy xossasini ayting?
8. Tub va murakkab sonlarni farqini ayting?
9. Natural son deb nimaga aytiladi?
10. Tenglama deb nimaga aytiladi
O`tilgan mavzun mustahkamlash jarayonida “Zinama-zina” metodidan foydalangan holda guruhlar quyidagi savollarga javob beradilar
KASRLARNI QISQARTIRISH
EKUB(36;84)=
EKUB(54;45)=
EKUB(72;48)=
36 sonini bo`luvchilarini ayting
54 sonini bo`luvchilarini ayting
48 sonini bo`luvchilarini ayting
Tub sonlarga 5 ta misol ayting
Murakkab sonlarga 5 ta misol ayting
O`zaro tub son deb nimaga aytiladi
3 ga bo`linish belgisi
5 ga bo`linish belgisi
2 ga bo`linish belgisi
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
3. Yangi mavzuni yoritish va Yangi mavzuni mustahkamlash:
kasr uchun kasrning asosiy xossasiga ko’ra tengliklarni yozish mumkin. Bu tengliklarni quyidagicha yozib olaylik:
Demak, va kasrlarni ularga teng, lekin surat va maxraji kichikroq bo’lgan kasr bilan almashtirish mumkin ekan.
kasrning surat va maxraji umumiy ko’paytuvchi 8 ga ega: = shunga o’xshash:
tenglikni hosil qilish uchun kasrning surat va maxrajini umumiy ko’paytuvchi 8 ga bo’lish kerak. Buni kasrni qisqartirish deyiladi.
Kasrning surati va maxrajini ularning 1 dan farqli umumiy ko’paytuvchisiga bo’lish kasrni qisqartirish deyiladi.
Kasrning asosiy xossasini quyidagicha ifodalash ham mumkin.
Agar kasrning surati va maxraji 1 dan farqli umumiy ko’paytuvchiga ega bo’lsa, bunday kasrni qisqartirish mumkin, bunda kasrning qiymati o’zgarmaydi, avvalgisiga teng kasr hosil bo’ladi.
Qisqarmas kasrlar ham bor. – bu kasrlarning surat va maxraji o’zaro tub sonlar.
Surat va maxraji o’zaro tub son bo’lgan kasr qisqarmas kasr deyiladi.
Berilgan kasrdan qisqarmas kasrni hosil qilish uchun:
1-qadam. Kasrning surat va maxrajining EKUB topiladi.
2-qadam. Kasrning surat va maxraji shu EKUB ga bo’linadi.
4. Mavzuga doir misollar
185-mashq.
Kasrlarni qisqartiring:
1) ; 2) ;
3) ; 4) ;
5) .
186-mashq.
, , , , , , , kasrlarning surat va maxrajini 6 ga bo’ling. Hosil bo’lgan mos tengliklarni yozing
Yechish:
187-mashq.
Har bir kasrning surat va maxrajini ularning EKUB ga bo’ling:
, , , , , , , .
Dars yakunida o`quvchilar bilan birgalikda PISA testidan na`munalar ko`ramiz:
1-масала ( дунё бўйича ўртача 71%, Корея 95%, Россия 86% ).
Доиравий диаграммага мос бўлган устунли диаграммани топинг
2-масала ( дунё бўйича ўртача 72%, Гонконг 97%, Россия 89% ).
Жадвалга мос бўлган устунли диаграммани топинг
3-масала ( дунё бўйича ўртача 54%, Тайвань 79%, Россия 53% ).
Диаграммада мактаб синфлари ҳақида маълумотлар келтирилган
Хар бир синфга 30 нафар ўқувчи сиғади. Қанча ўқувчи етишмаяпти?
4-масала ( дунё бўйича ўртача 63%, Япония 80% , Тайвань 75%, Сингапур 78%, Россия 68% ).
5-масала ( дунё бўйича ўртача 63%, Тайвань 95%, Сингапур 78%, Россия 68% ).
Диёра хонадаги бурчакни бир ҳил кубчалар билан расмдагидек тўлдирди. У нечта кубчани ишлатди?
21-масала ( дунё бўйича ўртача 73%, Сингапур 95%, Россия 81% ).
Мурод дўстлардан улар ёқтирган ранглари ҳақида сўраб чиқди ва қуйидаги жадвални тўлдирди:
Ёқтирган ранг
Дўстлар сони
Қизил (Red)
4
Яшил (Green)
2
Кўк (Blue)
6
Сариқ (Yellow)
7
Мурод олинган маълумотларни устунли диаграмма кўринишда тўлдириш бошлади. Уни оҳиригача тўлдиришга ёрдам беринг.
Dars so`ngida guruhlarni to`plagan balllari e`lon qilinadi va o`rinlar aniqlanadi.
Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Uyga vazifa: 191-192-mashqlarni bajarib kelish.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuni 1997 – yil. 29 – avgust.
2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. Toshkent. 2017 yil.
3. M.A.Mirzaaxmedov. A.A. Rahimqoriyev, Sh.N.Ismailov. M.A. To`xtaxodjayeva.”Matematika”. 6-sinf uchun darslik.
4. Yunusova D. Bo‘lajak matematika o‘qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan, 2009 y.
5. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., «Universitet», 2005 y.
6. Turdiev N.SH., Asadov Yu.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, T.: 2015 y.
ELЕKTRON TA`LIM RЕSURSLARI
http://www.uzedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi portali,
http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) -O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti,
http://www.ziyonet.uz. - Ijtimoiy axborot ta’lim portali.