kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Математика-король предметов

Нажмите, чтобы узнать подробности

   
   
   
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Математика-король предметов»

MATEMATIKA – FANLAR SHOHI

1 – boshlovchi:

Asrlar ortidan kelar asrlar, Unut bo’lar o’tmish – jumboqlar, sirlar. Lekin asoslarin barcha fanlarning Kelajakka olib ketar nasllar.

2 – boshlovchi:

Qunt bilan o’rganib shu buyuk fanni, Shon – shuhratga o’rang ona Vatanni! Donolar donosi bo’lgay agar kim, Fanga bag’ishlasa jon birla tanni!

3 – boshlovchi:

– Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani! Assalom, ey ilm – u fanning sohib – u davronlari! Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf – shonlari, Siz kelajak bunyodkori, topqir – u zukkolari!

4 – boshlovchi:

– Matematik tadbirda bo’ling deymiz siz shodon, Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror. Qiziq topshiriq, misol sizga bo’lsin armug’on, Bobomiz al – Xorazmiy ruhi bo’lsin madadkor!

O’yin:

1 – o’quvchi:

– Matematika atamasi yunonchadan olingan bo’lib bilim, fan ma’nosini beradi. U aniq mantiqiy mushohada, hisoblash amallari bilan shug’ullanadigan fandir.

2 – 3 – 4 – 5 – 6 – 7 – o’quvchi

DJalilova, Ozod, Sarvar, Madina, Elyor,

1 – boshlovchi:

– Buyuk bobomiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy 783 – yilda Xorazmda tug’ilgan.



2 – boshlovchi:

Al – Xorazmiy jahonga tatigulik olamshumul asarlar yaratib, butun umrini ilm – u fanga bag’ishlagan.

O’yin:

Elda bor shunday naql: . Tinglab sonlar tavsifin, Bo’lingiz chin o’rtog’i.

Raqamlar:

Biz o’n pahlavonmiz, sir – asrorga makonmiz. Necha – necha jumboqni hal etgan qahramonmiz. Bu bilimni o’rganing, ustozingiz shod eting. Ma’rifat bo’stonini yashnating, obod eting

0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,10

Azimjonova, Komil, E’zoza, Afifa, Mehroj, Munisa, Madina, E’lyor, Laziz, Odil, Nurmuhammad.

1 – boshlovchi: Hisob ilmin boyitdi o’n dona mashhur raqam, Sonlar, raqamlar ila ma’nolidir bu olam. Raqamlar – o’nli sanoq sistemasining yuragi, Odamlar uchun xizmat qilmoq erur tilagi.

Al – Xorazmiy:

– Assalomu alaykum, bilimga chanqoq bolajonlar. Siz bilan uchrashib turganimdan bag’oyat xursandman. Ishonamanki, siz kelajakning buyuk olim – u davronlarisiz. Bilasizmi, bolajonlar matematika fanining asosiy jihatlari nimada?

2 – boshlovchi:

– Buyuk bobokalon, keling bu savolga tengdoshlarimizdan javob eshitamiz. +, -, :, .

Parizoda, Laziz, Sabina, Nurmuhammad, Safinoza.

Al – Xorazmiy:

– Aziz bolajonlar tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash – bu bilimlar cho’qqisi sari olib boruvchi yo’l. Mantiqiy fikrlash sizning tafakkuringizni boyitadi. Shuning uchun ham men ustozlar va bolajonlar uchun bir qancha mantiqiy savollar va topishmoqlar bilan murojaat qilaman va albatta topganlar uchun mening sovg’am ham bor.

1. Quyonchalarning inida 12 juft quloqchalari bor. Quyonchalarning oyoqchalari nechta? 2. Imtihon topshirish uchun 56 kun qoldi. Imtihonga necha hafta qoldi? 3. Mening bitta do’stim bor, to’rtta o’g’li betakror. O’n ikki nevarasin har birining nomi bor.

O’yin:

1 – boshlovchi:

– Hayotimizda uchraydigan har bir predmet, har bir narsa biz matematika fanida tanishgan geometrik shakllardan tashkil topgan.

2 – boshlovchi:

– Keling, bobojon unda navbatni geometrik shakllarga beraylik.

1,2,3,4,5,6,7,8.

Fariza, Umrjonova, Salohiddin, Ishniyazova, Odil, Temur, Nazokat, Suhrob.

Al – Xorazmiy:

Barakalla, donolar, Zehningizga lol bo’ldim. Ma’naviy meroslarim, Ishonchli qo’lda, bildim!

O’quvchilar:

Fotima, Zuhra, Turdiyev.

O’yin:



1 – boshlovchi:

Xalqimizning faxridir Necha buyuk siymolar – Al – Xorazmiy, Forobiy Hamda ibn Sinolar.

2 – boshlovchi:

Qoloqni kechirishmas, Qilmang, derlar xatolar. Kashfiyotlar qilsangiz, Shunda olam tan olar.

3 – boshlovchi:

Bugungi fayzli davramizning aziz ishtirokchilari, shu bilan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.

4 – boshlovchi:

Barchangizga faol ishtirokingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur aytamiz! Xayr, salomat bo’ling!




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Математика-король предметов

Автор: Шахноза Восикова

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545023


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства