kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Al-Xorazmiy izdoshlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Бу тадбир 7-синф укувчилари учун мулжалланган булиб, уни математика фан ойлигида куллашингиз мумкин

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Al-Xorazmiy izdoshlari»

14-umumtaʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi XUDOYOROVA SHOIRA tomonidan tayyorlandi

AL-XORAZMIY IZDOSHLARI”

dastur senariysi


Sarvinoz: Salom so’zi qadimdan odat

Har kishiga kerakli kalom .

G’animatdir tilash sog’lik , baxt ,

Shuning uchun salom assalom !

Olloh bizga buyurgan avval ,

Salom berish muhim burchimiz.

Shuning uchun aziz do’stlar ,

Assalomu –alaykum deymiz !


Asadbek: U beradi yaxshi kayfiyat ,

U beradi ishlarga unum .

Dildan ketar darrov shum niyyat ,

Desang assalomu – alaykum

Keling barcha jam bo’lgan joyda ,

Boshni egib qilaylik ta’zim .

Besalomlik erur befoyda ,

Deymiz assalomu alaykum !


Sarvinoz: Assalomu alaykum qalb qo’ri bilan quyoshni lol qoldirib ilm berayotgan aziz ustozlar !


Asadbek: Assalomu alaykum xayoli faqat bilim olish bilan yonayotgan katta kichik maktabdoshlar !


Sarvinoz: Azizlar bugun matematikaga bag’ishlab o’tkazilayotgan" "AL-XORAZMIY IZDOSHLARI "ga hush kelibsizlar !


Asadbek: Bugungi matematika kechasini ochishni MATEMATIKA jumlasiga ta’rif berish bilan boshlaymiz .


M

Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,

Bo’limlari xilma xil qay birini aytayin .

Qancha qancha muammo hal etilgan ushbu on ,

Kompyuter savodi quloch yoymoqda hamon .

A

Asrlar ortidan kelar asrlar ,

Unut bo’lar o’tmish ,zamon ko’p sirlar .

Ammo yaratilgan fan asoslarin ,

Asrdan asrga eltar nasllar .

T

Ta’zim sizga buyuk fanga asos solgan bobolar ,

Ta’zim sizga nomi mangu shonli qolgan bobolar .

Siz yaratgan ushbu fanni biz ham sevib qolganmiz ,

Ihlos bilan o’qib uni ancha bilib olganmiz .

E

Ex , yer yuzidan to kosmik fazogacha

Kundalik turmush, hayot, quyosh, suv , havogacha .

Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon ,

Qudratli bu fan uchun bosh element nuqtajon .

M

Matematika fani go’zallikka boy juda ,

Go’zal son, go’zal yechim , go’zal chizma serjilo .

Boshqotirgich sofizm aqlni peshlasa gar ,

Topishmoqli misollar o’ylashga majbur etar.

A

Aniq fan kechasiga hush kelibsiz marhabo ,

Matematika bilan hamroh bo’ling doimo .

Matematika kerak har bir yigit va qizga ,

Aqlini va fikrini soladi yaxshi izga .

T

Turli tuman savol bilan o’ylataylik barchani ,

Ruhsat bering boshlamoqqa matematik kechani .

Charchaganda hisob – kitob o’yin o’ynab oling dam ,

Shirin qo’shiq o’yin sizga zavq beradi bir olam .


I

Iks igrik noma’lumga boy fanim ,

Ajdodlarim merosiga boy fanim .

Al-Xorazmiy , Beruniylar merosi ,

Fanlar ichra kashfiyotga boy fanim .

K

Kompyuterlar zamoniga yetib keldik ,

Ajdodlarim merosidan o’rnak olib .

Hisob –kitob ilmini biz bilib oldik ,

Fan cho’qqisin egallaymiz bilim olib .

A

Ayniyat , formulangni o’rganamiz tez oson ,

Lekin iks igriging o’ylatadir har qachon .

Ta’rif , teoremangni yodimizda saqlaymiz ,

A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz .



Sarvinoz: Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan ,

Bobolarning me’rosidan bizga taqdim etilgan .

Al-Xorazmiy , Beruniy , Ulug’beklar boyitgan .

Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan .


Asadbek: Xa azizlar bu fan bizga juda ko’p sirlarni tanitgan .Matematikaning ayrim sirlardan sizlar ham ogoh bo’linglar .Endi navbatni raqsga beraman..Marxamat tamosha qilinglar .


(sahnada Raqamlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi)


Sarvinoz: Goxo goxo uchrab turar ,

Shunday qiziq hangomalar .

O’ylamasdan bir ish qilib ,

O’z xatosin bilmay qolar .


Asadbek: O’quvchilar siz turli shakllarni taniysiz va ular haqida ma’lumotga egasiz . Xozir eng ko’p ishlatiladigan geometrik shakllar uchburchak va to’rtburchakning hangomasining guvohi bolsak. Marxamat tamosha qiling .


Va HANGOMASI.


( Va saxnaga kirib kelishadi )



Salom ukam uchburchak sog’liklaring yaxshimi darslarda qiynalmayapsanmi ?

Salom to’rburchak , o’zing ham yaxshimisan ? Shoshma nima deding ?

Men senga nega uka bo’lay?

Chunki mening burchaklarim to’rtta seniki bo’lsa menikidan 1ta kam shuning uchun men kattaman . Ufff o’quvchilarga o’zimni tanitaverib charchab ketdim , bir oz mizg’ib olay .

(bir chetga o’tib uhlab qoladi . Buni ko’rgan uchburcha qo’liga qaychini olib )

Xali senmi meni kichik degan, seni bir boplay.Seni katta qilib turgan bu burchaklaringni yo’q qilib tashlayman .

(deb to’rtburchakning burchaklarini qirqib tashlaydi va to’rtburchakni uyg’otib kulib tamosha qiladi)

Ha ukajon yaxshi uhlab turdingmi ?

Iye – men senga nega uka bo’lar ekanman ?


Sen avval burchaklaringa bir qarachi , men ularni qirqib tashladim – ku ?

Xa – xa – xa boplabmanmi ?

(to’rtburchak burchaklarini sanab xo-xolab kuladi )

O’h - xo’ burchaklarimni qirqib tashlab meni yana ham kattalashtirib qo’yibsanku . Qara men endi 8 burchak bo’lib sendan yana ham kattalashibman . Eh ukajon ! Xasad bilan emas xavas bilan yashash kerak .

Yur ketdik men senga bularni tushuntirib qo’yaman .

(bir birini yetaklab chiqib ketishadi )

Asadbek: Mana metematika faniga bag’ishlangan kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi . Matematikaning sirli olami sizlarni o’ziga rom etgan bo’lsa kerak deb o’ylaymiz .

Sarvinoz: Matematika bu sehrli olam , matematika bu cheksiz ilm , matematika bu yorqin kelajak . Zero shu kelajakning egalari siz , aziz yoshlar !

Navbatni endi “Matematik SHou” ga beramiz.

Assalomu alaykum hurmatli shou ishtirokchilari hamda aziz tomoshabinlar. Sizlarni bugungi “Matematik shou” mizga hush kelibsiz deb qolaman. Endi men ishtirokchilarni davraga chorlab qolaman. Marhamat qiilib kutib olamiz.

7-“A” sinf ishtirokchilarini davraga taklif qilaman. Marhamat qilib o’z joyingizni egallab olsalaring. Keyingi raqib jamoamiz

7-“B” sinf jamoasini davraga taklif qilamiz. Sizlar ham o’z joyinizni egallab olsalaring.

O’yin sharti bilan sizlarni tanishtirib chiqaman. Shoumiz shundan iboratki,5 ta shart bo’yicha sizlarni bilimingiz sinab ko’riladi. Har bir shart 20 balldan iborat.

1-shart “Savol-javob” o’yini.

1-guruhdan boshlaymiz. Davrada jimlik saqlaymiz. Tezkor savolimizga guruhlar birgalikda javob aytishadi. Har bir to’g’ri javob uchun 2 ball berib boriladi.

1. Bor-u yo‘q

Siz uni u yerda ko‘rdingiz. Lekin, aslida u o‘sha yerda bo‘lmagan. Siz uni o‘sha yerda tez-tez ko‘rib turasi. Ko‘rinib turib, aslida ko‘ringan joyida bo‘lmagan kim?

(Oynadagi tasvir)

2. Yakun

Kun bilan tun nima bilan tugaydi? (N harfi bilan tugaydi)

3. Qor

O‘tgan yilgi qorni topish uchun nima qilish kerak? (Yangi yil kirishi bilan ko’chaga chiqish kerak)

4. Bayram

30 fevral kuni dunyo bo’yicha qaysi bayram nishonlanadi. (Yo’q)

5. Eng katta son

Ginnes rekordlar kitobidan o’rin olgan eng katta son qaysi?

(Asankxeya. 1dan keyin 140 ta noli bor son)

6. Xo‘roz

Xo‘roz o‘zini qush deb e'lon qila oladimi? (Yo’q u gapira olmaydi.)

7. 4 ta bir

4 ta 1 yordamida eng katta sonni ayting . (11 ning 11 darajasi)

8. Juda katta

Eng katta kastryulga sig‘maydigan narsa nima? (O’zining qopqog’i.)

9. Ko‘zi ochiq uyqu?

Qaysi jonivorlar ko‘zlari ochiq holda uyquga ketadilar? (Baliq. )

10. Ovqat turi

XVII asrda Marko Aroni tomonidan kashf qilingan taom turi nima? (Makaron)

Savollar berilib bo’ldi. Sizlar berilgan 10 ta savolga _____ ta to’g’ri javob berdingiz. Endi keying guruh bilan o’yinimizni davom ettiramiz. Guruh tayyormi? Unday bo’lsa boshladik.

11. Parvoz

Barcha kosmonavtlar tomonidan parvoz vaqtida yo‘qotiladigan narsa qanday nomlanadi? (Vazn, Og’irlik)

12. Qovurg‘a

Odam bolasida 13 juft qovurg‘a mavjud. Qaysi jonzot 300 dan ortiq qovurg‘aga ega? (Ilon)

13. Isrof mahsulot

90 % yonib ketadigan, 10 % i tashlab yuboriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini toping. (Sigaret)

14. Shox

Agar suv =muz bo’lsa, sut=? (Pishloq)

15. Futboldagi tartib

Hushtak futbol hakamining asosiy ish quroli. Lekin  ular hushtak kashf qilingunga qadar nimadan foydalanishgan? (Qo’ng’iroq)

16. Toza va kir

Yashilligida toza oqligida kir hisoblanuvchi predmet nima? (Sinf doskasi)

17. Italiya bayrog‘i

Italiyaliklarning bayrog‘i qizil, oq,  yashil rangda. Qaysi kesilgan sabzavot italiyaliklar bayrog‘ini eslatadi? (Torvuz)

18. Kashandalar musobaqasi

Bir zamonlar Nitse shahrida kashandalar orasida eng ko‘p chekuvchilar  musobaqasi o‘tkazildi. Ketma-ket 60 ta sigaret cheka olgan g‘olib  sovrinni olmadi. Buning sababi nima? (Chunki o’sha odam o’lgan)

19. Ov

Davlat bilan mamlakatni nima farqi bor? (O’g’il va qiz bolaning ismi)

20. Eng katta meva

Mevasi eng katta bo‘lgan o‘simlik nima? (Oshqovoq)

Savollar tugadi sizlar 10 ta savoldan ________ ta javob berdilaring.

Endi keyingi shartni boshlaymiz.

2-shart “Raqamni topish”.

Bu shartda sizlarga berilgan blankada 1dan 225 gacha bo’lgan sonlar bo’lishi kerak, lekin bularni ichidan 45 tasi tushurib qoldirilgan. Sizlar buni 5 daqiqa mobaynidan topib yozib borasiz. Xatolarni tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Yashiringan raqamlarning 30-45 tasi topilsa 20 ball, 20-29 tasi topilsa 18 ball, 10-29 tasi topilsa 15 ball, 9 ta raqam topilsa 8 ball. 1-7 son topilsa 5 ball, qolgan hollarda ball berilmaydi. Tayyormisizlar? Boshladik.

Vaqt tugadi endi ishlarni tekshiramiz. Bu yerda quyidagi sonlar tushirib qoldirilgan edi:

Mana endi 2-shartimiz nihoyasiga yetdi.

3-shart “Ko’z bog’lash”.

Ishtirokchilarga kerakli qurollar beriladi va ularga aytilgan gaplarni qog’ozda aks ettirishadi. Bunda ham har ikkala guruh baravariga ishtirok etishadi. Har bir chizilgan shakl uchun 4 ball beriladi. Ozgina xatolar kechiriladi. Qo’pol xatolarga ball berilmaydi. Qani boshladik.

  1. Svetofor chizing.

  2. Chizilgan svetofor aylanalari ichiga tartib raqamlari 1,2,3 sonlarini yozing.

  3. Pastki joyga 6 burchak chizing.

  4. Boshqa joyga esa 3 ta aylanalarni shunday chizingki natijada qorbobo hosil bo’lsin.

  5. Endi varoqning pastiga esa o’z ismingizni yozib qo’ying.

3-shartimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Guruhlarni ballaymiz.

4-shart “To’g’ri tanla”

Shart shundayki, bunda sizlarga yaxshi tanish bo’lgan SUDOKU o’yini blankasi beriladi. 5 minut vaqt ichida sizlar bu blankani to’ldiriladi.



Bu shartni ishtirokchilar ishgunga qadar men tomoshabinlar bilan yoshini topish o'yinini o’ynab turaman. Kimning yoshini topib beray.

  1. Yoshingizni 10 ga ko’paytiring.

  2. 9 ni istalgan bir xonali songa ko’paytiring.

  3. Endi ularni ayirmasini toping.

  4. Nechi chiqdi. Shuni menga aytsangiz men sizga yoshingizni aytib beraman.

Masalan: Mening yoshim 30 da. Uni 10 ga ko’paytirsam 300 hosil bo’ladi. 9 ni 7 a ko’paytirsam 63 hosil bo’ladi. Ikkalasining ayirmasi esa 300-63=237 hoisil bo’ladi. Natija 237 ni aytsam bo’ldi.

Mening yoshim 30 da ekanligini eshitaman.

4-shartimiz ham o’z nihoyasiga etdi.

5-shart “Mantiqiy savol” o’yini.

Bu shart shudayki boshlovchi tomonidan bir savol beriladi. Guruhlar 3 daqiqa ichida javobni aytishadi. To’g’ri javob uchun 20 ball, noto’g’ri javob uchun ball berilmaydi. Har bir guruhga alohida savol beriladi. Marhamat 1-guruh ishtirokchilariga savolni o’qiyman.

  1. Savol: Eski ko‘chalardan birida ikkita qop-qora it yotibdi. Shu yo‘ldan yorituvchi chiroqlari ishdan chiqqan eski bir mashina kelib qoldi. Aksiga olib bu ko‘chadagi lampochkalar ham texnik nosozlik sababli yonmayapti. Lekin shularga qaramay, avtomobil haydovchisi itlarga yaqin kelganda avtomobilni to‘xtatibdi. Haydovchi itlar borligini qayerdan bilgan?

Javob: Voqea kunduz kuni bo‘lyapti. Savolda kechasi demadik, faqatgina lampochkalar ishlamayotganiga urg‘u berilgan.

  1. Savol: Dengizning sohilga yaqin qismidagi qayiqlardan birida qotillik ro‘y beradi. Bu jinoyatni sohildan kuzatib turgan guvohlardan biri  marhumning qandaydir jism bilan urib o‘ldirilganini, o‘sha jism bilan marhum birgalikda dengizga uloqtirilib yuborilganini aytadi.

G‘avvoslar dengizda qidiruv ishlari natijasida marhumning murdasini topishadi-yu, ammo unga urilgan jismni topa olishmaydi. Qotil u odamni nima bilan urib o‘ldirgan?

Javob: Muz bo’lagi bilan.

3- Savol: 1900-yilda 29-fevral kuni tug‘ilgan odam 2000-yil 29-fevralda o‘zining nechanchi tug‘ilgan kunini nishonlaydi?

Javob: 100 ga karrali bo’lgan yillada kabisa yili ya’ni 29 fevral kuni bo’lmaydi.


4-savol: 1=5

2=6

3=7

4=8

5=?

Javob: 5=1


Bu o’yin uchun 20 bal beriladi. Endi sizlarni ballaringiz e’lon qilinadi. Marhamat qilib so’zni hakamlarga beramiz. Hakamlar ballarni e’lon qiladi. Bu o’yinda g’olib guruh ishtirokchilari aniqlanadi.

Hammangizga o’z minnaddorchiliimni bildirib qolaman. Keyingi o’yinda ko’rishguncha hayr deb qolaman.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Al-Xorazmiy izdoshlari

Автор: Худоёрова Шоира Ражаббаевна

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545220


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства