Fan: Ona tili Mavzu: Ritorik so’roq gaplar uslubiyati.
Dars texnologik loyihasi
Mashg'ulotning mazmuni
Ta'lim texnologiyasi
Dars mashg’uloti bosqichlari
Vaqti
Metod
Shakl
Vosita
Kirish
2
- Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash. Sinf jumalini rasmiylashtirish
Suhbat
Jamoa
Doska,bo'r
Mavzu
15
- O'tilgan mavzular bo'yicha o'quvchilar bilimini "Sirni top " metodi orqali so'rash.
Sirni top
Jamoa
Tezkor savollar
O'tilgan
3
- O'tilgan mavzuni xulosalash. O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda o'tilgan mavzu yuzasidan xulosa chiqariladi.
Suhbat
Jamoa
O'tilgan mavzu bo'yicha ko'rgazma
Yangi mavzu
15
- Yangi mavzu ustida ishlash: Doska va proyektr yordamida slaydlar orqali mavzuni takrorlash va mashqlar bajarish
Mavzuni
bayon
etish
Klaster
Interfaol
Jamoa Induktiv Jamoa Induktiv
Doska,bo'r, proyektr,
mavzuga
doir
jadvallar,
tarqatmalar
6
"Grafik test" metodi orqali yangi mavzu mustahkamlanadi .
Grafik test
Jamoa
Bosh qotirma
Yakuniyqism
4
- O'qituvchi bajarilgan ishlarni baholaydi. Faol o'quvchilar rag'batlantiriladi.
- Uy vazifasini izohlaydi.
Savol javob
Jamoa
Tezkor savollar Kundalik daftarlari
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:B1
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug’at, ma'lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o’quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o’z faoliyatida qo’llash;
B1+
media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’z – o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi:
B1
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish;
og’zaki va yozma matnlar mazmuniga to’g’ri baho bera bilish.
B1+
O’z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og’zaki va yozma matnlar mazmuniga to’g’ri baho bera bilish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
- o’quvchilarga ritorik so’roq gaplar va ularning uslubiyati haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad:
-Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, kamtarlik, xushmuomalalik, ona tabiatga ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad:
-o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish, og’zaki va yozma nutqini oshirish;
1.Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? 2. Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig’adi? 3. Kim bilmaydi buni?! Kimga kerak ayting? 4. Musulmonning qo’liga yaxshi beshotarni berib qo’yarmidi? 5. Balki bu sirlarni u ham bilmas? Bilsa, aravada aytmasmidi? 6. Bizni b’ri yermidi? Yosh narsalarga qarilarni aralashtirib nima bor? Siqilib o’lmaydimi odam? 7. Zaynab to’g’ri aytadi, deb o’yladi, agar uni yaxshi ko’rmaganda, Toshkandga kelishimni kutib o’lturarmidi? 8. Qaysi ona o’z nevarasini o’zi o’ldirtiribdi. 9. Hamma bir millat bo’lsa, nimasi yomon?
Turli imon-u e’tiqodlarni teng ko’rishning eng yaxshi samarasi shu emasmi?
Turli imon-u e’tiqodlarni teng ko’rishning eng yaxshi samarasi shu.
2.
Yana nima kerak? Axir uning ham xuddi ota-onasidek orzusi shu emasmi?
Axir uning ham xuddi ota-onasidek orzusi shu.
3.
Deylik, sizga nasib etgani menda yo’q, menda bori sizda bo’lmas. Oliy adolat degani shu emasmi?
Deylik, sizga nasib etgani menda yo’q, menda bori sizda bo’lmas. Oliy adolat degani shu.
4.
Agar bu it, sultonlar istasa, allaqachon yetib kelmasmidi?
Agar bu it, sultonlar istasa, allaqachon yetib kelardi.
5.
Samad ko’rmasa bo’ladimi? Bu ikkalamizning rejamiz.
Samad ko’rmasa bo’lmaydi. Bu ikkalamizning rejamiz.
6.
Bunday honadonga o’g’lining kuyov bo’lishini qaysi ona istamaydi?
Bunday honadonga o’g’lining kuyov bo’lishini har bir ona istaydi
7.
O’zimizni o’zimiz qaritsak, qaysi qiz qaraydi bizga?
O’zimizni o’zimiz qaritsak, hech qaysi qiz qaramaydi bizga.
8.
Hozir qaysi qiz o’z tengdoshiga turmushga chiqadi, Matlubaxon?
Matlubaxon, hozir hech qaysi qiz o’z tengdoshiga turmushga chiqmaydi
Lug’atlar so’zlar ustida ishlash: A.Hojiyevning “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”dan olingan boshliq so’zi sinonimlari tavsifi bilan tarnishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
BOSHLIQ, rahbar, yo’lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug’, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo’jayin, kallampo. Guruh, jamoa, xo’jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo’luvchi mas’ul shaxs.
Boshliq “katta jamoa, xo’jalikka rahbar shaxs” ma’nosida ham shuningdek, “uch-to’rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs” ma’nosida ham qo’llana oladi. Lekin “katta xo’jalik ish faoliyatining rahbari” ma’nosida ko’proq oddiy so’zlashuv uslubiga xos bo’ladi.
Rahbar
Asosan davlat idoralarining boshchilari ma’nosida qo’llanadi.
Yo’lboshchi
Boshlovchilik, yetakchilik qilish bo’yog’i bor
Ishboshi
Nisbatan eskirgan
Boshchi
kam qo’llanadi
Katta, kattakon, ulug’
Oddiy so’zlashuvga xos
Rahnamo
Kitobiy uslubga uslubga xos, ma’no jihatidan yo’lboshchi so’ziga yaqin turadi
Peshvo, sarvar
Eskirgan, kitobiy
Sardor, sarkarda
Kam darajada,asosan, obrazli ifodalarda qo’llanadi
Xo’jayin
Oddiy so’zlashuvga xos, biroz salbiy bo’yoqqa ega
Kallampo
Oddiy so’zlashuvga xos, kam qo’llanadi, salbiy bo’yog’o kuchli
Mustahkamlash:
“Grafik test” metodi asosida yangi mavzu mustahkamlanadi.
Javob talab qilmaydigan so’roq gaplar deb nimaga aytiladi?
Bu kishi kimingiz bo’ladi? Ushbu gap so’roq gapning qaysi turiga mansub?
Biror narsa yoki voqea haqida xabar beruvchi gap qanday gap deyiladi?
U orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga, tasdiq yoki inkor qilishga undaydi. Ushbu fikr qanday gap to’g’risida?
Iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq, gumon, tashvish, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’la oladigan gap turi qaysi?
Javob talab qiladigan so’roq gaplar qanday nomlanadi?
Nutqda eng ko’p ishlatiladigan gap turi qaysi?
Eng kuchli uslubiy vosita sanaladigan qaysi?
“Grafik test” javobi
So’roq gap
Sof so’roq gap
Ritorik so’roq gap
Darak gap
Buyruq gap
1.
2.
3.
4.
5.
O’quvchilar tomonidan to’plangan tilla tangachalar hisoblanadi va faol o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: 86-mashq. Berilgan ritorik so’roq gaplardagi mazmunni uslubiy ma’no va emotsional-ekspressivliksiz ifodalashga harakat qiling.
Izohlar uchun
“Grafik test” savollari
Javob talab qilmaydigan so’roq gaplar deb nimaga aytiladi?
Bu kishi kimingiz bo’ladi? Ushbu gap so’roq gapning qaysi turiga mansub?
Biror narsa yoki voqea haqida xabar beruvchi gap qanday gap deyiladi?
U orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga, tasdiq yoki inkor qilishga undaydi. Ushbu fikr qanday gap to’g’risida?
Iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq, gumon, tashvish, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’la oladigan gap turi qaysi?
Javob talab qiladigan so’roq gaplar qanday nomlanadi?