Mavzuning qisqacha ta`rifi: Fe’l nisbatlari asosan birgalik nisbati haqida tushuncha berish. Mashqlarni mustaqil bajarishga o`rgatish.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, o`z – o`zini va do`stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol – javob, didaktik o`yinlar.
Shakl: Jamoa, yakka, juft va guruh bo`lib ishlash.
Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.
Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O`quvchilarga o`z – o`zini va bir – birini baholashni o`rgatish.
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta`limiy: o`quvchilarga birgalik nisbatini tushuntirish; mashqlarni mustaqil ishlashga o`rgatish. TK1:Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish. FK: yordamida tasvirlay olish .
Tarbiyaviy: O`quvchilar qalbiga milliy qadryatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. Do`stona munosabatda o`zaro tenglikka erishish.TK4: Atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob –axloq qoidalariga rioya qilishga o`rgatish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashini,kasrlarni to`g`ri o`qish malakalarini rivojlantirish. FK2: o`rganilgan fanga oid tushunchalarni o`quv vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar xosil qilish
Kutilayotgannatijalar: Fe’lnisbatlarimalakasini egallash, sanoq texnikasini egallash, qisqa masala tuzish malakasini oshirish, hisob – kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob – kitob bilan ish yuritish, texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.
Ishning nomi
Bajariladigan ish mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy qism.
Salomlashish O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish. Sinfni 3guruhga bo`lib olinadi, Siyosiy daqiqani o`tkazish
Savol javob
3 daqiqa
2-bosqich.
Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash
Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Matematika fani, DTS talablari.
Savol-javob
3 daqiqa
3-bosqich.
O`tgan mavzuni so`rash va baholash
Uy ishini bajarilishini monitorda nazorat qilish.Mustaqil ravishda o`quvchilar bir-birlarining uy vazifalarini nazorat qilib tekshiradilar.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi,baholanadi.
“Savatchani to’ldir” oyini
5 daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
Ko`rgazma asosida fe’l nisbatlari. Birgalik nisbati haqida tushuncha beriladi. Slayd namoyishi,
Mavzuga oid mashqlar yechish.
132-mashq.
133-mashq
134-mashq
22 daqiqa.
5-bosqich.
Mustahkamlash.
Mavzu bo`yicha mashqlar ishlash. Dars jarayoni to`g`ri tashkil etilgani bo`yicha bilim,ko`nikma, malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash
.
135-mashq
“Raqamli rebus” o’yini
10 daqiqa
6-bosqich.
Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.
O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingini e`lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.
O`quvchilarni rag`batlantirib baholash Kundaliklariga baho qo`yish
2 daqiqa
Mavzu: Birgalik nisbati
1) Salomlashish
2) Navbatchi axborotini tinglash 3) Siyosiy daqiqa
O’qituvchi: 5ta muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz?
O’quvchi 1: Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida taqbiq etildi.
O’quvchi 2:
Birinchi tashabbus: Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
O’quvchi 3:
Ikkinchi tashabbus: Yoahlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
O’quvchi 4:
Uchinchi tashabbus: Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter tehnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
O’quvchi 5:
To’rtinchi tashabbus: Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
O’quvchi 6:
Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
O’qituvchi : O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
O’quvchi: O’zbek tiliga davlat tiloi maqomi 1989 yil 21-oktabr kuni berilgan.
O’qituvchi: Biz bu bayramning necha yilligini nishonladik?
O’quvchi: 30- yilligini nishonladik.
O’qituvchi: O’zbek tilimizga oid qanday qarorlarni bilasiz?
O’quvchi: Konstitutsiyamizda ham aytib o’tilgan “O’zbek tili – davlat tilidir.”
O’tgan mavzuni mustahkamlash
“Savatchani to’ldir” oyini
O’tilgan mavzudagi orttirma nisbatda berilgan so’zlarni daraxtdan uzib, ular iushtirokida gaplar tuzib savatchani to’ldiramiz. Kuz fasliga va
tehnologiya faniga bevosita bog’langan
holda hosil teramiz.
Yangi mavzu bayoni
132-mashq. Berilgan fe’llarga birgalik nisbati qo’shimchalarini qo’shib, ular ishtirokida gaplar tuzing
Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi.(A.Qahhor)
Qushlar uni yaxshi ko’rishib, Mayna deb ism qo’yishibdi. (Ertakdan)
134-mashq (og’zaki) Gaplarni o’qing. Birgalik nisbati shaklidagi fe’llarni toping. Ularning yasalishini, fe’lning boshqa nisbatlaridan farqini tushuntiring.
Vodil qishlog’ining choyxonasi yo’l boshidagi ikkita katta keksa chinorning soyasida joylashgan. O’tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi, obod qilishdi. Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o’tiribgazeta, jurnal va kitob o’qishadi, bir burchakda radiodan so’nggi xabar eshitishadi. Past-baland chorpoyalarda qip-qizil, ozoda gilamalar ustida odamlar guruh-guruh bo’lib choy ichishadi, charchaqlashadi, ish yuzasidan maslahat qilishadi. O’ng tomonidagi chorpoyada to’rt-besh kishi o’tirib, qah-qah urib kulishadi.
(Gazetadan)
Yangi mavzuni mustahkamlash
135-mashq. Berilgan aniq nisbatdagi fe’llardan birgalik nisbati shaklini yasang, ular ishtirokida gap tuzing.
O’qituvchi: Navbat “Raqamli rebus” boshqotirmasiga! Ushbu boshqotirmada yashirin kataklar berilgan. Har bir katak alifbo tartibida raqamlangan, siz har bir raqam ortidagi harflarni topsangiz ajoyib topishmoqqa duch kelasiz.
B oshqotirmani kim birinchi yechsa va ortida yashiringan topishmoqni javobini topsa, demak u eng topqir va zukko o’quvchi hisoblanadi.
Uyga vazifa
“Mardlik - mangulik” mavzusida bog’lanishli matn tuzing. Matnda fe’llarning qanday nisbatdaligini aniqlash.