Просмотр содержимого документа
«Территория и нравственность среднеазиатских государств»
O’zbekiston Xalq Ta’limi Vazirligi
Namangan viloyati Xalq Ta’limi Boshqarmasi Norin tuman XTBga qarashli 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchi Muxitdinova Nafosatning 9-sinf O’zbekiston tarixidan “O’rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi” mavzusida yozgan namunaviy 1 soatlik dars ishlanmasi
Ushbu dars ishlanma 9-sinf 25-30 nafar o’quvchiga mo’ljallangan.
Dars ishlanmaga
ANNOTATSIYA
Ushbu dars ishlanmada XIX asrda O’rta Osiyoning hududi va aholisi haqida kengaytirib ma’lumot berilgan. Bunda Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo’qon xonligining hududlari va chegaralari hamda aholisi boshqaruv jihatdan bo’linganligini alohida ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari XIX asrda O’rta Osiyoda istiqomant qilgan aholining etnogenizi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
9-sinf O’zbekiston tarixi
Mavzu: O’rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga O’rta Osiyo davlatlarining hududi, xonliklardagi aholi va ularning joylashuvini misollar va ko’rgazmalar yordamida tushuntirish
Tarixiy voqeiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi: (FK1)
O’zbekiston tarixiga oid davr va yillarni o’zlashtiradi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi: (FK2)
tarixiy xaritalar va qo‘shimcha manbalar ustida ishlay oladi
Tarbiyaviy maqsad
Kommunikativ kompetensiya: (TK1)
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya: (TK5)
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
Rivojlantiruvchi maqsad
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: (TK2)
axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: (TK3)
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: (TK6)
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
Dars metodi:
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
Dars jihozi:
darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
DARS BOSQICHLARI:
Bajariladigan ish mazmuni
Ajratilgan vaqt
1
Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
8 daqiqa
3
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Yangi mavzuni tushuntirish
14 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5
Dars yakuni va baholash
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
3 daqiqa
6
Uyga vazifa
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q!” va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O ’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi. Har bir guruhdan bir nafar o’quvchi tezkor savol-javobga chiqadi. Qolgan guruh azolariga esa topshiriq beriladi.
1-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:
O’zbekiston hududida nechta xonliklar bor edi va ularning hududlari.
1-GURUHGA
O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
XIX asrda 0 ‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavju d bo’lib, bular Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklaridir. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimo-iyiqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlangan bo’lsada, biroq ularning taraqqiyoti ilg ‘or Yevropa davlatlari darajasidan past edi.
Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo’lib, «Buxoroi Sharif», ya’ni «Muqaddas Buxoro» nomiga ega bo’lgan. Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’idan g ‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan. Davlat hududi XIX asrning o ‘rtalarida Eron, Afg‘oniston, Q o‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo’lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Amirlikda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Kitob, G ‘uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Ко‘lob kabi yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar ham mavjud edi. Unga hozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar, Turk-
manistondagi M urg‘ob daryosi vohalaridagi joylar qarashli b o ‘lgan. Shu bilan birga hududiy jihatdan beklik va tumanlarga b o ‘linib, ulami amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 27 ta beklik bo‘lgan.
Xiva xonligi XIX asrning ikkinchi yarmida xonlik yerlari janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g ‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning m a’muriy markazi Xiva shahri
0 ‘rta Osiyo davlatlarining hududi hisoblangan. Xonlikda Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Q o‘ng’rot, X o ‘jay li kabi bekliklaming markazlari bor edi. Xiva xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bol’ingan v a ulani xon tomonidan tayinlangan beklar va to ‘ralar boshqargan.
XVIII asrning boshlarida, asosan, Farg‘ona vodiysi va Sirdaiyoning quyi qismigacha bo’lgan hududlar Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil dalat — Q o‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g ‘arbda Buxoro amirligi v a Xiva xonligi bilan chegaradosh bo’lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho‘g ‘non singari tog’li o’lkalarni o ‘z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to ‘qnashuvlar bo’lib turgan. Xonlikda Q o‘qon, Toshkent, Andijon, Marg’lon, Namangan, O‘zgan, O‘sh, Pishpak, Turkiston, Chimkent kabi m a’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlar bo’lgan. Xonlikning hududi Buxoro amirligi v a X iva xonliklaridan farqli o’laroq,
sersuv daiyolar, so’lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo’lgan. Xonlik 15 ta
beklikka bo’inib, ularni, asosan, xon tomonidan o"z qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan. XIX asrning o ‘rtalariga kelib Buxoro amirligi, X iva
va Qo’qon xonliklari aholisining etniktarkibi bir-biriga yaqin bo’lib, ularda, asosan, o‘zbeklar yashagan.
O‘rta Osiyo davlatlarining aholisi
Shu bilan birga uchala xonlik hududlarida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlai, turkmanlar, qirg’izlar ham istiqomat qilgan. Jumladan, bu davrda Buxoro amirligining aholisi soni 2 million atrofida bo’lib, aholining etnik tarkibi, asosan, o ‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlardan tashkil topgan. Aholining asosiy qismi sersuv vohalarda yashagan. Amirlikda mang’it, saroy, qo‘ng’irot, kenagas, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq kabi o‘zbek uruglari k o ‘pchilikni tashkil qilgan.
Xiva xonligida aholi soni 800 ming kishidan ortiq bo’lgan. Xonlik aholisining etnik tarkibi, asosan, o ‘zbeklardan, bundan tashqari turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqalardan tashkil topgan.
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bo’lib, asosan, o ‘zbeklardan iborat bo’lgan. Shu bilan birga u yerda qirgMzlar, tojiklar, qozoqlar, uyg’urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.
Bu davrda uchala davlatda ham aholining asosiy qismini tashkil qilgan o‘zbeklar o’troq turmush tarzida hayot kechirib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va qirg’izlar esa ко’chimanchi turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug'illangan.
YODDA TUTING
► Ulaming hududi bugungi kundagi 0 ‘zbekistondan tashqari Qirg’ziston,
Qozog’iston, Tojikiston va Turkmaniston yerlarining bir qismini ham o ‘z
ichiga olgan.
► Buxoro amirligi: 27 ta beklik — 2 mln. aholi.
Xiva xonligi: 18 ta beklik, 2 ta noiblik — 800 ming aholi.
Q o‘qon xonligi: 15 ta beklik — 3 mln. aholi.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darsning bu bosqichi quyidagi savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalarni o’quvchilarga (guruhlarga) tarqatish orqali bajariladi:
O’ZNINGIZNI SINANG!
Xonliklar hududi…..
Xiva xonligi aholisi soni…..
Buxoro amirligining aholisi soni…..
Qo’qon xonligining aholisi soni……
1-topshiriq: O’quvchilarga “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?” deb nomlangan kartochkada yetishmayotgan so’zni qo’yib, matnning asosiy mazmuni aytib bering.
2-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:
3-topshiriq. Jadval asosida xonliklardagi etnik guruhlarni yozish
Buxoro amirligi
Xiva xonligi
Qo’qon xonligi
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun alohida topshiriq: “5barmoq” yoki “Piyoz po’stini to’ldir” usulini qo’llab mavzu asosida tushunganini yozishni berish. Bundan tashqari “Yomg’ir tomchilari” “Baliq skaleti” va “Zanjir” usulidan foydalanish yanada dars samaradorligini oshiradi
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.
Krossvord tuzib kelish.
Kelgusi darsda o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish, asosiy tushunchalarni eslab qolish, qo‘shimcha manbalarni izlab topish.
Dars ishlanmani yozishda foydalanilgan AADABIYOTLAR