Huquqiy davlat- huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta`minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo`lishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«"Huquqiy davlat va uning mohiyati"»
Kattaqo`rg`on shahar 2-umumta’lim maktabining Tarix va huquq fani o’qituvchisi Jumayev Niyatilloning “Huquqiy davlat va uning mohiyati” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Huquqiy davlat va uning mohiyati
Davlatning huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin.
Etatik davlat
Huquqiy davlat
Huquqiy davlatda
davat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi.
Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta`minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi
Huquqiy davlat- huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta`minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo`lishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.
Etatik davlatda
1) Qonun o`rnini ko`pincha qat`iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;
2) Davlat o`z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat`iy cheklab qo`yadi;
3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o`z boshqaruvi ta`siriga olishga intiladi;
4)Davlat organlari va munosabat shaxslariga haddan tashqari ko`p vakolatlar beriladi.
Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo`la oladi.
Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar :
1. Huquqning ustuvorligi. Mamlakatdagi barcha shaxslar- fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro bo`lmagan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo`ysunadilar. Bunda, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.
2. Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.
Inson uning hayoti, sha’ni , qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda manfaati oliy qadriyat ekanligi
3. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o`zaro mas`uliyati.
4. Hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat demokratik saylovlar yo`li bilan shakllantiriladi. Davlat hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.
5. Hokimiyat vakolatlarning taqsimlanishi. Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo`linadi.
6. Sudning mustaqilligi. Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga bo`ysunadi.
7. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi. Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak.
8.Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va ularga rioya qilihda nomoyon bo`ladi.
9. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi. Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini- o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlari demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. 32-modda
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, huquqiy davlatda :
-huquqning barcha subyektlari, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va oddiy fuqarolar qonunlarga qat`iy rioya etishlari:
- fuqaro va davlatning qonunlar doirasida bir- birlari oldida javobgarligi
-siyosiy mafkuraviy va iqtisodiy ko`p fikrlilik davlat tomonidan qonuniylashtirishtirilganligi va kafolatlanganligi;
-fuqarolarning huquq va erkinliklarining ta`minlanganligi davlatning bu turining afzalliklaridandir.