kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Informatika -yangilikka intilish

Нажмите, чтобы узнать подробности

nformatika (nemicha: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya.

„Informatika“ atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan farang soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.

Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga kura, u turli xillarga boʻlinadi. Mas, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.

Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugʻullanishgan. Mac, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburnkit "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika, xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi.

Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Mac, 1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi.

Informatika masalalari bilan maxsus tashkilotlar, xususan, yirik kutubxonalarning informatsiya xizmati shugʻullanadi. Oʻzbekistonda bu ish bilan Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Aloqa va informatika un-ti, OʻzR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat statistika departamenti, hisoblash markazlari, OʻzR Matbuot va axborot agentligi, radio va televideniye tizimi, Oʻzdavstandart shugʻullanadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Informatika -yangilikka intilish»

nformatika (nemicha: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya.

„Informatika“ atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan farang soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.

Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga kura, u turli xillarga boʻlinadi. Mas, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.

Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugʻullanishgan. Mac, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburnkit "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi.

Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Mac, 1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi.

Informatika masalalari bilan maxsus tashkilotlar, xususan, yirik kutubxonalarning informatsiya xizmati shugʻullanadi. Oʻzbekistonda bu ish bilan Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Aloqa va informatika un-ti, OʻzR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat statistika departamenti, hisoblash markazlari, OʻzR Matbuot va axborot agentligi, radio va televideniye tizimi, Oʻzdavstandart shugʻullanadi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 10 класс

Скачать
Informatika -yangilikka intilish

Автор: SHARIPOVA INOBAT

Дата: 18.04.2020

Номер свидетельства: 547141


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства