Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Оксидларнинг олиниши ва хоссалари"»
7- sinf.
Mavzu: OKSIDLARNING OLINISHI VA XOSSALARI.
I. Darsning maqsadi:
Talimiy maqsadi: O’quvchi - yoshlarga ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida bilim, ko’nikmalar berish.O’quvchilarga oksidlarning olinishi va xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
F.K.2-Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish kompetensiyasini shakllantirish
F.K.3-Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tabiatga mehr muhabbat uyg’otish hamda ularga ekologik va iqtisodiy ta’lim tarbiya berish.
T.K.4-Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: Fanni amaliyot bilan qo’shib olib boorish .O’quvchilarda kasb – hinarga mehr uyg’atish, uni puxta bilishga undash . Yosh avlod ongiga milliy g’oyani singdirish.
T.K.1-Kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars uslubi: Amaliy-ko’rsatmali.
Dars usluli:Yangi bilimlarni bayon qilish, Aqliy hujum, topqirlar, kimyoviy diktant, Blits so’rovi, laboratoriya ishi.
Dars shakli: suhbat – munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruh jamolarda ishlash.
Dars jihozi: Davriy jadval, darslik,laboratoriya tajribasi uchun zarur jixozlar oksidlardan namunalar, kislotalar, kadaskop, mavzuga oid slaydlar, faollashtiruvchi savol va topshiriqlar.
Dars bosqichlari: vaqti.
1. Tashkiliy qism ……………………………2 daqiqa .
2. Uy vazifasini tekshirish ……………………7 daqiqa .
3. Yangi mavzu bayoni……………………..10 daqiqa .
4. Mavzuni mustahkamlash………………….20 daqiqa .
5. Baholash……………………………………4 daqiqa .
6. Darsni yakunlash, yuga vazifa berish……...2 daqiqa .
Darsdan kutayotgan maqsadimiz: 1. faollik 2. yangilik 3. ijodkorlik 4.hamkorlik
O’quvchilar:Bizlar yosh kimyogarlar,
Bo’lajak Beruniy-u Sinolar.
Izlanib topdik zo’r shior,
Fanimiz naqadar maftunkor!
Salomdan boshlanadi hurmat, ehtirom,
Salomdir dunyoda eng shirin kamol.
Ey aziz mehmonlar, dono ustozlar,
Avvalo , sizlarga salom- assalom!
I. Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomatni aniqlash.dars mavzusi va o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
II.Uyga berilgan “Oksidlarning tarkibi, tuzilishi, nomlanishi. Oksidlarning toifalanishi” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.
“Kimyoviy diktant”
1.Biri kislorod bo’lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga _________________ aytiladi.
2. Oksidlarning umumiy formulasi_________________.
3.Tuz hosil qilmaydigan oksidlar______________________.
Aqliy hujum.
1. Oksidlar deb nimaga aytiladi?
2. Oksidlar necha hil bo’ladi?
3. Na2O, Al2O3, SO3 lar oksidlarning qaysi toifasiga mansub?
4. Barcha tirik mavjudotlar oladi undan nafas
Toki o’rmon bor ekan havoda hech tugamas (kislorod)
5. Oksidlanmas havoda yer tagida zanglamas
Oksid hosil qilmasligin balki ko’plar anglamas (oltin)
6. Billur buyumlar yasash
Oksidlarigadir xos.
Shakari bor zaharli,
Iste’molga emas xos . (qo’rg’oshin)
“Topqirlar” Oksidlarning nomini yozing?
1.Li2O 4.CuO 7.CaO
2.Al2O3 5.NO2 8.SO3
3.BaO 6.MgO 9.CO
“Blits so’rovi”
Oksidlar nomi
Asosli oksid
Kislotali oksid
Amfoter oksid
Befarq oksid
CaO
Al2O3
Na2O
Cr2O3
NO
SO3
III. Yangi mavzu bayoni
R Reja:
1.Oksidlarning olinishi.
2. Oksidlarning kimyoviy xossalari.
Mavzuni bayon etishda mavzuga oid slayd namoyish qilinadi oksidlarning olinishiga oid reaksiya tenglamalari doskaga yoziladi
Oddiy moddalarning kislorod bilan ta’sirlashishi ( yonishi) natijasida
4 Al + 3O2 = 2 Al2O3
C+ O2 = CO2
Murakkab moddalarning kislorod bilan o’zaro ta’sirlashishi ( yonishi) natijasida
CH4 + 2O2 = CO2 +2 H2O
2H2S + 3O2 = 2SO2 +2 H2O
Murakkab moddalarning parchalanishi natijasida
a) tuzlarning CaCO3 = CaO + CO2
b) kislotalarning H2SiO3 = H2O + SiO2
v) asoslarning Cu(OH)2 = CuO + H2O
4. Bazi boshqa reaksiyalar natijasida
K2CO3 + SiO2 = K2 SiO3 + CO2
SiO2 + 2Mg = 2 MgO + Si
Kimyoviy xossalari:
1.Ishqoriy va ishqoriy -yer metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib suvda eriydigan asoslar ( ishqorlar) hosil qiladi.
Na2O + H2O = 2NaOH
CaO + H2O = Ca(OH)2
2 Ba’zi metalmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladi.
SO2 + H2O = H2SO3 P2O5 + H2O = H3PO4
3. Metallarning oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.
ZnO + HCl = ZnCl2 + H2O
BaO + 2 HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O
4. Metalmaslarning oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.
SO3 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O
P2O5 + 3 Ca(OH)2 = Ca2(PO4)3 + 3 H2O
5. Metallarning oksidlari metalmaslarning oksidlaribilan ta’sirlashib tuz hosil
qiladi.
CaO + SO2 = CaSO3 BaO + CO2 = BaCO3
IV.Mavzuni mustahkamlash: 2 ta o’quvchi aytadi.
Mustaqil O’zbekiston ,
Turli boyliklarga kon.
Oltin topgan Uchquduq
Biz kimyogar bo’lamiz.
Yurtim boyliklarga kon
Dunyoda tengsiz makon
Vatanimga fido jon
Biz kimyogar bo’lamiz.
Bizlar yosh tolmas bilak
Ilm deb urar yurak
Hammamiz bir tilak
Biz kimyogar bo’lamiz.
Ko’cha kuylar charag’on
Sababi kimyodandir .
Turmushimiz farovon
Sababi kimyodandir.
Laboratoriya ishi:
C uO + HCl
Z nO + HCl
F e2O3 + HCl
1.Tarkibidagi kislorodning massa ulushini toping: (Mustaqil topshiriqlar beriladi, tez va to’g’ri bajarib kelish)
K2O, Na2O, MnO2
2. Quyidagi sxema bo’yicha reaksiya tenglamasini yozing.
a). Oksid + oksid = tuz.
b). Asos = oksid + suv.
v). 3 valentli metall + kislorod = oksid
3. Kichik test
1. Asosli oksidni belgilang.
A. Al2O3 B. SO3. D.Na2O
2. O’rin olish reaksiya tenglamasini belgilang.
A. CaO + H2 O= Ca(OH)2 B. CaCO3 = CaO + CO2
D. CuCl2 + Fe = FeCl2 + Cu. E. 2K + 2H2 O= 2KOH + H2
3. Maktab laboratoriyasida kislorod qaysi moddalardan olinadi?
1. Havo 2. KMnO4 3. FeO 4.KClO3 5. N2O 6. SO3
A. 2 va 5 B. 1 va 3 D. 2 va 4 E. 5 va 6
4.Aqliy hujum
1-savol. Murakkab moddalar necha xil bo’ladi? Misol yozing.
2-savol. Oksidlar deb nemaga aytiladi? Misol yozing.
3-savol. Oksidlar necha xil bo’ladi? Misol yozing.
4-savol. Oksidlarning olinishi.Misol yozing.
5-savol.Oksidlarning kimyoviy xossalari. Misol yozing
6-savol. Qaysi metal ll va lll valentli oksid hosil qila oladi? Misol yozing.
7-savol. Suvda erib ishqor hosil qiladigan oksid? misol keltiring
8-savol. Qaysi metallar amfoter oksidlarni hosil qiladi? Misol yozing.
9-savol. SiO2, Al2O3 oksidlarning tuzilish formulalarini kim yozib bera oladi?
V.Mavzuni yakunlash.O’quvchilarni baholash.
VI.Uyga vazifa berish. Oksidlarning olinishi va xossalari