kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: "Химическая промышленность и окружающая среда"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Загрязнение окружающей среды химическими элементами  и соединениями, производства металлов, промышленных отходов, в соответствии с источниками различных продуктов сгорания топлива, дыма и выхлопных газов автомобилей.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: "Химическая промышленность и окружающая среда"»


Mavzu: Kimyo sanoati va

atrof-muhit

Buxoro Tibbiyot kolleji

Avezova Feruza Mirzayevna

Atrof-muhitning kimyoviy element va moddalar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metal ishlab chiqarish sanoat chiqindilari, turli yoqilg‘ilarning yonish mahsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Atrof-muhit va albatta inson uchun eng xavfli kimyoviy elementlarga simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mish’yak, selen, ftor elementlari kirsa, ular ichida o‘ta xavflilari simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy hisoblanadi.

O‘rtacha hisob kitoblarga ko‘ra, metallurgiya sanoati har yili o‘rta hisobda 35-40 tonna simob, 850-900 tonna kobalt, 1500-2000 tonna Rux va 180-250 ming tonnagacha misni atrof muhitga chiqaradi.

Koks ishlab chiqarish sanoati atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanib, koks shixtali o‘choq (pech) otashxonasiga ortilayotganda va oluvchilarga tarqalayotganda bir tonna mahsulot hisobiga o‘rtacha,ssianidlar-0,0005, ammiak-0,072, vodorod sulfid-0,58, chang-0,84, uglevodorodlar-0,20 kg miqdorda ajralib chiqadi.

Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish jarayonida Marten o‘choqlarida hosil bo‘ladigan bir tonna mahsulotga 8-12 kg chang, 2,0-3,0 kg is gazi, 1-1,5 kg sulfid angidridi, 2-4 kg azot oksidlari chiqindilari to‘g‘ri keladi.

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir tarmoq issiqlik elektr stansiyalari bo‘lib, elektr quvvati ishlab chiqaradigan qozonlarda koks, gaz, mazut va toko‘mir yonadi. Toshko‘mir tarkibidagi oltingugurt miqdori 1-8% bo‘lib, yonganda undagi oltingugurtning 10-12% to‘lasicha yonmaydi, yongan 88-90% turli xil moddalar kimyoviy jarayonlarda havo bilan aralashib, SO2, SO3 gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi (N2O) suv bilan o‘zaro ta’sirlashib sulfid va sulfat kislotalarga aylanadi va kislotali yomg‘irlar shaklida erga tushib atrof-muhitni shu zayilda ifloslaydi. Bu moddalar

esa butun jonli tabiatni, jumladan insonni va o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tajovvuzkor omillardir. 1 kg toshko‘mir tarkibida 4% oltingugurt bo‘lsa, yoqilg‘i yonishi uchun 20 m3 havo zarur bo‘ladi, havo tarkibiga 40 gr oltingugurt singadi undan 36 grammi engil uchuvchan oltingugurt bo‘lib, 72 gramm sulfat angidrid hosil qiladi. Bu degani har 1m3 atmosfera havosida 7,2 gramm sulfid angidrid (SO2) mavjud demakdir. SHuningdek toshko‘mirning yonish jarayonida 30-35% kul havoga chiqadi. Aynan Angren, Ohangoron va SHirin shahridagi GRES lar borki bir kecha kunduzda bir necha ming tonnalab ko‘mir yoqadi. Masalan, AQSHdagi «elektrositede frans» issiqlik elektrostansiya kompaniyasi bir kecha kunduzda 1,7-2,0 ming, bir oyda 51-60 ming tonnagacha ko‘mir yoqadi, oqibatda undan har kuni 33 tonna sulfat angidrid va 250 tonna kul havoga ko‘tariladi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ushbu sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi katta aziyat chekadi. Jumladan Nyu-York shahrining har 1 km2 maydonida bir oyda o‘rtacha 20-25, Tokioda esa 50 tonnagacha qurum erga tushmoqda. Londonda (1952 yil) bir hafta davom etgan kimyoviy ifloslangan (zaharlangan) tuman oqibatida bir vaqtda 4 ming kishi o‘lgan bo‘lsa, bir necha ming kishiga etgan, yoki 1962 yil dekabr oyida aynan yana shu London shahrida kimyoviy zaharlangan qurumdan 750 kishi nobud bo‘lgan.

Rangli va qora metallurgiya- atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy sohalardan bir bo‘lib, yirik metallurgiya kombinatlari bir-kecha kunduzda o‘rtacha 400-650 tonnadan 3 ming tonnagacha turli xil kimyoviy element, modda va changlarni atmosferaga chiqaradi. Jumladan alyumin ishlab chiqarishdagi jarayonlarda xom-ashyoni kuydirish maydalash paytida asosan havoga gaz holatidagi ftorli gidrogen (HF) ftoridlar alyuminiy, is gazi, uglevodlar, sulfat angidridi va boshqalar ajralib chiqadi. Masalan, 1 tonna alyumin olish uchun 35-48 kg ftor sarflanib shundan 60-65% vodorod ftorid atrof-muhitga tarqaladi. Ftor- elementi atrof-muhitga asosan alyuminiy zavodlardan chiqqan tutun va chiqindilar shuningdek, turli pestitsid hamda insektitsidlardan tarqaladi. Ftor metalloidlar ichida eng faol (aktiv) va eng oson boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishuvchi element bo‘lib, mikromiqdori tirik organizmlar hayoti uchun juda zarur bo‘lsada, hayot uchun juda zarur bo‘lsada, lekin uning makromiqdori hayot uchun juda xavfli. Ftorning yuqori konsentratsiyasi suyak va tirnoqlarni mo‘rt qilib, tishni to‘kib yuboradi, qon tomirlar faoliyatini keskin buzadi. Tuproq mikroflorasiga, umurtqassiz hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Simob – tirik organizmlar uchun eng xavfli kimyoviy element bo‘lib, uning metil-simob birikmasi (CH3Hg) tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitida, organik moddlar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Metil-simob (CH3Hg) o‘ta xavfli zaharli modda bo‘lib, suv, tuproq, o‘simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushadi va buyrak, jigar, hatto miyaga kuchli ta’sir etib, asab sistemasini ishdan chiqaradi yoki o‘limga sabab bo‘ladi.

Qo‘rg‘oshin – yem-xashak tarkibidagi 100 mg.kg qo‘rg‘oshin hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin birikmalarining organizmga o‘tib saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab turadi.

Tuproqda qo‘rg‘oshinning ko‘payishi mikroorganizmlarni, chuvalchanglarni va kemiruvchilarni kesuin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa 0,1-0,5% qo‘rg‘oshin qo‘shilganda bakteriyalar kolonnasining rivojlanishi 50-75% kamayadi.

Mish’yak – tuproqqa, ko‘mir kuli, metallurgiya va mineral o‘g‘itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Bu element juda zaharli bo‘lib ayni element bilan zaharlangan tuproqlarda yomg‘ir chuvalchanglari butinlay qirilib ketadi. Tuproq tarkibidagi mish’yakning miqdori 165 mg.kg ga etganda ayni tuproqqa ekilgan ekilgan makkajo‘xori hosil bermaydi. Bir kg tuproqdagi mish’yakning miqdori yuzdan bir mg ga etganda ayni tuproq mish’yak bilan o‘ta zaharlangan hisoblanadi, unda etishtirilgan hosildan iste’mol qilgan inson nobud bo‘ladi.

Atrof-muhitni sanoat ishlab-chiqarish ta’sir rivojlanishi bilan ifloslangan atmosfera havosining atrof-muhitga, inson sog‘lig‘i va turmush tarziga ta’siri XIX asrdan boshlab juda tez sur’atlar bilan shakillanib, XX asrda misli ko‘rilmagan darajaga etdi. Bunga asosiy sabab aksariyat kishilar hattoki ayrim soha mutaxassislari ham sayyoramiz cheki-chegarasiz shu sababli ham sanoat ishlab-chiqarishidan, avtotransport vositalaridan va boshqa xalq xo‘jaligi korxonalaridan ajralib chiqqan zararli ashyolar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi degan xulosa berdilar.

Haqiqatdan bunday emas sanoat korxonalari, xo‘jalik maishiy xizmat korxonalaridan chiqqan chiqindilar yillar davomida tuproqda, suvda yoki atmosfera havosida harakatlanib bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Xususan DDT (dust), qo‘rg‘oshin, Rux, mish’yak, mis, vanadiy, molibden, kadmiy, simob, surma va boshqa bir qator kimyoviy elementlar vaqt o‘tishi bilan o‘ta zaharli birikmalar holida tuproqqa, suvga yoki havoda yig‘ilib boradi. Eng achinarli tomoni shundaki suv va havoda to‘plangan kimyoviy zaharli moddlar suv va havo bilan er kurrasi bo‘ylab aylanib yuradi.

SHu sababli ham eng uzoq Antarktida muzliklarida uch ming tonnadan ortiq dust (DDT) kimyoviy vositasi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ushbu uzoq mintaqada yashovchi tyulenlar pingivin hattoki oq ayiqlarning jigarlaridan turli xil sanoat va qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lgan kimyoviy zaharli moddalar aniqlangan. Sanoati rivojlangan shaharlar atmosfera havosi tutun, qurum, chang hisobidan havoni tuman qoplab inson uchun foydali bo‘lgan quyosh nurlarini ergacha to‘la etib kelmasligi oqibatida yoshi ulug‘ kishilarda asab va yurak xastaligi bolalardan esa raxit kasalligi tobora ko‘payib bormoqda. Buning isboti misolida Erisman ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga murojaat qilsak, atmosfera havosidagi o‘rtacha yillik chang miqdori yashil yaylovlardagi 1M3havoda 0,01 MG, aholi yashaydigan avullarda 0,14 MG, shahar havosida 0,16 MG bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich sanoat rivojlangan markaziy sanoat shaharlarida 0,28 MG teng bo‘lgan. S.Goldberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra issiqlik ishlab chiqaradigan markaziy stansiyalar joylashgan rayonlarda 500 dan ortiq maktab o‘quvchilari tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning 60% ning o‘pkasida turli xil nostandart holatlar kuzatilgan bo‘lib, 17,3% esa silikoz kasalligining boshlang‘ich bosqichlari qayd etilgan. Sanoat korxonalarining rivojlanishi, transport vositalarining ortib borishi kommunal maishiy xizmat soxalarining kengayib borishi, shahar atrofida turli xil markazlashmagan oddiy gigiyena talablariga javob bermaydigan axlatxonalarning ko‘payishi olidini olish hech kechiktirib bo‘lmaydigan gigiyena-ekologik tadbir hisoblanadi.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему: "Химическая промышленность и окружающая среда"

Автор: Авезова Феруза Мирзаевна

Дата: 13.05.2017

Номер свидетельства: 414917

Похожие файлы

object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(103) "Научная статья на тему:ОПАСНЫЕ ХИМИЧЕСКИЕ ВЕЩЕСТВА (ОХВ)"
    ["seo_title"] => string(62) "nauchnaia_statia_na_temu_opasnye_khimicheskie_veshchestva_okhv"
    ["file_id"] => string(6) "603245"
    ["category_seo"] => string(7) "prochee"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1648138838"
  }
}
object(ArrayObject)#885 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(158) "Презентация научного проекта по теме: "Химическое загрязнение среды промышленностью" "
    ["seo_title"] => string(102) "priezientatsiia-nauchnogho-proiekta-po-tiemie-khimichieskoie-zaghriaznieniie-sriedy-promyshliennost-iu"
    ["file_id"] => string(6) "178721"
    ["category_seo"] => string(6) "himiya"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1424874841"
  }
}
object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(74) "Классный час: Изображаем летнюю природу "
    ["seo_title"] => string(44) "klassnyi-chas-izobrazhaiem-lietniuiu-prirodu"
    ["file_id"] => string(6) "189480"
    ["category_seo"] => string(22) "klassnomuRukovoditeliu"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1426929062"
  }
}
object(ArrayObject)#885 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(182) "разработка  урока ОБЖ 8 класс "Правила поведения в условиях ЧС природного и техногенного характера" "
    ["seo_title"] => string(111) "razrabotka-uroka-obzh-8-klass-pravila-poviedieniia-v-usloviiakh-chs-prirodnogho-i-tiekhnoghiennogho-kharaktiera"
    ["file_id"] => string(6) "108490"
    ["category_seo"] => string(4) "obzh"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1403711181"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства