Уроки физики отличаются постоянным дефицитом времени и сложностью оборудования. Распространенный случай, когда использование компьютерной техники будет более чем оправдано – моделирование явлений микромира, процессов, имеющих колоссальные масштабы или протекающих за время, несоизмеримое с отпущенным на их изучение или скрытых от наблюдателя.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : ИКТ в преподавании физики»
Fizika fannini o`qitishda AKTdan foydalanish
ИКТ в преподавании физики
Акрамова Дилдора Шариповна
Бухарский медицинский колледж, Узбекистан
Уроки физики отличаются постоянным дефицитом времени и сложностью оборудования. Распространенный случай, когда использование компьютерной техники будет более чем оправдано – моделирование явлений микромира, процессов, имеющих колоссальные масштабы или протекающих за время, несоизмеримое с отпущенным на их изучение или скрытых от наблюдателя.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalarini paydo bo’lishi barcha sohalar kabi ta’lim tizimini ham qamrab olmoqda. Ta’lim tizimida axborot-kommunikasion texnologiyalardan foydalanish o’zining uslubiy samaradorlik natijalariga asoslanadi.
Axborot texnologiyalari – axborotni izlash, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig’indisidan iborat bo’lib, o’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda faqat o’quv-tarbiya jarayoniga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari tushuniladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari esa kompyuter, skaner, videoko’z, video-kamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlaridan iborat bo’ladi..
AKT ta’lim tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
Axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’rganish obyekti sifatida, ya’ni yangi axborot texnologiyalar, ularning tarkibiy qismlari va foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
Axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni zamonoviy axborot va pedago-gik texnologiyalar asosida o’quvchilarga bilim beriladi hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etiladi;
Ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasining barcha ish faoliyati, shu jumla-dan o’quv, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish;
O’qituvchilar izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida, ya’ni o’quv muassasasida o’qituvchilarni pedagogik izlanishlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va tatbiq etish .
Har bir fan o‘qituvchisi dars jarayoniga AKT vositalarini joriy etar ekan, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplaridan xabardor bo‘lishlari kerak.
O’quv-tarbiya jarayoniga kompyuterlar asosan to’rt tartibda:
- passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
- reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
- faol muloqot – kompyuter o’quvchiga yo’l - yo’riq berish va bilimni nazorat qilish ;
- interfaol muloqot – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni o’quvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘qituvchilardan dars jaroyonini tashkil etish uchun didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayorlashda matn muharriridan samarali foydalanish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, reyting ko’rsatkichlarini tahlil qilishda Excel dasturida ishlash, Internet tarmog’ida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish bo’yicha ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Bu vazifalarni bajarishda kompyuter savodxonligiga ega bo‘lish lozim. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga juda ham ko‘plab ko‘nikmalarni oladi.
Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar:
kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish);
dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish;
didaktik materiallar va ishchi xujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to‘plamidan foydalana olish;
internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.
Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.