kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: ИСТОЧНИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕСА

Нажмите, чтобы узнать подробности

Источники финансирования - это бюджетные ресурсы для программ и проектов. К типам финансирования относятся дотации, субсидии, ценные бумаги, федеральные или местные государственные заказы, частные пожертвования или внутренние суммы, выделяемые для предприятия или организации.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ИСТОЧНИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕСА»

ИСТОЧНИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕСА

BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

Курбонова Мунира Шариповна

Бизнесни ташкил этиш фани укитувчиси

Hayotimiz davomida har qanday ishni boshlashimizdan oldin albatta ma’lum ma’noda pul muammosiga duch kelamiz va pulsiz ko‘zlangan maqsadga erishish juda qiyin kechadi yoki iloji bo‘lmaydi. Dono halqimiz aytganidek, pul pulni topadi. Ammo, endigina ishni boshlayotgan tadbirkorlar uchun bu muammoni hal etish uchun nimalar qilish lozim. Bu borada avvalo hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etishimiz zarur. O‘z g‘oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar uchun o‘z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlarni berilishi, dastlabki yillarda soliqlardan butunlay ozod bo‘lishi yoki imtiyozlarga ega bo‘lishi, ishlab chiqaradigan mahsulot turiga qarab va eksport qilish imkoniyatlariga qarab YAna bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishi tadbirkorlikni yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Hozirgi sharoitda tadbirokorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni qanday ko‘paytirish muammosi turibdi desak to‘g‘ri bo‘ladi.

O‘z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korxona foyda keltirishni boshlagungacha biznesni tuzish davrida ma’lum miqdorda pulga ega bo‘lish zarur. Bu mablag‘ boshlang‘ich sarmoya deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:

• dastlabki xarajatlarni, yoki investitsion sarmoya sifatida;

• birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari, yoki aylanma kapital sifatida.

Dastlabki xarajatlar – bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag‘lar investitsion sarmoya deb ham ataladi. Er sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish – bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro‘yxatga olishda to‘lanadigan har xil to‘lovlar va yig‘imlar, vodoprovod, elektr o‘tkazish, telefon aloqasi o‘rnatish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.

Birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari korxona ish boshlashi bilan paydo bo‘ladi. Ma’lum mablag‘lar sotuvdan daromadlar korxonaga qaytib tushish bosqichi boshlangunga qadar joriy xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Bu bosqichning o‘zunligi biznesning ixtisoslashuviga bog‘liq. Qoida tariqasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chiqarish sohasida esa, korxona ishga tushganidan mablag‘larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo‘lgan vaqt bir necha oyga cho‘zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt, mahsulotning taqsimlash tizimida to‘rgan davr, masalan, tayyor mahsulotning zavod omborida turishi, ulgurji sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard xaridorgacha yo‘lda bo‘lgan davri hisobga olinadi). Tadbirkorning bu davrdagi xarajatlari birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital deb ataladi.

U yoki bu to‘lovni amalga oshirish vaqtiga bog‘liq holda – amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan keyin – biz uni xarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o‘rtasidagi tafovut ham ana shundadir.

Korxona tuzish uchun boshlang‘ich sarmoya - bu dastlabki investitsion xarajatlar va aylanma kapital yig‘indisidir. Boshlang‘ich sarmoyaning umumiy miqdoridan kelib chiqib, bo‘lg‘usi tadbirkor o‘z manbalaridan ishga solish uchun qancha pul zarurligini va qanchasini qarzga olish kerakligini hal qiladi.

Aksiyadorlik jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o‘z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.

Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning ko‘zatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, jamiyatning ko‘zatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Qo‘shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi Bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik biznesni taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini YAngi boshlayotgan, mablag‘lari etishmayotgan, xo‘jalik faoliyati yuritish uchun etarli malaka va tajribaga ega bo‘lmagan tadbirkorla uchun davlatning qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlari g‘oyayat muhimdir.

Tadbirkorlik iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yangi-yangi ishchi o‘rinlarini yaratuvchi, bozorni tez va zarur, sifatli mahsulotlar, xizmatlar Bilan ta’minlovchi hamda shaxsiy farovonlik omili sifatida iqtisodiyotning muhim sektoriga aylandi. Ayni vaqtda, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznes tizimida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni etishmasligi birmuncha qiyin muammodir. CHunki, ko‘pchilik tijorat banklari kichik biznes faoliyatida tavakkalchilik darajasi yuqori,garov majburiyatlari esa ishonchsiz ekanligi sababli ularni kreditlashda birmuncha ehtiyotkor bo‘ladilar.

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlashda asosan quyidagi uchta o‘lchovga amal qilinadi:

  • Kredit oluvchi tadbirkor olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarish uchun o‘zining kapitalini yuqori malakali va qobiliyatli ishlata olishini ko‘rsata bildishi lozim,

  • Qarz beruvchida tadbirkorlar to‘g‘risida, uning biznesi muvafaqqiyatli rivojlanayotganligi to‘g‘risida ishonchli tasavvur hosil bo‘lishi lozim. Bunday hujjat loyihalari YAngi tadbirkorlik faoliyatining hayotiyligini va istiqbolligini tasdiqlashi lozim.

  • Qarzdorning kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatini ifodalovchi aktivlar mavjudligi yoki tadbirkorning shaxsiy garovi qo‘yiladi. Masalan, AQSHda tadbirkorlik fondi berilayotgan kreditning 90 foiz summasini kafolatlashi lozim bo‘lib, qolgan 10 foiz summa bankning tavakkali bo‘ladi.

O‘zbekistonda jahondagi kichik biznes tuzilmalarini rivojlantirish sohasidagi Amaliy tajribalarini o‘rganish va ijobiy yondashish negizida 1992 yildan boshlab tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning davlat tizimi shakllana boshladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Экономика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья: ИСТОЧНИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕСА

Автор: Курбонова Мунира Шариповна

Дата: 24.10.2023

Номер свидетельства: 638690

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(55) "Предпринимательство в России "
    ["seo_title"] => string(30) "priedprinimatiel-stvo-v-rossii"
    ["file_id"] => string(6) "230186"
    ["category_seo"] => string(16) "obschestvoznanie"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1442035690"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства