Научная статья : Загрязнение воды является глобальной проблемой
Научная статья : Загрязнение воды является глобальной проблемой
Две трети нашей планеты занимает водное пространство. Этого более чем достаточно для всех людей, однако сохранение воды глобальная проблема человечества. Все дело в том, что большая часть водных ресурсов непригодна для питья – это соленая жидкость, а человечеству необходима пресная
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Загрязнение воды является глобальной проблемой»
Suvning ifloslanishi – global muammolardan biri sifatida
Загрязнение воды является глобальной проблемой
Жабборова Санобар Итолмасовна
Бухарский филиал Ташкентского института ирригациии инженеров механизации сельского хозяйства, Узбекистан
Две трети нашей планеты занимает водное пространство. Этого более чем достаточно для всех людей, однако сохранение воды глобальная проблема человечества. Все дело в том, что большая часть водных ресурсов непригодна для питья – это соленая жидкость, а человечеству необходима пресная
Keyingi yillarda ichki suv havzalari, dengiz va okeanlarning ifloslanishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Chunki suvlarning ifloslanishi oqibatida tabiiy muhit ham zarar ko’radi. Ifloslangan suvlarda baliqlar, turli xil qush va xayvonlar bilan bir qatorda o’simliklar ham zararlanadi. Suv o’z-o’zini tiklash va tozalashdek ajoyib xususiyatga egadir. Bu xususiyat, asosan Quyosh radiasiyasi ta’sirida ro’y berib, ifloslangan suvning toza suv massasi bilan aralashishi va keyinchalik organik moddalarning mineralizatsiyalanishi hamda ifloslangan suvdagi bakteriyalarning o’lishi jarayonidan iboratdir.
Suvning o’z-o’zini tozalash omillaridan biri avvalo bakteriyalar, zamburug’lar va suv o’tlari faoliyati tufayli amalga oshadigan jarayondir. Suv o’z-o’zini bakterial tozalanishi natijasida unda 24 soatdan keyin 50%, 96 soatdan keyin esa - 0,5% bakteriya qoladi. Bu jarayon qishda keskin susayadi, ya’ni 150 soatdan keyin xam 20% gacha bakteriya saqlanib qaladi. Ifloslangan suvlarningo’z-o’zini tozalashini taminlash uchun ularni bir necha baravar ko’p toza suvga qo’shish kerak bo`ladi. Agar suv juda ifloslangan bo’lsa, u o’z-o’zini tozalay olmaydi.
Xozirgi vaqtda ichki suv xavzalari ayniqsa bazi daryolar shu qadar ifloslanib ketayaptiki, ular tabiiy yo’l bilan o’zini o’zi tozalay olmayapti. Ifloslangan daryo va ko’l suvlari iste’mol uchungina emas, balki maishiy xizmat, turmushva sanoat ehtiyojlari uchun xam yaroqsiz bo’lib qolayapti, odamlarning turli kasalliklarga chalinishiga olib kelayapti. Chuchuk suvlar ifloslanishining asosiy sabablari urbanizatsiyaning va sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi bilan bog’liq.Yirik sanoat korxonalari va shaxarlar xududlarida ko’p miqdorda erigan va muallaqholatda mavjud bo’lgan har xil mineral va organik moddalar hisobiga ifloslangan oqar suvlar hosil bo`ladi va bu suvlar, odatda, daryolarga tashlanadi.Chuchuk suv xavzalarini ifloslovchi asosiy manbalar qatoriga sanoat korxonalari, maishiy xo’jalikdan chikadigan oqova suvlar, rudali va rudasiz qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi chiqindilar kiradi. Konlar va neft korxonalarida ishlatilgandan keyin chiqariladigan suvlar, temir yo’l transportlarining tashlanma suvlari, shahar xududlaridan hamda o’g’it va zaxarli ximikatlar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar, chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalardir.Ayniqsa, sanoatda ifloslangan oqar suvlar tarkibida har xil kislotalar, fenolli birikmalar, vodorod sulfidi, ammiak va boshqa birikmalar, shuningdek har xil biogen moddalar bo’ladi. Ifloslangan ko’plab daryo va ko’l suvlari faqat iste’molgagina emas, hatto maishiy-xo’jalik va sanoat extiyojlari uchun ham yaroqsiz bo’lib qolayapti. Bunga G’arbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar daryolarini misol qilib keltirish mumkin. Bu xududlardagi suvlarni tubdan tozalamasdan qayta ishlab bo’lmaydi. Zarafshon daryosi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari xududidan oqib o’tadigan yagona suv manbaidir. Daryo xavzasida yirik sanoat korxonalarining to’planishi xamda 600 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerning mavjudligi, sug’orish tizimining takomillashmaganligi daryo suvining sifat ko’rsatkichlarini keskin pasayishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, daryoning bosh o’zanidagi Tojikiston respublikasining tog’ boyitish kombinatining oqova suvlari tarkibidagi og’ir metallarning meyoridagidan 1,5 barobar ortiq bo’lishi ham suvning ifloslanishiga ta`sir qilmoqda. Daryo suvining ifloslanish darajasi yildan yilga oshib bormoqda.
Mutaxassislarning taklifiga ko’ra, xalqaro miqiyosda va mamlakatimizda Zarafshon daryosi suvini ekologiya sog’lamlashtirish yuzasidan bir qator konkret tadbirlar ishlab chiqilgan. Ular jumlasiga:
- daryo qirg’og’ida suv muxofazasi zonasini tashkil ettish va jadallik bilan uni amalga oshirish shart-sharoitlarini ko’rish;
- daryoga tashlanayotgan barcha oqova suvlarini nazoratga olish va ularni keskin qisqartirish, kanalizasiya tizimlarini mukammalashtirish;
- bakteriologik ifloslanishning oldini olish va shunga o’xshash qator muammolarni yechish kiradi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida ishlatiladigan pestisidlar, gerbisidlar, fungisidlar, insektisidlar daryo, ko’l va kanallarga tushib, suvda hayot kechiruvchi organizmlarga va ular orqali esa odam organizmlariga o’tadi ba’zi hollarda yomon oqibatlarga olib kelmoqda.
Ifloslangan oqar suvlar ikki guruxga: mineral va organik moddalar bilan ifloslangan suvlarga bo’linadi.
Mineral ifloslangan oqar suvlarga metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining oqindilari, neft, uni qayta ishlash va tog’-kon sanoatining chiqindilari kiradi. Mineral ifloslangan oqar suvlar tarkibidagi har xil tuzlar, kislotalar, ishqorlar, qum, shlak, mineral yog’lar va boshqalar bo’ladi. Hayvon va o’simlik yog’lari, o’simlik tolalari, sabzavot poliz va meva qoldiqlari, to’qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar bilan ifloslangan oqar suvlar suv xavzalarining organik ifloslanishiga sabab bo’ladi. Organik ifloslangan oqar suvlar tarkibida azot ko’p bo’ladi. Organik ifloslanishning ko’rinishlaridan bo’lgan bakterial va biologik ifloslanish achitqi va mog’or zamburug’lari, mayda suv o’tlari va bakgeriyalar: jumladan, tif, paratif, dizenteriya qo’zg’atuvchilari, gelmintlar va boshqalarning borligi bilan xarakterlanadi.
Ifloslangan oqar suvlar tarkibida ko’pincha 40% mineral va 60%gacha organik moddalar bo’lib, ular toza suvni kimyoviy zaharlanishiga sabab bo’ladi, suv normal fizik-kimyoviy xossalarini buzadi va nixoyat bu suvlar iste’mol uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.
Yer osti suvlarning ifloslinishi esa, asosiy yer ustidagi ifloslangan suvlar oqimidan va filtratsion suvlardan hosil bo’lishi tufayli yuz beradi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xo’jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko’pdir. Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan ta’minlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan to’yingan suv inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomielit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar.
Kimyo sanoatida sintetik yo’l bilan ishlab chiqariladigan bo’yoq, portlovchi modda va turli xil dori- darmon kauchuk sun’iy tola va boshqalar toza suvni ko’p miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi.
Suv shaxtalarda ko’mir olishda ham ishlatiladi. Ko’mir qatlamlari oralig’idagi tog’ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalarga to’yinadi. Ba’zan shaxtalar gurunt suvidan to’lib qoladi. Natijada ish jarayoniga katta zarar yetkazadi. Bunday hollarda shaxtalardagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga chiqarib tashlanadi.
Qora va rangli metallurgiya, kimyo, qog’oz, neftni qayta ishlash, tog’- kon sanoati chiqindilari va qishloq xo’jaligi sababli yer yuzasidagi suvlar ifloslanmoqda.
Neft sanoati tarmoqlaridan neftni olish tashish va uni qayta ishlash va suv havzalarining ifloslanishida asosiy sababchilaridan biridir. Suv ostidan neftni olishda achinarli hodisalar ro’y bermoqda. Masalan, Santo Barbaradagi birinchi neft qudug’i 10 sutkada 900 tonna neft yo’qotgan. Bir qancha neft tankerlari halokatga uchrab okeanga ming- ming tonna neft to’kilgan. Natijada necha ming tonna suv yuzasi yupqa neft pardasi bilan qoplangan.Bir litr neft 200 litr suvni ifloslaydi. Yoki bir tomchi neft 1- 1,5 kvadrat metr kub suv yuzasini yupqa pardasi bilan qoplaydi. Natijada baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari, suv qushlari hayotini xavfga soladi. Sanoat obyektlari atroflariga chiqarib tashlangan issiq oqova suvlar mazkur joydagi fauna va flora hayotiga zararli ta’sir qiladi.
Issiqlik va atom elektr stansiyalarining sovitish uchun ishlatiladigan iliq suvlardan foydalansa bo’ladi. Masalan Angliyada Xatterson atom elektr stansiyasidan chiqqan iliq suv ulkan suv havzasiga oqizib quyilgan va u yerda turli xil baliqlar boqilgan bu baliqlar o’zini yaxshi his qilib ochiq dengizga qaraganda ikki baravar tez yetilgan. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tabiiy suv tarkibini tezlik bilan o’zgartirmoqda. Shuning uchun suvni muhofaza qilishda, iflos suvlarni tozalashdagi muhandislik usullarini yanada takomillashtirish lozim.
Suv Quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida qaytadan tozalanishi mumkin. Turli bakteriya, zamburug’ va suvo’tlar suvning qayta tozalanishida faol agentlardan hisoblanadi. Lekin suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to’yingan bo’lsa u holda uni tozalash uchun turli texnologik usullardan foydalanish kerak.
Keyingi paytlarda suvni ko’p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda chiqindi suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda. Sanoat va qishloq xo’jaliklaridan chiqqan iflos suvlarni zararsizlantirib yana qaytadan ishlatish mumkin. Masalan, hozirgi zamon neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari va sexlarida ishlatilgan suvning 97% i qaytadan ishlatilmoqda .
Zavod va fabrikalardan chiqqan tashlandiq suvlardan qimmatbaho moddalarni ajratib olish va suvni qaytadan ishlatish xo’jalik uchun katta iqtisodiy samara bermoqda. O’rmon, texnika sanoatiga tegishli zavodlar chiqindilaridan nitrobenzol, anilin bo’yoq zavodlari chiqindilaridan brom va anilin, koks, kimyo zavodlari tashlandiqlaridan turli fenollar va kimyo zavodining chiqindi suvlaridan esa sulfat kislotasini ajratib olish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizning bir qancha sanoat korxonalaridan ko’plab iflos chiqindi suvlar chiqmoqda. Xo’jalik maishiy obyektlardan chiqan iflos suv ilgarigiga qaraganda endilikda 4 marta ko’p.