kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Эффективность экономных технологий

Нажмите, чтобы узнать подробности

Экономная инновация — это не просто стратегия. Это новый образ мышления: ограниченность ресурсов воспринимается не как жесткое условие, а как интересная возможность, причем такая, которая поощряет гибкость более, чем эффективность.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Эффективность экономных технологий»

TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI

Эффективность экономных технологий

Бозоров В, Каюмова С

Бухарский филиал Ташкентского института ирригации и инженеров механизации сельского хозяйства

Экономная инновация — это не просто стратегия. Это новый образ мышления: ограниченность ресурсов воспринимается не как жесткое условие, а как интересная возможность, причем такая, которая поощряет гибкость более, чем эффективность.

Poytaxtimizda suvdan foydalanishda tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va uning samaralari haqida matbuot anjumani o’tkazildi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari Sh.Hamroyev va boshqalar global iqlimi o’zgarishlari tufayli suv taqchilligi sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash uchun mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va sug’orishning tejamkor texnologiyalarini keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Mamlakatimizda suvdan samarali va maqsadli foydalanish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan har yili 5 ming kilometrdan ortiq sug’orish, 12 ming kilometr kollektor-drenaj, 50 ming kilometr ariq tarmoqlari tozalanmoqda. 200 kilometrdan ziyod kanallar, 530 kilometr lotok va kollektor tarmoqlari, 400 dan ortiq gidrotexnik inshootlar va boshqa ko’pgina obyektlar rekonstruksiya qilinmoqda va qurilmoqda.

Buning samarasida suvni iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazib berish imkoniyati yaratilmoqda. Sug’orish tarmoqlarida suvning texnik yo’qotilishi va filtratsiyasi kamayishiga erishilmoqda. Jumladan, suv resurslaridan tejamli foydalanish yo’nalishidagi inshootlar tufayli foydalanilayotgan suvlarning umumiy miqdori 20 foizga kamayishiga erishiladi. Bundan 10-15 yil avval 1 gektar sug’oriladigan maydonga 18 ming kub metr suv ishlatilingan bo’lsa, bugungi kunda bu ko’rsatkich 40 foizga kamaygan.

Mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarning bir qancha turlari qo’llanilmoqda. Egatga plyonka to’shab sug’orish, o’q ariqlar o’rniga egiluvchan quvurlardan foydalanish, tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini qo’llash, yomg’irlatib sug’orish, tomchilatib sug’orish shular sirasidandir. Misol uchun, tomchilatib sug’orishda boshqa usullarga qaraganda 20 foizdan 60 foizgacha suv tejaladi.

Tomchilatib sug’orish tizimini barpo etish uchun suv nasosi, filtr hovuz-tindirgich, o’g’itlovchi moslama, magistral va tarqatuvchi quvurlar, sug’orish shlanglari hamda yordamchi qismlar kerak bo’ladi. Hozir bu jihoz va anjomlarning aksariyati yurtimizda ishlab chiqarilmoqda. Suv nasosi “Suvmash” zavodida, filtr, turli diametrdagi plastik quvurlar, shlanglar, yordamchi va ulovchi qismlar “Sho’rtangazkimyo”, “Maxsuspolimer”, “Jizzaxplastmassa” va boshqa korxonalarda tayyorlanmoqda.

Tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etgan mulk egalariga boshoqli don ekinlaridan bo’shagan maydonlarda boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari o’stirish huquqi berilgan, -deydi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig’i Sharifjon Qo’chqorov.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hududiy ishchi guruhlari tomonidan tomchilatib sug’orish va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etish maqsadida 2015-yilda tomchilatib, egatga plyonka to’shab hamda ko’chma egiluvchan quvurlar orqali sug’orish usullarini joriy qilish bo’yicha hududiy dastur ishlab chiqildi. Unga kiritilgan tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy qilish loyihalarini amalga oshirgan yer egalariga Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining kredit liniyasi hisobidan 10 milliard so’m mablag’ ajratildi. Bu sarmoyalar tijorat banklari orqali yillik 6 foizlik imtiyoz bilan taqdim etiladi.

Tadbirda joriy yilda mamlakatimizda 5 ming 340 gektardan ziyod maydonda tomchilatib, 11 ming 293 gektarda egatga plyonka to’shab, qariyb 7 ming 630 gektarda ko’chma egiluvchan quvurlar orqali sug’orish usullarini joriy qilish rejalashtirilgani qayd etildi.

O’zbekiston o’z tomonidan mintaqaning barcha mamlakatlari bilan davlatlararo suv xo’jaligi sohasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha konstruktiv muloqot olib borishga tayyor va umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari asosida tegishli Konventsiyalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishga chaqiradi.

Biz barchani muloqot qilishga va o’zaro manfaatli yechimlarni izlashga chaqirib qolamiz, biz mintaqaviy konvensiyalarni birgalikda ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazamiz.

Aholining oshishi va shu tariqa suv hamda oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojning o’sishi suv hajmining kamayishi, iqlim o’zgarishi bilan bog’liq yangi chaqiriqlar sharoitlarida bizning oldimizga mintaqa mamlakatlarning suv xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kata vazifalarni qo’yadi.

Bunday murakkab sharoitlarda O’zbekiston jamiyat, iqtisodiyot va ekologiya ehtiyojlarini qondirishda umumiy suv iste’molini kamaytirish yo’lida kata ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, o’tgan yuz yillikning 90-yillar boshida O’zbekistondagi umumiy suv iste’moli hajmi 64 milliard kub metr atrofida bo’lgan, respublika aholisi soni esa 21 million kishini tashkil qilgan.

Bugungi kunda esa O’zbekistondagi yillik suv iste’moli- 52 milliard kub metrga yaqin, aholi soni esa -32 milliondan ziyod.

Shu munosabat bilan so’nggi yillarda respublika iqtisodiyotining barcha jabhalarida, shu jumladan qishloq xo’jaligida suvni tejovchi texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda 180 ming gaktardan ortiq yerlarga suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etildi, 30 ming gektar yerda tomchilatib sug’orish texnologiyalari joriy etildi va h.k.

Biroq, O’zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, “mintaqaning barcha aholisini havotirga solayotgan savollarni hech bir mamlakat alohida hal qila olmaydi. Markaziy Osiyo doim suv resurslariga tobe’ bo’lib kelgan, hozir esa global isish va suv iste’molining o’sishi sharoitlarida bu muammo faqat chuqurlashmoqda.

Budun har bir qatra suvni asramasak, bu kelgusi avlod oldida jinoyat bo’ladi. Biror mamlakat hatto suvni tejovchi eng yaxshi texnologiyalarni tejab ham bu muammoni mustaqil hal qila olmaydi ”.

Aqlli suv quygich” ekinlarni sug’orishda 90 % suvni tejash imkonini beradi.

Droplet kompaniyasi shunday nomdagi sug’orish qurilmasini taqdim etdi, u faqat suvga tashna o’simlikni sug’oradi. Qurilma faqat aniq zarur joyni “mo’ljalga ola oladi” va 10 metrgacha masofadan turib sug’ora oladi.

Ishni boshlash oldidan qurilma xotirasiga o’simlik nomi va joyi kiritilsa bo’lgani. Droplet bilan hamkorlik smartfoni, planshet va kompyuter uchun ilovalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, sug’orishda zarur bo’ladigan suv sepish chastotasi ham boshqariladi.Bog’u, gulzorlar uchun gadjet Internetga Wi-Fi orqali ulanib, ob-havo tog’risida ma’lumot oladi.Yomg’ir yog’adigan bo’lsa, Droplet avtomatik ravishda, sug’orishni bekor qiladi.Ixtirochilarning ma’lumotlariga qaraganda, qurilma, “aqlli” sug’orgich bo’lib, odatdagi sug’orishga nisbatan 90 foizgacha suvni tejay oladi.Shuningdek Dropletsuv sarfi, bo’yicha ma’lumotlarni yig’ib, tahlil eta oladi. Bundan tashqari Internetga ulanib, sug’orish natijasida jarima to’lash ehtimolining oldini olish uchun hokimiyat tomonidan suvdan foydalanishda qandaydir cheklovlar mavjudligini bilib olish imkonini beradi. Droplet smart-sug’orgichi Amazonda 300$ dollarga sotila boshlagan.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. Mirzayev S.Sh., Valiyev X.I., Salohiddinov A.T., “Suv resurslaridan mukammal foydalanish” Toshkent-2005 y.

  1. AbbasxanovM.Sug’oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash va suvdan tejamli foydalanish maqsadida tuproqda chuqurlashtirilgan yumshoq qatlamni hosil qilish samarali texnologiya // Suv va qishloq xo’jaligining zamonaviy muammolari: mavzusidagi 6-ilmiy amaliy anjumaning maqolalar to’plami. 18-19 may 2007.-Toshkent, TIQXMMI, 2007.-.131-132 b.

  2. Google.uz.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Экология

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Эффективность экономных технологий

Автор: Бозоров В, Каюмова С

Дата: 26.04.2018

Номер свидетельства: 467818

Похожие файлы

object(ArrayObject)#928 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(182) "Доклад на тему "Возможности урока музыки как средство реализации здоровьесберегающих технологий". "
    ["seo_title"] => string(111) "doklad-na-tiemu-vozmozhnosti-uroka-muzyki-kak-sriedstvo-riealizatsii-zdorov-iesbierieghaiushchikh-tiekhnologhii"
    ["file_id"] => string(6) "118085"
    ["category_seo"] => string(6) "muzika"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1413034088"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства