Просмотр содержимого документа
«На уроках английского языка использовать АКТ»
CHET TILI DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Xaitova Dilsora Toxirovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi ingliz tili o`qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga
berilgan katta ahamiyat, hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion
texnologiyalar yoritilgan.
Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar,
usullar, metodlar.
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilmfanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin.Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi.
Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi.
Tadqiqot jarayoni amaliy bilimlarning tarixiylik, mantiqiylik, tahlil qilish va sintez usullaridan foydalangan. Ushbu tadqiqot jarayonida chet tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati obyektiv ravishda ochib berildi. Bugungi kunda Boom taksonomiyasini o'qitish bosqichlari innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, mantiqiy ketma-ketlikda o'rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim vositalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi.Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.
Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas.
Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:
− kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi
Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI :
1. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева.
3. N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
4. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
5. O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv