Darsning maqsadi va vazifalari
Darsning ta`limiy maqsadi: Son so’z turkumi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni maktabni sevishga, uni asrab-avaylashga o’rgatish, o’rtoqlik, hamjihatlik tuyg’usini tarbiyalsh
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.
III
O`quv jarayo-
nining mazmuni
Son so’z turkumi va ma’no guruhi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.Boshqa fanlar bilan aloqada bo’lish
IV
O`quv jarayonini amalga oshirish
Usul: “Aqliy hujum”, “Charxpalak”, “Xotira mashqi” “Venn diagrammasi”,”Zinama-zina”.
Shakl: kichik guruhlarda va jamoada ishlash, suhbat, munozara.
Vosita: mavzuga oid ko`rgazma,slaydlar zinama – zina savollar, testlar, rag`batlantiruvchi kartochkalar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol – javoblar.
Baholash: 5 ballik tizimi asosida rag`batlantirish
V
Kutiladigan natijalar
O`qituvchi: Barcha o`quvchilar mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
O`quvchi: gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi.
VI
Kelgusi rejalar
O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, innovatsion jarayonni takomillashtirish, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olish, pedagogik mahoratni oshirish.
