kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Узбекский язикь 2-класс

Нажмите, чтобы узнать подробности

Тема на урока: "Шахс ва нарса номини билдирган сузлар"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Узбекский язикь 2-класс»

OZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI






NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


UYCHI TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI




26-O’RTA TA`LIM MAKTABINING

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

Adhamova Gulchehra ONA TILI FANIDAN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK










Ushbu dars ishlanma Namangan viloyati Uychi tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o’qituvchisi Adhamova Gulchehra tomonidan tayyorlangan bo’lib, yosh va kam tajribali boshlang`ich sinf o’qituvchilari o`z ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.


Tuzuvchi:

Uychi tumani 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining

boshlang`ich sinf o’qituvchisi Adhamova Gulchehra


Taqrizchi:

Uychi XTB boshlang`ich sinflar

metodisti D. Ahmedova

Ushbu dars ishlanma maktab, boshlang`ich sinflar uslubiy birlashmasining 2020 yil____ dagi _____ sonli yig`ilishida o`rganib chiqildi va Uychi tuman XTB ga tavsiya etiladi.

Mavzu : Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar

(149-151- mashqlar)

Maqsad :

a) ta’limiy maqsad: Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar mavzusini mashqlar orqali mustahkamlash .

b) tarbiyaviy maqsad: Sinfda do’stona munosabatni yaratish, ahil va inoq jamoani shakllahtirish,uy hayvonlariga g’amho’r bo’lishga o’rgatish,kishilar mehnatini qadrlashga o’rgatish.

d) rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning mavzu yuzasidan olgan B.K.M.larini oshirish va rivojlantirish,husnixat asosida yozuv malakalarini oshirish.

Uslub: yozma ,savol –javob, tushuntirish.

Dars turi: aralash, mustahkamlovchi , noan’anaviy.

Dars jihozi: darslik , mavzuga oid ko’rgazma va tarqatmalar, ,uy hayvonlarining rasmlari ,slayd.


t/n

Darsning texnologik xaritasi


Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daq.

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

8 daq.

3

Yangi mavzu bayoni

10 daq.

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daq

5

Ballash

3 daq

6

Uyga vazifa

3 daq.

7

Xulosa

2daq.


Darsning borishi : 1 . Tashkiliy qism ( 2-4 daqiqa)

Ona tilimizni ta’rif etuvchi she’rlar aytiladi:

Ona tilim ,jon tilim ,

Sen o’zingsan jon dilim .

Yuragimning to’rida

Sayrab turgan bulbulim.

Sen borsan ,men tirikman

Sevimliman ,suyukman .

Men sen bilan ardoqli ,

Men sen bilan buyukman.

(Navbatchi axboroti tinglanadi .)

O’QITUVCHI : Nega bu fanni ham Ona Vatan ,ona yer so’zlari kabi ona tili deb ataymiz?

O’quvchilar:- Ona vatan bag’rida biz tugilib voyaga yetamiz.

-Ona yer bizni onamizdek boqib ulg’aytiradi.

-Tilimiz ham ona tilimizda –o’zbek tilida chiqadi va biz o’z ona tilimizda so’zlashni o’rganamiz.








O ’QITUVCHI sinfni guruhlab dars jarayonida amal qilinishi kerak bo’lgan oltin qoidalarni eslatib o’tadi:

Dekabr oyida nishonlanadigan muhim sanalar haqida savol- javob o’tkaziladi:

1-dekabr –O.I.T.S, ga qarshi kurashish kuni.

3-dekabr- Nogironlarni himoya qilish kuni.

8-dekabr –Konstitutsiya kuni.

10-dekabr-O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

O’qituvchi dars jarayonini musobaqa tarzida tashkillashni va har bir guruh topshiriqlar asosida archa shaklini hosil qilishi kerakligi tushuntiriladi.





UYGA VAZIFA: O’quvchilar uyga qanday topshiriq berilgan edi? Uyga vazifa 148-mashq bo’lib,shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlardan 4 tadan yozib kelish edi.(O’quvchilar yozgan so’zlarini o’qiydilar va savollar orqali qanday ma’no bildirganini topadilar.)

O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

O’qituvchi har bir guruhga alohidadan topshiriq berib mavzuni mustahkamlanadi.


1-TOPSHIRIQ

1-guruh: TARVUZ, SARIQ, MUSHUK , BALIQ, KELDI ,BODRING,BODOM , ACHCHIQ, YOZDI , DARS, OTA , MAKTAB ,SAVOL QOCHDI,KULOL…kabi so’zlar berilgan bo’lsa shu so’zlar ichidan shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlarni topadilar.

2-guruh:Shaxs va narsa nomini bidirgan so’zlarni( ixtiyoriy) savollari orqali topadilar.

Masalan : Kim?,-…, Nima?-…, Nima?-… Nima?-…, Kim?-…kabi. Nuqtalar o’rniga o’quvchilar savollarni o’qib o’zlari so’zlarni yozadilar.

1-2-guruhlar shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlarning so’rog’i berilgan bo’lsa,unga mos so’zni,yoki ,aksincha so’z berilgan bo’lsa unga mos so’roqni topib yozishlari kerak. bo’ladi.

3-guruh esa sinf xonasidagi barcha harsalarga ,masalan,nima?-gul,kim?-o’qituvchi kabi so’roq berib shaxs yoki narsa nomini bildirgan so’zlarni topib shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar jadvalini to’ldiradilar.

Bu jadvalda berilgan so’zlarga o’quvchilar so’roqlarni berib ,so’z ma’nosiga qarab jadvalga (+ )belgisini qo’yadilar.

Guruhlarni topshiriqlarni bajarishlariga qarab ballanadi.



2-topshiriq

So’zlar


Shaxs nomini bildirgan

so’z

Narsa nomini bidirgan

so’z

Meva


+

Daraxt


+

Handalak


+

Karim

+


Muallima

+


Fan


+

Duradgor

+


Parranda


+

Bobo

+


Gilam


+


Yangi mavzu bayoni:

Mavzu:149-151-mashqlar

Sahxs va narsa nomini bildirgan so’zlar mavzusini 149-151-mashlar orqali mustahkamlaymiz.

O’quvchilarning daftarlari ochilib sana ,mavzu nomi yozdiriladi.

Husnixat mashqlari ham o’tkaziladi:

Solishtirib ko’raylik, kimning xati chiroyli,

Qani oching daftarni, menikiday xat bormi?

Harfim go’zal ,aniq ,hush, qiynalmay mumkin o’qish.

Chiroyli yoz yozsang xat , husnixat ham zo’r san’at.

O’QUVCHILAR DAFTARLARINI OCHADILAR VA ENG CHIROYLI ,HUSNIXAT ASOSIDA YOZGAN OQUVCHI RAG’BATLANTIRILADI.

O’qituvchi slayddan uy va yovvoyi hayvonlar rasmlarini ko’rsatadi va so’roqlar orqali ularning nomlarini topadilar: bu nima? –bu ot, bu nima ?- bu sigir, bu nima? – bu qo’y...


-Bu hayvonlar nimasi bilan farqlanadi?

-ULAR YASHASH JOYLARIGA KO’RA FARQLANADI. ...Uy hayvonlarini odamlar uylarida boqadilar, yovvoyi hayvonlar esa o’rmonda yashaydilar.

O’quvchilarga uy va o’rmon rasmi berilib, magnit doskaga hayvonlarni yashash joylariga moslab yopishtirish topshirigi beriladi.

Uy shakliga-uy hayvonlarining rasmlari, o’rmon rasmiga –yovvoyi hayvonlarni yopishtiriladi.

Guruh topshirig’i ballanadi.


O’qituvchi uy va yovvoiy hayvonlarning nomini alohida guruhlab yozish topshirig’ini beradi .

Qizlar: uy hayvonlarining nomini yozadilar.

Uy hayvonlari- ot, sigir, qo’y ,echki,it, …

O’g’il bolalar :Yovvoyi hayvonlar nomini yozadilar.

Yovvoyi hayvonlar- sher,tulki,maymun, yo’lbars,…

Rasm dagi hayvonlardan foydalanib ularni qanday parvarishlash va hayvonlarning qish mavsumidagi hayoti haqida savol -javob o’tkaziladi.

150-mashq. Avvalgi mashqdagi uy hayvonlarining nomiga qo’shib ularning bolalari qanday nomlanishini topishlari kerakligi tushuntiriladi O’qituvchi doskagadagi uy hayvonlaridan foydalanib ,ularning bolalarining nomini so’raydi va rasmlarini ko’rsatib qaysi hayvonning bolasi ekanligini topishlarini aytadi.Topilgan hayvonning bolasi onasi bilan yonma-yon yopishtirilib, hayvonlarning nomi bolalari bilan yonma-yon yozish topshirig’i beriladi.


150-mashq.

Sigir –buzoq,tuya –bo’taloq,ot-toychoq,qo’y- qo’zichoq.

3-guruh : yozilgan so’zlarning tovush va harf tahlini qiladilar.

.

Oyim yopar issiq non,

Xursand bo’lamiz cnunon.

Uvol qilmasdan yeymiz,

Noning ushog’i ham non.

(O’quvchilar qo’shiqni aytib, qo’l harakatlari bilan mashqlar bajaradilar.)

Non haqida videotasmadan lavha namoish etiladi.

_Non -aziz ne’mat.Uning zamirida hayot degan ma’no yotadi.

Chunki u insonning yashashi ushun suv va havodek zarur.O’zbek xalqi nonni qadim –qadimdan ulug’lab ko’zga surtganlar.U shunday sehrli kuchga egaki ,uzoq safarda hamroh, bemorni tuzatadi,hech qachon me’daga urmaydigan yemakdir. Nonni uvol qilmang!

Dehqon yerda mehnat qilib g’alla ekib bug’doyni yetishtirishi,bug’doydan un qilinishi, undan novvoy non yopadiyopilgan nonlar juda ham katta mehnat evaziga dasturxonga yetib kelishi haqida savol-javob o’tkaziladi.

151- mashq (mashq sharti o’qib tushuntiriladi.)

Boshqotirma shaklida berilgan mashqni yechishda kesma harflardan foydalanib, non dasturxonga kelguncha bosib o’tadigan yo’lni topishlari kerakligi aytiladi.

Bu so’zlarni topish uchun o’qituvchi qo’yidagi savollar orqali murojat etib boradi:

1.Avvalo dehqon uchun nima zarur? (Yer)

2 .Dehqon yerga nima ekadi? (Urug’)

3.Urug’dan nima unib chiqadi?(Maysa)…kabi savollar orqali katakchalar ichidagi so’zlarning tushib qolgan harflarini qo’yib so’zlarni topadilar.



Bo’sh katakchalar o’rniga mos harflarning to’g’ri qo’yilganligi tekshiriladi.


Mashqda berilgan so’zlarni tekshiruv diktanti asosida yozdiriladi.

Mavzuni mustahkamlashga doir savollar:

(“Issiq kartoshka” o’yini orqali)

1.Alifbo deb nimaga aytiladi?

2.Unli tovushlar qanday hosil bo’ladi?

3.Undosh tovushlar necha xil bo’ladi?

4.Jarangli undosh tovushlar qanday hosil boladi?

5.Jarangsiz undosh tovushlar qanday hosil boladi?

6.Bo’g’in qanday hosil bo’ladi?

7.So’zda qanday ma’no turlari bor?

8.Shaxs ma’nosini bildirgan so’z qanday so’roqqa javob bo’ladi?

9.Narsa nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

10.Bittadan ortiq shaxs yoki narsa nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

kabi savollar berib har bir guruhning sardorlari orasida musobaqa tashkillanadi.

O’qituvchi mavzuni mustahkamlab xulosalaydi .

Qaysi guruhning archalarining 3ta qismini 3 ta shart asosida yasashgan bo’lsa, unga qarab ballar aniqlanadi.

Sardorlar bellashuvida esa yulduzchani qo’lga kiritadilar.

Xulosa :

Dunyodagi jamiki narsa o’z nomiga ega .Lekin insoniyat ‘z nomiga ega bo’lish bilan birga ana shu nomga munosib bo’lib yashashga intilmog’i kerak .

Zero ,yurtimizda buning uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiqdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda:”Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida hizmat qilish eng oliy saodatdir.

Uyga vazifa: 151-mashq (Mashqning shartini o’qib tushuntiriladi.)

Topshiriq berib, xulosalab, dars yakunlanadi.

Vatan uchun fido qilib jonimiz,

Nozik yelkalarda bugun ulkan yuk .

Bu yukni engimoq uchun,

M ing bitta jonimiz bo’lsin tasadduq.

~ 6 ~



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Узбекский язикь 2-класс

Автор: Атхамова Гулчехра Икромжановна

Дата: 05.05.2020

Номер свидетельства: 548744


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства