kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Требования в написание конспектов для преподователей

Нажмите, чтобы узнать подробности

В данной разработке по детально описано требования для того чтобы конспекты были более правильными и качественными

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Требования в написание конспектов для преподователей»




MASHG’ULOT ISHLANMALARINI ISHLAB CHIQISHGA QOʻYILGAN TALABLAR


Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar mashg’uloti va kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib, unga

qoʻyilgan zamonaviy talablar.

Mashg’ulot Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklarni oʻqitishning asosiy shakli boʻlib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda to’garak a’zolarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻqitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.

Mashg’ulotda oʻquv dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlash, bu jarayonda oʻqitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali to’garak a’zolarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DT bilan me’yorlangan ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash amalga oshiriladi.

To’garak a’zolarga ta’lim-tarbiya berish sifati va oʻqitish samaradorligi mashg’ulotning tashkil etilishi, ularda to’garak a’zolarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalariga bogʻliq boʻladi.

Mashg’ulot Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻquv dasturi bilan me’yorlangan mazmunni oʻrganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega boʻlgan to’garak a’zolardan iborat guruh (sinf)larda belgilangan vaqt doirasida, qat’iy jadval asosida Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻquv xonasida tashkil etiladi.

Oʻrganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, mashg’ulotlar tirik tabiat burchagida, oʻquv tajriba maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham mumkin.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻquv dasturida ta’lim mazmuni to’garak a’zolarning yosh va psixologik xususiyatlari, bilim zahiralari hisobga olingan holda berilgan.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻquv fanlarining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikdagi alohida qismlar – boblar, mavzularga boʻlingan. Har bir mavzu mazmunini oʻrganish mashg’ulotlarda amalga oshirganligi sababli, mashg’ulotlar ham muayyan sistemani tashkil etadi, bir-biri bilan mantiqiy bogʻlangan boʻladi.

Mashg’ulotda oʻqitish hamma to’garak a’zolar uchun umumiy boʻlgan oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi, to’garak rahbari oʻrganilayotgan mavzu mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, to’garak a’zolarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiradi. Demak, to’garak a’zolarning mashg’ulotdagi faoliyati ularning oʻquv-bilish faoliyatini, to’garak rahbarining faoliyati esa shu faoliyatni tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyat sanaladi.

Mashg’ulotda to’garak a’zolarning oʻquv-bilish faoliyati, to’garak rahbarining pedagogik faoliyati bilan uygʻun tashkil etilgandagina oʻqitish maqsadlariga erishish mumkin.

Har bir mashg’ulot to’garak a’zolarning mavzuga oid bilim, koʻnikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy rivojlanishi, shaxs sifatida tarbiyalash, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklarni oʻqitishdan nazarda tutilgan umumiy maqsad va vazifalarning bajarilishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Mashg’ulotning muvaffaqiyatli tashkil etilishi koʻp jihatdan to’garak rahbarining mashg’ulotga qoʻyiladigan talablarni bilishi, unga amal qilishiga bogʻliq.

Mazkur talablar jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ma’naviy-marifiy qarashlari, ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari, oʻqitish qonuniyatlari va printsiplaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar oʻqitish metodikasida mashg’ulotga qoʻyiladigan talablar uch guruh (metodik, tarbiyaviy va tashkiliy talablar)ga ajratiladi.

Metodik talablar jumlasiga:

  • har bir mashg’ulotning ta’limiy maqsadlari va uning mashg’ulotlar sistemasida tutgan oʻrnini aniq belgilash;

  • to’garak a’zolarning tayyorgarlik darajasi, oʻqitish maqsadlari, oʻquv dasturining talablariga mos holda oʻquv materialini optimal darajada tanlash;

  • mashg’ulotda rivojlantiriladigan umumiy va shakllantiriladigan xususiy biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan koʻnikma va malakalar, kompetensiyalarni aniqlash;

  • mashg’ulotning har bir bosqichini amalga oshirish maqsadida oʻqitishning samarali metodlari, vositalari, bilimlarni nazorat qilish va ragʻbatlantirish metodlarini aniqlash va ularni uygʻunlashtirish orqali to’garak a’zolarning bilish faoliyatini faollashtirish;

  • mashg’ulotda to’garak a’zolarni yalpi oʻqitish bilan bir qatorda yakka va kichik guruhlarda mustaqil ishlarini tashkil etish orqali ularda tahsil olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirish, mustaqillikni rivojlantirish kabilarni kiritish mumkin.

Mashg’ulotga qoʻyiladigan tarbiyaviy talablar:

  • to’garak a’zolarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ahloqiy,

aqliy, gigienik, jismoniy, jinsiy, iqtisodiy tarbiya berish, estetik tuygʻu, mehnatsevarlik, ekologik madaniyatni tarkib toptirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy maqsadlarining aniq qoʻyilishi;

  • to’garak a’zolar tomonidan bilimlarni mustaqil oʻzlashtirish koʻnikma va malakalari, Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklarni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini rivojlantirish, ularning faoliyatidagi ijodiy faollik va tashabbuskorlikni ragʻbatlantirish;

  • to’garak rahbari tomonidan yuqori darajadagi pedagogik takt va muloqot madaniyatiga amal qilish kabilarni oʻzida mujassamlashtiradi.

Mashg’ulotga qoʻyiladigan tashkiliy talablar oʻz ichiga quyidagi:

  • mavzuli reja asosida mashg’ulotning ilmiy-metodik saviyada loyihalangan ishlanmasi mavjudligi;

  • mashg’ulotning har bir bosqichini tashkil etishning aniq rejalashtirilganligi;

  • mavzuga oid tarqatma va didaktik materiallar, to’garak a’zolar bilimini nazorat qilish va baholash uchun oʻquv topshiriqlari, differentsial topshiriqlarning tuzilganligi;

  • vaqtdan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish uchun mashg’ulotning texnologik xaritasining mavjudligi;

  • oʻqitish vositalarining mavjudligi va ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyilishi kabilarni oladi.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar to’garak rahbarisi ushbu talablarni yaxshi bilishi, mashg’ulotlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda, albatta, ularga amal qilishi lozim.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklarni oʻqitishda mashg’ulotlar tizim holda qoʻllaniladi, shu sababli to’garak rahbari mashg’ulot tiplari va turlarini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini bilishi lozim.


Mashg’ulot tiplari va turlari.



Oʻquv dasturidan oʻrin olgan mavzularning mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari hisobga olingan holda mashg’ulotlarning tuzilishi, unda to’garak a’zolarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi.

Mashg’ulotlarning yuqorida qayd etilgan xususiyatlariga koʻra mashg’ulotlar tipologiyasi ishlab chiqilgan.

Yesipov B.P., Shukina G.I. mashg’ulotlarni asosiy didaktik maqsadlariga koʻra tasniflashni tavsiya etgan. Mazkur tipologiyada mashg’ulotlar quyidagi tiplarga ajratilgan:

  1. Bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.

  1. Bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish.

  1. Bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash, takrorlash.

  2. Nazorat va baholash; kombinirlashgan (majmuali) mashg’ulotlar.

Mazkur tipologiyaning tahlili mashg’ulotni tashkil etish bosqichlari e’tiborga olinmaganligini koʻrsatdi. Har bir mashg’ulotda muayyan bilim, koʻnikma va malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi, tizimga solinadi va umumlashtiriladi, shuningdek, to’garak a’zolarning oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalari nazorat qilinadi va baholanadi. Shu sababli, ushbu tipologiya kamchiliklardan holi emas.

Kuznetsova N.E. mashg’ulotlarni asosiy didaktik vazifalariga binoan tasniflagan:

  1. Yangi oʻquv materialini oʻrganish.

  1. Nazariy bilim, koʻnikma va malakalarni amaliyotga qoʻllash va takomillashtirish; bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish.

  1. Nazorat va baholash.

  2. Aralash yoki kombinirlashgan (majmuali) tiplarga ajratgan.

Bu tipologiya haqida ham yuqoridagi fikrlarni aytish mumkin.

Belov G.I., Brunovt Ye.P., Zverev I.D., Myagkova A.N. kabi metodist olimlar mashg’ulotlarni oʻtkazish usuliga koʻra tiplarga ajratgan:

  1. Ma’ruza mashg’ulotlari.

  1. Ekskursiya mashg’ulotlari.

  1. Suhbat mashg’ulotlari.

  2. Kinomashg’ulot.

  3. Laboratoriya mashg’ulotlari.

  4. Mustaqil ishlash mashg’ulotlari.

Bu tipologiyadan oʻrin olgan tiplar toʻgʻri belgilangan emas, olimlar tomonidan mashg’ulot tiplari va turlari aralashtirib yuborilgan.

Ivanov S.V. tomonidan mashg’ulotlar oʻquv jarayonining asosiy bosqichlari asosida tiplarga ajratilgan:

  1. Kirish mashg’ulotlari.

  1. Oʻquv materiali bilan dastlabki tanishish mashg’ulotlari.

  1. Tushunchalarni shakllantirish mashg’ulotlari.

  2. Mashq qilish mashg’ulotlari.

Ushbu tipologiyada mashg’ulotlarning hamma xususiyatlari hisobga olinmagan, jumladan, ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari boʻlgan koʻnikma va malakalar e’tibordan chetda qolgan.

Verzilin N.M. mashg’ulotlarni tiplarga ajratishda tushunchalarni asosiy mezon etib belgilagan:

  1. Anatomik mazmundagi mashg’ulotlar.

  1. Morfologik mazmundagi mashg’ulotlar.

  1. Filogenetik mazmundagi mashg’ulotlar.

  2. Ekologik mazmundagi mashg’ulotlar va h.q.

Qayd etilgan tipologiyani amaliyotga joriy qilish qiyin kechadi, chunki ta’lim-tarbiya jarayonida tushunchalar bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantiriladi. Tushunchalarning bu tarzda tiplarga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.

Korsunskaya V.M., Rikov N.A., Ponomareva I.N., Traytak D.I. kabi metodist-olimlar bobni oʻrganishda mashg’ulotning oʻrni va ta’lim jarayonining bosqichlari asosida tiplarga ajratgan. Har bir bob mantiqiy bogʻlangan mazmunni oʻz ichiga olgan boʻlib, mavzular alohida mashg’ulot shaklida oʻrganiladi. Shu sababli, har bir bobni oʻrganishda oʻqitish maqsadlari va oʻquv materialini yoritish nuqtai nazaridan oʻzaro mantiqiy bogʻlangan mashg’ulotlar tizimidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, mashg’ulotlar quyidagi tiplardan iborat boʻlishi lozim:

  1. kirish mashg’ulotlari.

  1. oʻquv materiali mazmunini yorituvchi mashg’ulotlar.

  1. umumlashtiruvchi mashg’ulotlar.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, mashg’ulotlar tipologiyasi boʻyicha yagona fikrga kelinmagan va bu masala bahsli sanaladi.

Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklarni oʻqitish amaliyotida u yoki bu tipga aynan mos keladigan mashg’ulotlarni topish qiyin, shu sababli har bir tip muayyan mashg’ulot turlarini oʻz ichiga oladi.

Kirish mashg’ulotlari. Mazkur mashg’ulotlarning asosiy vazifasi to’garak a’zolarni yangi oʻquv materialini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bogʻlanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, to’garak a’zolarning avval oʻzlashtirgan bilimlarini yangi va kutilmagan vaziyatlarda qoʻllashga oʻrgatish orqali yangi bilimlarni egallashga erishish, qiziqishini orttirish sanaladi.

Ushbu mashg’ulotlarda to’garak a’zolarga individual yoki kichik guruhlarda bajarishi uchun oʻquv topshiriqlari (qoʻshimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, ma’ruza, gerbariy, kolleksiya, jadval tayyorlash, kuzatish oʻtkazish, tajribalar qoʻyish) beriladi.

Mashg’ulotda to’garak a’zolar bobning maqsadi va vazifalari, bobdan oʻrin olgan mavzular, asosiy gʻoya va nazariyalari, oʻquv va amaliy faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari, DT bilan me’yorlangan oʻzlashtiriladigan bilim, koʻnikma va malakalar, mashg’ulotlik, qoʻshimcha adabiyotlar, daftar bilan ishlash tanishtiriladi.

Kirish mashg’ulotlarida to’garak rahbari tomonidan mazkur bobni oʻrganishning ahamiyati, ushbu jarayonda hal etiladigan muammolar, mavzu mazmuni va maqsadga muvofiq holda qiziqarli anologiyalardan foydalanishga e’tibor qaratilishi to’garak a’zolarda fan asoslari, xususan, shu bobdan oʻrin olgan masalalarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishining ortishi, bilimlarni oʻzlashtirishga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishga zamin tayyorlaydi.

Kirish mashg’ulotlari to’garak a’zolarning avval oʻzlashtirgan bilimlaridan yangi vaziyatlarda qoʻllashi uchun imkon beradigan muammoli savol-topshiriqlar, muammoli suhbat bilan boshlanishi maqsadga muvofiq.

Mashg’ulotning bunday tarzda boshlanishi to’garak a’zolarning yangi bobni oʻrganish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash, avval oʻrganilgan boblar bilan mantiqiy bogʻlanishni amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur mashg’ulot tipiga mansub mashg’ulotlar turiga misol qilib muammoli ta’lim texnologiyasining “Aqliy hujum”, didaktik oʻyin texnologiyasining “Taqdimot” mashg’ulotlarini olish mumkin.

Mashg’ulot ishlanmasi va uning tuzilmasi. Mashg’ulot ishlanmasini yaratish boʻyicha uslubiy tavsiyalar.



Mashg’ulot ishlanmasi (reja-konspekt) - to’garak rahbari uchun tuzish majburiy boʻlgan hujjat. Mashg’ulot ishlanmasi – to’garak rahbari ijodkorligini aniqlovchi omil.

Mashg’ulot rejasi - mashg’ulotni pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi hujjat. U shunchaki rahbariyatga koʻrsatish uchun tuzilmaydi. Uni tuzishdan koʻzlangan asosiy maqsad to’garak rahbarining bir soatlik mashg’ulotdagi faoliyatini rejalashtirish, mashg’ulot mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.

Mashg’ulot ishlanmasi to’garak rahbarining ijodiy mehnati mahsuli boʻlib, uning bilimi va mahoratini koʻrsatuvchi oynadir. Shu bois, uni tuzishda shoshmashosharlikka yoʻl qoʻymaslik kerak. Bir marta maromiga yetkazib tuzilgan mashg’ulot ishlanmasi to’garak rahbari uchun uzoq yillar davomida xizmat qilishi mumkin. Bundan mashg’ulot ishlanmasi qotib qolgan dogma, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Mashg’ulot ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammallashtirib borish, yangi mashg’ulot uslublarini qoʻllash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilanib turilishi lozim.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlarining joriy etilishi ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning, kompyuter, yangi axborot texnologiyalari va texnik vositalarning qoʻllanishi bilan mashg’ulot ishlanmalariga qoʻyilgan talablar ham oʻzgarib bormoqda. Mashg’ulot ishlanmalari uchun tayyor qoliplar yoʻq, chunki mashg’ulot jarayonini hech qanaqa qolipga solib boʻlmaydi. U turli xil sharoitlarda turlicha tuzilishi mumkin.

Shunday boʻlsada, to’garak rahbarilarga mashg’ulot ishlanmasini quyidagi tarx asosida tuzishlari tavsiya etiladi:

Mashg’ulot ishlanmasining tuzilmasi:

  1. Mashg’ulot mavzusi.

  1. Mashg’ulot maqsadlari.

  1. Mashg’ulotda foydalaniladigan ma’lumot manbalari, oʻquv uslubiy adabiyotlar va elektron resurslar.

  2. Mashg’ulotda ishlatiladigan zarur texnik vositalar va jihozlar.

  3. Mashg’ulot shakli.

  4. Mashg’ulot turi.

  5. Mashg’ulot metodlari.

  6. Mashg’ulot bosqichlari va vaqt taqsimoti.

  7. Mashg’ulot borishining qisqacha tafsiloti.

Mashg’ulot ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu boʻyicha alohida-alohida mashg’ulot ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta mashg’ulot ishlanmasi yozilsa kifoya qiladi. 5-«A», «B» sinflar deb koʻrsatiladi), fan nomi yoziladi.

Mashg’ulotning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida tanlalanadi).

Mashg’ulot maqsadi (mashg’ulotga qoʻyilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va mashg’ulot yakunida baholanadigan (oʻlchamli) boʻlishi maqsadga muvofiq.

Mashg’ulotning maqsadi davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Mashg’ulotning maqsadi to’garak rahbari to’garak a’zoga qanday bilim, malaka va koʻnikmalarni berishi kerakligi bilan emas, balki to’garak a’zolar bu mashg’ulotda qanday bilim, malaka va koʻnikmalarni egallashlaridan kelib chiqib yozilishi lozim. Shunga koʻra mashg’ulotning maqsadini “to’garak a’zolarning quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlariga erishish: ...” soʻzlari bilan boshlash maqsadga muvofiq boʻladi. Maqsad balandparvoz, havoiy emas, balki aniq, sodda va tushunarli jumlalar bilan ifodalanmogʻi kerak. Eng asosiysi, mashg’ulotdan koʻzlangan maqsadga haqiqatan erishib boʻladigan va natijasini tekshirib boʻladigan boʻlmogʻi lozim.

Mashg’ulotda yoritilishi lozim boʻlgan asosiy tushuncha va atamalar oʻquv dasturiga muvofiq ta’lim mazmunidan kelib chiqib aniqlanadi.

Mashg’ulot maqsadi 3 xil boʻladi:

  1. ta’limiy maqsad - mashg’ulot jarayonida to’garak a’zolarda shakllantiriladigan

bilim, koʻnikma va malakalarni belgilaydi;

  1. tarbiyaviy maqsad - mashg’ulot jarayonida to’garak a’zolarda qaysi shaxsiy fazilatlar, ahloqiy sifatlar va ma’naviy dunyoqarashni shakllantirilishi uchun sharoit yaratilishi lozimligini belgilaydi;

  1. rivojlantiruvchi maqsad - mashg’ulot natijasida to’garak a’zolarda qaysi qobiliyatlar va maxsus malakalarning rivojlantirilishi uchun sharoit yaratilishini belgilaydi.

Mashg’ulot turi:

  • yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi;

  • to’garak a’zolarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantiruvchi;

  • umumlashtiruvchi;

  • to’garak a’zolar egallagan bilim, koʻnikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi mashg’ulot turlari boʻlishi mumkin.

Mashg’ulotda foydalaniladigan metodlar. Bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan oʻtilayotgan mavzuning to’garak a’zolar tomonidan samarali oʻzlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.

Mashg’ulotda foydalaniladigan jihozlar. Texnik vositalar, slaydlar, koʻrgazmali va didaktik materiallar. Mashg’ulot uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari mashg’ulot uchun zarur boʻlgan mashg’ulotlik va boshqa oʻquv adabiyotlari, koʻrgazmali qurollar, tajriba uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, modellar, plakatlar, tarqatma materiallar, dalil ashyolar, qogʻoz, yozuv-chizuv qurollari, kompyuter, audio va video apparaturalari va oʻqitishning boshqa texnik vositalari roʻyxatidan iborat boʻladi. Bu roʻyxatni tuzayotganda maktabning imkoniyatlaridan kelib chiqilsa toʻgʻri boʻladi. Shuningdek, bu boʻlimda mashg’ulotgacha qilinishi kerak boʻlgan ishlar, sinfni mashg’ulotga tayyorlash, stol va stullarni yoki partalarni mashg’ulotga mos qilib joylashtirish tavsiflanishi va tayyorlash kerak boʻlgan materiallar roʻyxati keltirilishi, bu materiallarning andozalari tavsiflanishi yoki ilova qilinishi lozim.

Mashg’ulot bosqichlari va vaqt taqsimoti (yoki mashg’ulotning texnologik xaritasi) bir necha ustundan iborat jadval boʻlib, odatda, birinchi ustunda mashg’ulotning asosiy bosqichlari va har bir bosqich uchun zarur boʻlgan vaqt, ikkinchi ustunda to’garak rahbari faoliyati, uchinchisida to’garak a’zo faoliyati koʻrsatiladi.

Mashg’ulot tafsilotlari va uslubiy tavsiyalar mashg’ulot ishlanmasining asosiy oʻzagini tashkil qiladi. U mashg’ulot turi va tanlangan uslubga qarab turlicha boʻlishi mumkin.

Mashg’ulotni quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin:

I. Tashkiliy qism.

II. Oʻtilgan mavzuni takrorlash.

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

V. Mashg’ulotga yakun yasash va to’garak a’zolarni baholash.

VI. Uyga vazifa berish.

Mashg’ulot ishlanmasini tayyorlashda to’garak rahbari mashg’ulotning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.

Mashg’ulot ishlanmasi (konspekt) hamma to’garak rahbarida boʻlishi shart. Lekin mashg’ulot ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat boʻlishi to’garak rahbarining mashg’ulot oʻtishdagi oʻziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma to’garak rahbari uchun bir xil chegara, cheklov oʻrnatib boʻlmaydi. Mashg’ulot ishlanmasi (konspekti) qoʻlyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin.

Mashg’ulotning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligi, odatda, quyidagilardan iborat:

    1. tashkiliy qism;

    2. yangi mavzuni boshlashga hozirlik (yangi mavzu bilan bogʻliq oʻtgan mashg’ulot mavzularini takrorlash; yangi mavzuni oʻtishdan oldin to’garak a’zolarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va baholash; yangi mavzu maqsadini tushuntirish);

    3. yangi mavzuni yoritish (mashg’ulot materiallarini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ketma-ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bogʻliqlikda koʻrgazmali tarzda hamda turli oʻqitish uslublaridan foydalangan holda taqdim etish);

    4. yangi mavzuni mustahkamlash (olingan nazariy bilimlarni aniq misollarga qoʻllab va turli topshiriqlarni bajarib, to’garak a’zolarda mavzuga oid amaliy koʻnikmalar hosil qilish);

    5. mashg’ulotga yakun yasash va baholash (mashg’ulotning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganlikni to’garak a’zolar bilan birgalikda aniqlash, mashg’ulotning asosiy lahzalarini esga olish, to’garak a’zolarning mavzu boʻyicha savollarga javobini tinglash hamda mashg’ulotda faol qatnashgan to’garak a’zolarni baholash, refleksiya (to’garak a’zolarning mashg’ulot davomidagi oʻz faoliyatini tahlil qilishi va baholashi);

    6. uyga vazifa (oʻtilgan mavzu boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarni yanada mustahlamlashga, kelgusi mashg’ulot uchun hozirlik koʻrishga qaratilgan mustaqil bajariladigan savol, mashq va topshiriqlar majmuasi) va baholash (baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan mashg’ulot maqsadidan kelib chiqqan, mavzuni oʻzlashtirishga erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashdan iborat boʻlishi lozim). Biroq mashg’ulot turiga qarab uning tafsilotlari ketma-ketligi turlicha boʻladi.

Quyida shu tafsilotlar keltirilgan.

Yangi mavzuni oʻrganish mashguloti tafsilotlarini yoritish tartibi: agar mavzu bir mashg’ulotga moʻljallangan boʻlsa, unda mashg’ulot tafsilotlari yuqorida keltirilgan interfaol faoliyat mashg’ulotining barcha bosqichlaridan iborat boʻladi.

Agar mavzu 2 yoki undan koʻp mashg’ulotga moʻljallangan boʻlsa, mashg’ulot tafsilotlari mos ravishda tegishli mashg’ulot bosqichlari bayonidan iborat boʻladi. Gohida yangi mavzuning nazariy materiallari 2-3 soatga boʻlib ham oʻtilishi mumkin. Bu holda ham mashg’ulot tafsilotlari mashg’ulotga kiritilgan bosqichlar bayonidan iborat boʻladi.

Mustahkamlash mashg’uloti tafsilotlarini yoritish tartibi: Mustahkamlash mashg’ulotining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin:

  1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi mashg’ulotda oʻrganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-javob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;

  1. Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlangʻich mustahkamlash;

  1. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (oʻz faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki nutqda bilimlarni mustahkamlash;

  2. Mashg’ulotga yakun yasash va uyga vazifa.

Umumlashtirish mashg’uloti tafsilotlarini yoritish tartibi:

Umumlashtirish mashg’ulotining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin:

  1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi mashg’ulotda oʻrganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-javob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;

  1. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tizimiga kiritish, umumlashtirish;

  1. Mashg’ulotga yakun yasash va uyga vazifa.

Rivojlantiruvchi nazorat mashg’uloti tafsilotlarini yoritish tartibi:

Rivojlantiruvchi nazorat mashg’ulotining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin:

  1. Yoʻl-yoʻriq berish: bu bosqichda oʻtkazilayotgan nazorat ishi topshiriqlarini bajarishga oid koʻrsatmalar beriladi;

  1. Nazorat ishini bajarish: bu bosqichda to’garak a’zolarning topshiriqlarni qanday bajarayotgani kuzatiladi, kezi kelganda u yoki bu topshiriqni bajarish boʻyicha yoʻnalish berish maqsadga muvofiq boʻladi.

  1. Nazorat ishi tahlili: bu bosqich ham yangi mavzuni oʻzlashtirishning davomi boʻlib, uni oʻtkazish majburiy hisoblanadi, chunki nazorat ishi mashg’ulotida to’garak a’zolar har qachongidan ham faolroq boʻladilar, ular topshiriqlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri bajarganliklarini bilishni xohlaydilar.

Odatda, u alohida mashg’ulotdan iborat boʻlib, unda nazorat ishiga kiritilgan topshiriqlar yechimi tahlil qilinadi, xatolar ustida ishlanadi, tipik masalalar to’garak a’zolar tomonidan doskada yechiladi. Masalalarning atroflicha tahlil qilinishiga e’tibor berish kerak, chunki to’garak a’zolar oldingi mashg’ulotlar davomida tushunmagan narsalarini shu mashg’ulotda bilib olishlari ham mumkin. Shu bois, bu mashg’ulot nazorat mashg’uloti deb atalsa-da, unda ham to’garak a’zolar oʻzlashtira olmagan bilimlarni oʻrganadilar, toʻldiradilar va oʻz bilimlarini rivojlantiradilar.

Quyida mashg’ulot ishlanmalarini yaratish boʻyicha uslubiy tavsiyalar har bir bosqich boʻyicha alohida-alohida berilmoqda:

Tashkiliy qism (mashg’ulotni tashkil qilish). To’garak a’zolar bilan salomlashiladi.

Mashg’ulot oʻtkaziladigan xonaning mashg’ulotga tayyorligi: oʻquv xonasi va stolining tozaligi, boʻr va namlangan lattaning borligi; to’garak a’zolarning formasi, kayfiyati va sogʻligi, ayrim sabablarga koʻra mashg’ulotda qatnashmayotgan to’garak a’zolarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning to’garak rahbari stoliga qoʻyilganligiga e’tibor beriladi. Bu ishlarga 2-3 daqiqa sarflash tavsiya etiladi.

Oʻtgan mashg’ulotni soʻrash va baholash. Uy vazifalarining toʻliq bajarilganligini, ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini tekshirish, unda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni koʻrsatish, to’garak a’zolarning oʻtgan mashg’ulot mavzusini qanday oʻzlashtirganligini aniqlash va baholash uchun 5-10 daqiqa sarflash tavsiya etiladi. Vaqtdan unumli foydalanish uchun to’garak rahbari zamonaviy va an’anaviy usullardan foydalanishi mumkin, xususan: a) umumiy savol-javoblar; b) 5-10 daqiqali mustaqil ish tashkil qilish va hokazo.

To’garak rahbari mashg’ulotning bu qismi yakunida uy vazifalarini tahlil qilishi, to’garak a’zolarning yangi mavzuni qiziqib oʻrganishga tayyorlash maqsadida avvaldan tayyorlangan savollar berishi, bu bilan sinfda muammoli holat hosil qilishi maqsadga muvofiq. Yangi mavzuning bayoni soʻngida to’garak a’zolar muammoli savollarga javob topishlari lozim.

Yangi mavzuni bayon qilish. To’garak rahbari har bir mashg’ulotni mashg’ulotlik mundarijasidagi mavzular ketma-ketligida oʻtishi lozim. Mashg’ulotlik mundarijasi umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturiga mos ravishda tuzilgan.

Har bir mashg’ulotda yangi mavzu bayonini boshlashdan avval to’garak rahbari doskaga mavzuning nomi va bayonining rejasini yozib qoʻyishi maqsadga muvofiq.

Har bir yangi mavzu zarur koʻrgazmali qurollar yordamida bayon etilishi kerak. To’garak a’zolarda fanga boʻlgan qiziqishni paydo qilib, uni orttirib borish uchun to’garak rahbari har bir mashg’ulotga jiddiy e’tibor bilan tayyorlanishi va uni qiziqarli oʻtkazishga erishishi lozim. Mashg’ulotning bu qismiga 15-20 daqiqa sarflash tavsiya etiladi.

Yangi oʻtilgan mavzuni mustahkamlash va baholash. Yangi oʻtilgan mavzuni to’garak a’zolar ongiga mustahkamlash uchun to’garak rahbari maxsus tayyorlab kelgan savollarni to’garak a’zolarga havola qiladi, mashg’ulotlikdagi har bir mavzu soʻngida keltirilgan topshiriqlar bajariladi.

To’garak a’zolarning fanga boʻlgan qiziqishlari ortib borishi uchun ular, birinchi navbatda, yangi mavzuni tushungan boʻlishlari, dastlabki sodda savollarga javob bera olishlari, berilgan topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok eta olishlari lozim. Mashg’ulotning bu qismida oʻtilgan mavzu yuzasidan savoljavoblar tashkil etilib, ba’zi savollar bilan navbatdagi mashg’ulotlar mavzusiga to’garak a’zolarning qiziqishini, e’tiborini orttiradigan shunday muammoli vaziyat hosil qilish kerakki, to’garak a’zolar keyingi mashg’ulotgacha muammoli savollarga imkoniyat darajasida javob izlaydilar, mustaqil topa olmasalar, navbatdagi mashg’ulotda topadilar. Bunday usul to’garak a’zolarni mantiqiy fikrlashga, mashg’ulotlik va qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlashga undaydi.

Har bir to’garak rahbari oʻz to’garak a’zolarining bunday izlanishlar va harakatlar oqibatida oʻz savol-muammolarining toʻgʻri javobiga erishishlarida koʻmakchi boʻlishi lozim. Aks holda, to’garak a’zo bir masala yoki muammoning yechimini oxiriga yetkaza olmasa, savoliga qoniqarli javob topolmasa, fanga boʻlgan qiziqishi ma’lum darajada pasayadi.

To’garak a’zolarning mashg’ulot davomidagi mehnatlari, harakatlari va izlanishlari natijalarini baholash va ragʻbatlantirish ham to’garak a’zolarning mashg’ulotga boʻlgan qiziqishi va e’tiborini orttirishga xizmat qiladi. Mashg’ulotning bu qismiga 10-15 daqiqa sarflash tavsiya etiladi.

Mashg’ulotni yakunlash (xulosalash) va uyga topshiriq berish. Har bir mashg’ulot undan xulosa chiqarish va to’garak a’zolarga uyda bajarish uchun topshiriq berish bilan yakunlanadi. Mashg’ulot soʻngida uyga vazifalarni berishda to’garak a’zolarga individual yondashilgani ma’qul. Har bir to’garak a’zoning bilim salohiyatiga qarab topshiriqlarni berish kerak boʻladi. Aks holda, to’garak a’zo uy vazifalarini bajarishda savollarga mustaqil javob topa olmasa, topshiriqlarni bajara olmasa, unda fandan zerikish paydo boʻladi, oʻz qobiliyatiga ishonch yoʻqola boshlaydi. Har bir to’garak rahbari shularning oldini olishi kerak. Mashg’ulotni yakunlash va uy vazifasini berishda:

  1. mashg’ulotlikdan nimalarga e’tibor berishni, mavzuni takrorlashni;

  1. qaysi topshiriqlarni qanday bajarish boʻyicha maslahatlar berish maqsadga muvofiq. Mashg’ulotning bu qismiga 4-5 daqiqa vaqt ajratish tavsiya etiladi.

Bunda uy vazifasining me’yorini va unga to’garak a’zo qancha vaqt sarflashi nazarda tutilishi lozim.

To’garak a’zolar mashg’ulotlik bilan ishlashga, mustaqil mutolaa va mushohada qilishga, mantiqiy fikrlab, fan tushunchalarini yuqori darajada egallashlariga erishish lozim.

Oʻqitish jarayonida qoʻyilgan maqsad boʻyicha kafolatlangan natijaga erishishda qoʻllaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi to’garak rahbari va to’garak a’zo oʻrtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, oʻquv jarayonida to’garak a’zolar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, oʻzlari xulosa chiqara olsalar, oʻzlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, to’garak rahbari esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin.

Qoʻyilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish to’garak rahbari va to’garak a’zoning hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qoʻygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bogʻliq.

To’garak rahbari va to’garak a’zoning hamkorlikdagi maqsaddan natijaga erishish uchun qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq, ya’ni natijaga erishishga qaratilgan. Bunda to’garak a’zolarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab pedagogik texnologiya tanlanadi.

To’garak rahbari tomonidan har bir mashg’ulotni yaxlit holatda koʻra bilish va uni tasavvur etish uchun boʻlajak mashg’ulot jarayonini loyihalashtirib olish kerak.

Bunda to’garak rahbari tomonidan boʻlajak mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki mashg’ulotning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir mashg’ulot uchun oʻqitilayotgan fanning xususiyatidan, to’garak a’zolarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun to’garak rahbari pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor boʻlishi, shuningdek, juda koʻp metodlar va usullarni bilishi kerak boʻladi. Har bir mashg’ulotning rang-barang, qiziqarli boʻlishi avvaldan puxta oʻylab tuzilgan mashg’ulotning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bogʻliq.

Mashg’ulotning texnologik xaritasini qay koʻrinishda yoki shaklda tuzish, bu to’garak rahbarining tajribasi, qoʻygan maqsadi va ixtiyoriga bogʻliq. Texnologik xarita qanday tuzilgan boʻlmasin, unda mashg’ulot jarayoni yaxlit holda aks etgan boʻlishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, mashg’ulot jarayonini tashkil etishning texnologiyasi toʻliq oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak.

To’garak rahbari tomonidan har bir mavzu, har bir mashg’ulot boʻyicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga oʻz fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga (bir chorak, bir oʻquv yili boʻyicha), yaxlit oʻquv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishilgan natijasigacha koʻra olishga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani to’garak a’zoning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa oʻqitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.



























ilova

MASHG’ULOT ISHLANMASI

Fan: _____________________________________ Sinf: _________ Sana:_________

Mashg’ulot mavzusi:________________________________________________

____________________________________________________________

Mashg’ulot maqsadlari:_____________________________________________

______________________________________________________________

__________________________________________________________

Mashg’ulot turi:___________________________________________________

Mashg’ulot metodlari:______________________________________________ Mashg’ulot foydalaniladigan oʻquv uslubiy adabiyotlar, ma’lumot manbalari va elektron resurslar:_________________________________________ ____________________________________________________________ Mashg’ulotda ishlatiladigan zarur texnik vositalar va jihozlar:

______________________________________________________________ __________________________________________________________ Mashg’ulot bosqichlari va vaqt taqsimoti:

Mashg’ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

MASHG’ULOT BORISHINING QISQACHA TAFSILOTI.

____________________________________________________________

____________________________________________________________

____________________________________________________________ ____________________________________________________________ ____________________________________________________________

____________________________________________________________

______________________________________________

Mashg’ulot bolalarga bilim berish va berilgan bilimni ularning koʻnikmasiga aylantirishda asosiy rol oʻynaydi. Shu sababli to’garak mashg’ulotlarida ajratilgan vaqtning asosiy qismi mashg’ulot oʻtish uchun sarflanadi.

Fan va texnikaning tobora rivojlanib borayotgan taraqqiyoti maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida kasb – hunar va fan to’garaklariga yangi talablarni qoʻymoqda. Shundan kelib chiqib, maktabda to’garakning maqsad va vazifalariga quyidagicha aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq boʻladi:

Amaliy faoliyat bilan bogʻliq maqsadlar:

  • to’garak a’zolarda toʻla qonli turmush kechirishi uchun kerak boʻladigan fikrlash, mushohada yuritish, abstract hamda deduktiv mulohaza yurita olish koʻnikmalarini shakllantirish;

  • to’garak a’zolarda mustaqil ishlash, oʻrganish va ta’lim olish amaliy faoliyat koʻnikmalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsadlar:

to’garak a’zolarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish asosida jamoaviy faoliyatda oʻz oʻrnini topish, muomala madaniyati va oʻz hatti-harakatlarining miqdoriy jihatlarini baholay olish hamda yuqori natija olishga intilish xislatlarini tarkib toptirish.

Mazmuniy maqsadlar:

  • to’garak a’zolarda ta’limning keyingi boʻgʻinlarida ta’lim olishni davom ettirishga yetarli bir tizimga solingan biologik bilimlarni shakllantirish;

  • to’garak a’zolarda Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar fanini insoniyat tarixi rivojida, madaniyatda, fan va ishlab chiqarish hamda kundalik turmushda tutgan oʻrnini anglatgan holda, real amaliy muammolarni hal qilishning asosiy vositalaridan biri boʻlgan Yosh ekolog, Yosh tabiatshunos, Floristika, Karving kabi to’garaklar fani asoslari bilan tanishtirish.

Mashg’ulot maqsadi va natijalarining oʻzaro mutanosibligini ta’minlash. Ma’lumki, DT talablari umumiy tarzda ifodalangan boʻlib, har bir bilim va koʻnikmalar haqidagi talablar avvaliga sinflar, soʻng boblar, soʻng mavzular va nihoyat mavzuga ajratilgan mashg’ulot soatlari kesimida aniqlashtirib boriladi.

Shunday qilib, har bir mashg’ulotda to’garak a’zolarda DT belgilangan bilim va koʻnikmalarga qoʻyilgan talablarni shakllantiriladi. Shu jihatdan, har bir mashg’ulotning ta’limiy maqsadlarini DT talablarining kichik bir uchquni desa boʻladi. Shunday ekan, birinchidan, mashg’ulot maqsadlari aniq qoʻyilishi, ikkinchidan, mashg’ulotning natijalari nazorat qilib borilishi lozim. Boshqacha qilib ayganda, mashg’ulot oxirida mashg’ulot maqsadida keltirilgan bilim va koʻnikma, malakalar, kompetensiyalarning elementlari shakllantirilganligi tekshirilishi va nazorat qilib borilishi lozim.

Shu nuqtai nazardan, mashg’ulot maqsadi va uning natijalari bir-biriga uygʻun tarzda ifodalanishi lozim. Bu oʻrinda mashg’ulotning yakun yasash bosqichida beriladigan savollar, kichik topshiriqlar, mustaqil ish, masala-mashqlar hamda uyga berilgan vazifalar shunday tuzilishi kerakki, ular mashg’ulot maqsadida belgilangan bilim va koʻnikmalarning shakllangan yoki shakllanmaganini aniqlab bersin.

Zamonaviy pedagogikada inson oʻz faoliyati, hatti-harakati va ularning natijalarini tahlil qilishi (oʻzini-oʻzi baholashi) ga refleksiya deb ataladi.

Refleksiya to’garak a’zolarga oʻz oʻquv faoliyatlari va ularning natijalarini baholashlariga yordam beradi. Shuningdek, keyingi oʻquv faoliyati maqsadini belgilashiga va ularga tuzatishlar kiritishiga zamin yaratadi. Shu jihatdan undan aynan mashg’ulot natijalarini baholashda foydalanish mumkin boʻladi.

Refleksiya vazifalariga quyidagilar kiradi: diagnostik baholash, tashkiliy, motivatsiya, uzatish.

Refleksiyani oʻtkazishning turli usullari mavjud. Ulardan ba’zilarini quyida keltirilgan:

  1. Quyidagi jumlalarni toʻldirishga asoslangan usullar:

Bugungi mashg’ulotdan men_____________________________larni bildim,

_________________________________________ larni tushundim,

___________________________________koʻnikmalarlarni egalladim.

Menga, ayniqsa, _______________________________ lar yoqdi;

Mashg’ulotdan soʻng men ___________________________ larni bajaraman;

Mashg’ulot davomida menga _________________________ lar qiziq boʻldi;

Mashg’ulot davomoda menga _________________________________ larni tushunish qiyin boʻldi;

Mashg’ulotdan men _______________________________________ larni bilib oldim;

Endi men ______________________________larni uddalay olaman;

  1. test-savol koʻririnishda beriladigan topshiriqlar:

  1. Mashg’ulot haqida fikringiz?

  1. qiziqarli boʻldi.

  1. oʻzgacha boʻldi.

  1. koʻp narsa oʻrgandim.

  2. zerikarli boʻldi.

  3. koʻp narsalarga tushunmadim.



  1. Mashg’ulot qanday oʻtdi?

  1. qiziqarli/ zerikarli.

  1. charchdim/ charchamadim.

  1. tez oʻtdi/ choʻzildi.

  2. tushunarli/ tushunarsiz.

  3. ogʻir/ yengil.

  4. foydali/ foydasiz.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Требования в написание конспектов для преподователей

Автор: Солихова Раъно Бахрановна

Дата: 26.11.2021

Номер свидетельства: 592662


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства