kopilkaurokov.ru - сайт для учителей
Файл удален или неудачно загружен. Попробуйте загрузить файл повторно

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Murakkab ot kesimlarning tuzilishi.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Murakkab ot kesimlarini o'rganish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?

Как тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков?
Как быстро и объективно проверять знания учащихся?
Как сделать изучение нового материала максимально понятным?
Как избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков?
Как наладить дисциплину на своих уроках?
Как получить возможность работать творчески?

Просмотр содержимого документа
«Murakkab ot kesimlarning tuzilishi.»







NAMANGAN VILOYATI UCHQO’RG’ON TUMANI

XTB GA QARASHLI 26-SONLI MAKTABNING ONA

TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI NAZARO-

VA MOHIGULNING 1-SOATLIK

DARS ISHLANMASI




















Darsning texnologik xaritasi va ishlanmasi

8-sinf ona tili



Mavzu

Murakkab ot kesimlarning tuzilishi.




Maqsad va

vazifalar

Maqsad:

Ta`limiy: yangi mavzuni o`quvchilar bilan hamkorlikda o`rganish.

Tarbiyaviy: axloqiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: mustaqillik va ijodkorlik qobiliyatni o`stirishga yordam berish, fanga bo`lgan qiziqishni oshirish.

Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish va mavzu asosida kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish.

O`quv jarayoni-

ni amalga oshirish texnologi

yasi

Shakl: Nominatsiyali o`yin dars

Dars jihozi:”Ona tili”darsligi, ko`rgazmalar, kompyuter texnikasi, slaydlar, oq qog`ozlar, texnologik xarita, nominatsiya ko`zgusi , markerlar, plakatlar, va rag`bat kartochkalari

Nazorat: og`zaki va yozma

Baholash: rag`batlantirish, 5 balli tizimda baholash.


Kutiladigan natija

O`qituvchi:

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishi ga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va xotirada saqlash, ularda og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish

O`quvchi:

Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijadiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi:

Pedagogik texnologiyalar ni o`zlashtirish va darsda tatbiq etish. Pedagogik mahoratni oshirish.

O`quvchi:

Til va nutqbog`liqligi yuzasidan bilim egallash, o`z fikrini ravon bayon qila bilish.



Ona tili. 8-sinf 49-dars.


Darsning maqsadi:


  1. ta`limiy maqsad:

o`quvchilarga ot kesim haqida dastlabki tushunchalarni berish,

  1. tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirish,

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda sintaksis bo`limini yanada yaxshiroq tushuntirish,


Dars turi:


Yangi bilim berish.


Darsning uslubi:


Suhbat.


O`quvchilar bilan ishlash shakli:


Juftliklar bilan ishlash.


Darsning jihozi:


Ko`rgazmali qurol va tarqatmalar.



Darsning borishi:


Tashlkiliy qism:


O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi. Navbatchi axboroti tinglanadi. Navbatchi sana, ob-havo va bugungi kun yangiliklari bilan tanishtiradi. Dars musobaqa usulida tashkil qilinadi. O`quvchilar “Kesim” va “Ot kesim” guruhlariga ajratiladi. Ularga nominatsiya g`olibi bo`lishi uchun bir qancha topshiriqlardan o`tish kerakligi tushuntiriladi.




O`tilgan mavzuni mustahkamlash:


Guruhlararo munozara tarzida kechadi.


Sodda kesim

Murakkab kesim


  • Birgina so`z bilan ifodalanadi.

  • Paxta va pilladan yurt bezanadi.

  • Navoiy- she`riyat mulkining sultoni.

  • Biz shaharda yashaymiz.

  • Ikki yoki undan ortiq so`z bilan ifodalangan bo`ladi.

  • Ayozli kunlar sekin-asta o`tib borayotir.

  • Uchrashuv qiziqarli bo`ldi.






Yangi mavzu bayoni:


O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzu haqida ma`lumot beradi.

Murakkab ot kesimning qanday hosil bo`lishini tushuntiradi. Murakkab ot kesimlar ot+bog`lama vazifasida kelgan yordamchi fe`l yoki ko`makchi fe`l tarzidagi qo`shilishdan hosil bo`ladi. Bunda asosiy ma`no otdan anglashiladi. Kesim bilan egani bog`lashda xizmat qiluvchi bunday so`zlar bog`lama deyiladi. Kesimni shakllantirishda xizmat qiladigan bunday bog`lamalar bo`l-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir.

Kerak, zarur, darkor , lozim so`zlari ham bog`lam a vazifasida qo`llanadi.

Guruh a’zolari 1- topshiriqni ``Kim tez bajarish`` sharti bilan tezlikda bajaradilar.


Savodxonlik lahzasi va “Gap egasini topadi” o`yini

Ushbu ruknda guruh a’zolari slayd orqali o`qilgan mashqqa qarab,o`zlariga xos bo`lgan so`zlardagina o`rnidan turib, himoya qilishadi.



132-mashq.

Xursand edi, qiziqarli bo`ldi, yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo`ldi, oz emish, xursand bo`ldi, to`gri chiqdi, ko`p edi.



O`quvchilar shu so`zlar yordamida yangi gaplar hosil qilishadi.



Mustahkamlash:


O`quvchilar yangi mavzu asosida tuzilgan testni slayd orqali o`qib, javobini sharhlaydi.

T e s t

1

    1. Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi.

    2. Qo`rsligi, bema’ni gaplari, joniga tegdi.

    3. Ota-bobolar so`zi- aqlning ko`zi.

    4. Shifokor dorini bolaning qulog`iga qo`ydi.

Mazkur gapdagi murakkab ot kesimni toping?

A . 1,4 B .3 G.1,3 D. 2,4

2

1.Ular besh kishidan iborat edi.

2.Keksa bog`bon ko`m-ko`k ajriq ustida o`tirib hordiq chiqarardi.

3.Boshqa xonada ular uxlab qolishibdi.

4.Bolalar yo`g`on archa yonida to`xtadilar.

Murakkab ot kesimni belgilang?

A.3, B4,1 G.1 D.2


3-test savoli

  1. Men uchuvchi bo`laman.

  2. Menga gullar judayam yoqadi.

  3. Bizning uyimizni yangi ta`mirdan chiqarishdi.

  4. Mening ukam sinfdagi eng a`lochi o`quvchilardan hisoblanadi. Berilgan gaplardagi murakkab ot kesimni aniqlang. A.1, B.4 G.2, D.3


Baholash:

Dars yakunida o`quvchilar bilimi nominatsiya orqali belgilanadi va “5” baho tizimida baholanadi.


Uyga vazifa: 133- mashq.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Murakkab ot kesimlarning tuzilishi.

Автор: Nazarova Mohigul Abduvali qizi

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546428


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей


Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства