kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Диагностика комуникативных навыков учеников в процессе обучение

Нажмите, чтобы узнать подробности

Маколада педагогика фанининг долзарб масалалари ёритилган

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Диагностика комуникативных навыков учеников в процессе обучение»

Mavzu: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish.


Reja:

1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.

2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.

3. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.

4. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari.

5. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.



1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.


Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:


















O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:

  1. ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki;

  2. u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.

Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug’ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi o’z-o’zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim.

Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o’qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O’quvchilarning o’quv mehnatini rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to’plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashhislash tizimida baho rag’batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashhislash natijalari shaxsning etuklik darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.



2.Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari.

Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.

Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli.

Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.

Oraliq tekshirish bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo’llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.

Tizimning to’rtinchi bosqichi –o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.

Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir.

Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham oladi. O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko’rsatkich (masalan, o’rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.

Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi B A T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:

B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi;

T – o’zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarning to’liq hajmi.

Ko’rinib turibdiki, o’zlashtirish ko’rsatkichi (baho) bu o’rinda 100 foiz – axborotni to’liq o’zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o’rtasida bo’ladi. Ma’dlumki, baholash funkstiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o’quvchilarda adekvat o’z-o’zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o’quvchilar o’quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.

Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash demakdir.

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

  1. o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;

  2. har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiqarish;

  3. o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;

  4. o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.


Demak, o’zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:














Nazorat qilishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv materiallarini o’rganishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o’qituvchining o’quv metod hamda usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish bilan bog’liqdir.

Ta’lim vazifasi o’quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko’rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o’quvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlarni bilish olishlariga imkon tug’iladi. Chunki guruhdagi boshqa o’quvchilar javob berayotgan o’quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O’rtoqlarining javoblariga qo’shimcha qilishga yoki eilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o’rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.

Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar,bo’sh vaqtlaridan unumli foydavlanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.

Shuningdek, tekshirish va baholash o’quvchining o’z bilimlari va qobiliyatlarini o’zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O’zidagi kamchiliklarni ko’ra olishga va uni tugatish yo’llarini izlashga ko’maklashadi. Lekin o’quvchining bilimini baholashda o’qituvchi nohaqlikka yo’l qo’ysa, o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko’p bo’lishi ham o’quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.

Eng asosiysi o’zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o’qishga xohish uyg’otish, o’quv ishlariga vijdonan yogdashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga yo’naltirilmog’i lozim.

Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg’ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu o’z-o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.

O’qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo’lish asosida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini hisobga olishni to’g’ri tashkil etadi.


3. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.


Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar. O’quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:

  1. har bir o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o’quv ishi natijalari o’quvchining shaxsiy natijalarining o’rnini almashtirishga yo’l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;

  2. nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang’ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida o’quvchilarning o’quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;

  3. nazoratning o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o’quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;

  4. o’quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o’quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko’nikma va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko’lamliligi;

  5. o’quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o’qituvchining xato xulosalar chiqarish, sub’ektiv munosabatda bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, shuningdek, o’zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (ob’ektivligi);

  6. har bir fan, uning bo’limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;

  7. muayyan sinf (guruh) o’quvchilarining o’quv ishlarini nazorat qilishda barcha o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan talablarning bir xil bo’lishi.

Yuqorida ko’rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o’z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.


4. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. Pedagogika fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:

  1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.

  2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o’quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.

  3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi, ularda ko’tarinki ruh, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib o’quvchilar o’quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.

Har bir fan bo’yicha o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:

  • joriy nazorat;

  • oraliq nazorat;

  • yakuniy nazorat.

Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o’qituvchi tomonidan o’tkazilib, o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi.

Oraliq nazorat o’quvchilar tomonidan o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.

Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo’lib, o’rganilgan mavzular bo’yicha yozma, og’zaki, test shaklida o’tkaziladi.

O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo’lishi mumkin.

Og’zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.

Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi o’rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga savollar beradi. Biroq, o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko’pgina fanlarda og’zaki tekshirish o’quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to’ldirib boriladi. Masalan, o’quvchilarning «qo’shma gaplar» mavzusini qanday o’zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo’l tutish mumkin. Ular o’z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og’zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko’nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og’zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo’llash jarayonida:

  • nisbatan ko’p mehnat sarflanadi;

  • dars mobaynida 3-4 nafar o’quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.

Shu bois o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.









Og’zaki ommaviy tekshirish o’quvchilardan og’zaki so’rash bo’lib, ular guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo’ladi. Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o’quvchilarning nutqini o’stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so’rashda ko’zga tashlanmaydi. Ammo so’rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o’quvchilarning to’laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.

Kombinastiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o’qituvchi bir necha o’quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og’zaki javob beradi, 3-4 nafar o’quvchi esa kartochkalar bo’yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo’lib, o’qituvchidan etarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma o’quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.

Yozma tekshirish – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu yoki o’quv dasturining ma’lum bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o’qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko’p mehnat va vaqt sarflanadi.

Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi mumkin.

O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo’lib, u o’quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo’yish bilan yakunlanadi. Bu o’quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.

Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikastiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi.

Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o’zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.

Reyting nazorati asosida o’quvchilarning o’quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.

Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.

Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

  1. nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;

2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;

3) bir vaqtning o’zida ko’p sonli o’quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;

4) bilim natijalarining o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;

5) barcha o’quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.

Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.

Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o’quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.



5. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.


O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Shu o’rinda «qanday sabablarga ko’ra besh balli baholash mezoni o’zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o’rinlidir:

Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llik, o’qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.

Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.

Ikkinchidan, baholash mezoni o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o’zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.

Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.

Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o’rtasida yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.

Masalan, o’quvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo’lsa, unga chorak uchun «4» baho qo’yiladi. Bu esa o’quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.

«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikastiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash. Reyting tizimi o’quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o’quvchilarning o’quv fanlari bo’yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.

Reyting tizimida o’zlashtirish natijasi nazoratning ko’rsatilgan barcha shakllardan o’tish jarayonida to’plangan ballarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o’quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo’yilsa, o’quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to’plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u etarlicha reyting ballini to’plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o’tmagancha attestastiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o’rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.

Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:

  • ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;

  • o’quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;

  • ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;

  • ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan o’quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to’laligicha o’zlashtirilishi;

  • o’quvchilarda o’z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;

  • o’quvchilarda yomon baho olishga bo’lgan qo’rquv yo’qolib, uning o’rniga bilimlarni ixtiyoriy o’zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo’lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo’rquv o’rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug’iladi, o’rganishga nisbatan qiziqish ortadi.

Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag’batlantiruvchi rolini oshirish yo’llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:

  1. baholarni qo’shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo’llashga imkon bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo’yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;

  2. raqamni balli baho (qo’shimcha baho) bilan to’ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo’llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko’proq sarflashni talab etadi;

  3. o’qituvchining kundalik daftarga baho qo’yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o’quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g’ayri oddiylik yo’q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko’rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, 5-6-sinf o’quvchilarida ta’lim olishga bo’lgan rag’batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.

  4. kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo’la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo’lgan: o’quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.

  5. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o’rinda o’quvchilarni o’z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko’rsatishga o’rgatishdan iborat;

  6. o’zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo’yilib, unda o’quvchilarning barcha baho ko’rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o’zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o’quvchilarni axborotni to’g’ri qabul qilishga o’rgatib borish zarur.

  7. o’z-o’zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o’quvchi o’z faolitini tahlil etadi. Yakunlangan haftada o’zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo’lib qolaversa ham o’quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o’quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g’olib chiqqan hisoblanadi. O’z-o’zi bilan musobaqada barcha o’quvchilar teng sharoitda bo’ladilar, ya’ni, past o’zlashtiruvchi o’quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o’quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo’lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o’zlashtirish uchun emas, balki o’zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.


O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:

  1. o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;

  2. material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;

  3. o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.

Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:

  1. masalani echishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;

  2. topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.

Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:

  1. ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;

  2. ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yilsa.

Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: o’quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo’yiladi:

  1. «5» baho: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, o’zma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo’yiladi.

  2. «4» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;

  3. «3» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.

  4. «2» baho: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Диагностика комуникативных навыков учеников в процессе обучение

Автор: Ахметжанов Мансур Махмудович

Дата: 25.03.2017

Номер свидетельства: 403089


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства