Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Sharipova Umeda Tolibjonovna tomonidan T.Drayzerning "Baxtiqaro Kerri " romani uchun
Esse
Jahon adabiyotining eng mashhur va sara asarlaridan biri Teodor Drayzerning Baxtiqaro Kerri romani bolib, u yozuvchining ilk katta asari hisoblanadi.Roman 1900-yilda yozilgan, ammo tanqidchilar tomonidan qabul qilinmadi, chunki ularning fikriga kora romandagi badiiy goya axloqsizlik va Amerika qadriyatlariga nomuvofiq deb topilgan. Bu roman Angliyada yaxshi kutib olindi, shundan song 1907-yilda asar Qoshma Shtatlarda qayta nashr qilindi va butun dunyo miqyosida maqtovga sazovor bolgan.
Umuman asarda har bir inson uchun oliy hisoblangan orzu birinchi oringa kotarilgan. Romanda ilgari surilgan har bir goya asar mavzusining atrofidan ajralmagan tarzda yoritib berilgan.
Aynan romanda XIX asrning 90-yillarida AQSh uchun klassik bolgan Amerika orzusi amalgam oshirish muammosi ham kotarilgan. Asarning bosh qahramoni - Kerri Miber, ayni 18 yoshga tolgandan song kichik Kolumbiya Siti shahridan Chikagoga kochib otganligi bilan boshlanadi. U osha davrdagi aksariyat amerikaliklar singari oz orzularini royobga chiqarish va yaxshi hayot tarzini kechirish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilmoqchi boladi.
Bu romandagi dolzarb masala bolganligi, hayot esa bir nuqtada turmasligini, harakat qilish davr talabi ekanligini his qilgan bosh qahramon barcha qiyinchiliklarga dosh bera olaman degan hayollar ogushida boladi. Mening fikrimcha Kerri sevish va umuman olganda ayollarni sevish qobiliyati haqida kop fikrlaydi. U bosh qahramon- Chikagoga kelgan yosh provinsiyalik qiz, Karolina Miber barcha narsa va joyda oz ornini topishni umid qiladi, baxtni moddiy muvaffaqiyat bilan doim taqqoslaydi. Kerri ana shu boylikning kichik askari bolib qoladi. Karolina Mebir ideallarini yoqotish evaziga juda tez muvaffaqiyatga erishadi-uning jozibadorligiga munosabat bildiruvchi erkaklar hisobiga, ammo orzuga yaqinlashganda, qahramonning xudbinligi va ehtiyotkorligi oshadi va uning rahmdillik qobiliyati yoqolib boradi.
Aslida roman bosh qahramoni Kerri Miber qanday qilib yuksaklikka boy chozmoqda degan savol turadi. Bunga javoban asardagi voqealardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki:
- Kerrining birinchi yuksalishi sayohat qiluvchi sotuvchi Drouet bolib, u romanda materiyaning hissiy qoniqishini aks ettiradi va kasallikdan keyin ishini yoqotgan qiz umidsizlikka duchor boladi. U uchun ehtiyot ovozi javob berganini asar muallifi Teodor Drayzer yorqin aks ettira olganligini guvohi bolishimiz mumkin.
-Kerrining ikkinchi yuksalishi esa, - Gerstvuddir, chunki unga Kerri chin dildan jalb qilinadi. Taqdiri buzilgan, yaxshi mehribon odam Gerstvud cheksizlik bilan kopaytirilgan hayotni ozida mujassam etadi. Ana endi romanda eng katta burilish va ozgarishlar sahnasini korishimiz va aynan tanishish mumkin bolgan holatlarni kuzatishga muvaffaq bolamiz. Druet- Kerri- Gerstvud uchligini va sevgi uchburchagini romanda kuzata boshlaymiz.
Taqdir aynan Kerrini hayot sahnasiga tashlaydi. Ozi yashab turgan muhitdan chiqib, Gerstvud ozining ijtimoiy rolini yoqotganini, uning olimi ozidan qochgan odamning olimiga aylanadi.
Drayzer shuning uchun ham asarida yosh qizning hayot prizmasi orqali haqiqiy qizning taqdirini, yani singlisi Emma haqida ham bilib olamiz.
Kerri ish topshga orzu qiladi va Druetning bekasiga aylanadi, farovon hayotga intiladi. Kerri bu poganaga kelganida Kerrining tushish sahnasida tushish holati va ichki olami, kechinmalari yoritib boriladi.
Kerri kuchli xarakter egasi va u ozini muhtjlikdan qutilishga hatto malum bir farovonlikka erishishga qodir shaxs sifatida shakllanadi,ammo u baxtga erisha olmaydi. Oz baxtini topish uchun kop mashaqqatli hayot tarzini boshdan kechiradi va buni yozuvchi oz fikr-tuygularini sozlar jilosida aks ettiradi.
Asarda bosh qahramon- Kerri muxtojlikdan qutulish uchun farovonlikka erishish uchun qodir inson, ayol edi. Lekin Amerikada Kerri singari istedod egalari ham baxtga erisha olmaganini aynan asar orqali korib bilishimiz mumkin. Romanda pul jonni quritishini va shuning uchun kerri uchun baxt yoq. Romanda uning taqdiri-yolgizlik, sevgisi va ijodida bir-biriga mos kelmaydigan holatlarni korish mumkin. Asarda biz aynan ikkiyuzlamachilikni korishimiz mumkin. Shuning uchun ham romanda quyidagi satrlarni korish mumkin: O, pul, pul, pul! Ularni korish naqadar yoqimli! . Ushbu sozlar orqali ham roman markazida moddiy manbani guvohi bolishimiz mumkin.
Teodor Drayzerning Baxtiqaro Kerri romani orqali har bir davrning oz dunyoqarashi, zamoni va aydori, shu bilan birga yutugi bolgani kabi barcha jabhasini guvohi bola olamiz. Bu roman orqali aynan XIX asrning amerika orzusini, hayot tarzini, mustqil pul toppish, shahar almashish, ommaviy shaharlarga kochishni korishimiz mumkin boladi. Darhaqiqat, romanda pul topish bu aynan baxt topish degani emasligini asar qahramoni, markazida turuvchi obraz-Kerri misolida guvohi bolamiz.
Birinchidan har bir inson hech bir holatni nazardan chetda qoldirmasligi kerakligini;
Ikkinchidan har bir joining oz tosh-u tarozisi borligini unutmasligni;
Uchinchidan barcha narsa va hayot faqat pulga bogliq emasligini;
Tortinchidan har bir shaxsning hayoti muqaddasligini unutmaslik lozim.
Teodor Drayzerning Baxtiqaro Kerri asari insoniyat uchun katta dars va saboq bola oladigan falsafiy, psixologik ahamiyatga ega roman ekanligi, ayollarning erkinligi, ularning baxtli bolishlari haqidagi orzulariga bagishlangan asar desak mubolaga bolmaydi.