Просмотр содержимого документа
«Nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirishda ona tili darslaridagi amaliy mashqlar»
NUQSONI BOR BOLALARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILI DARSLARIDAGI NUTQ O'STIRUVCHI AMALIY MASHQLAR
IKROMOVA GULRUH AXATJON QIZI
Namangan viloyati Chust tumani 68-maktab
ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi
Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari «Qutadg’u-blig» asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi, degan fikrlarini uqtiradilar. Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо’g’ri bо’lishi kerak. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta‘sir kо’rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og’ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо’ladi. Masalan, ayrim sо’zlarning notо’g’ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо’yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо’yadi, u gapirganda о’z fikrini tо’la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og’ir turlariga duduqlanish nutq nuqsoni kiradi. Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (sur‘ati tezligi) shuningdek, ifodali qilib gapirish, о’qish malakasi bilan ham belgilanadi. Duduqlanish nutq nuqsonida nutq sur‘ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta‘riflanadi. Bunda nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bо’lmay qoladi. Duduqlanishda asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi paylar tolalarning tortishib qolishi sabab bо’ladi. Chet el va rus olimlarining ta‘kidlashicha dunyo bolalarining 2% da duduqlanish nuqsoni kuzatiladi. Bola tilining grammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yо’li bilan asta-sekin о’zlashtirib boradi, sо’zlari ma‘lum tartibda joylashgan gaplarni о’rganadi. О’z fikrlarini atrofdagilarga ma‘noli nutq orqali ifodalay boshlaydilar. Bolaning о’zlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bо’ladi, ma‘suliyat о’z-о’ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba‘zi bolalarning nutq sur‘ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular duduqlanib (tutilib) tovush bо’g’in sо’zlarini qayta-qayta takrorlab, yoki aksincha tо’xtab qolib, sо’ngra zо’r kuch bilan qiynalib talaffuz etadilar.
Chunonchi, duduqlanadigan bolalardagi fonetik-fonematik buzilishlar 66,7% ni tashkil qiladi, 34% ni lug’at boyligi kam, grammatik tuzilishi shakllanmagan bolalar tashkil etadi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan uzilib-uzilib chiqadi, jarangdorlik,talaffuz sur‘ati, tovush balandligi duduqlanuvchining emotsional holati bilan bog’liqligi tadqiqotchilar tomonidan kо’rsatib о’tilgan, shuningdek, о’z nuqsoniga bо’lgan e‘tibori nuqsonni kuchaytirishda omil bо’lishini qayd qilishgan. Nutqida bolalarda zaiflik, qо’rqoqlik, tortinchoqlik, ta‘sirchanlik va shu kabilar vujudga keladi. Bola о’sadigan va tarbiyalanadigan ijtimoiy muhitning yaxshi va yomonligiga bog’liq holda ruhiy kо’rinishlar turli darajalarda bо’lishi, shaxsning ruhiy holatiga о’tishi, mustahkamlanishi mumkin.
Duduqlanishning kechish og’ir yengilligiga qarab 3 darajaga bо’linadi:
- Yengil daraja tez gapirishda, asabiy xolatda duduqlanadi, tezda о’tib ketadi;
- О’rta daraja tinch, vazmin xolatda ham duduqlanadi, his hayajonli vaqtda kuchli duduqlanadi;
- Og’ir daraja butun nutqi davomida duduqlanadi.
Bolalarda uchraydigan duduqlanish belgilari, ularning kechishi – bu nutq nuqsonini keltirib chiqaruvchi sabablarga bog’liqdir. Tadqiqotlarda duduqlanish markaziy nerv sistemasiningjarohatlanishi natijasida kelib chiqadigan nevroz holatidir, degan fikrlar ilgari surilgan. Tibbiyot sohasida duduqlanishni logonevroz atamasi bilan ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarni 2 guruhga: moyillik sabab (negizga) va keltirib chiqaruvchi sabab (turtkiga) ajratish mumkin. Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi:
Bosh miyaning ona qornida va tug’ilish vaqtidagi jarohatlanishi, asfiksiya, yuqumli kasalliklar hamda boshqa jarohatli buzilishlar. Ushbu kо’rsatilgan sabablar bolaning jismoniy va ruhiy tomondan rivojlanishida turli xil nuqsonlarni keltirib chiqarishga, nutq rivojlanishining zaiflashuviga va duduqlanishni kelib chiqishiga imkon beradi.
O’qituvchi o’quvchi va oila bilan hamkorlikda ishlaganda o’zining mehr-muhabbatini jon-kuyarligini ko’rsata olsa bolada nutqni kamchiliklari tez bartaraf etishiga yordam beradi. O’quvchilarning har tomonlama erkin fikrlashiga, ijodiy yondashuviga, dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishiga zamin yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. 1. Karimova V.M. Psixologiya. T.: 2002..
2. Qosimova K. va boshqalar.Ona tili o’qitish metodikasi.T.:Noshir, 2009.