CHINGIZ AYTMATOVNING “ASRGA TATIGULIK KUN” ROMANIDAGI EDIGEY BO’RONNING RUHIY HOLATINI IFODALASHDA QO’LLANILGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR
U.Sharipova Kattaqo’rg’on shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktab direktori
O`zbek adabiyotida muhim o`rin tutadigan qirg`iz adabiyoti alohida e’tiborga loyiqdir. Qirg’iz adabiyotining zabardast adibi Chingiz Aytmatov o`zbek xalqiga juda ko`ngli yaqin yozuvchi. U qo`li qadoq xalqining taqdir va qismatiga munosabatdosh, uning baxtiga, tashvishlariga sherik, musibatiga qayg`udosh. O`zini o`zbekning o`z farzandiday yaqin oladi. Biz millat va xalqlarning erkinliklari kafolatlangan, xohlagan ilmni o`rganishga imkoniyat yaratilayotgan, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan mamlakatda yashayapmiz. Shuning uchun yurtimizdagi barcha xalqlar o`z an’ana va merosini qayta tiklab, batafsil o`rganish va targ`ib etish imkoniga ega. Yillar davomida xalqimizga hamnafas bo`lib kelgan xalqlar bilan nafaqat iqtisodiy-siyosiy, balki ma’rifiy jabhalarda ham mustahkam aloqalar o`rnatilgan. Qardosh xalqlarning o`ziga xos va mos asori-atiqa, an’ana va merosini o`rganish tafakkurimizni boyitadi, adabiy aloqalarning yangi jabhalarini kashf etishga zamin tayyorlaydi.
Ushbu kichik tadqiqot jarayonida Chingiz Aytmatovning mashhur “Asrga tatigulik kun” romanidagi Edigey Bo’ronning ruhiy holatini ifodalashda qo’llanilgan frazeologik birliklarining turli ma`no ifodalashining guvohi bo`ldik va bu hodisalarni alohida tahlil qildik. Asosiy e`tibor adib ijodida qo’llanilgan ruhiy holat ifodalovchi frazeologik birliklarining uslubiy xususiyatlariga qaratildi.
Frazeologizmlarning asosiy qismi kishilarning emotsional xususiyatini, xilma-xil kayfiyati (quvonch, hayratlanish, ajablanish, xafa bo’lish kabilar) ni ifodalaydi. Ular personaj nutqini individuallashtirish, o’sha personajning muayyan ijtimoiy muhitga tegishli kishi ekanini yoritish uchun vosita bo’ladi.
Edigey avzoyi buzilibrangi-quti o'chgancha, nariga odimlab ketdi, gunoh- dan uzoqroq bo'layin, deb o'yladi, shekilli. Qoshlari chimirilib, qansharidagi ajini bo'rtib chiqdi. Tabiatan qo'rsroq, qiziqqonroq edi u — shuning uchun ham uni "Bo'ron" deb atashadi-da.
Yozuvchi yozayotgan asarida ruhiy holat ifodalovchi frazeologizmlarni qo`lladimi, albatta ma’lum maqsadni ko`zlab qo`llaydi. Badiiy asarlarning ayrim o`rinlarida yozuvchi tasvir doirasini kengaytirish, estetik tasvirni kuchaytirish, personaj ruhiy olamini yaqqolroq tasvirlash maqsadi o`laroq ruhiy holat ifodalovchi frazeologizmlardan bir o`rinda ketma –ket foydalanadi. Asardan keltirilgan yuqorigi misolda ham xuddi shu holatni ko’rishimiz mumkin.
Edigey Sobitjon bilan bo'lgan suhbatdan so'ng ta'bi xira tortib, Qoranor oldiga bordi. Shunday bo'lishini u oldindan sezgan edi. Sobitjon otasining o'limiga kelganini minnat qilayotgan bo'lsa, jini qo'zimay nima ham qilsin.
Ruhiy holat ifodalovchi frazeologizmlar badiiy asarga orazlilikni olib kiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Peronaj harakatlarini yoki o`y- xayollarini o`quvchi ko`z o`ngida obrazli tasvirlash uchun ruhiy holat ifodalovchi frazeologizmlar yordamga keladi.
Ajabo, deya yoqasini ushlardi Edigey, emishki, kelin allaqanday konferensiyada qatnasharmish, ana shu yig'inga qandaydir chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish.
— Ularga o'limdan boshqa hamma narsa muhim! — Bu fikr Edigeyning ich-etini tirnardi. — Modomiki, ularga o'lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bo'lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?"
Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, ajoyib so‘z san’atkori Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidagi Edigey Bo’ronning ruhiy holatini ifodalashda qo’llanilgan frazeologik birliklarining uslubiy xususiyatlari personajlar ruhiy holatiga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e’tiborga loyiqdir.