Просмотр содержимого документа
«Ko'chirma gaplar mavzusida dars ishlanma»
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi
Uchqo`rg`on tuman xalq ta'limi bo’limi
6-sonli umumiy ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
Mahbuba Mirkamolovaning
“Ko`chirma gaplar va o`zlashtirma gaplar uslubiyati” mavzusidagi bir soatlik
Ushbu dars ishlanma X sinflarda ona tili darslari ushun tayyorlangan bo’lib, yangi pedagogik texnologiya asosida dars o’tishga yo’naltirilgan .
Tuzuvchi: 6-sonli umumiy ta'lim maktab ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Mahbuba Mirkamolova
Taqrizchi: 6-maktab ilmiy bo’lim mudiri _________________________
6-maktab ona tili va adabiyoti uslubiy birlashmasining 20__yil "___"______ kuni bo’lib o’tgan yig’ilishning ________sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Darsning mavzusi: Ko`chirma gaplar va o`zlashtirma gaplar uslubiyati
ta’limiy maqsadi: O`quvchilarning ko`chirma gaplar va o`zlashtirma gaplar haqidagi bilim , ko`nikma, malakalarini shakllantirish;
berish, ular qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik qadriyatlarimizni e`zozlash tushunchalari asosida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ularni og`zaki nutqda to`g`ri qo`llay olish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim , ko`nikma va malaka berish, ilmiy tushuncha shakllantirish.
1.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni nazorat qilish,ma`naviyat daqiqasi.
Darsning shiori:
Kitobdan yaxshi do`st yo`q!
Dars o`quvchilar va ustoz salomlashishi bilan boshlanadi. Davomat aniqlanadi, xona tozaligi tekshiriladi. O`quvchilar “Zukkolar”, “Donolar”, “Topqirlar” guruhiga bo`linadi.
O’qituvchi: O, ota makonim , onajon o`lkam,
O`zbekiston , jonim to`shay soyangga .
Seningdek mehribon yo`q , seningdek ko`rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga .
She`rni o`quvchilar jo`rlikda davom ettirishadi.
Aziz o’quvchilar! M.Yusuf haqida kim darslikda yoritilmagan ma`lumotlar ayta oladi.Bilamizki, aprel oyida shoirimiz tavallud topganlar.O`quvchilar fikri tinglanadi.
Bugungi darsimiz “Ko`chirma gaplar va o`zlashtirma gaplar uslubiyati” haqida bo’ladi. Siz bugun dars uchun tanlagan shiorni izoxlashingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz, qo’shimcha adabiyotlardan tezkorlik bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quv faoliyatimizning birinchi bosqichida Sizlar bilan “Ha , yo`q” ta’limiy o’yini o’tkazamiz. Sizlar quyidagi savollarga ha yoki yo`q javobini berasizlar. Sharti shuki, ortiqcha so`z ishlatilmaydi. Agar shu ikki so`zdan ortiq so`z aytilsa , shu o`quvchi ball olmaydi.
Diqqat , savollarni o`qiyman:
1.O`zbekiston Respublkasida boshqaruv tizimi demokratik boshqaruv hisoblanadimi?
2.Saylovlar yashirin ovoz berish yo`li bilan amalga oshiriladimi?
3. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Hayitboyevich Bozorovmi?
4.Uchqo`rg`on tuman Yoshlar Ittifoqi raisi Bahtiyor Azimjonovich Mirzayevmi?
5.Prezidentimiz e`lon qilgan 5 ta tashabbusning 5-kitobxonlikni rivojlantirish haqidami?
6.Mamlakatimizda bepul ta`lim tizimi kafolatlanganmi?
7.Respublikamizda belgilab olingan “Harakatlar strategiyasi” 2018-2023-yillarga mo`ljallanganmi?
8.Prezidentimiz SH. M. Mirziyayev viloyatimizga tashrifi chog`ida” 2019-yil—Namangan yili bo`lsin “ deya e`tirof etganlari rostmi?
9.”Davlat tili” haqidagi qonun 28 moddadan iboratmi?
10.Ushbu qonunning 1-moddasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat tili – o`zbek tilidir ” deb belgilab qo`yilganmi?
11.O`zbek tili turkiy tillar oilasiga mansubmi?
12.Yordamchi so`zlar atash ma`nosiga ega bo`ladimi?
13.Bog`lamalar ega tarkibida bo`ladimi?
14.Ritorik so`roq gaplar javob talab qiladimi?
15.Qo`shma olmashlar ajratib yoziladimi?
Savollarga eng ko`p va to`g`ri javob bergan guruh o`quvchilari RAG`BAT kartochkasi bilan baholanadi.
2. O`tilgan mavzuni takrorlash:
O`quvchilarni jamiyatimizda yuz berayotgan islohotlarga daxldorlik mas`uliyatini oshiruvchi ta`limiy o`yindan so`ng , darsimizni “Tushunchalar tahlili” jadvalini to`ldirish vazifasi beriladi. Bunda qaysi guruh to`g`ri va tez bajarsa , shu guruh RAG`BAT kartochkasi bilan baholanadi.
TUSHUNCHA
TAHLILI
QO`SHMA GAPNING TURLARI
BOG`LANGAN QO`SHMA GAPLAR
ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
BOG`LOVCHISIZ QO`SHMA GAPLAR
QO`SHMA GAP VA SODDA GAPLARNING MA`NODASHLIGI
Jadval to`ldirilgunga qadar guruh sardorlari doskada ko`rsatilgan sxema asosida qo`shma gap tuzadilar . Bunda doskaga chiroyli yozilishi ham e`tiborga olinadi.Tuzilgan qo`shma gaplar mantiqan o`ylangan bo`lishi shart.
1-sxema
2-sxema
3-sxema
Birinchi bo`lib xatosiz va mantiqan yondoshilgan gap tuzgan guruh RAG`BAT kartochkasi bilan baholanadi. Topshiriqni xato bajargan guruh sardori JARIMA kartochkasini oladi.
4.Ko`chirma gap va o`zlashtirma gaplarning o`zaro ma`nodoshligi.
Yangi mavzu binar usulida tushitiriladi,ya`ni bir mavzu ikki tilda tushuntiriladi.Masalan , o`zbek tilidagi ko`chirma gaplar tushunchasi bilan ingliz tilida ko`chirma gaplar solishtitib o`rganiladi.
O`quvchilar o`tilgan mavzuni esga olishgach , yangi mavzu slaytlar yordamida taqdimot usulida tushuntiriladi . Bunday usuldan foydalanish o`quvchilarda ta`limga zamonaviy yondashuv ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ko`chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. Ayniqsa,badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to`laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o`rin tutadi.
Ko`chirma gap ikki qismdan iborat.
K o`chirma gaplar tarkibida muallif gapi turli o`rinlarda joylashishi mumkin . Shunga ko`ra ular 4 xil shakliy tuzilishga ega:
4hjbkkkkkj
Ko`chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o`ziga xos qo`shma gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg`un ravishda bu qo`shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. O`zlashtirma gap deb -bilan ma`nodoshlik hosil qiladi.Qiyoslang:Men O`zbekiston yoshlar ittifoqiga a`zo bo`ldim,--dedi mamnunlik bilan do`stim. –Do`stim O`zbekiston yoshlar ittifoqiga a`zo bo`lganligini mamnunlik bilan aytdi.
Ko`chirma O`zlashtirma
O`quvchilar bugun mavzumizni binar dars tarzida tashkillashtirganmiz, shu sababli ko`chirma gaplar ingliz tilida qanday bo`lishini Xodjidedayeva Zebo ustozingiz tushuntiradi.
Good morning dear teachers and pupils ! Today you have learnt the themes of “O`zlashtirma gap va ko`chirma gap” in Uzbek language. Now we will learn them in English language .So Reported speech means ko`chirma gap and Direct speech means o`zlashtirma gap . O`zbek tilidagi singari ingliz tilida ham bir xil holatlar kuzatiladi;
Misol uchun oddiy sodda gap : I go to school bo`lsa u ko`chirma gap holatida He says: I go to shool bo`ladi.Ya`ni xuddi ona tilimizda bo`lganidek , muallif gapi so`ngra ikki nuqta keyin esa k`ochirma gap keladi.
Ko`chirma gapni o`zlashtirma gapga aylantirishda esa He says: I go to shool gapi He says that he goes to shool ga aylantiriladi . Ya`ni (that) so`zi -ligini deb tarjima qilinadi va o`zlashtirma gapda ishlatish mumkin bo`ladi , va ko`chirma gap qismidan o`zlashtirma gapga olib o`tilgan gapning egasi ham gap mazmuniga monand o`zgaradi. Yuqoridagi gapda ham “I” so`zi o`rniga “he” ishlatildi.Hozirda faqat hozirgi zamon misolida tushuntirib berildi . Ingliz tilida 3 ta zamonning 16 ta zamon shakli bo`lib ularning har biri har qaysi zamonlarda o`ziga xos o`zgarishlarga uchraydi.
Now, I will give you some tasks for consalidation of the themes Direct speech and Reported speech.
I give all the groups a sheet of paper which is written three simple sentences and you should write them in Direct speech and Reported speech forms.
4. Mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun darsligimizdan 110-mashq “Kim chaqqon” o`yini shaklida bajariladi.Bunda har uchala guruhning barcha a`zolari daftarlariga ushbu mashqni tezkorlik bilan yozishlari shart.
1- guruh “Zukkolar” jamoasi quyidagi gapni o`zlashtirma gapga aylantirishlari kerak bo`ladi.
Lekin Qosimtoy bunga ishonmadi:Bizning odamlar Ibrohimning qochganini ko`rgan.So`ra, bo`lmasa, boshi ketgay!(P.Qodirov) — Qosimtoy bunga ishonmadi,Ibrohimning qochganini odamlari ko`rganini aytdi. Rostini aytishini, bo`lmasa boshi kesilishini aytdi.
2-guruh “Donolar” jamoasi esa ushbu gapni o`zlashtirma gapga aylantirishlari darkor.
Men uchun biror kuningni ajrata olasanmi?— deb so`radi Niyoz chodirga yaqinlashganlarida. — Niyoz chodirga yaqinlashganlarida biror kunini u uchun ajrata olishini so`radi.
3-guruh “Topqirlar” jamoasi quyida berilgan gapni o`zlashtirma gapga o`zgartirib daftaringizga yozing . Jamoadagi barcha o`quvchi yozib bo`lguncha shart bajarilgan hisoblanmaydi.
Maqsad Soliyev kirgach, polkovnik unga peshvoz chiqdi:--Tabriklayman. Rahmat, sizga,-- dedi u mayorni ikki yelkasidan quchib.(Tohir Malik)—Polnovnik Maqsad Soliyev kirgach unga peshvoz chiqdi, ikki yelkasini quchganicha tashakkurini,tabrigini izhor qildi.
Ushbu mashqni daftarda bajarilgunicha guruhlardan bittadan o`quvchi doskaga taklif etiladi. Har bir o`quvchiga raqib jamoa tomonidan o`zlashtirma gap aytiladi . O`quvchilar gapni ko`chirma gapga aylantiradilar. Bunda tezkorlik hamda tinish belgilarini to`g`ri ishlatilishiga katta ahamiyat beriladi. Bilamizki , tinish belgilarini to`g`ri qo`llash eng muhim jihatlardan biri.
O`quvchi:
A.Navoiy : “Oz-oz o`rganib dono bo`lur,Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur”,-- deb ta`kidlagan.
2-O`quvchi:
“Mendan nima qolar , ikki misra she`r ,ikki sandiq kitob bir uyim tuproq. Odamlar ortimdan nima desa der ,men seni o`ylayman o`zimdan ko`roq .lola , lolajonim, lolaqizg`aldoq ”, -- deya qalblardan joy olgan edi M.Yusuf.
3-O`quvchi:
Zulfiyaxonim: “Mana bir umrni yashadim sensiz qaytmas orzularning qaytishi kutib , tobuting yonida tushganimda tiz farzandlar ko`tardilar qo`limdan tutib .” , -- degan edi. Shartni birinchi va to`g`ri bajargan o`quvchi RAG`BAT kartochkasi bilan baholanadi.
5. Baholash:
Darsdagi ishtiroki hamda so`nggi xulosalash asosida, g`olib guruhning barcha o`quvchilari va boshqa guruhdagi eng faol o`quvchi baholanadi.
6. Uyga vazifa:
Mavzuni qayta o`qib , takrorlash va 111- mashqni yozma bajarish.
Darslikdagi mashqlarni bajarishda «Qo’shma gaplar qasriga sayohat» o’yini qo’llanadi. Har bir mashq shartli ravishda bekat deb olinadi. Bu o`rinda o`qituvchi shior tanlashi mumkin. Masalan, Ilm olmoq - igna bilan quduq qazimoq.
O’quvchilar mashqni bajarish jarayonida qo’shma gaplar yuzasidan o’tilganlarni takrorlab, avvalgi mavzularni mustahkamlab boradilar.
Mashqni bajarish jarayonida yuqoridagi shior asosida axloqiy tarbiya beraman, o’quvchilarning ilm sirlarini egallash mashaqqatlari haqidagi fikrlarini olib, ularni umumlashtiraman.
Shundan so`ng «Gapning tuzilishiga ko’ra turlari» bekatiga to`xtab, mashq bajariladi. O`quvchilar «Kim to’g’ri bajaradi?» o`yini asosida matndan sodda va qo’shma gaplarni topib, ularning farqini izohlaydilar. Mashqni to’g’ri va tez bajargan guruhni rag`batlantiraman.
So`ng «Qo’shma gap turlari» bekatiga o`tiladi va navbatdagi mashqqa ko`ra o`quvchilar qo’shma gaplarni topib, ularni turlarga ajratib, izohlaydilar. Mashqni bajarishda faol ishtirok etgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beraman.
Keyin o’quvchilar qo’shma gaplarga bittadan misol keltirib, ularning bir-biridan farqini aytadilar.
Namuna: Qayerda kurash bo’lmasa, o’sha yerda o’sish ham yo’q. O’quvchilar mazkur qo’shma gap nisbiy so’zli qo’shma gap hisoblanishi va bu gapda o’sha yerda ko’rsatish olmoshi ishtirok etganligini aytib o’tadilar.
So’ng to’rtinchi «O’zimizni sinaymiz» bekatiga o’tiladi. Mashqni bajarishda «Kim to’g’ri topadi?» musobaqasi o`tkaziladi. Bu o’rinda matbuot materiallari yoki biror badiiy asardan foydalanish mumkin. O’quvchilar matndagi qo’shma gaplarni topib, ularni izohlaydilar
Namuna: Suv keldi – nur keldi.
Mashqni to’g’ri va tez bajargan o’quvchilarni rag’batlantiraman. Olingan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida guruhlar uchtadan test tuzib, bir-birlari bilan almashib, 3 daqiqa ichida ishlashlari lozim. (Agar mavzu yuzasidan kompyuterga kiritilgan testlar bo’lsa, yuqoridagi topshiriqqa qo’shimcha ravishda guruhlardan 2 tadan ishtirokchi chiqib testni bajaradi.)
Aql qasri (Тestlar ustida ishlash)
Dars so’nggida «Qo’shma gaplar qasri»ga yetib kelguncha bo’lgan bekatlardagi mashqlarni bajarishda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiraman. O’quvchilarni rag’batlantirishda guruh ishtirokchilariga «Sizningcha, kim faol ishtirok etdi?» savoli bilan murojaat qilib, g’oliblarni aniqlayman. Bunda o’quvchilarga koptok yoki gul uzatib, o’z guruhlaridagi faol ishtirokchini aytishlarini so’rayman. So’ng bugungi darsdagi eng faol o’quvchini ham o’quvchilarga koptok yoki gul taqdim etish asosida aniqlab, ularni alohida rag’batlantiraman
Shundаn so`ng o`quvchilаrga mustаqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida bоshqоtirmа bеrilаdi. Аgаr bоshqоtirmа to`g`ri yеchilsа o`zbеk xаlq mаqоllаridаn biri yuzаgа kеlаdi.
Bоshqоtirmаdagi harflar o`z o`rniga qo`yilsa maqoldagi so`zlar hosil bo`ladi.
T
O`
D
I
Е
G`
R
G
R
I
I
O`
T
O`
Z
Z
А
А
D
I
Qo’shma so’zlar hosil qiling
Darsni yakunlashdan avval «Men bugungi darsni ...ga o’xshatdim» o’yinini o’tkazaman. Har bir guruhga darsni shartli ravishda nimaga o’xshatishlarini izohlashni topshiraman. Guruhlar belgilangan muddat ichida topshiriqni bajaradilar. Faol ishtirok etgan guruhlarga rag’bat kartochkalari beraman. Masalan, Men darsni «tabiat»ga o’xshatdim, chunki tabiat juda go’zal. Тabiat go’zalligiga qanchalik intilish bo’lsa, darsda ham ana shu jihatlarni ko’rish mumkin, tarzida o’quvchilar o’z mustaqil fikr-mulohazalarini bildiradilar. Maqsad o’quvchilarni ijodiy izlanishga, fikrlashga o’rgatishdan iborat bo’ladi.
Bugungi darsimizdan qatra bo’lsada ilm oldingiz deb o’ylayman. Yiqqan rag’bat kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib-yig’ilib albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan, har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning. «Bilmaslik - ayb emas, o’qimaslik ayb».
Mavzu mustahkamlangach, mashq shartiga ko’ra o’quvchilarga o’zlari o’qiyotgan badiiy asar sahifasidan qo’shma gaplar sonini aniqlash, qo’shma gaplarni turlarga ajratish, iqtidorli o’quvchilarga esa qo’shimcha tarzda topgan gaplarini boshqa qo’shma gap turlariga aylantirish uyga vazifa qilib beriladi.