Просмотр содержимого документа
«Gap bo`laklari bo`yicha mustahkamlash»
O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli
6-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
JARKINOVA ZULFIYANING
5-sinflarda ona tili fanidan “Gap bo`laklari bo`yicha mustahkamlash”mavzusidagi
DARS ISHLANMASI
Mavzu. Gap bo`laklari bo`yicha mustahkamlash
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarda gap bo`laklari to`g`risida bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirish, gap bo`laklarining gapdagi tartibini o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni ona tiliga hurmat,uni sevish va ardoqlash ruhida tarbiyalash, guruhlarda o`zaro hamkorlikda ishlashga o`rgatish,do`stlik ruhida tarbiyalash,fikrlash doirasini kengaytirish, umummadaniy kompetensiyalar asosida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og`zaki va yozma savodxonligini oshirish, ularni ona tili fanini o`rganishga nisbatan qiziqishlarini kuchaytirish, tezkorlik, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko`nikmalari
ni shakllantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi.
Dars usuli: Aqliy hujum, interfaol usullar “Kim epchil-u kim chaqqon”, “Charxpalak”,”Gap bo`laklarini toping” she’riy topishmoq
Dars jihozi: Mavzuga doir jadvallar, tarqatmalar, rasmlar, slaydlar, darslik, AKT
Dars shiori: “Eshitganlarimni esimdan chiqarmayman, ko`rganlarimni eslab qolaman, mustaqil ishlashla-sam tushunib yetaman”.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
A) Salomlashish,tozalik nazorat qilinadi, davomat aniqlanadi.
B) O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.
1-guruh: Bilimdon
2-guruh: Donolar
2-guruh: Ziyraklar
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, darsimiz ona tili - fanlarning eng sarasi. Barchamiz shu aziz va azim yurtning farzandi ekanmiz, shu yurt tilini sharaflamoq, e’zozlamoq, ko `klarga ko`tarmoq siz bilan bizning burchimizdir. Zero, shoir Mirtemir aytganidek:
O`quvchi: Ona tilim –onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim xonumonim tili bu
Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.
O`qituvchi: Barakalla, rahmat. Shu o`rinda so`z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning ushbu hikmatomuz fikrlarini aytib o`tmoqchiman. “Tilimiz o`n sakkiz ming olamdan boyroq bo`lgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritgichlaridan ham porloq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan go`zalroq”.
II.O`tilgan mavzuni so`rash:(savol-javob asosida o`tkaziladi)
O`qituvchi: O`tilgan mavzu “Sifatlovchi aniqlovchi va qaratqichi aniqlovchi” bilan tanishganmiz.
O`tilgan mavzuni so`rash ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich juftliklarda ishlash. Har bir partadagi guruhlarga quyidagi jadvalni to`ldirish uchun beriladi 3 daqiqa vaqt beriladi.
Aniqlovchining turlari
Toza
Singlimning
Aqlli
Kitob
ning
Stul
ning
Dono
Qizi
qarli
Maktab
ning
Sifatlovchi aniqlovchi
+
+
+
+
Qaratqich aniqlovchi
+
+
+
+
O`quvchilar jadvalni to`ldirguniga qadar qolgan guruh qatnashchilari tarqatmali savollarga javob beradilar.
2-bosqich:
Bilimdon guruhi:
1-savol.
Aniqlovchi deb nimaga aytiladi?
Javob: Hokim bo`lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?,nimaning so`roqlariga javob bo`luvchi gap bo`lagiga aniqlovchi deyiladi.
Masalan. 1. Chiroyli gul ochildi.
2. Shaharning ko`chalari kengdir.
2- savol: Aniqlovchi necha turli bo`ladi?
Javob: Aniqlovchi 2 turli bo`ladi (sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi).
Aniqlovchining turlari
Misollar
Sifatlovchi aniqlovchi
Malika qiziqarli kitob o`qib chiqdi.
Qaratqich aniqlovchi
Mening singlim bog`chaga boradi.
Sifatlovchi aniqlovchi
Oyim chiroyli ko`ylak olib berdi.
Qaratqich aniqlovchi
Maktabning bog`ida hashar bo`ldi.
O`qituvchi: Sifatlovchi aniqlovchi deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
Bilimdon guruhi: Hokim bo`lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta? so`roqlariga javob bo`luvhi aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. Gulzorda oq, qizil va pushti gullar ochildi.
Uy vazifasi 158-161-mashqlar tekshiriladi. Tabiat manzarasi haqida kichik hikoya yozing. Tabiatning qanday va qaysi jihatlari diqqatingizni jalb etadi? (158-mashq) Huquq, burch, bo`lim, modda, respublika, Oliy Majlis so`zlari yordamida qaratqich aniqlovchilar ishtirok etgan gaplar tuzing.(162-mashq)
III. Yangi mavzu: Gap bo`laklari(mustahkamlash). Slayd namoyish etiladi, shartlar e’lon qilinadi.
1-shart. Aqliy hujum.
1-savol. Qanday gap bo`laklarini bilasiz?
Bilimdonlar guruhi: O`zbek tilida gap bo`laklari quyidagilar: kesim, ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol.
2-savol. Qaysi gap bo`lagi boshqa bo`laklarsiz ham yolg`iz gap bo`la oladi?
Bilimdonlar guruhi: Boshqa bo`laklarsiz ham yolg`iz gap bo`la oladigan bo`lak – bu kesimdir.
3-savol. Gap bo`laklardan qaysilari, asosan, kesimga bog`lanadi?
Donolar guruhi: Ega, to`ldiruvchi, hol.
4-savol: Kelishik qo`shimchalari va ko`makchilar bilan hokim bo`lakka bog`langan so`z qanday gap bo`lagi bo`ladi?
Donolar guruhi: Kelishik qo`shimchalari va ko`makchilar bialn hokim bo`lakka bog`langan bo`lak – to`ldiruvhcidir.
5-savol. Ikki va undan ortiq gap bo`laklaridan iborat bo`lgan gap qanday gap hisoblanadi?
Ziyraklar guruhi: Ikki va undan ortiq gap bo`laklaridan iborat bo`lgan gapga sodda yoyiq gap deyiladi.
6-savol. Qaysi gap to`ldiruvchiga tobe bog`lanib kelishi mumkin?
Ziyraklar guruhi:To`ldiruvchiga tobe bog`lanib kelishi mumkin bo`lgan bo`lak egadir.
Guruh ballari e’lon qilinadi, rag`bat beriladi.
IV. Mustahkamlash: Guruhlar shartlarni bajarishda davom ettirishadi.
2-shart. “So`zlar bilan to`ldiring” deb nomlanadi. Quyidagi gaplar slayd orqali namoyish etiladi .Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi yozuv taxtasida berilgan gaplarni to`ldiradilar.
Bilimdon guruhi:
Gulzorda oq, qizil, sariq, pushti________________ ochildi.(gullar, serquyosh)
Donolar guruhi:
Har kim har kuni___________ishlarni amalga oshirishi kerak.(hasad, savob)
Ushbu shartda gap bo`laklarning turlarini ifodalovchi so`zlar aralash holda yozilgan bo`lib, guruhlar so`zlarni ma’no turlarga tez va to`g`ri ajratadilar.
Bilomdonlar guruhi: gap bo`laklari va kesimga oid so`zlarni topadilar.
Donolar guruhi: ega va to`ldiruvchiga oid so`zlarni topadilar.
Ziyraklar guruhi: aniqlovchi va holga oid so`zlarni topadilar.
4-shart.“Rasmlar tilga kirganda” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Mana dars davomida bir-birlaringiz bilan do`stona ishlamoqdasiz. Topshiriqlarnni yakdillik bilan bajarishingizda ustozning o`rni bor deb o`ylayman.Shunday ekan , ushbu shartda har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi rasmlar asosida ustoz haqida gap tuzadilar. Matnda to`ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi, hollardan foydalanish mumkin.
Bilimdon guruhi: Men “Ustoz - otangday ulug`” hikmatiga ishonaman. Kishi mehnat, ijod, hayotda nimaiki yutuqni qo`lga kiritar ekan, bu uning ustozi tufaylidir. U o`z o`quvchilariga bor mehr-muhabbatini beradi. O`zining bilimini ulashadi. Maktabni muqaddas dargoh deb bilib, butun kuch-quvvatini sarflaydi. Shuning uchun ustoz otaday ulug` va g`amxo`r bo`ladi.
Donolar guruhi: Ular shogirdining yutuqlaridan quvonadi.Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar.Ustoz o’z umrini, qalb qo`rini, o`z tajribasi va bilimini sening yo`lingda sarf etadi.
Ziyraklar guruhi: ”Muallim” she’ri (A.Oripov)
Shoirga dedilar: - Siz baxtli Inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob qildi: - Menda bir armon:
Muallim desalar meni qaniydi!
Har bir guruh rag`batlantiriladi.
5-shart. Darslikdagi topshiriqlar daftar va yozuv taxtasida bajariladi.
1-topshiriq: Uchta yoki to`rta so`zdan iborat gap tuzing. Unda kim? so`rog`iga javob bo`ladigan so`z gapning boshida va oxirida kelsin.
Bilimdon guruhi:Men maktabga bordim.
Donolar guruhi: Aziza qiziqarli kitob o`qidi.
Ziyraklar guruhi: Maktabga vaqtida bordim men.
6-shart: Darsimiz so`ngida lirik chekinish qilamiz.Bu shartimizni “Gap bo`laklarini toping”deb nomlaymiz.Bu shartda har bir guruh gap bo`laklari qatnashgan she’rlardan misralar keltiradilar.
Bilimdonlar guruhi:
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun
Qiyosingni topmadim, also.
Shoirlar bor o`z yurtin butun
Olam aro atagan tanho.
Donolar guruhi:
She’rim! Yana o`zing yaxshisan,
Bog`ga kirsang gullar sharmanda.
Bir men emas hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Ziyraklar guruhi:
Men nechun sevaman O`zbekistonni,
Tuprog`in ko`zimga aylab to`tiyo.
Nechun Vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
V.Baholash: Dars so`ngida g`olib guruh aniqlanadi. O`quvchilar baholanadilar.
VI.Uyga vazifa: 163-mashq. Quyidagi jadvalni gap bo`laklarining so`roqlari bilan to`ldiring.