kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Til millat ko'zgusi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Til bayramiga bagishlangan senariy. 9sinf o'quvchilariga mos. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Til millat ko'zgusi»

1-boshlovchi:(Ruhshona) Darhaqiqat! Alla! O’zbek xalqining qadim-qadimdan e’zozlanib, ardoqlanib kuylanib kelinayotgan, tarjimon talab qilmaydigan, millat, tilidan qat’iy nazar, birdek ezgulikka, yaxshilikka chorlovchi – ma’naviy malham.

2-boshlovchi:(Jasur)Alla sehri – orzu-umidlar, quvonch-u tashvishlar majmuasidir. Prezidentimiz aytganlaridek “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch kitobida” ... jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, - deya ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, onalarimizning allasi har qanday toshni ham eritishga qodir. Chunki bu – dil nolasi! Chunki bu – tilning beqiyos kuchi!

1-boshlovchi: (Ruhshona)

Assalomu aleykum, qalbi daryo, mehri buloq ustozlar!

2-boshlovchi: (Jasur)

Assalomu alaykum, qadrli ota-onalar, mehmonlar, kechamiz ishtirokchilari!

1-boshlovchi: (Ruhshona)

Til – millat ko’zgusi. Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi istiqlolga erishish yo’lidagi asosiy qadamlardan biri bo’lgan edi. Yurtimiz mustaqil bo’lgach, ona tilimiz o’z o’rni va mavqeyiga ega bo’ldi.

2-boshlovchi: (Jasur)

Bugunga kelib o’zbek tilimiz xalqaro e’tirof etildi. Xalqaro anjumanlarda o’zbekona kalomning aytilishi, chet eldagi ta’lim dargohlarida o’zbek tilini o’rganish markazlarining borligi tilimizning nufuzi oshib borayotganligidan dalolatdir.



1-ishtirokchi: ( Diyora)3-ishtirokchi: ( Gulruh)

Notiq dedi: -Ey, bu qanday aqida?

Taqdir shul, Qo’lida tabarruk jom.

Bu jahoni iroda Forsiy ili haqida

Tillar yo’qolur butkul, Ruboiy aytdi Xayyom.

Bir til qolur dunyoda. Ehtirosli, otash dil

Ey voiz pastga tushgin, Beranji so’rdi nolon:

Bu gap chiqdi qayerdan? -Nahotki farangi til

Navoiy bilan Pushkin Yo’qolgisi bir zamon?!

Turib keldi qabrdan.Neruda, Lorka turdi

2-ishtirokchi: ( Nilufar) Servantesning yoniga.

Kim darg’azab, Kim qast etib tig’ urdi

Kim hayron. Ona tilim joniga?

Chiqib keldilar qator: Fuzuliy yondi:- Ozar

Dante, Tili gulday so’nmaydi.

Shiller Barcha dedi barobar:

Va Bayron “Ona tilim o’lmaydi”.

Firdavsiy,4-ishtirokchi: ( Sarvinoz)

Balzak, Kamalakdek rangbarang

Tagor. Bo’lsin deb san’at, tillar

Va’zingni qo’y birodar, Asrlarga qilding jang,

Sen aytganing bo’lmaydi’’. Armon qildik ming yillar.

Barcha dedi barobar: Beqadr bo’lsa, nahot

Ona tilim o’lmaydi”. Tillardagi tarovat!

Yo’qoldi bu kun hayxot, Qabrlarda halovat.



1-boshlovchi: (Ruhshona)

Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o’zbek shoirlari va adiblari o’z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O’zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o’qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.

2-boshlovchi: (Jasur)

Tilning buyukligi ana shundaki, kisgilarning ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.

1-ishtirokchi: (Dilshod)

Bobolardan meros qolgan,

Butun olam e’zoz qilgan,

Bu dunyoda yagonamsan

Ona tilim – jon-u dilim!

2-ishtirokchi: (Guli)

Sen ancha vaqt orzu bo’lding,

Qaramlikdan juda to’yding.

Oxir o’zni tiklab olding,

Ona tilim – jon-u dilim!

3-ishtirokchi: (Sarvinoz) 4-ishtirokchi: (Zikrillo)

Hozir juda go’zaldirsan, Men sen ila o’zbekdurman,

Hamma tildan o’zing zo’rsan, Sensiz men ham qul bo’lurman.

Zulmatdagi nurimdirsan. Allalar tinglagan tilim,

Ona tilim – jon-u dilim! Ona tilim – jon-u dilim!

1-boshlovchi: (Ruhshona)

Navoiy inson kamolotida ustoz, muallimning roli beqiyos ekanini uqtiradi. U o’z hikmatlaridan birida shunday deydi:

2-boshlovchi: (Jasur)

Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila

Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuzganj ila.

2-boshlovchi: (Jasur)

Endi esa sizlar uchun tayyorlangan sahna ko’rinishini taqdim etamiz. Marhamat!

Husayn Bayqaro:

Do’stim Mir Alisher oqilsiz,

Yaxshilab fikrlab ko’ring.

Birinchi o’ringa qo’yursiz kimni-

Aziz otangiznimi yoki muallimni?

Alisher Navoiy:

Avval ustozimga bergayman salom!

Husayn Bayqaro:

Hayxot! Nechun?

Nahot otangizdan ulug’dur ul zot?

Alisher Navoiy:

Ha, otam joy olmish yurak-yurakdan,

Yerga tushirdilar meni falakdan.

Ustozchi, ko’nglimni burib iymonga,

Ko’tardilar meni yerdan osmonga.

Husayn Bayqaro:

Ofarin, tasanno!



1-boshlovchi: (Ruhshona)

Hamma davrlarda shoir, yozuvchilar muhabbat mavzusini tarannum etganlar, shuning uchun ham muhabbat mavzusidagi musiqa sizlar uchun. Marhamat!

Vals – Muhabbat.

1-boshlovchi: (Ruhshona) Xorijiy tillarni jadal va samarali o’rganish bugungi kunning eng dolzarb talabi ekanligini jamiyatimiz tomonidan to’la anglab yetilgan haqiqatdir.

G’ayri tilni sa’y qiling bilgali, yoshlar,

Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.

2-boshlovchi: (Jasur) Albatta, xorijiy tilni o’rganishda asos – ona tili bo’lmog’i lozim. Bu borada Prezidentimizning quyidagi gaplari o’rinlidir: “ Shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmasligi lozim”. Darhaqiqat xorijiy tilning eshigini ona tilining kaliti bilan ochish o’zligimizni aslo unutmasligimizga kafili bo’la oladi.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,

Bilmakka g’ayrat eting foida kondir.

1-ishtirokchi: (Parizoda)

  • O’zbekiston Respublikasining davlat tili to’g’risidagi qonuni 1989 yil 21 oktabrda qabul qilingan. O’zbekistonimiz istiqlolga erishgach, tilimizga bo’lgan e’tibor ortib bormoqda.

2-ishtirokchi: (Sarvinoz)

  • Tilmillatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko’p. Avvalo bu xalqlar o’z tili, milliy urf-odatlari va an’analari, o’ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o’zligini namoyon qilishida tilning o’rni katta va beqiyosdir.





3-ishtirokchi: (Madina)

  • Ona tilimiz bor ekan, Qashg’ariyning “ Devoni lug’atit turk” kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Navoiy “Xamsa” si, Boburning “Boburnoma” si, Cho’lpon va Abdulla Oripovning o’tli she’riyatidan bahramand bo’lyapmiz.

4-ishtirokchi: (Sarvinoz)

  • Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbai. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni mana shu til vositasida ongu shuurimizga singdiradi, odobu ahloqimiz, fe’l-atvorimiz mana shu tilda berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi.

5-ishtirokchi: (Xilola)

  • Shu bois mutafakkir bobomiz til insonni hayvondan farqlab turadigan ne’mat ekanligini ta’riflab, shunday deydi:

Tangriki, insonni qilib ganji rost

So’z birla hayvondan anga imtiyoz.

2-boshlovchi: (Jasur) Keling, navbatni “ Til mushoirasi ”ga beramiz.

O’g’il (Komil):Men sizga aytsam

Bir yaxshi savol

Qaysi ozod Vatanning gul lolasisiz?

Qiz (Parizoda): Men sizga aytsam

Bir yaxshi javob

Ozod O’zbekistonning gul lolasiman.

O’g’il (Farruh): Vatanning lolasi

Quvnoq bolasi

Siz bilan aylaylik

Mushoirani davom.

Qiz (Nilufar): O’zbekning shox o’g’loni.

Kengroq olib davrani,

Belni mahkamroq bog’lab

Boshlaylik mushoirani.



Qo’shiq “ Qoshingni qaro deydilar

1-boshlovchi: (Jasur) Jumladan, Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida lug’at tili, ya’ni eski o’zbek tilining leksik boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

2-boshlovchi: (Ruhshona) Turkiy xalqlar boy milliy madaniyat va adabiyotga ega. Turkiy til jahondagi end qadimiy adabit tillardan hisoblanib, unda lug’at boyligi ham beqiyosdir. Bu tilda har qanday murakkab va nozik tushunchalarni ifodalay olish mumkinligini XV (o’n beshinchi) asrdayoq Alisher Navoiy bobomiz o’z asarlari bilan isbotlab, turkiy dunyoni adabiy til darajasida “ Yakqalam” qilib, quyidagi misralarni bitgan edi:

Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

Navoiy manalogi”......

Navoiy ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo`raev “el desa Navoiy”ni rivoyatlar to`plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).

Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.

Navoiy (o`qiydi).

e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!

Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!

Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin...

Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)

La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.

Navoiy: Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!

Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!

Guli: Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz

So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,

Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.

Navoiy: Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.

Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?

Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?

Guli: Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin

eshitmak odatim bo`lgan azaldin.

Navoiy: Quloq soldingmi?

Guli: Yolg‘iz men emas, gul,

Samo, er, koinot, aftoda bulbul —

Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.

G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?

G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.

G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,

G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?

Navoiy: Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.

Bularning barchasi senga atalg‘on.

Guli: Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.

Navoiy: Nechuk? Xo`sh!

Guli: So`nggi chog‘da kamnamosiz.

G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.

Navoiy: Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,

Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.

Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,

Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.

Yumush der, erdagi har zarra tuproq,

Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.

Guli: Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam

Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.

Navoiy: Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,

Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.

Guli: Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!

Ulur ishlarni qilmoq istagan er

Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,

Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,

Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.

Navoiy: Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.

Guli: Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,

Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.

Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush

U tushni eslasam boshdin uchar hush…

Navoiy: Nechuk tush?

Guli: So`ramangiz

Navoiy: So`zla, azizim!

Guli: Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..

Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.

Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.

Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,

Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim

Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh

Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh

ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,

Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…

Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.

Navoiy: Gulim, behudaga bezovta bo`lma,

O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.

Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,

Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.

Meni shersiz deding, yovlar quyondir,

Quyonlarning ishi senga ayondur.

Guli: Durust, shersiz... faqat… zanjiri band sher....

Navoiy: ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).

Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.

Guli: esiz, men sizni ranjitdim…

Navoiy: (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,

Guli: (devonni olib.)

Jonim bilan.

Navoiy: Yangi bitilgan

Sening ishqing bilan

O`sgan, etilgan.

1-boshlovchi: (Ruhshona) O’zbek tili g’oyat boy, nihoyatda chiroyli, har qanday fikr va tuyg’uni ifoda qilishga qodir.. Tilimizning boyligiga daxl qiladigan, xush latofatini buzadigan, tilimizni “zaxrir” qilishga qaratilgan qiliqlarga barham berish zarur. (Abdulla Qahhor)

2-boshlovchi: (Jasur) Ona tilini sevish vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O’z tilini asrab-avaylagan xalq o’zligini asrab-avaylagan bo’ladi. Til bilish – madaniyat belgisi. Xalqimiz ta’biri bilan aytganda, til bilgan el biladi.

(Ruhshona) Endi esa maktabimiz raqqosasini sahnaga taklif qilamiz.

(Sarvinoz raqs)

1-boshlovchi (Jasur)

Ona tilim, buyuklikda eng baland tog’san,

Ona tilim, suyuklikda Erami bog’san.

2-boshlovchi (Ruhshona)

Aziz ona tilimizni e’zoz-u ehtiromga loyiq ko’ruvchi muxlislar! Hammangizga ulug’ ayyom muborak bo’lsin!

Endi esa so’zga maktabimiz direktori N.D.Ibragimovnani taklif etsak!.







O‘zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi

Vazirligi

NAMANGAN SHAHAR

XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI

34-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining

O`zbek tili fani o’qituvchisi

ATABAYEVA GULNORANING

O’ quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli

tashkil qilish maqsadida o’tkazilgan

Sen tilni sharafla qomus bil

Mavzusidagi tadbir


















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Til millat ko'zgusi

Автор: Atabayeva Gulnora Valijanovna

Дата: 28.11.2019

Номер свидетельства: 529279


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства