kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья: O’QUVCHILARGA KASBNI TO’G’RI TANLASHNING MOHIYATI VA ISTIQBOLI TO’G’RISIDAGI BILIMLARNI BERISH

Нажмите, чтобы узнать подробности

O’QUVCHILARGA KASBNI TO’G’RI TANLASHNING  MOHIYATI  VA ISTIQBOLI TO’G’RISIDAGI  BILIMLARNI BERISH

Halimova Nafisa Murodovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Ta’lim-tarbiya  tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  dastlabki  xalq   og‘zaki  ijodi namunalaridan  tortib, buyuk  mutafakkirlar  ijodigacha  yoshlarni  mehnatsevar bo’lib  ye’tishishi,  kasb- hunar  o'rganish,  mehnat  ahlini  hurmat qilish  hamda mehnat  insonni  uluglashi  masalalariga  alohida  e'tibor  berilganligiga  guvoh bo’lamiz.  Shu sababli azal- azaldan o‘zbek oilalarida    farzandlarga yoshlikdan hunar o’rgatish, ularni kasb-hunarga  to’g’ri yo’naltirishga  katta e’tibor qaratiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья: O’QUVCHILARGA KASBNI TO’G’RI TANLASHNING MOHIYATI VA ISTIQBOLI TO’G’RISIDAGI BILIMLARNI BERISH»

O’QUVCHILARGA KASBNI TO’G’RI TANLASHNING MOHIYATI VA ISTIQBOLI TO’G’RISIDAGI BILIMLARNI BERISH

Halimova Nafisa Murodovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib ye’tishishi, kasb- hunar o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni uluglashi masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz. Shu sababli azal- azaldan o‘zbek oilalarida farzandlarga yoshlikdan hunar o’rgatish, ularni kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirishga katta e’tibor qaratiladi.

O’quvchilarini kasbga yo’naltirishda kasblar klassifikatsiyasi, kasblarning tiplari, kasblarning turkumlar, kasblarning mehnat predmetlari, mehnat sharoitlariga ko’ra guruhlanishi to’g’risidagi nazariy bilimlarni berish, mehnat predmetlariga ko’ra kasblar «Odam — tabiat», «Odam-texnika», «Odam-odam», «Odam-belgilar tizimi», «Odam badiiy obraz» guruhlanishi va shu guruhlarga kiradigan kasblar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.

Ularni kasbga yonaltirishda “kasb” tushunchasining ma’nosini yoritib berish, o’quvchilarni “kasbiy qiziqish”, “mayllik” tushunchalari bilan tanishtirish, “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini ochib berish, kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish zarurligini tushuntirish, o’quvchilarga kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni shakllantirish juda muhimdir .

Kasbni to’g’ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyati ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g’ri tanlashiga bog’liq. Kasb tanlash uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoyillarni o‘z ichiga olgan. Ya’ni; birinchisi – tayyorgarlik, ikkinchisi – qonuniylik, uchinchisi – foydalik, to‘rtinchisi – Ixtiyoriylik (o‘z xohishi bilan amalga oshiriladigan faoliyat turi sifatida), beshinchisi – alohidalik tamoyilidir.


1-rasm. Kasb tushunchasining asosiy tamoyillari.


Kasbning “tayyorgarlik” tamoyili.

Har qanday kasbni har qanday inson bajarib ketavermaydi. Qaysidir bir kasbga ko‘proq, qaysidir kasbga ozroq talablar qo‘yiladi, ishchi bunday talablarga javob berishi uchun ta’lim olishi zarur. Qaysidir bir kasbga davlat ta’lim muassasalarida tayyorgarlikdan o‘tish talab etilsa, qaysidir kasbga nodavlat ta’lim muassasalarida yoki biror ustozga shogird tushgan holda tayyorgarlikdan o‘tiladi. Har bir kasb egasi uchun amalga oshiriladigan xatti-harakatlar majmui mavjud.

A) davlat tomonidan nazoratga olingan kasblar;

B) ish beruvchi tomonidan nazoratga olingan kasblar;

D) xaridor yoki iste’molchi tomonidan nazorat qilinadigan kasblar

Kasbning “qonuniyligi” tamoyili.

Faoliyat har xil bo‘lishi mumkin, eng asosiysi ular qonunlarda taqiqlanmagan bo‘lishi zarur. Qonunlarda jinoyatni keltirib chiqaradigan barcha faoliyat turlari bilan shugullanish man etiladi. Qanday faoliyat turi bilans hugullanish mumkin emasligini bilib olish uchun tegishli qonun xujjatlari bilan tanishib chiqish zarur.

Kasbning qonuniyligi tamoyili “shug’ulanishda kirishayotgan faoliyatimizda qonun meyorlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydimi?” degan savolga aniq javob topganimizdan so‘ng kirishimiz zarur.

Kasbning “foydalilik” tamoyili.

Kasb pul ko‘rinishida katta foyda keltirishi mumkin, lekin bunday foydani olish uchun sarf etilayotgan soliq va vaqtni ham inobatga olish zarur ekan. Kasb jamiyatga foyda keltirsagina u biz uchun ham foydali hisoblanadi. Aks holda jamiyat a’zolari bizninig faoliyatimizga haq to‘lamaydilar. Kasb jamiyatga va jamiyat a’zolariga foyda keltirsagina u juda kerakli va foydali hisoblanadi.

Kasbning “ixtiyoriylik” tamoyili.

Har kim o‘z xatti-xarakatlarini amalga oshirishda erkindir, faqat bunday erkinlik boshqalarning huquqlarini poymol etmaslik kerak. Kasb tanlashda esa erkinlikni jamiyat beradi, siz jamiyatning mehnat bozorida mavjud bo‘lgan kasblardan birini tanlashingiz mumkin.

Kasbning “alohidalik” tamoyili.

Bu tamoyil bir kasbni ikinchisidan farqlashda ishlatiladi. Kasblar oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, ularda bajariladigan ishlar va vazifalar bir-biridan farq qiladi. Masalan, uchuvchi, taksi haydovchisi va teplavoz mashinisti. Ularning bajarayotgan vazifalari bir xil lekin boshqa nom berilgan: uchuvchi, taksist, mashinist. Inson o‘z hohish va imkoniyatidan kelib chiqib tanlaydi.

Kasb tanlashda o’quvchilarga bir qator omillar ta’sir etadi.

Qiziqish – bu voqelikdagi predmetlar va va hodisalarni bilish yo’nalishini belgilaydigan, biror narsaga berilish, qoniqish tuyg’usi orqali uyg’onadigan faoliyati tushuniladi.

Qobiliyat – Qaysi bir faoliyatni muvoffaqiyatli bajarishga ta’lluqli bo’lgan va bilimlar, malakalarni egallashning tezkorligini yengilligini izohlab beradigan xususiyatdir.

Idrok – Sezgi organlarining yoki bir butun xodisalarning inson ongida aks etishidir.

Xarakter - Xatti harakatlarning sifat jihatlarining o’ziga xosligini, mustahkamligini ko’rsatib turadigan, maxsus munosabatlarni paydo bo’lish jarayonida o’zining izini qoldiradigan xususiyatlari majmuasidir.

Tafakkur - Bilish, anglashning yuqori shakli bo’lib o’zida obyektiv dunyodagi xodisalar bilan narsalar o’rtasidagi munosabatlarni namoyon etishdir.

Bilish - Dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’sirini, voqelikning ruhiyatida qayta ta’sir etilishi hamda aks ettirish jarayonidir.

Erk - O’z oldiga maqsadlarni qo’yish va qabul qilish bilan, shu bilan birga, ularni hal etish, amalga oshirish yo’lida ichki va tashqi to’sqinliklarni yengib o’tishdir.

Bularning barchasi kasb tanlashda o’z ta’sirini ko’rsatadigan muhim omillardir. Kasb hunarni to’g’ri tanlashda har bir kishi avvalo nimani bilishi, xohlashi, qo’lidan nimalar kelishini aniqlab , shularga asoslanib kasbni to’gri tanlashi kerak bo’ladi.

KASB HUNARNI TO’G’RI TANLASHDA HAR BIR KISHI AVVALO NIMANI BILISHI, XOHLASHI, QO’LIDAN NIMA KELISHI VA JAMIYAT UCHUN NIMA QILA OLISHINI BILISHI ZARUR










2-rasm. Kasb hunarni to’g’ri tanlash diogrammasi





Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo'yilgan talablar

Agar kishining salomatligi yaxshi bo`lmasa, u muayyan kasbda ishlash

uchun shifokorlar xulosasi bo`yicha yaroqli emas, deb topilgan bo`lsa o`sha kishi mazkur kasbga yaroqsiz deb hisoblanadi. Buning ma'nosi shuki, kishi mazkur ishni yo mutlaqo bajara olmaydi yoki bu ish uning sog`lig`idagi (hozircha, balki, uncha sezilmaydigan) o`zgarishlarni ko`paytirib, dardini kuchaytiradi. Kishining salomatligi ma'lum bir kasb talablariga muvofiq kelishkelmasligini aniqlash - shifokorning vazifasidir. Shuning uchun ham ishga yoki ta'lim muassasiga kirayotgan har bir kishi, albatta, tibbiy ko`rikdan o`tadi. Lekin ko`pincha shunday bo`ladiki, kishi o`zining nazarida kasb tanlab bo`lganidan keyin bunday tibbiy ko`rik amalga oshiriladi. Keyin afsuslanib yoki iztirob chekib yurmaslik uchun o`z vaqtida shifokor bilan maslahatlashib olish muhim ahamiyatga egadir.

Kasb tanlayotgan har bir kishi organizm uchun noqulay deb hisoblanadigan

omillarni bilib olmog`i kerak. Bu hol unga o`z imkoniyatlarini to`g`ri baholashga yordam beradi. Xo`sh, bular qanday omillar? Ba'zi hollarda bular - katta jismoniy nagruzkalar, optimal mikroiqlimdan chekinilgan vaqtlar (haroratning past yoki yuqori bo`lishi) hisoblansa, boshqa hollarda bu omil ortiq darajadagi changto`zondan, shovqin va tebranishdan, uchinchi bir hollarda esa zaharli moddalarni ishlatishdan iborat bo`ladi va hokazo.

Mehnat sharoitining odam organizmiga ko`rsatadigan ta'siri bo`yicha

kasblarni to`rt guruxga ajratish mumkin.

Birinchi guruxga mehnat sharoiti maishiy kasblarga yaqin bo`lgan kasblar kiradi. Misol tariqasida soat ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan kasblarni keltirish mumkin. Bu ishchi kasblari ichida eng ko`p sonli guruhdir.

Ikkinchi guruh kasblari, masalan, oshpazlik kasbi ishlab chiqarish omilining mo`'tadil yoki notekis ta'sir etishi bilan bog`liq bo`lgan kasblardir. Bunday kasblar bo`yicha ishlagan vaqtda organizmga vaqtincha yuqori darajadagi havo harorati, namlik va boshqa shu singari omillar ta'sir ko`rsatadi. Bu esa tomir urishining tezlashib ketishiga, ter ajralib chiqishining kuchayishiga sabab bo`ladi. Binobarin,

bunday kasblarni faqat termoregulyatsiyasi yaxshi bo`lgan kishilargagina, shuningdek, yurak-tomir sistemasida, nafas organlarida kasalligi bo`lmagan kishilargagina tavsiya etish mumkin.

Uchinchi gruppaga har xil noqulay ishlab chiqarish omillarining yig`indisi xarakterli bo`lgan kasblar kiradi. To`qimachi kasbini bunga misol qilib keltirish mumkin. Yuragi, o`pkasi, eshitish organlari, tayanch harakat apparati kasal bo`lgan (yoki kasallik alomatlariga moyillik sezilgan), ko`zi yaxshi ko`rmaydigan kishilar uchun bu kasb to`g`ri kelmaydi.

To`rtinchi gruppa og`ir va zararli mehnat sharoiti bilan bog`liq bo`lgan kasblardan iboratdir. Masalan, elektr payvandchi, po`lat quyuvchi va boshqalar ana shunday kasblar qatoriga kiradi.

O’quvchilarni kasbga yonaltirishda yuqorida aytib o’tilgan ma’limotlar ham o’quvchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Muslimov N.A, SHaripov SH.S. v.b. Mehnat ta`limi, kasb tanlashga yo’llashni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. –T.: 2009. 427 b.

2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992. 319 b.

3. Qo’ysinov O.A., Sattorov.V.N., YAkubova H.S. Mehnatta`limi, kasb tanlashga yo’llashdan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi. (Metodik qo’llanma). T.: Nizomiy nomli TDPU, 2011. 79 b.

4. www.ziyonet.uz

5. www.pedagog.uz







Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Внеурочная работа

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья: O’QUVCHILARGA KASBNI TO’G’RI TANLASHNING MOHIYATI VA ISTIQBOLI TO’G’RISIDAGI BILIMLARNI BERISH

Автор: Halimova Nafisa Murodovna

Дата: 02.12.2022

Номер свидетельства: 618997


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства