Просмотр содержимого документа
«Амир Тимур и развитие науки в эпоху Тимуридов»
AMIR TEMUR va temuriylar davrida ta’lim tarbiya
Raxmatullayeva Zebiniso
AMIR TEMUR -BUYUK SIYMO
(1336-1405)
Amir Temur- Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.
Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
Amir Temur odob axloq, ta’lim tarbiya sohasida yuksaklikka, mataffakirlikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa doir dasturlari, o’gitlari, pand nasihatlarni, shunungdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. “Temur tuzuklari” mashhur asarlarian biri bo’lib, bu asarda ibratli, hayotiy pand nasihatlar va o’gitlar mazmunliligi, kuchliligi, teranligi, ta’sirchanligi, umuminsoniy qadriyatlar asosida yozilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarni qadrli xazina, odob axloqqa oid dastur deya olamiz. Asardsagi barcha o’gitlar xalqlarni bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona-Pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va uni iroda qilish, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasidagi buzilmas do’stlik va mehr shavqat odamiylik kabi muammolarni hal qilishga bag’ishlanadi.
Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi …
… va yangi buyuk shaharga asos soldi.
Temur zamonasida o’g’il bolalar uchun boshlangich talim beradigan diniy makatbalar bo’lib, ular asosan masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar, domla-imomlar tomonidan ochilgan edi. Makur maktablarda masjid imomlari yoki muazzinlar dasr o’tardilar.Aholisi ko’p shahrlarda maktablarni maxsus maktabdorlar ochardilar. Shahar maktablaridagi o’quvchilar 20-30 nafar, qishloq maktablarida esa 10-15 nafar, ayrim holatlarda undan ko’proq bo’lgan. Maktab o’quvchilarining yoshlari har xil bo’lgan.
Temur va Temuriylar davrida Movaraunnahrda ibtidoiy diniy maktablardan tashqari shahzodalar, xonzodalar, bekzodalar va amaldorlarning bolalari uchun saroy va xonadonlarda alohida savod makatablari ham tashkil etilgan.Bunday maktablarda podsho xonadoni uchun maxsus Qissaxon deyilar edi.
Shahzodalar savod chiqarganlaridan keyin ularga go’zallikni naql qiluvchi qalamdan foydalanish urniga naqshli xanjar va yaltillab turgan qilichni ishlatish, nayzabozlik va kamonbozlik san’ati o’rgatilgan.
Shundan keyin “Sulukul muluk”larda aytilishicha, bo’lajak hukmdor davlatni idora qilish san’tini: turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to’plash va boshqa tartib qoidalar buyicha ko’nikmalarni egallagan. Shunday qilib, temuriylar davrida Movaraunnahrda iqtisodiy ijtimoiy, madaniy yuksalish davri buldi. Markazlashgan davlatning aoschisi Amir Temur o’z davrida mamlakatda ilm fan ta’lim tarbiya masalalariga alohida e’tibor berdi. Natijada davlatning iqtisodiy va madaniy qudrati yuksaldi.
Ming afsuskim, 1405-yil18-fevral sanasida buyuk bobomiz bu dunyodan ko’z
yumadilar. Ularni o’z vasiyatlariga ko’ra piru ustozi Shayx Sayyid Baraka qabrlarining
Oyoq tomoniga dafn etadilar.
2006 yil 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sarkarda, Yevropada “Tamerlan” degan nom bilan mashhur bo‘lgan Amir Temur tavalludining 670 yilligi keng nishonlandi.