kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш тадбири учун

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ўқувчилар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш учун мўлжалланган.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш тадбири учун»

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahridagi

14-umumiy o`rta ta`lim maktabidao’tkazilgan

,,Giyohvandlik - umr zavoli nomli tadbir

SSENARIYSI






( Maktab hovlisi tadbirga mos tarzda bezatilgan. O’quvchilar tomonidan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini ko’rsatib beruvchi chizgan rasmlari ilingan. Buyuklarning giyohvadlik ,kashandalik kabi illatlar haqida bildirgan fikrlari yozilgan.)


Tadbir tashkilotchisi ,,GIYOHVANDLIK (narkomaniya) ASR VABOSI!’’

mavzusida maruza o’qiydi.


Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jaxl, shodxurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu xastalik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruxiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’lik. Narkomaniya organizmda chukur o’zgarishlarga sabab bo’ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaktichog’lik, xotirjamlik xissini o’yg’otib,kayf qildirishi sababli iste’mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Narkotik modda dozasini o’zboshimchalik bilan o’zgartirib borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.

. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o’lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash fakat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattik nazorati ostida olib borilishi kerak.

BMTning narkotik moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2009 yili Afg’onistonda 4,100 tonna qora dori yetishtirilgan.

Uning 30 foizdan ko’prog’i MDX davlatlari hududi orqali o’tadi. Narkomafiya faoliyati inson savdosi, noqonuniy mablag’larni yuvish hamda qurol-yaroq kontrabandasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu hol nafaqat davlatlarning iktisodiy va ijtimoiy muammosi, balki mamlakat xavfsizligi uchun xam xatar tug’dirishini uqtirishadi mutaxassislar.


Giyohvandlikning oqibati:











1979 –yil yanvar 1989-yil noyabr




1-boshlovchi

Ziyo oqqan men yurgan yo’l-yo’lakka,

Shomi iroq zor termulgan o’zbekman.

2- boshlovchi

Dunyolarni o’rantirgan ipaakka,

Tilla qo’ng’iroqli o’zbekman.

1-boshlovchi

-Assalomu alaykum qalbi ummon , mehri daryo ustozlar!

2-boshlovchi

-Assalomu alaykum ilmu ma’rifat shaydolari, sog’lom yurtning sog’lom farzandlari !

1-boshlovchi

-Har qanday farzand bunday yurtda tug’ilganidan faxrlanadi..


Bo’lar elning bolari bolalari bir birin der,

Bo’lmas elning bolalari bir-birin yer.

Bir bo’l endi , qadri baland qaddingni ker,

Xalq bo’l elim, xalq bo’l elim.

2-boshlovchi

- Biz x alqning chinakam farzandlari insonlarning sog’ligiga katta havf solayotgan ichkilikbozlik , kashandalik va butun dunyo uchun katta xavf sanalayotgan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurash olib bormog’imiz lozim.


1-boshlovchi

-Jumladan, bizning maktab- internatimiz o’quvchilari ham giyohvandlikka qarshi kurashish maqsadida ,,Hayot shamingni so’ndirma’’ nomli tadbir tayyorlashgan va shu tadbirni birgalikda kuzatamiz.


2-boshlovchi

-Tadbirimizni Vatanni madh etuvchi she’rlar bilan boshlaymiz.


1-o’quvchi

Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna turon

Qalqonlari ,qanotlarri ilm istang.

Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

Alisherning avlodlari ilm istang .

( ,,Talabalar madhiyasi’’)

2-o’quvchi

Men dunyoni nima qildim ,

O’zing yorug’ johonim,

O’zim hoqon,

O’zim sulton,

Sen taxti Sulaymonim.

Yolg’izim ,

Yagonam deymi ,

Topingan koshonam deymi,

O’zing mening ulug’lardan

Ulug’imsan, Vatanim.

( ,,Vatanim’’)



3-o’quvchi

Ona yortim O’ZBEKISTONIM,

Poylaringga sadqa bu jonim.

Dunyolari ichra bir dunyo,

O’xshashi yo’q chamanistonim.

Yuragimda bir orzu , havas-

Senga sodiq o’gil bo’lsam bas!..

(,,Chamanistonim’’)


4- o’quvchi

Kimlardir kaftida gul ushlab yurar,

Kimningdir qo’lida palahmon toshi.

Chayqalib turganda dunyo guldirab,

Yurting poyidadir yigitning boshi.

Sevsangiz avval shu Vatanni seving,

So’ng shahlo ko’z-u gulbadanni seving !..

(,,Vatanni seving’’)




1-boshlovchi

- Bu ko’hna dunyoga kimlar kelib ketmagan deysiz. Avvalo, har bir odam Hudoning bandasi, ammo anglab bo’lmas sirli dunyoda biridan yaxshi nom, yaxshi amallar qolsa , biridan dog’, afsus –armonlar qoladi.

2-boshlovchi

-Davraga maktabimizning eng bilimdon o’quvchilarini taklif etamiz .Ular narkomaniya haqida ma’lumotlar beradilar.


1-O`QUVCHI

Narkomaniya (narcomania; yun. narke — karaxtlik va maniya) — k,. Giyohvandlik.[1]

Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. G.da oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi.

2-O`QUVCHI

Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.

3-O`QUVCHI

G.ka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham G.ka sabab boʻlishi mumkin. G.ka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq.

4-O`QUVCHI

G.ning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan G. sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi).

5-O`QUVCHI

G.ka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi.

6-O`QUVCHI

Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. G. opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. G.ning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.

7-O`QUVCHI

Yer yuzining turli mintaqalarida G.ning ayrim turlari kuzatiladi. G.ning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. G. avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan OʻzRda G.ka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan.

8-O`QUVCHI

Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida G.ka karshi keskin kurash olib boradi. G.ka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi

(O`quvchilar ishtirokida sahna ko`rinishi namoyish etiladi )

1-o’quvchi


-Narkotraffik yo’lining O’zbekiston orkali o’tishi mamlakatdagi yoshlarning SPIDga chalinish hollarini ham ko’paytirgan. Vazirlar Mahkamasi koshidagi giyohvand moddalarni nazorat kilish bo’yicha milliy markaz mulozimlarining bildirishicha, O’zbekistonda 1992 yildan 2005 yil oralig’ida 40 tonnadan ortik nokonuniy giyohvand moddalar ko’lga olinib, yo’q kilingan.


2-o’quvchi


-Narkotraffik yo’lining O’zbekiston orkali o’tishi mamlakatdagi giyohvandlar sonining xam ortib borishiga olib kelayotgani aytiladi.Boshqa davlatlardagi singari, O’zbekistonda xam narkotik moddalar iste’mol kiluvchilarning asosiy kismini yoshlar tashkil etayotgani mutaxassislarni tashvishga solgan. Ayni paytda respublikada faoliyat yuritayotgan Birlashgan millatlar tashkiloti, Amerika ko’shma shtatlari, Yaponiya va boshqa bir qator davlat tashkilotlari o’z faoliyatlarini yoshlarni narkotik moddalar iste’molidan kaytarish, giyohvandlarning VICH infektsiyasi yuqtirib olishiga qarshi tadbirlarga qaratmoqdalar.


3-o’quvchi


-"Vorld Vijen" Yaponiya hamda Yaponiyaning JAYKA tashkiloti loyixasi yoshlar orasida SPID va giyohvandlikning oldini olish hamda targ’ibot ishlariga qaratilgan. Loyixaning maqsadi adashibmi yo bo’lmasa bir yoshlik qilib, sho’xlik qilibmi giyohvandlikka duch kelgan, o’shasiz turolmaydigan bo’lib qolgan yoshlarga madad berish.



1-boshlovchi

-Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, respublikadagi giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni 50 mingdan ortgan. Bu holat esa ,SPIDning ko’payishiga ham sabab bo’lmoqda. Sakson foiz (SPID) kasallar giyohvand modda iste’mol qilish tufayli kaalikka chalingan.


2-boshlovchi

-Mutaxassislar fikricha, narkotraffikga qarshi kurash muammosini hal etish davlat mikyosidagi ishdir. Bu borada O’zbekiston 1995 yildan Birlashgan millatlar tashkilotining narkotiklarga qarshi kurashga taalluqli Konvensiyalari hamda MDH va bir qator dunyo davlatlari bilan o’zaro kelishuvlarni imzolagan.

1-boshlovchi

- Davraga maktabimizning ,,Drama ‘’ to’garagi a’zolarini taklif etamiz.

2-boshlovchi

- Ular giyohvandlikning oqibatida qanday ko’ngilsizliklar va uning salbiy oqibatini sahna ko’kinishi orqali ko’rsatib beradilar. Sahna ko’rinishini tomosha qilamiz .


( O’quvchilar giyohvandlikka berilgan insonning hayotini ko’rsatib beradilar. Tengdoshlari unga to’grsatib to’laqonli hayotga qaytaradilar.)


1-boshlovchi

-Har birimiz bizga berilgan imkoniyatlardan foydalanib xalq koriga hizmati tegadigan farzandlar bo’laylik.


2-boshlovchi

-Aziz ustozlar va o’quvchilar !

Shuning bilan ,,Hayot shamingni so’ndirma’’ tadbirimiz o’z yakuniga yetdi.

Sizlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida m’alumotlarni bera olganimizdan mamnunmiz. E’tiborlaring uchun tashakkur.


( Tadbir xonanda Ozodbek Nazarbekov tomonidan ijro etilgan ,,Shukrona ‘’qo’shig’i bilan yakunlanadi.)






















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Внеурочная работа

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш тадбири учун

Автор: Низамова Феруза Камоловна

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545539


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства