Просмотр содержимого документа
«Празднование Навруз ( сценарий праздника)»
NAVRO’Z – YANGILANISH VA POKLANISH
BAYRAMI!
8-“b”sinfining bayram ssenariysi
Bayram o’tkaziladigan joyda karnay, surnay ovozlari yangramoqda. «Assalom Navro’zi olam!», «Har kuning qadr o’lubon, har kuning o’lsin Navro’z!», «Ezgulik timsoli, xush kelding, Navro’z!», «Chun keldi bahor oyi, yuz ochdi bu dam Navro’z», «Navro’z bayramingiz muborak!» kabi shiorlar osig’liq
Jarchi chaqirig’i. Odamlaru odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar.
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar jilmanglar.
Navro’z sayliga marhabo. Ehe-he-e-ey…
«Bahor valsi» yangraydi.
Boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Salom, bahorim, nuri jahonim,
Salom, ellarni yashnatgan ohim,
Salom olib keldim qushlar elidan
Bahorning sayroqi shodon tilidan.
2-boshlovchi: Bahor keldi o’ynoqi yellar
Tog’ sayliga yetaklar yana.
Navro’z bilan saxovat kelar
Zamin bo’ylab yangrar tantana.
1-boshlovchi: Assalom, fasli bahor, assalom ey ahli davra,
Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona.
Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga
Bahor va shodlik ayyomi
– Yangi kun muborak sizga.
2-boshlovchi: Avval yuragingga mo’ralaydi u
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z
1-boshlovchi: Assalomu aleykum aziz va qadrli ustozlar, muhtaram mehmonlar! Davramizning aziz ishtirokchilari! Yangilanish va poklanish bayrami – Navro’zi olamga bag’ishlangan shodiyonamizga xush kelibsiz, aziz do’stlar! Mana, bugun diyorimizda o’zgacha bir bayram, bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go’shalarida o’zgacha shodiyona. Buning sababi shundaki, ona zaminimiz yam-yashil libosga burkanib, o’zining betakror ko’rku jamolini namoyon qilayotgan ushbu kunlarda biz orziqib kutgan Navro’zi olam yurtimizga kirib kelmoqda.
2-boshlovchi: Ana shu uyg’onish va yasharish, go’zallik va nafosat, muruvvat va saxovat ramzi – Navro’zi olam bilan barchangizni chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka, kelgusi ishlaringizda omadlar yor bo’lishini tilaymiz.
1-o`quvchi: Bu tong egnida atlasdan ko’ylak,
Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun.
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak,
Sanamlar qo’liga intizor bu kun.
Bu kun go’zallikning qutlug’ ayyomi
Qizlarning ko’klamga mosligidir bu.
Yurakda limmo-lim muhabbat jomi
Bahor kelganining rostligidir bu.
1-Boshlovchi:
Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani, birgalikda uni kutib olaylik – chi.
Bahor valsi ijro etiladi va Bahoroy kirib keladi.
BAHOROY: Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarg
2-boshlovchi: Xush kelibsan, bahorim,
Bu diyorga marhabo!
Shuhrati olamga ketgan
Gul diyorga marhabo!
Bahoroy: Assalomu alaykum, meni intiq bo’lib kutgan azizlarim, mehribonlarim! Barchangizga qorli tog’lardan, qir-adirlardan, keng dalalaru chaman bog’lardan salom keltirdim. Sizlarni shodlik va mehnat bayrami, nafosat va go’zallik ayyomi – Navro’zi ayyom bilan chin qalbdan tabriklayman va huzuringizga Navro’zoyni chorlayman.
«Kel, Navro’zim» qo’shig’i ijro etiladi. Sahnaga Navro’zoy o’ynab-quvnab kirib keladi.
Navro’zoy: Salom, mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz-la diydor nasib etganiga. Mana, 4 ming yil bo’layaptiki, sizlar bilan birgaman. Yovuz niyatlilar meni yo’qotmoqchi, yo’q qilmoqchi bo’ldilar. Ammo ezgulik doimo g’alaba qiladi. Mustaqillik sharofati bilan men yana qad rostladim va bugun huzuringizda turib, ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni qutlash baxtidan mamnunman.
2-o`quvchi: Quyosh tegrasida aylanib falak,
Tabiat bezanib misli kelinchak.
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak
Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z!
Yana tenglashibdi kecha va kunduz
Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz.
Lablarda tabassum, aytib shirin so’z
Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z!
3-o`quvchi:Assalom, ey Navro’z, yilimiz boshi,
Kunlar va tunlarning tarozi-toshi.
Xalqimning tabarruk sumalak oshi,
Quchog’ing gul bilan xush kelding , Navro’z!
O’riklar gullari bolga aylanar,
Qorong’ulik chekinib, nurga aylanar,
Yurtimning tuprog’i durga aylanar,
Bosgan izlaringda gul undi, Navro’z!
4-o`quvchi: Momolar duosi bo’lsin ijobat,
Nogoh yiqilmasin yuksak adolat,
Do’stga do’st qilmasin hech ham hiyonat,
Yo’qolsin g’am-alam, kel endi, Navro’z!
Ona –O’zbekiston, shoirlaring ko’p,
Ularning safida Borman, balki yo’q,
Kimlardir qalbingga otgan edi o’q,
Avjida kuy-qo’shiq shod endi Navro’z!
1-boshlovchi ::Olam ham o’zgacha, go’zal tus oldi,
Bu kunga etganlar ko’ngli quvondi,
Boqiyning qalamin tongda uyg’otdi,
Yo’llaring oq bo’lsin, xush kelding, Navro’z!
O`quvchi qizlar ijrosida raqs namoyish qilinadi.
5-o`quvchi:Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar kular.
Bir suluv kelinchak salomga kelar.
Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim,
Navro’zing muborak, O’zbekistonim!
Yurtim, gullayotgan dalalaringda
Sumalakning xushta’m bo’ylar kezar.
Go’daklarga aytgan allalaringda
Momolarning qadim kuylari kezar.
Ertadan umidvor, boshi osmonim,
Boshing omon bo’lsin, O’zbekistonim!
6-o`quvchi: Turnalar yurtiga qaytgani kabi
Bag’ringga qaytmoqda alyor baytlaring.
Moziydan xayolchan ko’rinish berar,
Ming shukur, tabarruk, ulug’ zotlaring
Buyuk daholarni bergan bo’stonim
Yangi yiling qutlug’, O’zbekistonim!
Istiqlol tongida dillar chulg’ondi,
Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi.
Navro’z navolari jonni yayratib,
Ona yurt og’ushi gulga burkandi.
Hurlik Navro’zida aytingiz alyor,
Alyorlarga jo’r bo’lsin soz ila ash’or.
Shoira Zulfiya she`ridan ijro etiladi(Mahtob)
1-boshlovchi: Milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz madaniyatimizning eng yuksak namunalari hisoblanadi. Ana shunday milliy qadriyatlarimizni o’zida aks ettiruvchi «Muchal» marosimini e’tiboringizga havola etamiz, Marhamat.
2-boshlovchi: Navro’z ayyomi - xayru saxovat, ezgulik va tanisihatlik bayramidir. Qadimiy odat va udumlarimiz bo’yicha Navro’zda turli tansiq taomlar pishirilgan. Qani, ko’raylik-chi, davramizga tashrif buyurgan oshpazlar Navro’z ayyomida qanday taomlar pishirishni maslahat beradilar. Ularni sahnaga taklif qilamiz.Marhamat
Davraga kirib kelgan oshpaz timsolidagi o’quvchilar sumalak, halim, ko’ksomsa va turli dorivor o’simlik hamda ko’katlarning foydali xususiyatlari haqida so’zlaydilar.
1-boshlovchi: Dunyoda chegara bilmaydigan, millat, til, din tanlamaydigan sehrli va orombaxsh bir qo’shiq bor. Bu – ona allasidir.
Olamga taralar bir ma’sum qo’shiq.
Maysalar talpinar ushbu qo’shiqqa.
Bu qo’shiq yurakka atalgan tortiq.
Ona allasi bu kuylanmish ko’kdan.
Alla haqida tayyorlangan sahna ko’rinishi havola etiladi.
Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat
1. Farzandning asosiy burchi ota va onasini hurmat qilish:
Ayol bo’lmaganida hayot yashashga arzimasdi.
2.Ota-ona bilan ochiq chehrada muomala qiling.
Ota-ona keksayib qolganda ularni himoyaga olish farzand burchi.
3.Ota -onaning duosini olishga shoshiling.
Kim ota-onasini rozi qilsa,unga jannat nasib bo’lib olloh taolo umrini ziyoda qiladi.
4.Kimning 3 ta qizi bo’lib,ularni o’z qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa,jannatga kirishi albatta muqarrar.
5.Bolalar ota-onalari uchun sadaqa qilsalar savobi albatta ularga tegadi.
Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
6.Davlating ota-onang.
Ayol kulganda mamlakat yashnaydi
7.Ona bilan bola, gul bilan lola.
Ona kulsa-olam kular.
8.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ona muqaddas, mo’tabar zot. Mehri daryo, qalbi pok, farzandlari uchun hamma narsaga tayyor, kerak bo’lsa jonini ham beradi. Shunday ekan, onalarga qancha sajdalar qilsak ham oz. Ular oldida doimi ta’zimdamiz, qo’limiz ko’ksimizda. Onajonlarimiz doimi baxtimizga sog’-salomat bo’lishsinlar. Dunyo turguncha turishsin. .
8-o`quvchi: Qadim Buxoroda yangi tong otar,
Zarrin nurlarini sochmoqda quyosh
Tun bo’yi to’lg’ondi bechora ayol,
Tongga qadar berdi azoblarga dosh.
Yuragi ostida yangi bir vujud,
Yangi qalb yaratib ayladi e’zoz.
To’qqiz oy ko’tarib uni rahmida
Mehr ummonida ayladi parvoz.
9-o`quvchi: Subhidam qalbingning bir parchasini
Dunyoga keltirgan sen eding, onam.
Yurak qo’ring bo’lib dunyoga kelgan
Sening bir bo’laging men edim, onam.
Rivoyat qilmishlar: Momo Havodan
Yaralgandir olam Dunyoi azim,
Dunyoning gultoji Siz onalarga
Qo’llar ko’ksimizda etamiz ta’zim.
O`quvchilar ijrosida raqs namoyish qilinadi
10-o`quvchi: Navro’zim - dildagi armonim mening,
Olis yo’ldan kelgan karvonim mening,
Sen bois yurt obod, ellar omondir,
Ming yillik dardlarga darmonim mening.
Quyosh ko’k sahnida go’yo bir malak,
Tollar kokilida o’ynar jamalak.
Shukronalar aytib madhingga xalqim
Qaynoq qozonlardan suzgay sumalak
11-o`quvchi: Sayotu sabolaring muborak bo’lsin,
Xushbo’y havolaring muborak bo’lsin,
Ey, Navro’z atalgan ulug’ ayyomim,
Nazmu navolaring muborak bo’lsin!
Keldi bahor, keldi ko’klam,
Bizlar bahor elchis
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro’z bahor kuychisi.
“Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.
12-o`quvchi:Bahordan berdi darak
Oson bo’lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,
Sevgan gulim boychechak.
Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim boychechak.
Boshlab berding bahorni,
Toza kumush nahorni.
Olibsan ixtiyorni,
Seplaringni yoy chechak.
Boychechak, boychechak,
Seplaringni yoy chechak.
2-boshlovchi: Milliy xalq o’yinlaridan namoyish etish uchun pahlavon yigitlarni sahnamizga taklif etamiz.
Milliy xalq qo’shiqlari va raqslaridan namunalar ko`rsatiladi.
1-boshlovchi:Nega she`r yozmayin yurakdan yonib,
Nega ta`zim qilmay sizga bu mahal
Xizmatingiz qilmay nega quvonib
Ey,aziz muallim,ustozi avval.
Sahnada o`quvchilarning she’ri yangraydi.
13-o`quvchi:Dunyoda ko`p erur ulug` insonlar,
Kim aytar bu so`zing emasdur deb chin.
Baridan ulug`san,baridan suyuk,
O`qituvchim,kamtarin,oddiy va mo`min
Kitoblar ichida o`tdi bu umr
Chehrang go`dak misol mas`um va gulgun.
Bugun senga olqish,senga sharaf-shon.
Yurtim bosh egmoqda poyingga bugun.
Мuhammad Yusuf she`ri”Oddiy muallim”.
14-o`quvchi:Qadri bilinadi endi menga goh
Olis maktabimning o`shal behasham
Navoiyku,bizga ustozdir ammo
Kimdir o`qitganku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga harf o`rgatgan kim
Oddiy muallimda,oddiy muallim
15-o`quvchi:Tuproqdek hokisor bezovta jonlar
Ammo qanoatda tog`dek ulug`vor
Hatto Temurdayin sohibqironlar
Pirim,deb etagin o`pgan zotlar bor
Qaysar jahongirga yo`l ko`rsatgan kim
Oddiy muallimda,oddiy muallim
16-o`quvchi: Yo`qdan Beruniylar binolar qurgan
Mashrabni mashhuru dunyolar qilgan
Husaynni Ibn Sinolar qilgan
Abdulloning tilin burrolar qilgan
Qilich o`ynatgandek,so`z o`ynatgan kim
Oddiy muallimda,oddiy muallim
17-o`quvchi:Qoqinsa,hayot nishi-sanchiqlaridan
Yiqilsa ko`targan qo`ltiqlaridan
Otadek suyagan g`ussaga botsa
Boladek quvongan yutuqlaridan
Uyquda shogirdin o`ylab yotgan kim
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
18-o`quvchi:O`rtoq ko`pu,ammo bir do`sti hamroh
Halim toolmadi undan halimroq
Qancha ustoz ko`rdim,qancha oliygoh
Olim topolmadim,undan olimroq
Bola yuragida bebaho tilsim
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
19-o`quvchi: Yuzga kiraman men xudo xohlasa
Yuz yildan keyin bir mo`min o`rtog`im
Ko`zim yopib qo`ysa,jag`im bog`lasa
So`nggi safar sari otlangan chog`im
Faqat bir kishidan bo`ladi qarzim
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
Qizlar va yigitlar jo`rligida qo`shiq ijro etiladi.
1-boshlovchi: Ilmu hikmatga oshno,tafakkuri keng dunyo
Allomalar ajdodim,merosi mulkim-ziyo
G`ururimga jo o`zing,jonajon yurtim mening
Poyingga bosh egurman,o`zbekning farzandiman
Sening noming shavkatu shondir menga
O`zbekiston ,ertangni ishon menga!
2-boshlovchi: Ozodlikning ismi men,obodlikning husni men
Jonimda asragayman Vatan degan hisni men
Mustaqillik tarixini chizgan el payvandiman
Yurtlarga dong`i ketgan o`zbekning dilbandiman. .
Sening noming shavkatu shondir menga
O`zbekiston ,ertangni ishon menga!
1-boshlovchi::Har biringizning qalbingizga oz bo`lsada xush kayfiyat baxsh etgann bolsak,ko`nglimiz osmon qadar nurli bo`lardi
Osmonimiz doim musaffo,baxt quyoshimiz porloq bo`lsinYurtimizda doimo tinchlik bo`lib,xalqimizning hayoti farovon bo`lsin
Barcha o`quvchilar sahnaga chiqib,”Navro`z”qo`shig`ini jo`r bo`lib kuylashadi.
2-boshlovchi: Azizlar! Barchangizni yana bir bora nafosat va go’zallik ayyomi bilann chin dildan samimiy qutlaymiz. Yangi yil barchamizga olam-olam quvonch va shodlikk, yurtimizga to’kinlik va farovonlik olib kelsin. Sog’-salomatlikda uchrashishni Olloh nasibb aylasin.